Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

 

O‘G‘ILLAR, NABIRALAR, 

QAVM-QARINDOSHLAR, AMIRLAR VA 

VAZIRLARNI JAZOLASH YO‘LI BILAN 

SALTANATDA INTIZOM SAQLASH 

HAQIDA TUZUK 

 

Amr  qildimki,  agar  o‘g‘illarimdan  qaysi  birovi  saltanat  martabasiga  da’vogarlik  qilib  bosh  ko‘tarar  ekan,  uni 



o‘ldirishga,  qo‘llarini  bog‘lashga  yoki  muchasidan  biron  joyini  kamaytirishga  hech  kim  jur’at  qilmasin.  Lekin  o‘z 

da’vosidan kechmaguncha, uni asirlikda sakdasinlar, toki Xudoning mulkida urush chiqmasin. Agarda nabiralar yoki 

qavm-qarindoshlardan biri menga qarshi ko‘tarilsa, uni darvishlik holatiga solsinlar

1



Saltanatim  qo‘rg‘onlari  bo‘lmish  amirlar,  agar  ish  ustida  nifoqqa  borsalar,  ularni  martabasidan  tushirsinlar  va 

yerlari  tortib  olinsin.  Agar  davlatga  ziyon yetkazgudek  ish  qilsalar,  ular  boshqa  amirlarga  tobe’  etilsinlar.  Agar 

sipohiylik  ishlarida  yalqovlik  qilgan  bo‘lsalar,  ularga  yozish-chizish  bilan  shug‘ullanuvchilar  orasidan  ish  berilsin. 

Agar shundan keyin ham xatolikka yo‘l qo‘yib, kaltabinlik qilsalar, ikkinchi bor xizmatga olmasinlar. 

224

 Qo‘nalg‘a–elchilar, xon choparlari, o‘tkinchi amaldorlar va sipohiyga qo‘noq berish; ularning navkarlari, soqchilari va xizmatchilarini, 



shuningdek, ot-ulovini boqish majburiyati. 

225


 Shilon–xalqadn to‘planadigan soliq turi. 

226


 ... yer egasi–matnda «jogirdor» – podshoh oldidagi alohida xizmatlari uchun soliq yig‘ish haqi bilan yer tortiq qilingan mansabdor shaxs. 

Boburiylar davrida qo‘llangan atama. Undan oldingi manbalarda uchramaydi. Abu Tolib Husayniy tarjima jarayonida o‘z davrida muomalada 

bo‘lgan so‘zni ishlatib ketgan ko‘rinadi. 13–14 asrlargacha «iqta’» shaklida, so‘ngra 16 asrgacha ko‘proq «suyurg‘ol» shaklida, Boburiylar 

davrida esa «jogir» deya atalgan. Mana shu kabi holatlar tarjimon asil manbaga nisbatan ancha erkin munosabatda bo‘lganini ko‘rsatadi. (–

А.А.) 

227


 Xolisa–davlat ixtiyorida bo‘lgan, barcha soliqlardan ozod etilgan yer-suv va mol-mulkni tasarruf etuvchi oliy idora. 

 

                                                                                                                                                                                




Saltanat  saroyining  ishonchli  va  e’tiborli  kishilari  bo‘lmish  vazirlar  xususida  shunday  buyruq  berdim:  agar  ular 

saltanat  ishlarida  xiyonat  etsalar  va  saltanatni  ag‘darishga  jazm  qilgan  bo‘lsalar  ham,  ularni  o‘ldirishda 

shoshilmasinlar.  Avvalambor  ularni  ayblovchi  va  xabar yetkazguvchilarning  kimligini  tekshirib  ko‘rsinlar. 

Qoralovchilar  da’volarining  rost-yolg‘onligini  sinchkovlik  bilan  sinab  ko‘rsinlar.  Chunki  ko‘p  hollarda  hasadchilar 

bilan  g‘iybatchilar  yo  ko‘rolmay  yoki  tamagirlik  bilan  yolg‘on  to‘qib,  uni  chinday  qilib  ko‘rsatadilar  va  (chirkin) 

maqsadlariga yetishadilar.  Talaygina  pastkash,  razil  odamlar  borki,  davlat  dushmanlarini  yaxshilab,  uning 

jonfidoyilarini  hiylagarlik  va  makkorlik  bilan  xarob  qiladilar,  makru  sotqinlik  bilan  saltanat  qo‘rg‘oniga  putur 

yetkazmoq payida bo‘ladilar. 

Chunonchi,  amir  Husayn  mening  vazirlarimdan  biri  bilan  til  biriktirib,  unga  boylik  va’da  qilgan  holda 

davlatimning tayanchlaridan bo‘lmish amir Iygu Temur va amir Jakuni menga qarshi qayrashni buyurdi. Uning shum 

niyatidan ogoh bo‘ldim, shuning uchun ular xususida aytilgan hamma gaplarni eshitmaganga oldim. 

Yana  bir  voqea  yuz  bergandi.  Yaqinlarimdan  ba’zilari  yolg‘iz  qolganimizda  va  odamlar  oldida  ulug‘,  e’tiborli 

amirlarimdan  sanalgan  amir  Abbosga  hasad  qilib,  dushmanlik  ko‘rgizib,  uning  haqida  bo‘lmag‘ur  gaplarni  aytdilar. 

Yolg‘on  so‘zlari  shamoli  bilan  g‘azabim  o‘tini  alangalatdilar.  Natijada  gaplarini  tekshirib  ko‘rmasdan  g‘azab  ustida 

amir  Abbosni  o‘limga  mahkum  etdim.  Oxir-oqibatda  ularning  amir  Abbos  haqiga  xiyonat  etganlarini  angladim  va 

qilgan ishimdan o‘kinib, pushaymon bo‘ldim. 

Mamlakat  xazinachilari  bo‘lmish  moliya  vazirlari  moliya  ishlarida  xiyonat  qilsalar  va  (boylikning  bir  qismini) 

o‘zlashtirib  olgan  bo‘lsalar, (tekshirib  ko‘rilsin).  Agar  o‘zlashtirib  olgan  mablag‘i  o‘ziga  tegishli  haq  mikdoridan 

oshmasa,  mazkur  mablag‘  unga  in’om  o‘rnida  qoldirilsin.  Agar  o‘zlashtirib  olgan  mablag‘i  maoshidan  ikki  barobar 

ortiq  bo‘lsa,  ortig‘i  oladigan  maoshi  hisobidan  ushlab  qolinsin.  Agar  maoshidan  uch  barobar  ko‘p  mablag‘  olgan 

bo‘lsa, hammasi (saltanat xazinasiga) tortiq sifatida olinsin. 

Yana  hukm  qildimki, (vazirlarni)  ortiqcha  siylamasinlar,  chunki  alohida  izzat-ikrom  ko‘rsatib,  o‘zlarini 

obro‘sizlantirib qo‘yishlari mumkin. Bu esa saltanatga ziyon yetishiga sabab bo‘lur. 

G‘arazgo‘y, buzuqi va hasadgo‘y odamlarning vazirlar haqidagi uydirmalarini eshitmasinlar, chunki bu tabaqadagi 

kishilarning dushmani ko‘p bo‘ladi, negaki, olam axdining barchasi dunyotalabdir. Agar vazirlar bunday odamlarning 

ko‘ngliga qarasalar, davlatga xiyonat qilgan bo‘lurlar; qaramasalar, (unday odamlar) vazirlarga dushmanlik qilurlar. 

Chig‘atoyxonning

228


 bir vaziri bo‘lgan ekan. G‘arazgo‘ylar uni «xazinadan bir necha ming oltin o‘g‘irladi», deb 

(xonga  maktub)  yozgan  edilar.  Maktubni  xonga  ko‘rsatganlarida,  u  mazkur  vazirni  huzuriga  chaqirtirib,  unga 

«g‘azab»  qilib  debdi: «Sen  nazari  past  odam  ekansan.  Mendek  podshohning  vaziri  bo‘laturib,  xazinamdan  atigi 

shuncha o‘zlashtiribsan, xolos!» Dono vazir (xonning) bu qadar katta ehsonidan mamnun bo‘libdi va bor davlatining 

barchasini keltirib xonga peshkash qilibdi. (Bu bilan) xon oldida o‘z martabasi va obro‘-e’tiborini sakdab qolibdi. 

(Yana  hukm  qildimki),  qaysi  bir  sipohiy  haddidan  oshib,  qo‘l  ostidagi  kishiga  zulm  o‘tkazar  ekan,  uni  tutib, 

mazlum qo‘liga topshirsinlar, toki uning jazosini zulm ko‘rganlar bersin. 

Qishloq  oqsoqoli  va  shahar  ulug‘lari  kichikroq  darajadagi  odamga  zulm  qilsalar,  o‘sha  zulmga  yarasha,  har 

kimning  ko‘tarishicha  jarima  solsinlar.  Agar  darug‘alar  va  hokimlar  xalqqa  jabr-zulm  etib,  ularni  xarob  qilgan 

bo‘lsalar, ishlariga loyiq jazo berilsin. Biror kimsaning gunohi isbotlangandan keyin undan jarima olsalar, so‘ng yana 

darra bilan urmasinlar. Agar darra urish bilan jazolasalar, undan jarima olmasinlar. 

O‘g‘rilar xususida buyurdimki, ular qaerda bo‘lmasin, tutib olinsa, yaso

229

 bo‘yicha jazolansin. Kimki birovning 



molini zo‘rlik bilan tortib olgan bo‘lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. 

Agar kimda-kim tish sindirsa, ko‘zni ko‘r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino ishlar qilsa, devondagi 

shariat  qozisi  yoki  ajrim  chiqaruvchi  qoziga  olib  borib  topshirsinlar.  Shariatga  oid  ishlarni  hal  etishda  islom  qozisi 

hukm chiqarsin. Urf-odat ishlarini esa ajrim qozisi taftish qilib, so‘ng mening arzimga yetkazsin.

 

 

 



228

 Chig‘atoyxon–Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li (1227–1241), Chig‘atoy ulusi xoni. Ushbu ulusga hozirgi Sharqiy Turkiston, Qoshg‘ar, Ili 

va Yettisuv vohasidagi yerlar, shuningdek, Movarounnahr kirgan. Tarmashirinxonning (1326–1334) 1327 yildagi yurishidan keyin hozirgi 

Afg‘oniston va shimoli-g‘arbiy hindiston yerlari ham bu ulusga kirgan. (–

А.А.) 

229


 Yaso–turk-mo‘g‘ul xalqlari orasida amalda bo‘lgan qonun-qoidalar; Chingizxon davrida joriy etilgan

                                                 





Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling