Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
SIPOH SAQLAB TURISH TUZUKI
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
SIPOH SAQLAB TURISH TUZUKI
Amr qildimki, qachonki asl sipohiylardan ish ko‘rgan, jangu jadal bilan suyagi qotgan o‘n kishi yig‘ilsa, bulardan qaysi birining shijoati, botirligi ortiqroq bo‘lsa, qolgan to‘qqiztasi o‘z roziligi va ma’qullashi bilan, uni o‘zlariga sardor qilib, otini o‘nboshi deb atasinlar. O‘n nafar o‘nboshi jam bo‘lsa, o‘z ichlaridan eng ish ko‘rgan, jang maydonlarida toblanib, tajriba orttirgan, bahodirlikda nomi chiqqan birovini amir qilib, uni yuzboshi deb nomlasinlar. Agar o‘n yuzboshi yig‘ilsa, amirzodalardan aqlli, shijoatli, bahodir bir kishini amir etib saylab, uni mingboshi desinlar va amiri hazora deya murojaat qilsinlar. Agar qaramlaridagi biron kimsa o‘lsa yoki qochib ketsa, o‘rniga yangi kishini tayinlash o‘nboshilarning ixtiyorida bo‘lsin. Shunga o‘xshash yuzboshilar o‘nboshilarni, mingboshilar yuzboshilarni tayin qilsin. Bulardan o‘lgan, qochgan, yangi tayinlanganlar bo‘lsa, sabablarini aytib, mening arzimga yetkazsinlar. Yana buyurdimki, urush kunlarida va saltanat ishlarini boshqarishda mingboshining hukmi yuzboshiga, yuzboshiniki o‘nboshiga, o‘nboshiniki (esa) qo‘l ostidagilarga joriy etiladi. Agar bu tuzukka qarshilik qilsalar jazoga tortilsinlar. Agar urush ishlarida kim kamchilikka yo‘l qo‘yar ekan, uni chetlatib, o‘rniga boshqani qo‘ysinlar.
Mahmud G‘aznaviy (998–1030)–Xuroson, hozirgi Afg‘oniston hududi va Shimoliy Hindistonni 977–1186 yillar idora qilgan G‘aznaviylar sulolasi vakili, mashhur fotih, ilm-fan va adabiyot homiysi. 213 G‘azna (G‘azni)–Kobulning janubida, qandahorga olib boradigan yo‘l ustida joylashgan poytaxt shahar. (– А.А.) 214
Bu o‘rinda ham xattot yoki fors tarjimoni e’tiborsizligi sababli yo‘l qo‘yilgan xatoga duch kelamiz: «Mahmud» o‘rniga «Mas’ud» o‘qilishi kerak, chunki vazirlarning xoinligi Mas’ud G‘aznaviy davrida bo‘lgan. (– А.А.)
|
ma'muriyatiga murojaat qiling