Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Temur tuzuklar
AMIRLIK VA HUKMDORLIK
MARTABALARI TUZUKI
Eng yaqin navkarlarimdan uch yuz o‘n uch kishiga amirlik mansabi berishni buyurdim, chunki ular asli toza, aql- farosatli, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, oldi-ketini o‘ylab ish tutadigan kishilardir. Ularning har biriga o‘rinbosar tayinladim. Agar amirlardan birontasi vafot etsa, u holda, o‘rinbosari uning o‘rniga o‘tiradi va uni «amirlikka nomzod» deb ataydilar. Mening bu uch yuz o‘n uch amirimning barisi aql-hush egalari, bazmu jang sherlari, mahoratli sarkardalar, lashkar to‘pini buzib, uni mag‘lub etuvchi kishilardandurlar. 233 Saljuq sultoni Malikshoh davrida «qaysar» iborasi faqat Vizantiya imperatoriga nisbatan ishlatilgan. Bu sultonning imperatorga asir bo‘lgani tarixiy manbalarda tasdikdanmaydi. (– А.А.)
Tajribamdan sinab bildimki, jangning sir-asrorini, g‘anim askarlarini sindirish yo‘lini bilgan, urush qiziganda o‘zini yo‘qotmasdan, qo‘l-oyog‘i bo‘shashmasdan, lashkar favjlarini jangga boshlay oladigan, agar qo‘shin safiga raxna tushsa, uni tezda tuzata oladigan kishigina amirlik va hukmronlikka loyiq hisoblanadi. Shunday kishi amir ul-umaro bo‘la oladiki, men yo‘g‘imda, tinchligu savashda o‘rinbosarim bo‘lib, shon- shavkat va mahobat bilan butun sipohga buyruq berib, unga qarshilik qilganlarni jazolay oladigan bo‘lsin. Uch yuz o‘n uch kishidan to‘rt nafarini beglarbegi etib, bir kishini amir ul-umaro qilib tayinlashni buyurdimki, uning hukmi yurishlarda, urushlarda amirlar va butun sipoh tomonidan so‘zsiz ijro etilsin. U o‘zim borimda yo‘ldoshim, yo‘g‘imda esa o‘rinbosarimdir. G‘ayratli, or-nomusli bo‘lgan yana o‘n ikki kishiga ushbu tartibda amirlik darajasini berdim. Birinchi amirni ming kishiga buyruq berish huquqi bilan amir etib tayinladim. Ikkinchi amirni ikki ming kishiga buyruq berish huquqi bilan ikki ming askarga amir etib qo‘ydim. Shunga o‘xshash, uchinchi amirni–uch ming, to‘rtinchisini–to‘rt ming, beshinchisini–besh ming va shu tartibda o‘n ikkinchi amirgacha ko‘paytirib borib, olti mingdan o‘n ikki minggacha askarga amir qilib belgiladim. Amirlik tartibiga qarab, birini ikkinchisiga noib etdim. Masalan, birinchi amirni ikkinchi amirning noibi, ikkinchi amirni uchinchi amirning noibi, shu tartibda o‘n birinchi amirni o‘n ikkinchi amirning noibi qilib belgiladim. O‘n ikkinchi amir esa amir ul-umaroning noibi bo‘ldi. Amir ul- umaro esa mening noibim hisoblanadi. Qaysi bir amirga biror korhol bo‘lsa, o‘rniga noibi o‘tirsin. Yana buyurdimki, o‘sha uch yuz o‘n uch kishidan yuztasi–o‘nboshi, yuztasi–yuzboshi, yuztasi–mingboshi bo‘lsin. Jang paytida amir ul-umaro–amirlarga, amirlar–mingboshilarga, mingboshilar–yuzboshilarga, yuzboshilar– o‘nboshilarga boshliq, deb buyruq berdim. Shuningdek, o‘nboshining ishini–yuzboshiga, yuzboshining ishini– mingboshiga, mingboshining ishini–amirga, amirning ishini–amir ul-umaroga buyurmasinlar. O‘nboshi bilan bitadigan ishni yuzboshiga, yuzboshi bitirsa bo‘ladigan ishni mingboshiga yuklamasinlar. Amirlardan qaysi biri o‘zi qiziqib ish so‘rar ekan, unga buyursa bo‘lur.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling