Milliy dun haqida tushuncha. Vedalar, Rigveda, Samaveda, Yajurveda Osmon, Quyosh, Yer xudolari
Download 27.49 Kb.
|
milliy dinlar
Hinduiylik (Induizm) murakkab din bо‘lib, u ijtimoiy tashkilot, turli dinlar qorishmasidir. U kastachilik asosiga qurilgan. Braxmanlik bilan buddaviylik о‘rtasida kasta ta’limoti bо‘yicha kurashni ifodalovchi hinduiylik dini shakllandi. Bu dinga Hindiston aholisining 83% e’tiqod qilib, uning asosiy sharti Hindistondagi kasta tizimini qabul qilishdir. Hinduiylikda besh qoida va aqida tan olingan.
1. Vedalarning muqaddasligi; 2. Guru (pir, ustoz) ning tan olinishi; 3. Muqaddas joylarga ziyoratga borish; 4. Sanskrit muqaddas til ekanligi; 5. Sigirning muqaddas ekanligi tan olingan. Hinduiylikda braxmanlar asosiy о‘rin egallab, kengroq “Mahobxorat” muqaddas yozuvlar qatoriga qо‘shilgan. Braxmanlar eski aqidalar zamon talabiga javob bermasligini kо‘rgach, yangi qonun-qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga keltirib, buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. Hinduiylik braxmanlikdan farq qilib unda “Mahobxorat” va boshqa she’riy matnlar sanskrit tilidan zamonaviy hind tiliga tarjima qilinib, asl matni bilan bir xil hisoblangan. Hinduiylikda braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan yoki ayollardan bо‘lishi mumkin. Hinduiylikda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy bо‘lib, Braxma ularning eng kattasi, dunyoni yaratgan xudosi. Shunga qaramay, hinduiylikda asosan Vishnu va Shivaga topinadilar. Hinduiylik ikki asosiy oqimga bо‘linadi: 1. Shivaga sig‘inuvchilar oqimi. 2. Vishnuga sig‘inuvchilar oqimi. Shiva –kambag‘allar xudosidir. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Pudra nomi bilan zikr etilgan. U Ishana, Shivara, Maxadeva (Buyuk xudo) nomlari bilan ham ataladi. Shivaizm Hindistonda 13 ga yaqin asosiy oqimlari mavjud. Bu oqimlar tridandina, smart, dandi, lingachilar, yoglar maktra, shakta va boshqa oqimlar bо‘lib, xalq orasida Shivaning bir ming sakkizta nomi mavjud. Vishnu. Hozir Hindistonda birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohdir. Rigvedada u quyosh xudosi – birinchi darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni Savitar Roxita, Surya, Audita nomlari bilan ataydilar. U “Krishna bilan qо‘shilib yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon deb tan olinadi”. “Mahobxorat” va “Ramayana” dostonlarida “Avatara” – insonning Vishnuga qо‘shilib ketishi haqida sо‘z yuritiladi. Vishnu ba’zida tо‘rtqо‘lli qilib tasvirlanadi. Vishnu hech qachon inson va hayvonni qurbonlik qilishlarini talab qilmagan. Krishna murakkab obraz bо‘lib u haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon, quyosh bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, engilmas qahramon sifatida ta’riflanadi. Vishnuizm bayramlari turli-tuman bо‘lib, ular bir necha kunlarga chо‘zilib ketadi. Ular duolar о‘qish, ta’zim bajo keltirish, ommaviy diniy marosimlarda qatnashish, hadya, qurbonliklar atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi hovuzlarda chо‘milish kabilar bо‘lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar boshchiligida bajariladi. Sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi uchun u xudolar qatorida e’zozlanadi. U keyinchalik “tirik butga aylanib, Shivaning ma’budlik о‘rnini tо‘ldirdi. Vishnuizmda muqaddas hayvon maymun bо‘lib Rigvedada “Vrishakani (yerkak maymun) timsolida Xanumanning timsolini kо‘rishimiz mumkin”,-degan rivoyat keltirilgan. Maymun Ram (Ramayana dostonidagi odam-xudo) ning ittifoqchisi maymun –xudo Xanumanning vakili sifatida ulug‘lanadi. Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb e’tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy, ramziy sohalaridagi tizimi murakkablashib ketadi. Xalq ommasi doirasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga sig‘inish davom etmoqda. Hinduiylik eramizdan oldingi dinlar - braxmanizm va vedaizmning evolyusiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi о‘rtalarnga kelib shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Hinduizm sinkretik din bо‘lib, turli e’tiqodlar, urf-odat va marosimlar, mahalliy diniy e’tiqod va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida voke bо‘lib, urug‘-qabila dinlari elementlarini, braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy goyalarini qamrab algan. Hinduizm о‘zining yagona tashkilotiga ega emas. Hinduizm insonning tug‘ilganadan to vafot etishigacha bо‘lgan huquq va vazifalarini belgilab va cheklab qо‘yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka keng о‘rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy tengsizligini oklaydi va abadiylashtiradi, ruhning bо‘lmasligi va kо‘chib aylanib yurishi (sansara ta’limoti), qayta tug‘ilishi (karma ta’limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va dо‘zax kabi aqidalarni о‘z ichiga oladi. Hinduizm politeistik din bо‘lib, unda kо‘p xudolilik elementlari saqdangan. Hinduizm ta’limotida xudoning uch xil kо‘rinishda tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi uch yuzli xudoga о‘xshaydi. Hinduizm ta’limoticha, olam paydo bо‘lib, emirilib, yо‘q bо‘lib turadi, ya’ni olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr olamning yuksak rivojlangan chо‘qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yо‘qoladi. Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bо‘linishini aks ettiruvchi savob va jazo (karma) g‘oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da’vo kilinadi: 1) dxarma - oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish: 2) artxa - foydali ishlar qilish, zarur materiallarga ega bо‘lish; 3) kama - muhabbat tuyg‘ulariga erishish, his-tuyg‘ularni qondirish; 4) moksha - о‘zgarish zanjiridan butunlay xalos bо‘lish. Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari о‘z xudolariga bag‘ishlab minglab katta-kichik ibodatxonalar kurganlar. Bu dinga e’tiqod kiluvchilar "muqaddas joylar", daryolar va boshqa har xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar - hо‘kiz, sigar, maymun va ilon kabilarga ham sig‘inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar. Masalan, hinduizm tarafdorlari sigirni sahiylik manbai va gо‘zal ayol timsoln deb hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirlarni sо‘ymaslik va gо‘shtini emaslikni targ‘ib kiladilar. Ammo hinduizm sigar sutini ichishni va undan xо‘jalikda ish hayvoni sifatida foydalanishni ta’qiqlamaydi. Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga e’tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham mukaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga kо‘ra, gо‘yo Gang daresi qirgog‘ida kishi hayotdan kо‘z yumsa, narigi dunyodagi hayoti ancha engillashar, jannatga yо‘l olar degan diniy fikr bor. Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka, Bangladesh, Gavana va hindlar yashaydigan boshka hududlarda tarqalgan. Download 27.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling