Milliy g„oya tarixi va nazariyasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana22.11.2020
Hajmi1.4 Mb.
#149900
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
MIG tarixi nazariyasi


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Milliy g‟oyaning milliy negizlar va  umumdemokratik printsiplarga 
asoslanishi 
Reja:  
1. 
Milliy  g‘oyaning  milliy-ma‘naviy  negizlari  va  umumdemokratik 
printsiplari.  
2. 
―Demokratik  taraqqiyot‖  tushunchasi  ma‘no-mazmuni,  jamiyat 
g‘oyaviy  mafkuraviy  asoslarini  demokratik  taraqqiyot  bilan 
bog‘liqligi.  
3. 
Milliy  g‘oya    –  O‘zbekiston  demokratik  taraqqiyotining  g‘oyaviy–
mafkuraviy asosi. 
 
Millat  taqdiriga  daxldor  bo‘lgan  g‘oyalar  eng  avvalo,  milliy  zamin  bilan  bog‘liq 
bo‘ladi. Unga tayanmagan, undan bahra olmaydigan yoki undan uzilib qoladigan 
g‘oyalar millat manfaatlariga ham xizmat qilaolmaydi. 
Bu  jarayonda ikki muhim qonuniyat amal qiladi: 
Birinchi  qonuniyat  millatning  mavjudligi  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlar  va 
mentalitetga ega ekanligi. Ular millat taraqkiyoti va istiqboli uchun asosiy  manba 
hisoblanadi.  O‘z  negizlari  asosida  rivojlanish  yo‘lidan  bormaydigan  millat 
istiqbolda,  o‘zligini  yo‘qotadi.  Uni  hisobga  olish,  amal  qilishini  millatning  o‘z 
negizlariga tayanib rivojlanish qonuniyati – deb  aytish mumkin bo‘ladi. 
Ikkinchi qonuniyat  har  qanday  jarayonda bo‘lgani kabi  milliy  rivojlanishda 
ham vorislik qonuni amal qiladi. Uning  mazmuni shundaki, barcha jarayonlar o‘z-
o‘zidan  paydo  bo‘lmaydi,  balki  ular  shu    yo‘nalishda  mavjud  bo‘lgan  oldingilari 
bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Uning  negizida  yuzaga  keladi,  undan  keyingi  taraqqiyot 
uchun  xizmat  qilishi  mumkin  bulgan  elementlarni  qabul  qilish  asosida,  yangisi 
shakllana boshlaydi. Bu jarayon vorislik qonuni hisoblanadi. 
U  millatning  o‘z  negiziga  asoslanib  rivojlanishi  shart  bo‘lgani  uchungina 
emas, balki barcha jarayonlar uchun ham amal qiladi. Bu vorisiylik qonuniyatning 
xarakterli xususiyati hisoblanadi. 
Uning milliy taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, u millatning o‘z negizlari 
asosida  rivojlanishi  uchun  imkoniyatlar  salmog‘ining  mustaxkam  bo‘lishiga 
xizmat qiladi. 
Milliy  g‘oya  shakllanishida  ana  shu  ikki  qonuniyatning  uyg‘unligi  asosiy 
hisoblanadi. 
Albatta, milliy g‘oya negizlari faqat millatning tor doiradagi zaminlari bilan 
cheklanmaydi.  Shuning  bilan  bir  qatorda  umumbashariyat  erishgan  ilg‘or 
yutuqlarga ham tayanadi. 
Shuning    uchun  ham  Prezident  Islom  Karimov  mamlakatimiz  o‘z 
mustaqilligini  qo‘lga  kiritgandan  keyin  uni  yangilash  va    rivojlantirishning 
quyidagi to‘rtta asosiy negizini belgilab bergan edi. Bular: 

umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 

xalqimizning ma‘naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish

insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 


vatanparvarlik
1
 kabilardir. 
Ko‘rinib turibdiki, ularda milliy g‘oya tamoyillari umuminsoniy qadriyatlar 
bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. 
Ana  shu    negizlar  asosida  milliy  g‘oyamizning    asosiy  tamoyillari 
shakllanadi.  Xo‘sh  tamoyil  nima?  Tamoyil  biror  bir  ta‘limot,  dunyoqarash  yoki 
faoliyatning  qat‘i  amal  qiladigan  qoidasi  va  meyorini  anglatuvchi  tushuncha 
hisoblanadi. 
Shu  ma‘noda  ham  milliy  g‘oyaning  o‘ziga  xos    tamoyillari  mavjud  bo‘lib, 
ular asosida milliy rivojlanishning dolzarb vazifalari amalga oshirilmoqda. 
Milliy g‘oyaning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi: 
-milliy 
ong,  milliy  tafakkurning  va  milliy  o‘zlikni  shakllantirishga 
yo‘naltirilganligi; 
-millatni birlashtirishga qaratilganligi
-millat manfaatini ifodalashi; 
-milliy 
urf-odatlar, 
an‘analar  va  qadriyatlarning  mustaxkamlanishi  va 
rivojlanishiga asos bo‘lishi; 
-milliy g‘urur, iftixor va ma‘suliyatning shakllanishi va mustaxkamlanishiga zamin 
bo‘lishi; 
-ko‘p  millatli  mamlakatimiz  aholisida  yagona  Vatan  ruhiyatining  shakllanishiga 
asos bo‘lishi; 
-milliy  meros,  tarixiy  xotirani  asrash,  o‘zlashtirish  va  keyingi  avlodga  
yetkazishning ma‘naviy-ruhiy manbasi bo‘lishi; 
-yoshlarimizda  Vatanparvarlik,  millatparvarlik,  xalqparvarlik  va  umuminsoniylik 
ma‘naviy, ruhiy salohiyatining shakllantirishga qaratilganligi; 
-millatimizning mustaqil sub‘ekt sifatida maqomini aks ettirish; 
-millatimizning  ozodligi,  mustaqilligi  va  taraqqiyotiga  ma‘naviy-ruhiy  salohiyat 
bo‘lish; 
-millatimizning o‘zi bilan  yonma-yon yashayotgan millat va elatlar vakillarini o‘z 
atrofiga  uyushtirish,  ular  bilan  tinch-totuv  yashash,  ularga  xurmat,  ehtirom  bilan 
qarash,  yordam  ko‘rsatish,  xamkorlikni  mustaxkamlash  va  ular  asosida  yagona 
o‘zbekiston xalqi tuyg‘ularining shakllanishiga manba bo‘lishi; 
-millatimizning  zamonaviy  tsivilizatsiyalariga  munosib  hissa  qo‘shishiga 
ma‘naviy-ruhiy, kuch- qudrat va ilhom bag‘ishlashi; 
-O‘zbekiston xalqida milliy xavfsizlik va milliy taraqqiyot ruhiyatini shakllantirish 
va mustaxkamlashning nazariy asosi bo‘lish; 
-komil inson g‘oyasini o‘zida aks ettirish kabilarni tashkil qiladi. 
Milliy  g‘oya  milliy  ong  va  tafakkur  mahsuli  hisoblanadi.  Ularning 
rivojlanishi natijasida milliy o‘zlikni anglash yuzaga keladi. Milliy tafakkur millat 
hayot  tarzi,  xususiyatlari  va  faoliyati,  uning  maqsadlari  va  manfaatlari 
negizlarining milliy ongida namoyon bo‘lishidir.  
 
 
                                                 
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. Т.1. –Т.: 
«Ўзбекистон», 1996, 76-б. 

Milliy g‟oyaning ilmiy o‟rganish, o‟qitish va targ‟ib-tashviq qilishning 
nazariy-metodologik asoslari 
Reja: 
1.      G‘oyaviy-mafkuraviy ishlarda ilmiy usul-yondoshuvlarni tanlash  
 
      
masalalari, bu boradagi qarashlar va munosabatlar mohiyati.  
2. 
Milliy g‘oyani ilmiy o‘rganish, o‘qitish va targ‘ib-tashviq  
 
 
 
qilishda falsafa faniga tayanish zaruriyati.  
3. 
Falsafiy yondoshuv va tamoyillar tizimi.  
 
Istiqlol mafkurasining bosh tamoyillarini belgilab, uni tobora shakllantirib 
borayotgan  xamda  bu  soxada  olimlar,  siyosatdonlar  va  ijod  axli  uchun 
yunalishlar  berayotgan  bosh  islohatchi-Prezidentimiz  Islom  Karimovning 
o‘zidir.  
Oktabr  to‘ntarishdan  keyin  jadidlar  va  taraqqiyparvar  ziyolilar 
shakllanib  borayotgan  bugungi  mafkuramizni  orzu  qilgan  edilar,  ularning 
orzular-orzuligicha kolib ketdi.  
Kizil  imperiyaning  shurolarga  xos,  ya‘ni  xar  kanday  milliy  tuyguni 
taxkirlovchi mafkurasi, zurovon tizimning goyasi oxir okibat o‘z-o‘zini yemirdi 
va inkor etildi.  
Inson  uylamasdan,  fikr  kilmasdan  yashay  olmagani  singari,  jamiyat  xam 
muayyan  goyalarsiz,  nazariya  va  mafkuralarsiz  mavjud  bula  olmaydi.  Xar 
kanday  jamiyatda  o‘ziga  xos  ravishda  muayyan  goyalar  yuzaga  keladi.  Ayni 
shu  goyalar  jamiyatni  olga  ketishi  yoki  depsinishi,  tarakkiy  etishi,  yoki  ortga 
ketishiga  sabab  buladi.  Sovet  tuzumi  va  unga  mos  mafkurasini  inkor  kilgan 
O‘zbekiston xam musatkilligini e‘lon kilgach o‘z tarakkiyot yulini ifoda etuvchi 
milliy  istiklol  goyasi  yuzaga  keldi  va  shakllanmokda.  Ushbu  goyani  ilmiy-
nazariy  va  metodologik  asoslarini  Prezidentimiz  I.Karimov  o‘z  asarlarida, 
suxbat va nutklarida ishlab chikdi va e‘lon kildi.  
Mustakillik  yillarida  jamiyatimiz  a‘zolarining  dunyokarashi,  fikrlash 
tarzida  teran  o‘zgarishlar  ruy  berdi.  Mustakillik  mafkurasi  xalqimizni 
birlashtiradigan,  bunyodkorlik  faoliyatiga  safarbar  etadigan,  uning  ezgu 
maksadlari  va  manfaatlarini  o‘zida  ifoda  etishi  zarur  edi.  «Bu  mafkura,-deydi 
Islom  Karimov-xalqni  xalq,  millatni  millat  etadigan,  uning  sha‘ni-sharafi,  or-
nomusi, ishonch e‘tikodini ifodalaydigan jamiyatimizning o‘ziga xos tarakkiyot 
yuli,  turmush  tarzi,  tub  manfaatlariga  tayangan  xolda  muttasil  rivojlanib, 
takomillashib  boradigan  goyalar  tizimidir».  Ta‘bir  joiz  bulsa  milliy  mafkura 
utmish  va  kelajakni  boglab  turuvchi  kuprik,  oliy  maksad  sari  yulni  yoritib 
turuvchi  mayokdir.  Oliy  maksadimiz-milliy  istiklol  goyasida  o‘z  ifodasini 
topgan  bulib  bu-yurtimizda  ozod  va  obod  vatan,  erkin  va  farovon  xayot, 
xukukiy demokratik jamiyatni barpo etishdir,-deydi Islom Karimov.  
E‘tiborni mustakillik va mafkura tushunchalariga, ularni alokadorligiga 
karatsak.  Mustakillik  ma‘naviyat  va  mafkuraning  birligi,  ularninig  bir-birini 
takazo  kilish  zaruriyatining  sabablari  nimada?  Mustakillik  nima?  Mustakillik 
avvalo  bokimandalik,  tobelik  va  karamlikdan  ozodlikdir.  Ozodlikni  xis  kilish. 
Bir  donishmand  aytgan  ekan:  «o‘zini  kul  ekanligini  anglagan  kul  yarim 

ozoddir».  Kechagi  tuzumni  soginib  eslaydigan  yukmi?  Shundaylar  o‘zini  kul 
ekanliklarini,  kul  bulganliklarini  bilishadimi?  Mana  shu  kullikni  anglash 
ma‘naviyatdir.  Mustakillik  bu  ozodlik,  dedik.  Ozodlik  esa  anglangan 
zaruriyatdir. Ana shu ozodlikni anglash,-ma‘naviyatdir. Anglangan zaruriyat bu 
iktisodiy-ijtimoiy,  siyosiy,  xukukiy  va  ma‘naviy  jixatdan  o‘z  kadr-kimmatini 
belgilayotgan,  o‘z  «Men»  ini  anglayotgan  xalqimizning  xayotiy  extiyojidir. 
Mustakillik  anglangan  zaruriyat  ekan,  demak  u  ma‘naviyatdan  boshlanadi. 
Mustakillik  va  ma‘naviyatning  birlik  dialektikasining  sababi  shundaydir. 
Mustakillikning  buyuk  kadriyat  ekanligini  anglash,  uni  xayotiy  extiyoj  va 
zaruriyat  ekanligini  tushunish  ostida  milliy  o‘zlikni  anglash,  milliy  gurur 
tushunchalari  yotadi.  Mazkur  tushunchalarni  bilish  uchun  esa  milliy  mafkura 
tushunchasini anglamogimiz zarurdir.  
Mafkura  nima?  Mafkura  –  muayayn  ijtimoiy  gurux,  katlam,  millat, 
jamiyat,  davlat  manfaatlari,  orzu-istak  va  maksad-muddaolari  ifodalangan 
goyaviy-nazariy  karashlar  va  ularni  amalga  oshirish  tizimi.  Unda  manfaatlari 
ifodalanayotgan  kuch  va  katlamlarning  utmishi,  bugungi  kuni  va  istikboli  o‘z 
ifodasini  topadi.  Mafkura  kulami,  mikyosi  va  istikboli  uning  kimlaring 
manfaatlarini  ifoda  etishi,  kanday  maksadlarga  xizmat  kilishi  xamda  nimaga 
tayanganligi 
bilan  belgilanadi.  Ma‘lumki,  O‘zbekston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining  12-moddasida  «O‘zbeksitonda  ijtimoiy  xayot,  siyosiy 
institutlar  mafkuralar  va  fikrlar  xilma-xilligi  asosida  rivojlanadi.  Xech  kaysi 
mafkura  davlat  mafkurasi  sifatida  urnatilishi  mumkin  emas»,  deyiladi.  Bu 
davlat  mafkurasiz  bulishi  yoki  mafkura  kerakmi,  yukmi  degan  savolni 
kuyilishini  bildirmaydi.  Shuningdek,  yakka  mafkura,  sinf,  partiya,  mulk  va 
shaxs  xukmronligi,  jamiyat  rivoji  kishilik  tarixida  kanday  okibatlarga  olib 
kelishini 
yakin 
tariximizdan 
yaxshi 
bilamiz. 
Prezident 
I.Karimov 
mustakillikning  dastlabki  yillaridanok:  «Ma‘naviyatsiz  xech  kanday  tarakkiyot 
yuk,  milliy  istiklol  mafkurasini  ishlab  chikmogimiz  zarur» -  degan kursatmani 
bergan  edilar.  Chunki,  mafkura  bu  istikbolning  yaratuvchisidir.  Prezidentimiz 
I.Karimov:  «O‘zbekistoning  o‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li»  asaridayok 
Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning 4 asosiy ma‘naviy-axlokiy negizlarini 
ko‘rsatib  utgandilar.  Bu  negizlar:  1.  Umuminsoniy  kadriyatlarga  sodiklik;  2. 
Xalqimizning ma‘naviy merosini mustaxkamlash va rivojlantirish; 3. Insonning 
o‘z  imkoniyatlarini  erkin  nomoyon  qilish;  4.  Vatanparvarlikdir.  Bu  negizlar, 
ayni  paytda  mustakillik  mafkurasining  asosiy  tamoyillarini  tashkil  etadi. 
Demak,  umuminsoniy  kadriyatlarga  sodikliklikni  mustakilligimiz  manbai  deb, 
xalqimizning ma‘naviy merosini kamolotga erishishining dolzarb vazifasi deb, 
insonda  jo  bulgan  ijodiy  ruxga  erkinlikni  berishni  markaziy  masala  deb, 
vatanparvarlikni  ijtimoiy  tarakkiyotimizning  yo‘lchi  yulduzi  deb  ta‘riflash 
doirdir.  
 
 
 
 

O‟zbekistonda g‟oyaviy ta‟lim-tarbiya va targ‟ibot-tashviqot 
institutsional tizimi 
Reja 
1.     G‘oyaviy ta‘lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tushunchalarining 
 
 
mazmun-mohiyati, ularning o‘zaro bog‘liqligi va boshqa ta‘lim- 
 
 
tarbiya shakllari bilan aloqadorliklari. 
2. 
G‘oyaviy ta‘lim-tarbiyaning ob‘ekti, sub‘ekti, usul-vositalari    
 
hamda inson va jamiyat hayotiga ta‘sir yo‘nalishlari. 
3. 
Davlat va jamiyat taraqqiyotida g‘oyaviy ta‘lim-tarbiya va  
 
 
 
targ‘ibot-tashviqotning o‘rni, roli va ahamiyati. 
 
Inson  jamiyat  a‘zosi  ekan,  doimo  turli  gurux  va  jamoalarning  vakili 
sifatida ularning ta‘siri ostida buladi. Ya‘ni xar bir  shaxsning fe‘l-atvorida, 
xatti –xarakatlarida u  mansub  bulgan  millat, xalq, professional  toifa, jamoa 
va  oilaning  ijobiy  yoki  salbiy  ta‘siri  buladi.  Tarixiy  shart-sharoit,  davr, 
davlat tuzumi va usha jamiyatdagi siyosiy, iktisodiy va mafkuraviy ta‘sirlar 
uning dunyokarashi, fikrlash tarzi, tafakkurida o‘z aksini topadi.  
Inson  dunyokarashiga  ta‘sirlarning  ikki  xil  ko‘rinishi  Bir  karashda 
inson  fe‘l  –atvorini,  gurux  jamiyat  ma‘naviyatini  ikkinchi  boskich  ta‘sirlar 
belgilaydiganday  va  birinchi  boskich  ta‘sirining  axamiyati  yukday  kuriladi. 
Ammo  inson  fe‘l  –atvorining  shakllanishiga  birinchi  boskich  ta‘sirini 
axamiyati kam emas. Shurolar tuzumida odamlarning imonsiz, kurkok, mute 
bulib  shakllanishiga,  aynan  shu  birinchi  boskich  ta‘sirlari  orkali  bulgan. 
Umuman,  tarix  tajribasidan  kelib  xulosa  kiladigan  bulsak,  kaysi  davlat, 
mamlakatni 
olmaylik, 
boskinchilik 
siyosati 
yurgizilgan 
jamiyat 
odamlarining psixologiyasi mustakil yurt fukarolari psixologiyasidan keskin 
fark  kiladi.  Va  bu  inson  fe‘l-atvorini  shakllanishiga  makro  boskichning 
ta‘siri nakadar axamiyatli ekanini kursatadi. 
Xush,  inson  fe‟l  –atvoriga,  gurux,  jamiyat  ma‟naviyatiga  ta‟sir 
kiluvchi mafkuraviy omillarga nimalar kiradi?  
Ezgu  fikr,  soglom  goya  Inson  fe‘l-atvoriga  mafkuraviy  ta‘sir 
kursatuvchi ushbu omillarni aloxida kurib utamiz.  
        Inson  fe‘l-atvoriga  ta‘sir  kursatuvchi  xamda  unda  sog‘lom  muloqot 
madaniyatini  shakllantirishda  xalq  e‘tiqodi  va  ruxi  juda  qudratli  ta‘sir  kuchiga 
ega  bo‘ladi.  Xalq  ruxi  va  undagi  e‘tiqodni  millatning  eng  ilg‘or  vakillari, 
mutafakkirlar  ifoda  etishadi.  Masalan,  Amir  Temur  va  Alisher  Navoiylarning 
yaratuvchilik,  bunyodkorlik  faoliyatlari  xalq  e‘tikodining  ulmas  namunasidir. 
Shu sababli shu jamiyatda yashovchi xar bir fukaro mana shunday xalq e‘tikodi 
ta‘sirlariga  berilgan  va  undan  ta‘sirlangan  xolda  shakllanadi.  Agar  inson 
bolasining  tugilish  onlaridan  boshlab  uning  ilk  rivojlanish  davrlari 
xususiyatlariga  e‘tibor  beradigan  bulsak  lastlab  u  tabiatan  fakat  o‘z  ichki 
xissiyotlari,  tuygulari  doirasida  rivojlanadi.  Ya‘ni  uning  uchun  o‘z  istak-
xoxishlari,  extiyojlari  va  ularning  kondirishdan  ortik  tashvish  yukday.  Lekin 
usha extiyojlar orasida ota-onasiga, eng yakinlariga nisbatan xissiy intilish, ular 
bilan  emotsional  mulokotga  kirish  istagi  kuchli  bulgani  sabab  u  insonlar 

jamiyati  va  undagi  munosabatlar  meyorlarini  sekin-asta  o‘zlashtirib  boradi.  3 
yoshdan  sung  oiladagi  muloqotga  tengkurlar  jamiyatidagi  mulokot  kushilishi 
munosabati  bilan  bola  xudbinlik  kayfiyatidan  yanada  tezrok  voz  kecha 
boshlaydi.  Aks  xolda  jamiyat,  kupchilik  uning  injikliklarini  kutarmaydi.  Shu 
tarika  soglom  mulokot  muxiti  bolani  kupchilikni  fikriga  ergashish,  kupchilik 
xak  deb  e‘tirof  etgan  axlok  meyorlarini  egallash,  insonparvarchilik 
tamoyillariga  amal  kilishga  urgatadi.  Shunday  kilib,  bola  uchun  keng  ijtimoiy 
muxitdagi  soglom  goyalardan,  xalq  ruxining  kadriyatlaridan  tula  baxramand 
bulish 
imkoniyati 
tugiladi. 
Kishida 
soglom 
mulokot 
madaniyatini 
shakllanishida  ezgu  fikrning  ta‘sirchanligi  aloxida  axamiyatga  ega.  Mulokot 
jarayonida fikrga, sog‘lom goyaga ega bulishi bu –masalani bir tomoni. Uning 
boshka muxim jixati ana shu fikrlarni bayon eta olish kobi liyatidir. Ya‘ni nima 
xakida  gapirish  emas,  u  to‘g‘rida  kanday  gapirish  xam  uta  muximdir. 
Mafkuraviy tarbiya va ta‘sir jarayonida xam gapga chechanlik, so‘z boyligi va 
uni  auditoriyaga  yetkaza  olish  muxim  axamiyatga  ega.  So‘z  goyaviy  ta‘sir 
vositasi  ekanligi.  Milliy  goyalarni  xalq  ongiga  yetkazishda  so‘z  asosiy  ta‘sir 
vositasi xisoblanadi. Shu sababli kadimgi Gretsiyada ritorika sanatiga juda katta 
e‘tibor  berilgan.  XX  asrning  60  –yillariga  kelib  tajriba  shuni  kursatdiki, 
mafkuraviy  va  siyosiy  targibot  xamda  ta‘sir  uchun  so‘z  va  nutkni  mutlak 
samarali deb bulmas ekan. Aytish kerakki, inson ongi xar doim xam  mantikka 
buysunavermaydi.  Bu  yo‘l  ko‘proq  ilm-fanga  taalluklidir.  Odamning  o‘zi 
ishonishni  xoxlamagan  narsaga  ishontirish  uta  mushkul  ish.  Kishilarga 
mafkuraviy ta‘sir ko‘rsatishda murakkab mantikiy fikrlar orqali emas, soddarok 
jonli  tilda  tushuntirishning  ta‘siri  kattadir.  Ya‘ni,  ommaga  chiroyli  ilmiy 
iboralardan  ko‘ra,  tabiiy,  odatiy,  kundalik  xayotda  ishlatiladigan  iboralar, 
so‘zlar tizimi tezrok va kuchliroq ta‘sir ko‘rsatadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

O‟zbekiston mustaqil demokratik  taraqqiyotida  milliy g‟oyaga 
ehtiyojning ortishi 
Reja 
1. 
Demokratik taraqqiyot va milliy g‘oyaning o‘zaro aloqadorligi.  
 
 
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish maqsadlari. 
2. 
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati tushunchalarining milliy   
 
 
g‘oya  maqsadlari bilan uzviy aloqadorligi. 
3. 
―Fuqarolik jamiyati‖ tushunchasi, bu boradagi g‘oyaviy-  
 
 
 
mafkuraviy qarashlar va munosabatlar mohiyati.  
 
    Demokratik  taraqqiyot  va  milliy  g‘oyaning  o‘zaro  aloqadorligi.  O‘zbekistonda 
demokratik  jamiyat  qurish  maqsadlari.  Huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyati 
tushunchalarining  milliy  g‘oya    maqsadlari  bilan  uzviy  aloqadorligi.  XXI  asr 
boshlariga  kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi  o‘zaro ta‘sir shu qadar  kuchayib 
ketdiki,  bu  jarayondan  to‘la  ihotalanib  olgan  birorta  ham  davlat  yo‘q,  deb  to‘la 
ishonch  bilan  aytish  mumkin.  Hattoki,  xalqaro  tashkilotlardan  uzoqroq  turishga 
intilayotgan,  ularga  a‘zo  bo‘lishni  istamayotgan  mamlakatlar  ham  bu  jarayondan 
mutlaqo  chetda  emas.  Globallashuv  shunday  jarayonki,  undan  chetda  turaman, 
degan mamlakatlar uning ta‘siriga ko‘proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g‘ayri 
ixtiyoriy ta‘sir esa ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. 
    Globallashuvning turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta‘siri ham turlicha. Bu hol 
dunyo  mamlakatlarining  iqtisodiy,  axborot,  ma‘naviy  salohiyatlari  va  siyosati 
qanday  ekani  bilan bog‘liq.  Dunyoda  yuz  berayotgan shiddatli  jarayonlarning har 
bir  mamlakatga  o‘tkazayotgan  salbiy  ta‘sirini  kamaytirish  va  ijobiy  ta‘sirini 
kuchaytirish  uchun  shu  hodisaning  mohiyatini  chuqurroq  anglash,  uning 
xususiyatlarini  o‘rganish  lozim.  Bu  hodisani  chuqur  o‘rganmay  turib  unga 
moslashish,  kerak  bo‘lganda,  uning  yo‘nalishini  tegishli  tarzda  o‘zgartirish 
mumkin  emas.  Globallashuv  yana  shunday  jarayonki,  uni  chuqur  o‘rganmaslik, 
undan  foydalanish  strategiyasi,  taktikasi  va  texnologiyasini  ishlab  chiqmaslik 
mamlakat  iqtisodi  va  madaniyati,  ma‘naviyatini  tog‘dan  tushayotgan  shiddatli 
daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qoyish bilan baravar bo‘ladi. 
Mustaqillik  davrida  mamlakatimiz  olimlari  o‘tkazgan  va  o‘tkazayotgan 
tadqiqotlarga  ko‘z  yugurtirish  bu  sohadagi  ishlar  endigina  boshlanayotganidan 
guvohlik  beradi.  Globallashuvning  milliy  ma‘naviyatga  ham  ta‘sir  o‘tkazadi.  Har 
qanday  siyosat,  jumladan  iqtisodiy  siyosat  va  ma‘naviyat  sohasidagi  siyosat  ham 
ilmiy  asosga  ega  bo‘lgandagina  muvaffaqiyat  keltirishini  nazarda  tutsak,  bu 
masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga yetarli ko‘mak berishlarini e‘tirof etishga 
to‘g‘ri  keladi.  Mamlakatimizning  jahon  maydonida  olib  borayotgan  siyosati 
ko‘proq  samara  va  muvaffaqiyat  keltirishini  istasak,  globallashuvning  mohiyati, 
yo‘nalishlari,  xususiyatlarini  chuqurroq  tadqiq  va  tahlil  qilish  zarur.  Aynan  shu 
jarayonni  chuqurroq  tahlil  etish  orqali  siyosatchilarning  to‘g‘ri  yo‘l  tanlashi  va 
qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratish mumkin. 
Globallashuv  -  turli  mamlakatlar  iqtisodi,  madaniyati,  ma‘naviyati,  odamlari 
o‘rtasidagi  o‘zaro ta‘sir va bog‘liqlikning kuchayishidir. 

Globallashuvga  berilgan  ta‘riflar  juda  ko‘p.  Lekin  uning  xususiyatlarini  to‘laroq 
qamrab  olgani  bizningcha,  frantsuz  tadqiqotchisi  B.Bandi  bergan  ta‘rif.  Unda 
globallashuv jarayonining uch o‘lchovli ekaniga urg‘u beriladi: 

  globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon; 

  globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni

  globallashuv-milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni. 
B.Bandi  ta‘rifida  keltirilgan  globallashuv  o‘lchovlarining  har  uchalasiga  nisbatan 
ham  muayyan  e‘tirozlar  bildirish  mumkin.  Lekin  jahonda  yuz  berayotgan 
jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko‘ramiz. 
Globallashuvning  mamlakatlar  iqtisodiy  siyosati  va  ma‘naviyatiga  o‘tkazishi 
mumkin  bo‘lgan  ijobiy  va  salbiy  ta‘siri  Hindistonning  mashhur  davlat  arbobi 
Mahatma  Gandining  quyidagi  so‘zlarida  yaxshi  ifodalangan:  «Men  uyimning 
darvoza  va  eshiklarini  doim  mahkam  berkitib  o‘tira  olmayman,  chunki  uyimga 
toza  havo  kirib  turishi  kerak.  Shu  bilan  birga  ochilgan  eshik  va  derazalarimdan 
kirayotgan  havo  dovul  bo‘lib  uyimni  ag‘dar-to‘ntar  qilib  tashlashi,  o‘zimni  esa 
yiqitib yuborishini ham istamayman». 
Shuning  uchun  ham  milliy  istiqlol  g‘oyasini  bugungi  globallashuv  jarayonida 
uyimizni,  hayotimizni  toza  havo  bilan  ta‘minlab,  ayni  paytda  «dovullar»dan 
saqlash omili ekanligini anglash muhim. 
 ―Fuqarolik  jamiyati‖  tushunchasi,  bu  boradagi  g‘oyaviy-mafkuraviy 
qarashlar  va  munosabatlar  mohiyati.  O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati 
qurilishining  g‘oyaviy-mafkuraviy  asoslari.    Milliy  g‘oyada  fuqarolik  jamiyati 
qurish maqsadlarining aks etishi. 
Milliy ong va milliy o‘zlikni anglashning rivojlanishi – fuqarolik jamiyatini 
mustahkamlashning  muhim  omili.  O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  qurilishining 
o‘ziga xos tamoyillari.  
Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish  Kontseptsiyasida belgilangan vazifalar, ularning 
g‘oyaviy-mafkuraviy  mazmuni.  Fuqarolik  jamiyati  qurilishining  asosiy 
bosqichlari, yo‘nalishlari va rivojlanish istiqbollari. 
Milliy  g‘oya  maqsadlarining  mamlakatimizda    demokratik  jamiyat  qurish 
maqsadlari bilan  mushtarakligi, uni yanada rivojlantirish istiqbollari. 
Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling