. Iloh esa abadiy bo’lib, u azalda ham, hozirda ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir. Azaliylik, vaqtdan tashqarida bo’lish, tug’ilmaganlik va o’lmaslik kabi sifatlar qudratli ilohning mohiyatini anglatadi. Hudoga bo’lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yo’lini tutgan har bir inson Unga yetishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin. Sikxizm harakati Ramanand, Gorakxnatx, Chaytan’yax, Kabir va Vallabxachar’ya nomlari bilan bog’liq bo’lib, butun XVI asrni o’z ichiga oladi. Bu davrda hinduizm kabi sikxizmga ham islomning ta’siri kuchli bo’ldi. - . Iloh esa abadiy bo’lib, u azalda ham, hozirda ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir. Azaliylik, vaqtdan tashqarida bo’lish, tug’ilmaganlik va o’lmaslik kabi sifatlar qudratli ilohning mohiyatini anglatadi. Hudoga bo’lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yo’lini tutgan har bir inson Unga yetishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin. Sikxizm harakati Ramanand, Gorakxnatx, Chaytan’yax, Kabir va Vallabxachar’ya nomlari bilan bog’liq bo’lib, butun XVI asrni o’z ichiga oladi. Bu davrda hinduizm kabi sikxizmga ham islomning ta’siri kuchli bo’ldi.
- Xudoga ibodat qilish, Sikxizm ta’limoti bo’yicha aslo dunyoviy hayotdan uzulishni, rohiblik yo’lini tutishni anglatmaydi, aksincha, hayotda faollikni, to’la mehnatni va oiladagi o’z vazifasini bajarishni anglatadi. Bu tamoyillarga amal qilish pirovard natijada tug’ilishlar zanjirining uzilishiga va insonning xudo bilan birlashib ketishiga olib keladi.
- Hindistonda turli dinlar, turli madaniyatlar doimo bir - biriga ta’sir ko’rsatib, Nanak, Kabir kabi islohotchilar Hinduizmni butparastlikdan tozalab, Islomga yaqinlashtirishga harakat qildilar.Tadqiqotchilar Sikxlar bir xudoga e’tiqod qiladi, deb hisoblaydilar. Sikxizm boshqa iloh va butlarga ibodat qilishni, hinduizmning yirik ziyoratgohlariga borishni, folbinlik va sehr – joduga ishonishni ta’qiqlaydi hamda tug’ilish va o’lim bilan bog’liq bo’lgan poklash marosimlarini tan olmaydi. Sikxizm Hinduizmdan farqli ravishda kasta tabaqalanishini inkor etadi va braxmanlarning tug’ilish, o’lim va nikoh marosimlaridagi rahbarlik mavqeiga barham beradi.
- Sikxizmning muqaddas kitobi Adigrantx ya’ni “ boshlang’ich kitob deb nomlanib, bu kiitob beshinchi guru Arjun (1581-1606) tomonidan tuzilgan edi. Adigrantx shu bilan birgalikda Gururantx ya’ni “ Guru kitobi” yoki Grantx sohib ya’ni “ Soxibning kitobi” deb ham ataladi. Unga avval dastlabki besh guruning, keyinchalik esa boshqa gurularning madhiyalari kirgan.Adigrantx panjob tilida yozilgan bo’lib, hozirgi kunda Amritsardagi sikxlarning bosh ibodatxonasi bo’lgan “Oltin ibodatxona”da saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |