Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

VAZIRNI TANLASH TUZUKI 

 

Amr  qildimki,  vazirlar  ushbu  to‘rt  sifatga  ega  kishilardan  bo‘lishlari  lozim:  birinchisi–asillik 



va  toza  nasllik,  ikkinchisi–aql,  farosatlilik,  uchinchisi–sipohu  raiyat  ahvolidan  xabardorlik,  ularga  nisbatan 

xushmuomalalik, to‘rtinchisi–sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. 

Kimki  shu  to‘rt  sifatga  ega  bo‘lsa,  unday  odamni  vazirlik  martabasiga  loyiq  kishi  deb  bilsinlar.  Uni  vazir  yoki 

maslahatchi etib tayinlasinlar. Mamlakat ishlarini, sipoh va raiyat ixtiyorini unga topshirsinlar. Bunday vazirga to‘rt 

imtiyoz–ishonch, e’tibor, ixtiyor va qudrat berilsin. 

Kamolotga erishgan vazir ulkim, davlat muomalalarini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlarni to‘g‘rilik 

bilan,  asli-nasli  tozaligini  ko‘rsatib,  ajoyib  tarzda  bajaradi.  Olgulik  joyidan  olib,  bergulik yerga  beradi.  Ruxsat 

etuvchi  va taqiqlovchi  buyruqlarida  uning  asilligi  bilan toza  naslligi  ko‘rinib  turadi. (Hech  kimga)  dushmanlik  va 

jabr-zulm  qilmaydi.  Xoh  sipohdan,  xoh  raiyatdan  bo‘lsin,  har  kimning  nomini  yaxshi  so‘zlar  bilan  tilga  oladi. 

Birovdan  yomonlik  axtarmaydi,  aytsalar  eshitmaydi.  Agar  birovdan  yomonlik  ko‘rgan  bo‘lsa,  unga  nisbatan 

shunday  muomala  qiladiki,  u  (oxiri)  yomonligidan  qaytadi.  O‘ziga  yomonlik  qilgan  odamga  nisbatan  shunday 

yaxshilik qiladiki, u (oxiri) oldiga bosh egib keladi. 

Qaysi  vazir  g‘iybat  gaplarni  aytsa,  uydirma  gaplarga  quloq  solsa,  jabr-zulm  qilsa,  o‘ziga  yoqmagan  kishilarni 

yo‘qotish payiga tushsa, uni vazirlikdan tushirish lozim. Nasliyu zoti past, hasadchi, gina-kek saqlovchi, qora ko‘ngilli 

kishilarga zinhor vazirlik lavozimi berilmasin. Buzuqi, qora ko‘ngilli, zoti past odam vazirlik qilsa, davlatu saltanat tez 

orada  qulaydi.  Masalan,  Malikshoh  Saljuqiy

230

  o‘z  vaziri  Nizomulmulkni



231

  martabasidan  tushirdi.  Vazir  boshdan-

oyoq  yaxshi sifatlarga  o‘ralgan  edi.  Uning  o‘rniga  zoti  past,  yomon  bir  kishini vazir  qilib  tayinladi. Bu  shumqadam 

vazirning qabih ishlari, zulmu sitami va nafsi buzukdigi kasofatidan saltanat binosi buzila boshladi. Shunga o‘xshash 

yana  bir  misol. Abbosiylardan  xalifa  Musta’sim  Billoh

232


  hasadchi,  gina-kuduratchi  Ibn  Alqamiyni  o‘ziga  vazir etib 

tayinladi.  U  ko‘nglida  xalifaga  nisbatan  gina-kudurat,  dushmanligi  bor  bo‘lgani  uchun,  xalifani  munofiqona  gaplar 

bilan aldab, o‘zi esa huloguxon bilan til biriktirib, uni xalifalik tepasiga olib keldi. Xalifa Musta’simni esa qo‘lga olib, 

o‘limga mahkum etdi. Shuni e’tiborga olib, asli toza, nasli pok, ulug‘ zotlardan bo‘lgan, yaxshi ravishlik kishilardan 

topib, vazir qilinglar. Chunki asli toza kishi xatolikka yo‘l qo‘ymaydi, badasl esa (hukmdoriga) vafo qilmaydi. 

Qaysi vazir soflik, to‘g‘rilik bilan vazirlik ishiga kirishib, davlatning moliya mulki ishlarini diyonat, savob bilan, 

nafsi buzukdik qilmay, omonatga xiyonat etmay bajarar ekan, unday vazirni eng oliy martabalarga yetkazsinlar. Qaysi 

vazir  buzuqlik  qilib,  yomonlik  yo‘li  bilan  mamlakat  ishlarini  yurgizar  ekan,  ko‘p  o‘tmay  unday  saltanatdan  xayru 

barakot ko‘tariladi. 

Dono vazir shuldirki, o‘z o‘rniga qarab, goh qattiqqo‘llik, gohida esa muloyimlik bilan ish yuritadi. Bunday vazir 

ortiqcha  qattiqqo‘llik  ham  qilmaydi,  ko‘p  muloyimlik  bilan  yumshab  ham  ketmaydi.  Agar  kup  muloiimlik  qilsa, 

dunyotalab,  tamagir  odamlar  uni  yutib  yuboradilar.  Agar  ortiqcha  qattiqqo‘llik  ishlatsa,  undan  qochadilar  va  unga 

boshqa  murojaat  qilmaydilar.  Demak,  dono  vazir  shuldirki,  saltanat  korxonasining  ishlarini  eng  to‘g‘ri  chorayu 

tadbirlar  qo‘llab,  yaxshi  anglagan  holda  amalga  oshirib,  davlatni  tartib-intizomga  keltiradi.  Saltanat  ishlarini  sabr-

toqat,  chidam  bilan  ado  etadi,  muammolarni  o‘z  o‘rnida  qattiqqo‘llik,  o‘z  o‘rnida  muloyimlik  bilan  hal  qiladi.  Bu 

xildagi  vazirni  davlat  sherigi  deb  bilsinlar,  chunki  davlatu  saltanat  uch  narsa:  mulk,  xazina  va  lashkar  bilan  tikdir. 

Dono  vazir  bularning  har  uchalasini  tadbirkorlik  bilan  yaxshi  ahvolda,  saranjom  tutadi.  Jami  yaxshi  xulkdar  sohibi 

bo‘lgan  vazir  aziyat yetganda  ham  hech  kimga  ko‘nglida  gina-adovat  saqlamaydi.  Agar  ginayu  kek  sakdab, 

dushmanlik  qilarkan,  bunday  vazir  munofiqdir.  Unday  vazirdan  ehtiyot  bo‘lish  kerak,  chunki  u  davlat  dushmanlari 

bilan til biriktirib, xazinani va lashkarni xarob qiladi. Akdli vazir ulki, bir qo‘li bilan raiyatni, ikkinchi qo‘li bilan esa 

sipohni tutadi. Olgulik joydan olib, bergulik joyga beradi. Sergaklik va ehtiyotkorlikni qo‘ldan qo‘ymaydi. To‘g‘rilik 

va rostlik bilan muomalada bo‘lib, har ishning oqibatini o‘ylab ish tutadi. Davlat foydasini ko‘zlagani uchun, birovga 

230

 Malikshoh Saljuqiy (1055–1092) – Saljuqiylar sulolasidan (1038–1194) chiqqan va Jaloliddin Malikshoh I nomi bilan mashhur podshoh. 



1072–1092 yillari hukmronlik qilgan. 

231


 Nizomulmulk, Abu Ali al-hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiy (1018–1092) – Saljuqiy sultonlardan Alp Arslon (1063–1072) va Malikshoh I 

(1072–1092)ning bosh vaziri. Nizomulmulk «Siyosatnoma» nomli katta tarixiy asari bilan ham mashhur. 

232

 Musta’sim Billoh–Abbosiylar sulolasiga mansub Bag‘dod xalifalarining so‘nggi vakili. 1242–1258 yillari hukmronlik qilgan. 



 

                                                 




dushmanlik  qilishni  ko‘ngliga  keltirmaydi.  Tajribali,  ishbilarmon  va  bilimdon  vazir  shunday  bo‘ladiki,  mamlakat 

obodonligini,  raiyat  va  sipohning  tinch-farovonligini,  xazina  boyligini  doim  ko‘zda  tutadi.  Davlat,  saltanatga  foyda 

keltiradigan ishlarni bajarishga tirishib, harakat qiladi. Saltanatga zarar yetkazadigan xatarli ishlarni bartaraf qilishda 

molu  jonini  ayamaydi.  Sipohu  raiyatga  tegishli  muhim  ishlarni  yaxshilik  yo‘li  bilan,  to‘g‘ri  tadbir  ishlatib,  amalga 

oshiradi. Yaxshi xulkdi vazir shulki, uning ezgu ishlari yomon fe’l-atvoridan ustunlik qiladi. 

Eshitishimcha,  Nizomulmulkning  ozgina  yomon  qilmishlarini  ko‘plab  xayrli  ishlari  mag‘lub  etgan  edi.  U  hajga 

bormoqchi  bo‘lib  turgan  vaqtida  avliyolardan  biri  unga  debdi: «Malikshoh  davlatining  xizmatida  bo‘lib,  amalga 

oshirayotgan xayrli ishlaring va Tangri taoloning bandalariga yetkazib turgan yordaming haj qilish bilan barobardir». 

Yana  eshitganmanki,  Ali  ibn  Laqatiy  xalifa  horun  ar-Rashidning  vaziri  edi.  Undan  Tangri  taoloning 

bandalariga  ko‘p  nafu  foyda yetardi.  Kunlardan  bir  kuni  u  o‘z  ixtiyori  bilan  vazirlikni  tark  etmoqchi  bo‘libdi. 

O‘shanda  din  peshvolaridan  biri  unga  shunday  deb  yozibdi: «Sen  xalifa  dargohida  mulozimlik  qilib,  vazirlik 

ishini  bajarib  turaver.  Bu  ishni  tashlashni  o‘ylamagin  ham,  chunki  (bu  martabada  turib)  xalqqa yetkazayotgan 

yordaming va nafing, sen qilgan butun ishlaringu harakatlaringning eng oliysidir». 

Yana  shuni  eshitdimki,  hazrati  payg‘ambarimizdan,  unga  Tangrining  marhamatlari  va  salomlari  bo‘lsin, 

so‘rabdilar: «Agar  siz  nabiy  va  rasul  etib  yuborilmaganingizda,  qaysi  ish  bilan  mashg‘ul  bo‘lardingiz?»  Ular 

shunday deb javob bergan ekan-lar: «Sultonlar xizmatida bo‘lishni ixtiyor etib, Tangri taoloning bandalariga foyda 

va yaxshilik yetkazardim». 

Shu  sababdan,  xalqqa  yordamu  madad  berish  maqsadida,  men  ham  Tug‘luq  Temurxonning  o‘g‘li  Ilyos  Xojaga 

vazirlik  hamda  sipohsolorlik  qilishga  rozi  bo‘lgan  edim.  Tangri  taoloning  bandalariga  yordam  qilganimdan  bo‘lsa 

kerakki, Olloh taolo meni saltanat martabasiga yetkazdi. 

Tadbirkorlik  va  qilich  vositasi  bilan  biror  mamlakatni  zabt  etgan  yoki  (himoya  etib)  sakdab  qola  olgan  vazirni 

e’zozlab, izzat-ikrom etsinlar. Uning martabasini oshirib, uni «qilich va qalam sohibi» deb atasinlar. 

Aqlli,  bilimdon  va  hushyor  vazir  shunday  bo‘ladiki,  bir  to‘g‘ri  tadbir  qo‘llab  g‘anim  qo‘shinini  parokanda  qilib 

yubora  oladi.  Murosayu  madora,  xushmuomalalik  bilan  sipohni  birlashtirib,  dushman  lashkarini  o‘ziga  rom  qiladi. 

Bunday vazir valine’matning soqchisi bo‘lib, podshosining boshiga tushgan muhim va mushkul ishlarni tadbirkorligi 

hamda uzoqni ko‘ra bilishi bilan osonlashtiradi. Agar saltanat ishlarida chigil-jumboq uchrasa, aqlu farosat barmog‘i 

bilan  uni yechib  yuboradi.  Chunonchi,  Alibek  Joniqurboniy  meni  band  etgach,  burga  to‘la  uyga  qamab  qo‘ydi. 

Vazirlarimdan Azizuddin Termizdan yurish qilib, menga yordam berish uchun yetib keldi, (tadbir ishlatib)  Alibekni 

uxlatib qo‘ydi. Bu ishi bilan uning ko‘zini mendan berkitib, quvvat bag‘ishladi. Shijoat va mardligim tutib, qo‘limdagi 

qilich  zarbi  bilan  ko‘p  soqchilar  orasidan  qutulib  najot  topdim.  Shunga  o‘xshash  Nizomulmulk  ham  Sulton 

Malikshohni qaysar bandidan xalos etgan edi

233


Shunday  bo‘lgach,  bunday  vazirni  davlat  sherigi  deb bilib,  aziz  tutsinlar,  zinhor  uning  so‘zidan  chiqmasinlar.  U 

nima degan bo‘lsa bari akd ko‘zgusidir. 

Agar podshoh zolim bo‘lib, vaziri odil bo‘lsa, podshohning jabr-zulmini (to‘xtatish) chora-tadbirini ko‘radi. Lekin 

vazir zolim bo‘lsa, saltanat ishlari tez muddatda inqirozga uchraydi. 

 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling