Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


Foya va mafkuralarni mutlaqlashtirishning salbiy oqibatlari


Download 39.7 Kb.
bet2/3
Sana01.05.2020
Hajmi39.7 Kb.
#102674
1   2   3
Bog'liq
1семинар Миллий


Foya va mafkuralarni mutlaqlashtirishning salbiy oqibatlari. Tarixdan ma’lum bo‘lgan real mustabid tuzumlarni qiyosiy tahlil etish ular amal qilgan mafkuralarning quyidagi umumiy xususiyatlarini hamda bu g‘oyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator salbiy oqibatlarni aniqlash imkonini beradi.

Avvalo, mustabid mafkuralar o‘z davlatlarida ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha sohalarini to‘liq qamrab olishga, yagona dunyoqarash tizimi hukmronligini o‘rnatishga intiladi. Bu mafkuralar,qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘tmishni inkor etadi, eng oqilona g‘oya va mafkura sifatida o‘zinigina tan oladi. Ular jamiyatni inqilobiyyo‘lbilan (to‘g‘rirog‘i, zo‘rlik orqali) yoppasiga qayta tuzish zarur va uni qisqa muddatlarda amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydilar, o‘zlarigacha bo‘lgan qadriyatlarning barchasini yoxud ko‘pchiligini bekor qilib, ularni faqat o‘z tamoyillari bilan almashtirmoqchi bo‘ladilar.Masalan, yuzaki qarashda, uzoq o‘tmish – asoslargaqaytishga chaqiruvchi islom fundamentalizmi go‘yoki bundan mustasnodek tuyuladi. Biroq, aslida,bu harakatda ham o‘sha andoza saqlanib qoladi. YA’ni islom fundamentalizmi tarix g‘ildiragini o‘rta asr jaholati davriga qaytarish niqobi ostida, «ijtimoiy kazarma» tipidagi birxillashtirilgan mustabid «kelajak»ning o‘ziga xos andozasini taklif etadiki, unda inson fuqarolik huquqlaridan to‘liq mahrum qilinadi, amalda yoppasiga diniy terrorga duchor etiladi. Bunday g‘oyaning qanday ayanchli oqibatga olib kelishini insoniyat O‘rta asrlar Evropasidagi inkvizitsiya misolida etarlicha ko‘rdi.

Axborot monopoliyasi ham mutlaqlashtirilgan mafkura tabiati bilan chambarchas bog‘liqdir: mustabid tuzumda barcha axborot vositalari, jamiyatga tarqatilayotgan axborotning mazmuni va yo‘nalishi ham boshqaruv apparatining to‘la nazoratiga olinadi. Zo‘ravonlik ishlatmasdan turib esa butun monopoliyalar tizimini saqlash va boshqarish mumkin emas. SHuning uchun ham davlat terrorizmi, terrorni ichki va hatto tashqi siyosatni ham amalga oshirish vositasi sifatida qo‘llash mustabid tuzumlarning barchasi uchun birdek xosdir.

XX asr Turkistonida ham sho‘roviy davlat to‘ntarishi (1917 yil)dan keyingi yillarda hukumatning siyosiy terrori natijasida yuz minglab kishilargina emas, balki butun-butun ijtimoiy guruhlar va qatlamlar ham yo‘q qilindi. Mustabid tuzumning g‘ayriinsoniy xatti-harakatlari tufayli qariyb 2,5 million kishi yoki aholining deyarli yarmi mahv etilgan edi. O‘zbekistonda faqat 1937-1953 yillar mobaynida (bundan urush yillarida berilgan qurbonlar mustasno!) sho‘ro mustabid mashinasi qariyb 100 ming kishini qatag‘on qildi, ulardan 13 ming kishi otib tashlandi.

Mustabid davlatlarning o‘ziga xos boshqa xarakterli xususiyati jamiyatning harbiylashtirilishi, «harbiy lager» yoki «qamal qilingan qal’a»dan iborat g‘oyaviy-psixologik vaziyatni vujudga keltirishdan iboratdir. Bunda mamlakat ichida harbiy fanatizm vaziyati avj oldirilibgina qolmasdan, shu bilan birga, agressiv tashqi siyosat ham amalga oshiriladi. Bu siyosat harbiy-hududiy va mafkuraviy bosqinchilik qilishga, o‘zining mustabidchilik tartiblarini keng miqyosda qaror toptirishga qaratiladi.

Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ba’zi buzg‘unchi mafkura o‘zining soxta jozibasi, aldov va makr bilan omma ongini zaharlab, jamiyatda hukmron mavqeini egallab olishi mumkin. Aytilganidek, XX asr 30-yillarida Italiya va Germaniyada fashizmning g‘alaba qozonishi nafaqat italyan va nemis xalqining, balki dunyodagi millionlab insonlarning boshiga cheksiz kulfat solgani tarixning achchiq saboqlaridan biridir. Lekin tarix yana bir adolatli haqiqatga ham guvoh: mustabid mafkuralarning turli andozalari asosiga qurilgan tuzumlarning pirovard natijada halokatga uchrashi muqarrar. Buni sovet davlati,sobiq sotsialistik mamlakatlar, gitlerchilar Germaniyasi va fashistlar Italiyasi, Kampuchiyadagi Pol Pot rejimi kabi mutlaq haqiqatni da’vo qiluvchi mafkuralarning tarixan istiqbolsiz bo‘lgani ham yaqqol namoyish etdi.Bularning bari shuni ko‘rsatadiki, g‘oya va mafkura gumanizm va taraqqiyot tamoyillarini, xalq taqdiridagi yuksalish zaruratini o‘zida aks ettirmasa, aksincha, bu intilishlarni rad etsa, mohiyatiga ko‘ra ularga zid bo‘lsa, u jamiyat hamda davlat tanazzuliga sabab bo‘ladi.Bugungi kunda butun dunyodagi taraqqiyparvar va gumanistik kuchlar bunday fojiali va noxush holatlar takrorlanmasligi uchun hamjihatlik bilan kurash olib bormoqda.

Birinchi Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, insoniyatning azal-azaldan g‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishi – tarixningo‘zgarmas qonuniyatidir.

Milliy g‘oya ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot ucuni, muhim omil ham hisoblanadi. Taraqqiyot – rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalgan shakli, uning yuksalishi. Taraqqiyot borliqning eng umumiy xossalaridan biri bo‘lib, u predmetning yangi sifat holatiga o‘tishida, tarkibi va strukturasining xossalari, aloqalari va munosabatlarining o‘zgarishi va shu kabilarda o‘z ifodasini topadi. Vaqt taraqqiyotning muhim xususiyatlari qatoriga kiradi. Har qanday taraqqiyot real vaqtda sodir bo‘ladi va bu uning orqaga qaytmas yo‘nalishga ega o‘zgarish ekanligini namoyon qiladi.9

Jamiyatda ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni erkinlashtirish va demokratlashtirish milliy g‘oyani xalqimiz ongi va qalbiga singdirishning muhim shartidir. Milliy g‘oya, turli shaxslar, ijtimoiy guruh ehtiyojlarini mutanosiblashtiradi, ularni mavjud imkoniyatlar asosida uyg‘unlashtirishi bilan umuminsoniy demokratik qadriyatlarning nufuzini oshiradi. Zero, kishilar ongini mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, milliy mahdudlik kabi ijtimoiy illatlar asoratidan poklash, yot g‘oyalarga nisbatan immunitetni shakllantirish, mafkuraviy kurashda to‘g‘ri yo‘l tanlash va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, g‘oyaviy-mafkuraviy ishlarni demokratiyalashtirish hozirgi davrdagi eng muhim vazifalardandir.

Milliy g‘oyaning strategik maqsadi kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borish konsepsiyasiga asoslanadi.

“Strategiya” so‘zi “strategos” grekcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, “generalning san’ati” ma’nosini anglatadi. U hozir ham o‘z ma’nosida harbiy boshliq tarkibining harbiy operatsiyalarini rejalashtirish san’atini bildiradi. Strategiya - istiqbol, ya’ni intilish lozim bo‘lgan holatni ko‘ra olish hamdemakdir.  

Milliy g‘oya mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi va mamlakatda demokratik jamiyatning shakllanishi, fuqarolik jamiyati qurilishi, qaror topishi va amal qilishining dunyoda e’tirof etilgan umumbashariy prinsplari hamda milliy tamoyillarga asoslanadi. Ayni paytda uning mamlakatimizga xos va mos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda erkin, demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yo‘llari va qonuniyatlarini o‘rganadi.

Milliy g‘oya mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashning muhim sharti ekanligini yana shu bilan izohlash mumkinki, aynan milliy g‘oya orqali fuqarolarda demokratik jamiyat talablariga javob beradigan dunyoqarash, fikrlar xilma-xilligi, erkinlikni qadrlash, inson qadr-qimmati, sha’ni va or-nomusini hurmat qilish bilan bog‘liq qadriyatlar shakllantiriladi. Bu vazifalar fuqarolarimizni mamlakatda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, demokratik qadriyatlarni hurmat qilish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga sag‘arbar etishda yaqqol namoyon bo‘ladi. U fan sifatida ana shundan ulug‘ va bunyodkorlik ishlariga xizmat qiladi. Buning uchun u turli xil uslublardan foydalanadi. Bular dunyo fanlari foydalanib kelayotgan tajriba, qiyosiy tahlil, empirik-sotsiologik va ilm-fanning boshqa zamonaviy uslublaridir.

Milliy g‘oyani targ‘ib etish, kishilarni shug‘oyaning to‘g‘ri, hayotiy va ilg‘or ekanligiga ishontirish – demokratik jamiyatda amal qiladigan plyuralizm (fikrlar, qarashlar rang-barangligi) kishilarga o‘z hayotiy manfaatlari, maqsad va intilishlarini aks ettiradigan mazkur g‘oyani tanlash, himoya qilish va rivojlantirish imkonini beradi.

Jamiyat faqat o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlaydigan odamlar yig‘indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash kishilarning jamiyat bo‘lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo‘ladi. Bu, ayniqsa, hozirgi o‘tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo‘lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir.O‘zining Vatan deb atalmish ulug‘ bir oilaga mansubligini his etish tuyg‘usi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki muttasil va izchil g‘oyaviy tarbiya samarasi o‘laroq, yuzaga keladi. Oiladagi totuvlik, axillik, mehr-shafqat xislatlari uzluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning mahsuli bo‘lgani kabi, jamiyatning g‘oyat xilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlar atrofida jipslashtirish, odamlar o‘rtasida hamjihatlik, totuvlik, o‘zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi. SHu ma’noda aytish mumkinki, milliy istiqlol g‘oyasi kishilar ongiga teran singishi bilan ular umumiy maqsad sari intiluvchi maslakdoshlarga aylanadilar.

Milliy g‘oya milliy taraqqiyotning eng og‘ir, murakkab davrida, ayniqsa, bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan yangisiga o‘tish jarayonida keng xalq ommasini ma’naviy-ruhiy jihatdan qo‘llab-kuvvatlaydi, ularda kelajakka ishonch tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi. Ana shu sababdan ham chinakam milliy mafkura bo‘lgan istiqlol g‘oyasi o‘zining jozibasi bilan kishilarni o‘z kuchiga ishonishga, istiqbolga umid bilan qarashga da’vat etadi. Unda xalq fantaziyasi, orzu-umidlarining qay darajada aks etishi ham muhim ahamiyatga ega. CHunki, to‘q, farovon va baxtli hayot qurish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, millatlararo totuvlik, tinchlik, do‘stlik eryuzidagi barcha xalqlarning azaliy orzusidir. Demak, milliy istiqlol mafkurasining hayotiyligi, ta’sirchanligi xalq orzu-umidlarini nechog‘li to‘la va yorkin aks ettirishi, ularni ruyobga chiqarishning yo‘llari va vositalarini qay darajada to‘g‘ri belgilashiga bog‘liqdir.

Zero, jamiyat a’zolari milliy g‘oyada o‘z hayotiy manfaatlari, orzu-umidlari ifodasini ko‘rsagina odamlarni ruhan bardam, uyg‘oq va faol qila oladigan kuchga aylanadi.Milliy g‘oya jamiyatimizda ilg‘or g‘oyalar ustuvorlik qiladigan sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga yordam beradi. Demokratik qadriyatlarning keng rivojlanishi qarashlar xilma-xilligi va fikrlar rang-barangligi (plyuralizm) ning qaror topishiga olib keladi. Kishilar ruhan yuksaklikka, yana ham baxtli va farovonroq hayot kechirishga intiladilar. Bunday hayotga erishishning turli vosita va yo‘llari mavjud bo‘lib, u turli g‘oyalarda o‘z ifodasini topadi. G‘oyalar ilmiy-nazariy yoki diniy asosga ega bo‘ladi. Demokratik jamiyat aql va tafakkur poydevori ustida kad ko‘taradi, dunyoviy ilm-fan va texnika jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy hayot tobora intelektuallashib borayotgan, ilmiy tafakkur insoniyat ma’naviyatining ustuvor yo‘nalishiga aylanayotgan hozirgi sharoitda ko‘proq ilmiy-nazariy asosga ega bo‘lgan ilg‘or g‘oyalar ustunlik qiladi.

Sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratmay turib, milliy g‘oyaning ustuvorligini ta’minlab bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhit–demokratik prinsplarni hurmat qilish, Konstitutsiya talablariga buysunish, ijtimoiy tartiblarga ongli ravishda itoat qilish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish demakdir. Milliy g‘oya jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar, sinflar, tabaqalar manfaatlarini aks ettirar ekan, jamiyat hayotiga tahdid soladigan giyohvandlik, korrupsiya, o‘g‘rilik, poraxo‘rlik singari ijtimoiy illatlarga qarshi kurashishni taqozo etadi.

YAngicha fikrlaydigan, mutelik tuyg‘usidan xoli bo‘lgan ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash milliy g‘oyaning muhim vazifasidir. Ijtimoiy hayoto‘rtaga qo‘yayotgan muammolar ijodiy fikrlaydigan, tashabbuskor va yuksak ma’naviyatli inson shaxsini shakllantirishni talab etyapti. Milliy g‘oya davr talablari va xususiyatlarini yakqol ifoda etgani uchun ham kishilar qalbiga tez etib boradi va hayot dasturi bo‘lib xizmat qiladi.

Milliy g‘oya yoshlar hayotining ma’nosi va mazmunini belgilaydi, millat, Vatan ravnaqi, buyuk kelajakni barpo etish uchun yashash va kurashish chinakam insoniy saodat ekanligini yakqol ko‘rsatadi. Mustaqil fikrga ega bo‘lgan, o‘z kuchiga, o‘zi tanlagan yo‘lning to‘g‘riligiga ishongan inson porloq kelajakka dadil intilish bilan yashaydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan cho‘chimaydi, balki zamonaviy bilim va hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday g‘arazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishga qodir bo‘ladi.

Xullas, milliy g‘oya o‘zining eng oliy maqsadi, vazifalari va xususiyatlariga ega. Uning oliy maqsadi yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida xalqimizni jipslashtirish, fuqarolar, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik hissini kamol toptirish, komil insonni voyaga etkazish, ularda mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qolaveradi. Zero, mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev haqli ravishda e’tirof etayotganidek, “sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga etishi bilan bog‘liq”.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanini o‘rganish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Fan talabalarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik jamiyat qurishning maqsadlari, uning shakllanishi va rivojlanishi strategiyasi, bu strategiyaning milliy g‘oya bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi g‘oyalar, qarashlar bilan tanishtiradi. Mazkur g‘oyalarning talabalar ong va tafakkuriga singdirilishida, ishonch va e’tiqodlariga ko‘chishida muhim o‘rin tutadi. Demokratik jamiyat qurishning qonuniyatlarini bilishda, uning jahonda e’tirof etilgan tamoyillarini har bir mamlakat va xalqning milliy, ma’naviy xu-hsusiyatlari bilan bog‘liq holda amalga oshirish zarurligini his etish va unga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Xaqiqiy demokratiya bilan soxta demokratiyaning farqini ko‘rishda, uni baholab, munosabat bildirishda, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanini o‘rganish orqali erkin, demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishining nazariy asoslarini dunyoda demokratik jamiyat qurish bilan bog‘liq umumiy qonuniyatlarni bilish bilan birga, demokratiyaning o‘ziga xos milliy ko‘rinishlari, “milliy modellari”ning ma’no-mazmunini to‘g‘ri tushunib olishga muvaffaq bo‘lish mumkin.

YOshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbiga ezgu fazilatlarni, bunyodkorlik g‘oyalarini singdirish orqali milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlashning muhim vazifalari hal etiladi.

Milliy g‘oyani, O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini hisobga olgan holda, yoshlar qalbi va ongiga singdirishning muayyan tizimi va ustuvor yo‘nalishlari mavjud. Bunda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etiladi.

O‘zbekiston hayotidagi o‘zgarishlar insonlar ongida ham katta o‘zga-rishlar qilishni talab etadi. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi zamon kishisini tarbiyalash haqida jiddiy qayg‘urishi, tabiiy. Demak, O‘zbekistonda ham, “komil inson” g‘oyasida e’tirof etilgan shaxs mos sifatlarini fuqarolarda qaror toptirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. “Fuqarolik axloqi”ni bunday tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi. Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishda har bir ota-ona o‘z farzandining maktabgacha tarbiyasi, uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr uzluksiz ta’lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanini anglab etishi nihoyatda muhim. Bunda oilaning ta’lim muassasalari tizimiga izchil uyg‘unlashuviga erishish zarur. Bu davrdagi barcha bevosita ta’lim beruvchi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‘choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida, barchao‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim:

- vatan tuyg‘usini shakllantirish;

- ona tilimizga muhabbat uyg‘otish;

- milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish;

- ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash;

- oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish;

- mahallaning demokratiya darsxonasi va o‘z-o‘zini boshqarish maktabi ekanini tushuntirish va hokazo.

Jamiyatimizda ta’lim –tarbiya, qolaversa, targ‘ibot-tashviqot ishlariga yo‘naltirilgan barcha institusional tizimlar orqali shakllantirilayotgan, targ‘ib qilinayotgan milliy g‘oya:

Birinchidan – milliy g‘oya va milliy mafkura o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni va xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini jamiyatimiz oldida turgan bugungi oliy maqsad va vazifalarini qamrab olishishart; 

Ikkinchidan – mamlakatimizdagi insonlarning barchasini yagona milliy bayroq ostida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning dahlsizligini ifodalaydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya-mafkura bo‘lishi keraq

Uchinchidan – milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o‘xshash unsurlardan boshqa elat va millatlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutloqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor;

To‘rtinchidan – milliy g‘oya va mafkura birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur. 

Beshinchidan – Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog‘lab turishga, shu bilan birga jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak10.

Aslida jamiyatning o‘z ertasi va kelajagiga ishonchio‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Buning zamirida millat baxt saodati yo‘lida, demak har bir fuqaro manfaatidan kelib chiquvchi maxsus faoliyat – mafkuraviy tarbiya yotadi.

Mafkuraviy tarbiya deganda kishilar dunyoqarashini boshqarish emas, balki odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to‘ldirish nazarda tutiladi.

Mafkuraviy tarbiya jarayonida fuqarolarga, xususan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga g‘oyaga qarshi - g‘oya, jaholatga qarshi - ma’rifat tamoyilining mazmun va mohiyatini tushuntirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1998 yili “Tafakkur” jurnali bosh muharririning bergan savollariga javoblarida hamda tarixchi olimlar bilan bo‘lgan uchrashuvda ilk bor bu masalaga diqqat bilan e’tibor qaratilib, “g‘oyaga qarshig‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin” degan shior o‘rtaga tashlangan edi. Bu masala g‘oya va mafkura tushunchasida ham muhim o‘rinda turadi.Milliy ma’naviyatimizni va ma’naviy o‘zligimizni tahdidlardan himoya qilish uchun milliy istiqlol g‘oyasidan samaraliroq va kuchliroq vosita yo‘q. SHu masalada milliy g‘oyaning juda muhim funksiyasi, ya’ni milliy va ma’naviy o‘zlikni himoyalash kabi muhim funksiyasi namoyon bo‘ladi.

Milliy g‘oya ana shu funksiyani bajarishi uchun esa yoshlar va aholi ongida faqat bilim, tasavvur sifatida emas, ishonch va e’tiqod sifatida shakllanishi lozim.Milliy g‘oyaning shakllantirilishi va uning o‘quvchilar, tinglovchilar, keng aholi tomonidan o‘rganishga kirishilishi mamlakatimiz ma’naviy taraqqiyotida alohida bosqichni tashkil qiladi. Aslida milliy istiqlol g‘oyasining negizlari chuqur. U xalqimizning milliy madaniy merosidan, ezgu g‘oyalaridan oziqlanadi. Lekin, bu g‘oyani yoshlar va aholi ongiga singdirish uchun muayyan poydevor kerak edi. Y’ni, avvalo milliy qadriyatlarni, milliy ma’naviyatni tiklash, milliy g‘ururni uyg‘otish, bir so‘z bilan aytganda, milliy istiqlol g‘oyasi tomir otishi va gurkirab rivojlanishi uchun zamin tayyorlash lozim edi.

Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan buyono‘tgan davr ichida ma’naviyat sohasida ulkan nazariy, ma’rifiy va amaliy ishlar bajarildi. Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari tuzildi, yuzlab maqola va risolalar nashr etildi, tadqiqotlar o‘tkazildi, ta’lim to‘g‘risida milliy dastur qabul qilindi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy g‘oyani keng targ‘ib qilish uchun zamin yaratildi.

Milliy g‘oya jamiyatni jipslashtiruvchi, uni ijtimoiy taraqqiyot ko‘ndalang qo‘yayotgan masalalarni hal qilishga, chetdan bo‘layotgan g‘oyaviy, ma’naviy tahdidlardan himoyalashga qaratilgan kuchdir. Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shug‘oyaga bo‘lgan ehtiyojni keskin kuchaytiradi.

Xolbuki, yosh avlod tarbiyasida masalaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Ularning hammasi muhim. Hali dunyoga hayrat ko‘zi bilan qarayotgan yosh avlod ong-shuuri, qalbi ildizi yo‘q “ommaviy madaniyat” uchun emas, haqiqiy milliy qadriyatlar, haqiqiy o‘zbekona madaniyat bilan limmo-lim bo‘lsin. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti o‘zining “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida bu masalaga alohida to‘xtalib o‘tgani bejiz emas: “Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar yuz berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshig‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etadi”11.

Xulosa qilib aytganda, yotg‘oyaga qarshi biz o‘z olijanob g‘oyamizdan maktablarimizda, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida, oliy o‘quv yurtlarida, jamiyatimizning barcha qatlamlarida bizga mutlaqo begona bo‘lgan nosog‘lom qarashlarga, huruj va harakatlarga qarshichiqishimiz lozim. Bunda eng muhim masalalardan biri odamlar o‘z fikrini aytishga, erkin fikrlashga o‘rganishi kerak. YA’ni fikrga qarshi fikr bo‘lishi zarur. SHu bois yoshlarimizni maktab va oliy o‘quv yurtlarida erkin fikrlashga, baxslashishga o‘rgatishimiz kerak. Uchinchi masala –yoshlarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurasha olish fazilatini shakllantirish masalasidir.



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanini o‘rganishning zaruratini izohlang…

  2. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining ob’ekti va predmeti nima?

  3. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanida ham o‘ziga xos bo‘lgan tushuncha va kategoriyalarini sanab o‘ting…

  4. G‘oyadeb, nimaga aytiladi?

  5. Strategiya so‘zi qanday ma’nosini anglatadi?

  6. Demokratiyatushunchasining mohiyatini izohlang…

  7. SHaxsiy fikrva ijtimoiy fikr bir biridan qanday farqlanadi?

  8. Mazmuni-mohiyatiga va namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra g‘oyalar qanday turlarga bo‘linadi?

  9. Bunyodkor g‘oya deb, nimaga aytiladi?

  10. Vayronkor g‘oya deb, nimaga aytiladi?

  11. Milliy mafkuramizning Bosh g‘oyasi qanday?

  12. Milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalarini sanab o‘ting…


Foydalanilgan manbalar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi –T.: O‘zbekiston, 2016.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. //O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6- son, 70-modda.

  3. Karimov I.A. O‘zbekistonXXI asr bo‘sagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston,1997 yil.

  4. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. –T.: O‘zbekiston, 2000 yil, 203-bet.

  5. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millatqilishga xizmat etsin. –T.: O‘zbekiston, 2000 yil.

  6. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. – T.:O‘zbekiston, 2000,17-bet.

  7. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008, 119-bet.

  8. Turkiston gazetasi, 1999 yil, 2 fevral.

  9. YUNISEF. Ijtimoiy monitoring. 2003 yil.

  10. Milliy istiklol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: O‘zbekiston, 2000 yil.

  11. Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar(darslik) –T.: Akademiya, 2005 yil.

Мавзунинг 1-семинарига тайёргарлик кўриш учун юқорида тақдим қилинган материал асосида реферат тайёрлаш керак. Рефератнинг ҳажми 10 бетдан ошмаслиги тавсия қилинади. Реферат қуйида мавзулардан бирини танлаш асосида тайёрланади. Реферат қоидага биноан расмийлаштирилиши зарур.



Download 39.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling