«Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi» kafedrasi «Ma`naviyat asoslari»


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana28.11.2017
Hajmi0.78 Mb.
#21137
1   2   3   4   5   6   7

Takrorlash uchun savollar: 

Nima uchun Amir Temurni buyuk davlat arbobi va sarkarda deymiz? 

Amir Temurning yuksak Ma`naviyat egasi ekanligini izohlang. 

«Temur  tuzuklari»  qanday  asar?  «Temur  tuzuklari»  asaridagi  adolat,  tug`rilik,  halollik, 

dustlarga sadoqat, vatanparvarlik tug`risidagi fikrlardan misollar keltiring. 

Mirzo ulug`bekning ilm-fan va Ma`rifat rivojiga qushgan hissasi nimalardan iborat? 

ulug`bek Akademiyasida faoliyat kursatgan olimlardan kimlarni bilasiz? 

Nima  uchun  Alisher  Navoiyni  «Suz  mulkining  sultoni»  deb  ataymiz?  (misollar  bilan 

isbotlang). 

Alisher  Navoiy  Ma`naviyatini  ifodalovchi  qanday  xislatlarini  bilasiz?  (misollar  bilan 

isbotlang). 

Alisher Navoiyning qanday asarlarini bilasiz? 

Mustaqillik  va  Amir  Temur,  temuriylar  davriga  munosabatdagi  uzgarishni  tushuntirib 

bering. 

Adabiyotlar

Karimov I.A. Amir Temur - faxrimiz, g`ururimiz. T., 1998 y. 

Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuq. T., Sharq, 1998 y. 

«Temur tuzuklari» (forschadan kuchirma). T., 1991 y. 

Amir Temur ugitlari. T., Chulpon, 1992 y. 

Muminov I.M. Amir Temurning urta Osiyo tarixida tutgan urni va roli. T., Fan, 1993 y. 

Amir Temur va Temuriylar davrida madaniyat va san`at (maqolalar). T., 1996 . 

Ahmedov B. Buyuk Temur. T., 1996 y. 

uzbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan. T., uzbekiston, 1995 y. 

Jumaboev Y. uzbekistonda falsafa va axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan. T.,  995 y. 



Mavzu 5. Manaviy barkamol, komil inson tushunchasi uning sharқona xalқlariga  tan  

taraflari. Vatanparvarlik, insonparvarlik  va milliylik  sodiқlik  shaxs  manaviyatning 

ulchamlari  

Reja: 

1. Islom Karimov Ma`naviy barkamol insonni tarbiyalash zamona talabi ekanligi tug`risida. 

2. Ma`naviy barkamol inson tushunchasi, uning mohiyati. 

3. Komil inson va uning Sharqona fazilatlari. 



 

Bugungi  kunda  Ma`naviyat  masalasi  ijtimoiy  hayotimizning  asosiy  masalalaridan  biriga 

aylanib qoldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga katta  va uzluksiz e`ily berib 

kelinmoqda. uzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning har bir nutqi va ma`ruzalari, 

maqola va asarlarida yuksak Ma`naviyat kelajak poydevori ekanligi qayta-qayta ta`kidlanmoqda. 

«Zero, - deb uqtiradi Islom Karimov, - biz jamiyatimiz taraqqiyotini faqatgina iqtisodiy, ijtimoiy 

farovonlik  bilangina  emas,  xalqimizning  Ma`naviy  barkamolligi,  demokratik  va  insonparvarlik 

tamoyillarining kishilar ongida nechog`lik chuqur ildiz otishi bilan baholaymiz»

45[45]



Erksevar xalqimiz mustaqillik tufayli uz eri, uz tili, uz diniga ega buldi; milliy g`ururi, izzat 



obrusi  tiklanib,  endilikda  qadriyatlarimiz,  Ma`naviy  merosimizdan  bahramand  bulmoqdamiz. 

Mustaqillik  va  Ma`naviyat  bir-biriga  g`oyat  bog`liq  tushunchalardir.  Ma`naviyati  buyuk  xalqni 

qul  qilish,  abadiy  istibdod  zulmi  ostida  saqlash  mumkin  emas.  Bunday  Ma`naviyatning  kamol 

topishi,  qalblarga  singishi  uchun  Mustaqillikni  mustahkamlash  ham  lozim  buladi.  Qudratli 

kelajagi buyuk davlat, buyuk ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qudratli Ma`naviyat zamirida vujudga 

keladi.  Har  bir  alohida  shaxsning  va  butun  millatning  Ma`naviy  kamoloti  orqali  demokratik 

huquqiy davlat barpo etiladi. Davlatimiz rahbari shu bois ham Ma`naviyat va Ma`rifatga doimo 

katta  e`ily  berib  kelmoqda.  Shu  oqilona  siyosat  tufayli  xalqimiz  uzligini  tanib,  uz  shajarasini 

idrok etmoqda, tarix oldidagi vazifasini anglab olmoqda. 

Inson  Ma`naviyatini  yuksaltirmasdan  turib,  xalqimiz  hayoti  va  turmushi  yuksalishida, 

hamda  mamlakatimiz  taraqqiyotida  muvaffaqiyatlarga  erishish  qiyin.  Islohatlarning  birinchi 

bosqichida  milliy  Ma`naviyatni  yuksaltirish  yulida  kuzlangan  maqsad  tula  ilyda  oshirildi  va 

ikkinchi  bosqichda  ilyda  oshirilishi  lozim  bulgan  vazifalarga  zamin  hozirlandi.  Ma`naviy, 

mafkuraviy  parokandalik  davriga  barham  berildi.  Ijtimoiy  hodisalar  bilan  birga  milliy 

Ma`naviyatimiz  yuksala  bordi.  Yurtboshimiz  Islom  Karimov  «uzbekiston  iqtisodiy  islohatlarni 

chuqurlashtirish  yulida»  asarida  ta`kidlaganidek:  «Xalqning  Ma`naviyati  va  madaniyati,  uning 

xaqiqiy  tarixi  va  uziga  xosligi  qayta  tiklanayotganligi  jamiyatimizni  yangilanish  va  taraqqiy 

ettirish  yulidan  muvaffaqiyatli  olg`a  siljishida  hal  qiluvchi,  ta`bir  joiz  bulsa,  belgilovchi 

ahamiyatga egadir...»

46[46]


. Haqiqatan faqat Ma`naviy erkin va ozod xalq teran va komil tafakkur 

tufayli  har  sohada  katta  yutuqlarga  erishishi  mumkin.  Boshqacha  aytganda,  faqat  Ma`naviy 

sog`lom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bulishi mumkin

47[47]


Ma`naviy  tarbiya  sohasida  kuzbuyamachilikka  yul  quyish  nihoyatda  xatarli.  Ma`naviyat 

jamiyat  hayotining  shunday  bir  nozik,  ahamiyatli  sohasiki,  bu  borada  xujakursinga  ish  qilish 

iqtisodiy va siyosiy sohalarda kutilmagan turli inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, 

bu  sohada  uzi  bularchilik  va  luttibozlikka  yul  quyib  bulmaydi.  Kishilarda,  xususan  yoshlarda 

yangi  Ma`naviyatning  shakllanishi  ancha  murakkab  va  mashaqqatli  jarayon  hisoblanadi.  Buni 

ilyda  oshirish  uchun  keng  kulamli  madaniy,  tarixiy,  ma`rifiy,  tarbiyaviy  ishlarni  ilyda  oshirish 

kerak  buladi.  Eski  tuzum  sharoitida  tarkib  topgan  Ma`naviy  inqirozga  barham  berish,  yangicha 

tafakkurga  ega  bulgan  insonni  shakllantirish  murakkab,  muayyan  davrni  talab  qiluvchi,  asta-

sekin  ilyda  oshadigan  jarayon  bulganligi  sababli  tarixning  burilish  davrlarida  jamiyat  hayotida 

Ma`naviy  bushliq  holatlari  ham  yuzaga  kelishi  tabiiydir.  Bu  bushliq  jamiyat  uchun  iqtisodiy, 

siyosiy  inqirozga  nisbatan  ancha  xatarliroq  kechadi.  Bunga  keyingi  vaqtlarda  yuz  bergan 

                                                           

45[45]


 Êàðèìîâ È. Êåëàæàêíè æàñîðàòëè îäàìëàð 3óðàäè. «Õàë3 ñ5çè» ãàçåòàñè, qooo éèë, qu-ôåâðàë. 

46[46]


 Êàðèìîâ È. %çáåêèñòîí áóþê êåëàæàê ñàðè. qoo-e00-áåòëàð. 

47[47]


 ¹àðàíã: %øà æîéäà, e0y-áåò. 

mudhish voqealar yaqqol misol bula oladi. Shu sababli tarixiy burilish davrlarida ob`ektiv tarzda 

yuzaga  keladigan  bunday  holatlarni  chuqur  anglab,  ularga  tug`ri  munosabatda  bulish  lozim. 

Mamlakatimiz  rahbariyati  buni  tug`ri  anglab,  bunday  holatlarning  qalqib  yuzaga  chiqishining 

oldini  faqat  odamlarimiz,  avvalambor  yoshlarimizning  iymon-e`tiqodini  mustahkamlash, 

irodasini baquvvat qilish, ularni uz mistaqil fikriga ega bulgan barkamol insonlar etib tarbiyalash 

orqaligina  olish  mumkinligini,  mustaqillik  tafakkuri,  Ma`naviyatini  shakllantirish,  maqsad, 

vazifa, vositalari yullarini izlab topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligini ta`kidlab 

kelmoqda


48[48]

.  Zotan,  yosh  mustaqil  mamlakatimizning  kelajagi  uchun  Ma`naviyati  yuksak, 

barkamol  insonlar  zarur.  Shuning  uchun  ham  yurtboshimiz  «Yuksak  Ma`naviyat  -  kelajak 

poydevori» degan hikmatli shiorni yanada balandroq kutardiki, yuksak Ma`naviyat mustaqillikni 

mustahkamlash,  rivojlantirish  va  takomillashtirish  uchun  muhim  va  zaruriy  tamoyillardan  biri 

bulib qoldi. 

Ma`naviyatli  va  e`tiqodli  kishilar  uz  maslagi,  vatani  uchun  jonini  fido  qilishga  ham 

tayyordirlar. 

uzbekiston bozor munosabatlariga tula utayotgan davrda Ma`naviy-axloqiy qadriyatlarning 

ahamiyati  tobora  usib  borayotganligi  Ma`naviy  barkamol  avlodni  tarbiyalashni  eng  dolzarb 

masala sifatida kun tartibiga quymoqda. Shu ma`noda yurtboshimiz Islom Karimovning ikkinchi 

chaqiriq  uzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi  sessiyasida  «Ozod  va  obod  Vatan, 

erkin  va  farovon  hayot  –  pirovard  maqsadimiz»  nomli  ma`ruzalaridagi  quyidagi  fikrlariga 

e`tiborni  qaratmoq  lozimu`  «Bu  sohadagi  ishlarimizning  pirovard  maqsadi  –  iymon-e`tiqodi 

butun,  irodasi  baquvvat  erkin  fuqaro  Ma`naviyatini  shakllantirishdir.  Ya`ni,  mustaqil 

dunyoqarashga  ega,  ajdodlarimizning  bebaho  merosi  va  zamonaviy  tafakkurga  tayanib 

yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat»

49[49]


. Bozor munosabatlarida 

ham  yuksak  Ma`naviyatli  va  axloq-odobli,  iqtidorli,  bilim  saviyasi  yuqori  va  chuqur,  zukko, 

ishbilarmon, ishchan kishilar zarur. Qashshoq Ma`naviyat, Ma`naviy-axloqiy sust, bilim saviyasi 

yuzaki va past, ishning kuzini bilmaydigan kishilar bozor munosabatlarida kuzlangan maqsadga 

erisha  olmaydilar.  Bundan  xulosa  shuki,  hech  kechiktirmay,  ikkilanmay  Ma`naviy-ma`rifiy 

tarbiya  masalasi  haqida  uylash,  uni  tug`ri  yulga  solish  vazifasi  kelib  chiqadi.  Bunda  biz 

Ma`rifatparvar Abdulla Avloniyning: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo 

halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir», degan ugitiga amal qilishimiz zarur. 

Endilikda,  Ma`naviy  va  ma`rifiy  tarbiya  mustaqil  davlatimiz  siyosati  darajasiga  kutarildi. 

Chunki  Prezidentimiz  ta`kidlaganidek,  taraqqiyot  taqdirini  Ma`naviy  jihatdan  etuk  odamlar  hal 

qiladi.  Yurtdoshlarimizning  texnikaviy  bilimi,  murakkab  texnologiyani  egallash  qobiliyati 

Ma`naviy  barkamollik,  mustaqil  tafakkur  bilan  birga  borishi  kerak.  Aqliy  zakovat  va  ruhiy-

Ma`naviy salohiyat Ma`rifatli insonning ikki qanoti buladi. Butun Ma`naviy va ma`rifiy tarbiya 

ishimizni  shu  qoidaga  asoslanib  qurmog`imiz,  zamon,  mustaqil  taraqqiyotimiz,  bozor 

munosabatlari davri talabidir. 

Avvalo shuni aytish kerakki, Ma`naviy barkamol inson tushunchasining uzi keng qamrovli, 

serqirra  tushuncha.  Ma`naviy  barkamol  inson  -  komil  inson  tushunchasi  bilan  hamohangdir. 

Ayni  vaqtda  Ma`naviy  barkamol  inson  tushunchasi  sog`lom  avlod  tushunchasi  bilan  ham 

bog`lanib  ketadi.  Ilmiy  adabiyotlarda  bu  tushunchalar  alohida-alohida  ishlatilsa-da,  mohiyatan 

ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning 

insonlarga,  jamiyatga  va  Vatanga  bulgan  munosabatlaridan  tortib,  toki  oilaga,  ota-onaga  va 

boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. 

Mustaqillikka  erishib,  Ma`naviyat  va  Ma`rifat  masalalariga  birinchi  darajali  ahamiyat 

berishimiz,  mustaqillikni  mustahkamlash  vazifalari,  tarbiya  sohasida  sog`lom  avlod,  Ma`naviy 

barkamol  inson,  komil  inson  kabi  tushunchalarga  izoh  berishni,  ularning  mohiyatini  ochib 

berishni  taqozo  etmoqda.  Yuqorida  aytganimizdek  ular  mohiyati  birday  tushunchalar.  Insonni 

                                                           

48[48]


 ¹àðàíã. Èñëîì Êàðèìîâ. Ìèëëèé èñòè3ëîë ìàôêóðàñè-õàë3 ýúòè3îäè âà áóþê êåëàæàêêà èøîí÷äèð. qe-qr áåòëàð. 

49[49]


 Êàðèìîâ È.À. Îçîä âà îáîä Âàòàí, ýðêèí âà ôàðîâîí µàéîò-ïèðîâàðä ìà3ñàäèìèç. wt-áåò. 

tug`rilikka,  halollikka,  poklikka,  vatanparvarlik  va  insonparvarlikka,  ezgulikka  va  quyingki, 

yuksak  axloqlilikka  yullash  bu  tushunchalarning  mohiyati  va  mazmunini  tashkil  etadi.  Hozirgi 

kunda  bu  masalalarga  birinchi  darajali  ahamiyat  berishimizning  boisi  -  iymoni,  e`tiqodi  va 

axloqiy  fazilatlari  -  quyingchi,  Ma`naviyati  kuchli,  milliy  mas`uliyat  tuyg`usi  qalbida  chuqur 

ildiz  otgan,  Ma`naviy  barkamol  fuqarolarga  ega  mamlakatgina  mustaqil  va  barqaror  rivojlana 

oladi.  Buyuk  kelajak  Ma`naviy  barkamol  insonlarga  tayangandagina  yaratiladi,  qad  kutaradi. 

Boshqacha  aytganda  Ma`naviy  barkamol  insonlargina  buyuk  kelajakni  yarata  oladilar.  Shuning 

uchun  Ma`naviy  barkamol  insonni,  sog`lom  avlodni  tarbiyalash  muhim  va  dolzarb  masala.  Bu 

masalada  yurtboshimizning  quyidagi  sabog`i  ibratlidiru`  «Biz  sog`lom  avlodni  tarbiyalash, 

voyaga  etkazishimiz  kerak.  Sog`lom  kishi  deganda  faqat  jismoniy  sog`lomlikni  emas,  balki 

Sharqona  axloq-odob  va  umumbashariy  g`oyalar  ruhida  kamol  topgan  insonni  tushunamiz»  Bu 

fikrlardan kurinib turibdiki, Sharqona odob-axloq va umumbashariy g`oyalarni ongiga singdirib 

olgan kishi  yuksak Ma`naviyatli,  ya`ni Ma`naviy  barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma`naviy 

barkamollik  insonning  dunyoqarashi,  e`tiqodi,  ruhiyati,  xulq-atvor  normalari,  axloq-odobi  bilan 

bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma`naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, 

vatan taqdiri va uning ravnaqini uylaydilar. ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar. 

Sog`lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki Ma`naviy boy 

avlodni,  aqliy  rivojlangan,  axloqiy  pok,  Ma`rifatli  farzandlarni,  avlodni  tushunmog`imiz  kerak. 

Bunday  kishilar  uzlarida  xalqimizning  eng  ardoqli  fazilatlari  -  iymon  va  insof,  mehr-oqibat, 

shafqat  va  rahmdillik,  uyat  va  andisha,  or-nomus,  uzaro  hurmat,  yuksak  Vatanparvarlik,  eliga  va 

xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g`oyalarni mujassamlashtirgan bulishlari lozim. 

Prezidentimiz  erkin  fuqaro,  ozod  shaxs,  barkamol  inson  haqida  gapirib,  quyidagi  turt 

jihatga e`tiborni qaratdi, ya`ni har bir fuqaro: 

Ma`naviy barkamol inson shon-shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan kuvmaydi, moddiy 

qiyinchiliklarga  duch  kelganda  qaddi  bukilmaydi,  ba`zan  uyushtirilgan  tuhmatu-fitnalar  uning 

ruhini  tushira  olmaydi.  Demak,  har  qanday  shum  taqdir  va  qismat  pokiza,  mard,  Ma`naviy 

barkamol  inson  Ma`naviyatini  buza  olmaydi,  balki  mustahkamlaydi,  chiniqtiradi.  Yuksak 

darajadagi  Ma`naviyatga  ega  inson  -  fidoyilik,  jasorat,  mardlik,  uz  xalqini  sevish,  Vatanni 

qadrlash, ajdodlaridan faxrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning insonligi, 

birinchi  navbatda  uning  Ma`naviy-ahloqiy  jihatdan  barkamolligi,  pokligi  bilan  belgilanadi. 

Ma`naviy-axloqiy  barkamollikning  asosiy  qirralariga  yuqorida  aytilganlardan  kelib  chiqib, 

quyidagilarni  kiritish  mumkin:  ota-onasi,  farzandlari,  qarindoshlari,  xullas  butun  oila  a`zolari, 

quni-qushnilari,  mahalla-kuyi,  qishloqdoshlari  va  butun  mamlakat  xalq  farovonligi  haqida 

qayg`urish;  tevarak-atrofdagi  insonlar  unga  kerak  bulganligi  singari,  uzi  ham  ularga  kerakli 

bulishga  intilishi;  odob-axloqi,  fe`l-atvorini  yoqimli  qilishni  insoniy  burch  deb  hisoblash;  ota-

bobolardan,  ajdodlardan  yodgor  bulib  qolgan  madaniy  merosni  qadrlash;  milliy  qadriyatlarni 

e`zozlash  va  ularga  sodiq  bulib  qolish;  vatanparvarlik,  xalqparvarlik,  insonparvarlik 

tuyg`ularining barqaror bulishi; uzaro muomala-munosabatda urnak bulishga moyillik, birovning 

og`irini engil qilishni odat qilish; umumxalq ma`qullagan va hukumat tomonidan qonuniy qabul 

qilingan  Konstitutsiyani  hurmat  qilish  va  unga  sadoqat  namunalarini  amalda  kursatish;  Vatanni 

himoya  qilish,  boshqacha  aytganda,  harbiy-vatanparvarlik  tuyg`ulari  bilan  yashash;  diyonat  va 

adolat,  mehr-shafqat  va  ezgulikni  himoya  qilish;  va`daga  vafoli  bulish  va  boshqalar  kiradi. 

Ma`naviy  barkamol  inson  fazilatlarining  asosiy  qirralari  izohi  kelgusi  ma`ruzalarimizda  bayon 

qilinishini nazarda tutib, ushbu ma`ruza doirasida ular haqida tuxtashni lozim topmadik. 

Ma`naviy-ma`rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va 

milliy  iftixor  ham  kiradi.  Mustaqillik  tafakkurini  har  bir  kishida,  ayniqsa  Siz  kabi  talabalarda 

shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g`urur bulmas ekan, 

fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jush urmaydi. 

Mustaqillik tafakkuri keng qamrovli bulib, u quyidagilarni uz ichiga oladi: 

- Vatan istiqboli va istiqloli haqida qayg`urish; 

- xalqi, yurti qadr-qimmati, or-nomusini anglash va buni himoya qilish; 


-  butun  mehnati,  iste`dodi,  imkoniyatini,  zarur  bulsa  jonini  ham  yurt  istiqboli,  xalq  baxti 

uchun baxshida etish va boshqalar. 

Mustaqillik,  bu  -  bizga  ajdodlarimiz  qoldirgan  boy  va  muqaddas  Ma`naviyatdir.  Shu 

Ma`naviyatni  har  birimiz  avaylab-asrashimiz  davlat  ahamiyatiga  ega  bulgan  muhim  vazifa  va 

burchdir.  Shu  vazifani  ilyda  oshirish  va  hal  qilishda  yoshlar  va  butun  xalq  ongiga  mustaqillik 

ruhini singdirish katta ahamiyat kasb etadi. 

Ma`naviy-ma`rifiy  barkamollikning  qirralaridan  biri  milliy  iftixordir.  Milliy  g`urur  bu 

milliy iftixordir. Milliy g`urur uz xalqining bir necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha 

moddiy va Ma`naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf-odatlari, an`analari, odob-axloqi, turmush ily, 

yuksak  Ma`naviyati,  barcha  tarixiy  yutuqlari  va  saboqlariga  cheksiz  hurmat  va  e`zoz  bilan 

munosabatda bulish, avaylab-asrashdir. 

uz  xalqining  tarixini,  milliy  qadriyatlarini,  tilini,  istiqbol  manfaatlarini  bilmagan, 

qadrlamagan,  milliy  mansubligini  unutgan,  uz  millatining  istiqboli  uchun  qayg`urmaydigan, 

kurashmaydigan  kishilarda  milliy  g`urur  ham,  millat  bilan  faxrlanish  ham,  millatparvarlik  ham 

bulmaydi. Bunday kishilarni Ma`naviy barkamol inson deya olmaymiz. 

Shunday qilib,  yuqorida Ma`naviy barkamol inson, uning mohiyati va asosiy qirralarining 

ba`zi  jihatlari  ustidagina  fikr  yuritdik.  uning  qolgan  ba`zi  qirralari  navbatdagi  savol  va 

ma`ruzalar bayonida yoritib boriladi. 

Yuqorida  aytganimizdek,  komil  inson  tushunchasi  Ma`naviy  barkamol  inson  tushunchasi 

bilan  hamohangdir.  Ma`naviy  barkamollikka  erishmay  komil  inson  darajasiga  etish  mumkin 

emas.  Demak,  Ma`naviy  barkamollikka  intilish  -  bu  komil  inson  darajasiga  erishish  uchun 

intilishdir.  Komillikka  inson  butun  umri  davomida  erishib  boradi.  uchala  tushunchau`  sog`lom 

avlod,  Ma`naviy  barkamol,  komil  inson  -  darajama-daraja  chuqur  ma`no  kasb  etadi.  Shundan 

kelib  chiqadigan  bulsak,  komil  inson  bulishning  aniq  cheki  va  chegarasi  yuq.  Bizning  kuhna 

tariximizda  yuzaga  kelgan,  xalq,  mamlakat  tarixida  katta  Ma`naviy-axloqiy  tarbiya  rolini 

uynagan  tasavvuf  komil  inson  nazariyasi  haqidagi,  uni  tarbiyalash,  voyaga  etkazish  haqidagi 

ta`limot  va  amaliyot  sanaladi.  Mazkur  savolni  tasavvuf  ta`limotidan  kelib  chiqqan  holda  bayon 

etishni maqsadga muvofiq deb topdik. 

Komil  inson  biz  uchun  idealdir.  u  barcha  dunyoviy  va  ilohiy  bilimlarni  egallagan,  ruhi 

mutlaq  ruhga  tutash,  fayzu  karomati  serob,  qalbi  ezgu  tuyg`ularga  limmo-lim  tula  pokiza  zot. 

Komil inson odamzod orzu qilgan jamiki ezgu xislatlarning ifodachisi. 

Komil  insonlar  jamiyatning  tirik  vijdonlaridir.  Kishilar  ularga  qarab  xushyor  tortadilar, 

dunyo behudaligidan uzlariga kelib, uz qalblariga, uz qilayotgan ishlariga razm soladilar, tavba-

tazarru  qiladilar.  Komil  insonlarning  af`olu  a`moli  insonlar  diliga  quvvat,  kuziga  nur 

bag`ishlagan. 

Komil inson haqida tasavvuf adabiyotida kup asarlar bitilgan. Ana shunday kishilardan biri 

XIII  asrda  yashagan  Aziziddin  Nasafiy  bulib,  «Insoni  komil»  nomli  risolasida  komil  insonga 

ta`rif  berib  shunday  yozadi:  «Bilgilki,  komil  inson  deb  shariat  va  tariqat  va  haqiqatda  etuk 

bulgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, 

komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi turt narsa kamolatga etgan bulsin: yaxshi suz, 

yaxshi  fe`l,  yaxshi  axloq  va  maorif».  Bu  sifatlar  bilan  ziynatlangan  odam  yolg`on,  riyo  va 

badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan yashab, ezgu ishlarga tayyor turadi. 

Yaxshi  sifatlarni  egallab  ilyd  odam  komil  inson  martabasiga  kutarila  oladi.  Komil  inson  - 

insonlarning  eng  mukammali,  eng  oqili  va  donosi.  Komil  inson  insonlar  jamiyati  ichidan  etishib 

chiqadigan mu`tabar zotdir. Insonlar komillikka axloqiy-Ma`naviy poklanish jarayonida erishadilar. 

Komillikning  belgisi  haq  yulidan  borib,  xalqqa  foyda  keltirishdir.  Kishi  uz  suzi,  amaliy 

ishlari, niyati bilan qanchalik odamlarga foyda keltirsa, yomonlarni tug`ri yulga solsa, haq yulida 

fido bulsa, u shuncha komil buladi. 

Komil,  barkamol  insonni  tarbiyalash,  voyaga  etkazish  haqida  musulmon  Sharqi  axloqi 

tarixida  inson  hayoti  uchun  dasturulamal,  qullanma  vazifasini  utagan  kup  pandnomalar,  xalq 

kitoblari  mavjud  bulgan.  Shulardan  ba`zilarini  sanab  utamiz.  Chunonchi,  Kaykovusning 

«Qobusnoma»,  Sa`diyning  «Guliston»,  «Buston»,  Amir  Temurning  «Temur  tuzuklari», 



Abdurahmon  Jomiyning  «Bahoriston»,  Alisher  Navoiyning  «Mahbubul-qulub»,  Xusayn  Voiz 

Koshifiyning  «Axloqi  muhsiniy»  va  boshqalarni  kursatishimiz  mumkin.  Bu  asarlarning 

kupchiligida  odil  shoh  va  adolat,  halollik,  soflik,  poklik,  tug`rilik,  rostguylik,  insonparvarlik, 

Ma`rifatli bulish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan. 

Alisher Navoiyning «Nasoyimul muhabbat» asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning 

sharqona fazilatlari sanab utilgan. Bular qatoriga ulug` mutafakkir quyidagilarni kiritadiu` tavba, 

halol luqma bilan qanoatlanish, uz kasbidan topib kun utkazish, shariatga rioya etish, barchadan 

uzini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qupollik qilmaslik, chuchuk tilli bulish - 

yaxshi, muloyim tilli bulish, rahmdil bulish, saxiy bulish, mard bulish, halimlik, xushxulq bulish, 

rizo-rozilik  bilan  kun  utkazish,  sabrli  bulish,  sadoqatli,  vafoli  bulish,  riyozat  chekishdan 

qurqmaslik va boshqalar. 

Shu  tariqa  utmishda,  komil  insonning  uziga  xos  axloq  kodeksi  ishlab  chiqilgan  bulib,  bu 

sifatlarga  ega  bulish  har  ilydamning  orzu-armoni  deb  qaralgan.  Komil  inson  haqidagi  g`oyalar 

katta  ijtimoiy-axloqiy  ahamiyatga  ega  bulgan.  u  insonni  sharafli,  ezgulik  va  buyuk  xayr  ruhida 

tarbiyalash,  mehru  muxabbat,  vafo  va  sadoqatni  kuchaytirishga  xizmat  qilib  keldi.  Har  zamon, 

har  lahzada  insonlarga  ularning  insonligini  eslatib,  yovuz,  qabih  ishlar,  nojuya  xatti-harakat  va 

qiliqlardan  saqlanishga  kumaklashdi,  ularda  iymon  va  vijdon  binosining  paydo  bulishini 

ta`minlaydi. 

Komil  inson  iymon  va  e`tiqodlilik,  halollik  va  poklikning  ily  timsoli.  Biz  hammamiz 

shunga  intilib  yashamog`imiz  lozim.  Mustaqil  uzbekistonning  bozor  munosabatlariga  utish 

sharoitida  iymonli  bulish,  halollik  va  poklik,  vijdonli  va  diyonatli  bulish  nechog`lik  zarur 

ekanligi hammamizga ayon. Mana shuning uchun ham Prezidentimiz Ma`naviy barkamol inson 

tarbiyasida  yoshlarimizni  elini,  vatanini  sevuvchi  komil  inson  kilib  tarbiyalash  ishiga  alohida 

ahamiyat  berib  kelayotir.  Prezidentimizning  quyidagi  ta`rifida  komil  insonning  asosiy 

xususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilib berilganligi diqqatga sazovordir: 

«Komil inson deganda, - deb yozadi Islom Karimov, - biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay 

oladigan,  xulq  atvori  bilan  uzgalarga  ibrat  buladigan  bilimli,  Ma`rifatli  kishilarni 

tushunamiz»

50[50]



uning  shakllanganligi  darajasini  xarakterlovchi  eng  muhim  fazilatlar  esa  quyidagilardir: 



aqliy  zukkolik,  huquqiy  komillik,  axloqiy  etuklik,  siyosiy  teranlik,  mehnatga  halol  munosabat, 

yuksak  madaniy,  Ma`naviy  saviya,  professional  iftixor,  milliy  va  umuminsoniy  g`urur  va 

boshqalar. 

Yuqoridagilarni  hozirgi  mustaqil  hayotimiz,  turmush  tarzimiz,  kishilarning,  ayniqsa, 

yoshlarning  intilishlari  bilan  bog`lab  komil  inson  chizgilariga  quyidagi  xislat  va  fazilatlar 

kirishini umumiy tarzda bayon etishimiz mumkin: 

Komil  insonning  umumiy  xislatlari:  yoqimlilik,  kurkamlik,  jozibadorlik,  salobatlilik, 

hurmatga  sazovorlik,  shoironalik,  ulug`sifatlik,  uziga  xoslik,  etuklik,  jiddiylik,  madaniyatlilik, 

tarbiyalanganlik va boshqalar; 

Komil  insonning  axloqiy  fazilatlari:  insonparvarlik,  dustlik,  g`amxurlik,  jonkuyarlik, 

samimiylik, odamiylik, bolajonlik, iymonlilik, fidokorlik, xushmuomalalik, boadablik, iltifotlilik, 

kechirimlilik,  mehmondustlik,  xalollik,  tug`rilik,  diyonatlilik,  haromdan  hazar  etish, 

mehnatsevarlik, vatanparvarlik va hakozolar; 

Ishbilarmonlik xislatlari: ishchanlik, tirishqoqlik, serharakatlilik, mas`uliyatlilik, insoflilik, 

halollik,  malakalilik,  epchillik,  uddaburonlik,  saranjom-sarishtalik,  tadbirkorlik,  aniqlik, 

tejamkorlik, barkamollik, ta`masizlik, tavakkalchilik va boshqalar; 

Zukkolik,  idroklilik  fazilatlari:  zehnlilik,  bama`nilik,  xotirjamlik,  sog`lom  fikrlilik, 

donishmandlik,  sezgirlik,  zakovatlilik,  topqirlik,  notiqlik,  tanqidiylik,  dadillik,  omilkorlik, 

savodxonlik, qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar; 

                                                           

50[50]

 Êàðèìîâ È. Òàðèõèé õîòèðàñèç êåëàæàê é53. y-áåò. 



Sobitlik xislatlari: faollik, qat`iyatlilik, tezkorlik, jushqinlik, sabotlilik, bir suzda turishlik, 

barqarorlik,  botirlik,  dovyuraklik,  intizomlilik,  jiddiylik,  nafsni  tiyishlik,  uzini  yuqotmaslik, 

sovuqqonlik, uziga talabchanlik, kamsuqumlik, uzini uzi idora eta bilish va boshqalar. 

Ehtiroslilik  xislatlari:  kutarinkilik,  tantanavorlik,  kulib  turuvchanlik,  xazinlik,  kelajakka 

ishonch,  ezgulik,  kek  saqlamaslik,  olijanoblik,  otashinlik,  nozik  tabiatlilik,  hayolilik, 

xijolatpazlik, iffatlilik va hakozolar. 

Bizningcha,  ayni  shu  xislat  va  fazilatlarni  yoshlarimiz  ongiga  singdira  borilishi  ularni 

barkamol, sog`lom va komil inson ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo, fuqarolik burchini 

a`lo darajada his etaditgan shaxs bulishi darkor. Sodda qilib aytganda, har qaysi komil inson, har 

birimiz: «Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdiO`» deb emas, balki: «Men uzim Vatanimga, 

elu yurtimga nima berdimO`» deb uylashimiz va har dam shu aqida bilan yashashimiz kerak. 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling