Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi


CHuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar


Download 0.58 Mb.
bet51/71
Sana16.09.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1679337
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Bog'liq
Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi-www.hozir.org

5.2. CHuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazish;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.

Hayotbaxsh islohotlarning yangi bosqichida ijtimoiy soha va iqtisodiy islohotlarni yanada rivojlantirish davlatimiz rahbarining doimiy diqqat markazida bo‘lib kelayotgan yo‘nalishlardan biri sanaladi.

Bu o‘rinda “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalarga alohida e’tibor qaratilayotgani kelajakda ushbu yo‘nalishlardagi ishlarga talab keskin ortishi, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid islohotlar bardavom bo‘lishidan dalolatdir.

Ayniqsa, aholini ish bilan ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, iqtisodiyot va sanoqt tarmoqlarida muqim yangi ish o‘rinlari yaratish, shu orqali aholining real daromadlari va farovonligini bosqichma bosqich oshirish, arzon uy-joylar qurish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va fan tizimlarini tubdan takomillashtirish borasidagi aniq maqsad-vazifalar belgilab berilmoqda.

Konseptual xarakterga ega bo‘lgan mazkur hujjatning ikkinchi yo‘nalishi, ya’ni qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Bunda fuqarolik jamiyatida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadigan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini isloh qilish vazifasi aks etgan. Gap shundaki, bu yo‘nalishda belgilangan tadbirlarning aksariyati qonun loyihalari ishlab chiqish tarzida ijro etilib, mahalliy hokimiyat organlari, jumladan, hokimlar, huquq-tartibot organlari faoliyatini takomillashtirishga hamda bugungi kungacha ham ishlab chiqilmagan davlat xizmatchilari faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun qabul qilishdek davlat xizmati o‘tashning huquqiy asoslarini yaratishni nazarda tutadi. Demak, bu qonun ijodkorligi bilan bog‘liq. Bu vazifani amalga oshirish Parlament a’zolaridan katta mas’uliyat talab etadi. Biz qonun ijodkorlari faoliyatimizni bugungi kun talabi nuqtai nazaridan yanada takomillashtirishimiz lozim deb bilaman.


Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar milliy va umuminsoniy negiziga asoslangan bo‘lib, ularda milliy g‘oyaning asosiy tamoyillari bilan mushtaraklikni kuzatish mumkin.

Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlis rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan yaxshilash, siyosiy partiyalar rolini oshirishga doir ustuvor vazifalar ko‘zda tutilgani fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tarixiy hujjat orqali davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlar hamkorligi zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha ham muhim chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarilishini alohida e’tirof etish joiz. Bular pirovardida davlat idoralari hamda xalqimiz o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi va yurtdoshlarimizga munosib turmush sharoiti yaratilishini kafolatlaydi hamda ushbu ustuvor yo‘nalishda belgilangan vazifalarning milliy g‘oyaning el yurt manfaatlarining hamma narsadan ustuvorligi tamoyili bilan uyg‘unligini amalda isbotlaydi.


Harakatlar strategiyasida sud-huquq islohotlarini bugungi kun talabi darajasida chuqurlashtirish bilan bog‘liq vazifalarga ham alohida e’tibor qaratilgani diqqatga sazovor. Unga ko‘ra, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlaydigan Oliy sud kengashi tuziladi hamda professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoyalashga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Ma’muriy sudlarni, xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyasiya sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish orqali sudlarni kelgusida ixtisoslashtirish hamda ularning devonini mustahkamlash choralari ham ko‘riladi.
Bundan tashqari, protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilganki, bu sansalorliklarga hamda ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho‘zib yuborilishiga barham beradi.
Huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Qolaversa, 2018 - 2021 yillarda jinoyat hamda jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Bu sa’y-harakatlar sudlarning chinakamiga mustaqilligini ta’minlash, umuman, huquq-tartibot organlarini takomillashtirish orqali inson huquq va manfaatlarini kafolatlash imkonini beradi. O‘z o‘rnida mazkur ustuvor yo‘nalishda ko‘zda tutilgan maqsadlar milliy g‘oyaning qonun ustuvorligini ta’minlash tamoyilidan ko‘zda tutiladigan maqsadlar bilan naqadar mushtarakligini ko‘rish mumkin.
Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda liberallashtirishga oid belgilangan chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarilishi, o‘z navbatida, mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, pirovardida aholi farovonligini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. CHunonchi, iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash hamda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, etakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh etish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga e’tibor qaratilgani diqqatga molik.
Butun xalqimiz, ayniqsa, uning eng faol qatlamiga aylanib borayotgan tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash, huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida belgilangan vazifalar, shubhasiz, oilalar farovonligini ta’minlash bilan birga, yurtimiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
SHuningdek, ushbu hujjatda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari hamda mexanizmlarini joriy qilish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalar aks etgani muhim jihatlardan biri bo‘lib, uning ijrosini ta’minlash har birimizdan katta mas’uliyat talab qiladi. Albatta, bunda ijtimoiy sheriklik munosabatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bular mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish orqali milliy g‘oyaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lgan xalq farovonligini amalda ta’minlash imkonini beradi hamda xalqimizning hayotdan rozi bo‘lib, baxtli-saodatli umr kechirishi uchun mustahkam zamin yaratadi.
Harakatlar strategiyasida belgilangan ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid chora-tadbirlar aholi bandligini kafolatlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, aholining muhtoj qatlamiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
SHuningdek, onalik hamda bolalikni muhofaza etish, keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, aholiga tibbiy hamda ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo‘g‘in –tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Aholi hamda tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash kabi hayotiy zarur masalalarga echim topiladiki, bu xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishda ayni muddaodir.
Harakatlar strategiyasida aholi, ayniqsa, ayollar, yoshlar bandligini ta’minlash, shu maqsadda tadbirkorlik, oilaviy biznes hamda hunarmandchilikni rivojlantirish, ayollar va qizlarning salomatligini mustahkamlash, ular orasida jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirish, shuningdek, keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, urush va mehnat fronti qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq dolzarb chora-tadbirlar ham qamrab olingan. O‘z navbatida, biz, xalq vakillari Strategiyada ko‘zda tutilgan maqsad hamda vazifalarni aholi keng qatlamiga etkazishimiz, uning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirishimiz zarur.
Zero, ushbu vazifalarning izchil ijrosi mamlakatimizning asosiy qonuni bo‘lgan Konstitutsiyasi, eng muhimi milliy g‘oyamizda ilgari surilgan “Inson manfaatlari barcha narsadan ustun” degan hayotiy tamoyilning ro‘yobini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling