Milliy davlatchiligimiz tarixining mumtoz namunasi


MAMLAKATLARNI ZABT ETISH TUZUKI


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/90
Sana14.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#174274
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90
Bog'liq
Temur tuzuklar

 

MAMLAKATLARNI ZABT ETISH TUZUKI 

 

Biron  mamlakatda  jabr-zulm  va  fisqu  fasod  kuchayib  ketarkan,  asl  podshohlar  adolat  o‘rnatishib,  fisq-fasodni, 



zulmni yo‘qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim. Tangri taolo shu niyatning sharofati bilan 

mamlakatni zolimning qo‘lidan tortib olib, odil (podshoh)ga topshiradi. 

Chunonchi,  men  Movarounnaxr  viloyatida  adolat  o‘rnatish  niyatida  uni  zolim  mo‘g‘ullar  toifasining  qo‘lidan 

tortib oldim. 

Qaysi  bir  mamlakatda  shariat  zaiflashgan  bo‘lsa,  Olloh  ulug‘  qilgan  narsalarni  xor  tutsalar  va  Xudoning  xos 

bandalarini  ranjitsalar,  chinakam  jahongir  sulton  hazrati  Muhammad  sallollohu  alayhi  vasallam  dini  va  shariatiga 

rivoj  berish  uchun  o‘sha  mamlakatta  kirsin.  Xudoning  rasuli  unga  madadu  inoyat  ko‘rsatgay.  Bunga  misol,  men 

Xindiston  poytaxtini  Feruzshohning

264

  nabirasi  Sulton  Mahmuddan,  Malluxon  va  Sarangdan



265

  tortib  oldim,  dinu 

shariatga rivoj berdim va o‘sha diyorning butxonalarini buzdirdim. 

Qaysi  mamlakatning  aholisi  o‘z  hokimi  yoki  voliysidan  ozor  chekkan  va  o‘sha  diyor  ahlining  ko‘ngli  o‘z 

voliysidan  qolgan  bo‘lsa,  mamlakatlarni  zabt  etguvchi  chinakam  podshoh  u yerlarni  o‘z  tasarrufiga  olsin.  Odil 

podshoh  u yerga  qadam  qo‘yishi  bilan  fathu  zafar  ham  unga  yor  bo‘lib, (u  bilan)  birga  kiradi.  Bunga  misol,  men 

Xuroson viloyatini Kurt sultonlaridan

266 


ajratib oldim

267


. Xuroson poytaxti–Hirotga qarab yuzlanishim bilan Sulton 

g‘iyosiddin butun mamlakatni, xazina-dafinalari bilan peshkash qilib menga topshirdi

268



Qaysi  mamlakatda  dindan  qaytishlik,  xudosizlik  kuchaysa  va  u  diyorning  aholisi,  sipohu  raiyat  turli  maslakka 



kirib  ittifoqlari  buzilsa,  u mamlakatning  halokati  yaqindir.  Chinakam  jahongir  podshoh  unday  yurtni  o‘z  tasarrufiga 

olishi  lozim.  Misol  uchun  men  Iroqi  ajam  va  Fors  viloyatlarini  mal’un  dinsizlar  vujudidan  tozaladim,  zolim 

hukmdorlarni ag‘darib, xudo bandalarini ularning jabr-zulmidan qutqazdim. 

Qaysi bir viloyat xalqining e’tiqodi hazrati Sayyid al-mursalin

269

, unga Ollohning marhamatlari bo‘lsin, xonadoni 



aqidalaridan farkdanib  o‘zgargan  bo‘lsa,  podshoxdar o‘sha  viloyatni tasarruflariga  olishlari  va  u yer  aholisini buzuq 

e’tiqodlaridan qaytarishlari lozim. Bunga misol, men Shom viloyatiga kirib, buzuq e’tiqodli kishilarni jazoladim. 

Jahongirlik qilishga kirishganimda to‘rt narsani xotirimda mahkam saqladim. 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling