Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

 

ULUSLAR, QO‘SHINLAR

255

 VA TUMANLARNING

256

 AMIRLARINI TAYINLASH TUZUKI 

 

Buyurdimki, yurish vaqtida har bir ulus va tuman amiri har chodirdan



257

 bir otliq, har ikki olachukdan bir otliq, har 

bir  uydan  bir  otliq  askar  ajratib,  o‘zlari  bilan  birga  olib  ketsinlar.  Ular  qaysi  mamlakatga  kelib  tushsalar,  oladigan 

ulufalari o‘sha yerning sug‘oriladigan maydoni va o‘tlog‘i hisobidan belgilansin. Uluslarning amirlariga yarg‘u

258

 va 


bayroqlar  bersinlar.  Amirlar  uluslar  va  tumanlarning  hol-qudratiga  yarasha  otliq  askar  hozirlab,  yurishga  olib 

kelsinlar. 

Qaramog‘imdagi qirq aymokdan o‘n ikkitasiga–barlos, tarxon, arg‘in, jaloyir, tulkichi, do‘lday,  mo‘g‘ul, sulduz, 

to‘qay, qipchoq, arlot, totorga tamg‘a berilsinkim, bular mening xos navkarlarim bo‘lib hisoblansinlar. 

Barlos  urug‘idan  (quyidagi)  to‘rt  kishini  amir  ul-umaro  qildim:  Amir  Xudoydod,  unga  Badaxshon  mamlakatini 

in’om etdim; amir Jaku, amir Iygu Temur va amir Sulaymonshohga ham bittadan chegara mamlakatini tortiq qildim. 

Barlos  urug‘idan  yana  yuz  kishini  mingboshi  qildim.  Amir  Jaloliddin  barlosni  o‘ninchi  amir,  amir  Abu  Sa’idni 

to‘qqizinchi amir darajasiga ko‘tardim. 

Tarxon ulusidan amir Boyazidni yettinchi amir darajasiga tayinladim. Ulardan yigirma kishini yuzboshi qildim. 

Arg‘in ulusidan Tosh Xo‘jani sakkizinchi amir qildim. Bulardan yigirma kishini mingboshi, yuzboshi va o‘nboshi 

qilib tayinladim. 

Jaloyir ulusidan Tug‘ Temur va Sher Bahromni sakkizinchi va to‘qqizinchi amir etib tayinladim. Bulardan yigirma 

kishini yuzboshi va o‘nboshilikka belgiladim. 

Tulkichi ulusidan Uljaytu Apardiyga amirlik martabasini berdim. 

Do‘lday ulusidan Tobon bahodir va Son bahodirga amirlik martabasini berdim. 

Mo‘g‘ul ulusidan Temur Xoja O‘g‘lonni amirlik martabasiga yetkazdim. 

Sulduz ulusidan Elchi bahodirga amirlik martabasini berdim. 

To‘qay ulusidan Ali Darvishni amir qildim. 

Qipchoq ulusidan Sari Bug‘aga amirlikni berdim. 

Arlot ulusidan amir Muayyidnikim, singlim uning nikohida edi, amir ul-umaro etib tayinladim. Salaychi bahodirni 

ham amirlikka ko‘tardim. 

Totor ulusidan Qo‘naqxonga amirlik (martabasini) berdim. 

Tamg‘aga yetmagan  yigirma  sakkiz  aymoq  boshlikdariga  ulus  amirligini  berdim.  Ular  yurish  va  jangu  jadal 

paytida tuzukka binoan o‘z ulusidan otliq askar to‘plab, hozir bo‘lsinlar. 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling