Milliy g„oya tarixi va nazariyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MIG tarixi nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-masalaning bayoni
- MAVZUGA OID ADABIYOTLAR
- 1-masalaning bayoni
- Islom Karimov. “
- 2-masalaning bayoni
“Milliy g„oya tarixi va nazariyasi” fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: 1. ―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fanining shakllanishi 2. ―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fanining obyekti va predmeti. 3. ―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fanining maqsad va vazifalari 1-masalaning bayoni: ―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fani mustaqillik yillarida shakllangan nazariy fanlardan biridir. Chunki, ―Jamiyat hayotida shunday davrlar bо‗ladiki, о‗z umrini yashab bо‗lgan eski tuzum qonun-qoidalarini yangicha asosda о‗zgartirish, barcha sohalarda keng kо‗lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bо‗lsa, hayot-mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi‖. 1 О‗zbekiston mustaqillikka erishgandan sо‗ng о‗zbek xalqi о‗z mustaqilligini saqlab, milliy taraqqiyot yо‗liga kira oladimi yoki yana mustamlakachilikning yangi kо‗rinishlariga xos hayot kechiradimi, degan dilemma yuzaga keldi. 1. Mustaqillikka erishgandan keyin mustabid tizimning yakka hukmron bо‗lgan kommunistik mafkurasidan bezib, zada bо‗lib qolgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish» siyosatini qо‗llab-quvvatladi. Natijada, mustaqillikning dastlabki yillarida jamiyatda, ma‘lum ma‘noda «mafkurasizlik», «mafkuraviy bо‗shliq» paydo bо‗lib, sarosimali va tahlikali vaziyat vujudga keldi, mustaqillikning taqdiriga jiddiy xavf tug‗ildi. Buni о‗z vaqtida teran anglagan Prezidentimiz xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustahkamlashning muqobili bо‗lmagan bir yо‗li - о‗zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi milliy g‗oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e‘tiqodiga aylantirish masalasini о‗rtaga tashladi. ―Mafkura sohasida bо‗shliq, vakkum bо‗lmaydi. О‗zbekiston xalqlarining dunyoqarashi, ma‘naviy va siyosiy madaniyatining eng ilg‗or an‘analari asosida ishlab chiqilayotgan milliy mustaqillik mafkurasi individualizmning vayron qiluvchi ta‘siriga qarshilik kо‗rsatishga qodir. Mafkuraviy ish, mustaqillik, yuksak ma‘naviyat, axloqiylik, madaniyat g‗oyalarini targ‗ib qilish о‗tkinchi holga aylanib ketmasligi kerak‖ 2 , deydi Prezidentimiz I.Karimov. Davlatimiz rahbarining ma‘naviy-mafkuraviy sohadagi nazariy va amaliy masalalar chuqur tahlil etilgan ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖ asarida ham bu masalaga alohida e‘tibor qaratilgan. 3 G‗oyalarning jamiyatga ta‘sir yо‗nalishlari va xarakterini belgilash uchun, ularni maxsus bilish obyekti sifatida olib qarashning ahamiyati juda katta. Xususan, g‗oyalarning mohiyatini о‗rganishda, nazariy bilimlar va amaliy faoliyatlar samaradorligini oshirish - birinchidan, umuminsoniy va milliy ma‘naviy madaniyatning mushtaraklashgan ifodasi bо‗lgan g‗oyalarni strukturaviy- 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б. 102. 2 1 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ этиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард мақсадимиз. -Т.:Ўзбекистон, 2000. 8.Т. –Б.565-566. 3 Қаранг: Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. –Б. 76. funksional о‗rganuvchi maxsus fan - ideologiyani rivojlantirish; ikkinchidan, g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishda ijtimoiy-siyosiy ideologiyalarning ilmiy usullari hamda vositalari uyg‗unlashuvini ta‘minlash; uchinchidan, g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarning turli tarixiy shakllarini va muqobil yо‗nalishlarini, ilmiy-nazariy bilish asosida muvofiqlashtirishga bog‗liq bо‗ladi. G‗oya va mafkuralar mazmunini nazariy bilish-ijtimoiy munosabatlarning turli darajalarda: kundalik amaliy urf-odatlar, an‘analar, yoki murakkab ijtimoiy- siyosiy madaniyatga asoslangan tizimlar tarzida namoyon bо‗lishini ilmiy izohlashdan iborat. Bu esa, о‗z navbatida, insonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy munosabatlarini ilmiy ideologiya asosida tashkil qilish uchun: birinchidan, milliy doiradagi moddiy va ma‘naviy, nazariy va amaliy faoliyat yо‗nalishlarining umuminsoniy manfaatlar asosida bog‗lanishni; ikkinchidan, ularning о‗zaro munosabatlarini tashkil qilish va boshqarishda umuminsoniy g‗oyalar majmuasining milliy doiradagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta‘sir rolini kо‗rsatishni; uchinchidan, milliy g‗oya rivojlanishiga differensiallashgan tarzda yondoshgan holda, alohida ta‘sir kо‗rsatadigan: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘muriy omillarning ahamiyatini belgilashni; tо‗rtinchidan, ijtimoiy g‗oyalarning milliy va umuminsoniy xususiyatlarini jamiyatning aniq rivojlanish darajalari bilan bog‗lab ifodalash lozim. Milliy g‗oya va mafkuralarning rivojlanish darajasi ijtimoiy munosabatlarni, muayyan mafaatlar doirasida, uyg‗unlashtirishdan iborat mafkuraviy faoliyatni (nazariy hamda amaliy jihatlardan) tashkil etish xarakteriga mos keladi. Zero, uning pirovard natijasida, jamiyat ijtimoiy-siyosiy munosabatlarining barqaror rivojlanishiga olib keladigan yangi progressiv g‗oyalarga asos bо‗lib, ularni amalga oshirishning muayyan shart-sharoitlarini, uslub va vositalarini ta‘minlaydigan mafkurani taqozo qiladi. Shu nuqtai nazardan, ideologiyani jamiyatning g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarini о‗rganuvchi fan sifatida- insonning muayyan ehtiyojlarini (umuminsoniyat manfaatlariga mos kelishidan qat‘iy nazar) qondirish, maqsadlariga erishish yо‗li, deyish mumkin. Ana shu omillar ―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ning yuzaga kelishiga sabab bо‗ldi. 2-masalaning bayoni: Har bir bir fanning о‗rganadigan bosh mavzusi, obyekti bо‗lgani kabi ―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fani ham о‗z obyektiga ega. Xalqimizning tarixiy, milliy –ma‘naviy merosi, qadriyatlari, maqsad va mо‗ljallari, demokratik prinsiplarini namoyon bо‗lishining umumiy va milliy xususiyatlarini о‗rganish – ―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fanining obyektidir. Mazkur fanning predmeti – milliy g‗oya va mafkuraning tarixiy ildizlari, xalqimizning ma‘naviy merosi va qadriyatlarining shakllanishi, umuminsoniy demokratik prinsiplar, milliy mafkuraning bosh va asosiy g‗oyalarining о‗zaro munosabati, uni taqozo etuvchi umumiy va о‗ziga xos xususiyatlari. Umumlashtirib aytganda, birinchidan, millatning tarixiy taraqqiyoti darajalariga mos ravishda vujudga kelgan bunyodkor g‗oyalari: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ahloqiy munosabatlarning mazmuniga aylanib boradi va ularning globallashish tendensiyasini о‗rganish — milliy g‗oya tarixi va nazariyasining tadqiqot obyekti va predmeti doirasini belgilaydi. Ikkinchidan, ―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ – ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayot yо‗nalishlarining globallashuvi, integratsiyalashuvi о‗ziga xos individual milliy g‗oya shakllarini va ularni nazariy va amaliy jihatdan о‗rganadigan fan hisoblanadi. Uchinchidan, mazkur fan turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy—madaniy munosabatlarning nisbatan mustaqil rivojlanishini ifodalaydi. Tо„rtinchidan, hozirgi zamonda ijtimoiy munosabatlarning intellektual asoslari, texnik— texnologik kommunikatsiya vositalari rivojlanishi bilan jahon miqyosida muqobil mafkura yо‗nalishlarining tarixiy integratsiyalashuv, intensivlashuv, globallashuv va universallashuv jarayonlari kuchaymoqda. 3-masalaning bayoni: Milliy g‗oya - halqning qalbidan chiquvchi, uning orzu-umidlarini о‗zida ifoda etuvchi, xalqning haq-huquqini himoya qiluvchi, uning qadr-qiymatini yuksaltirishga undovchi haqqoniy fikrdir. Milliy g‗oya xalqning о‗zligini anglatuvchi, milliy tuyg‗ularini uyg‗otuvchi, milliy g‗urur va oriyatini qо‗zg‗atuvchi fikrdir. Milliy g‗oya xalqni uyushtiruvchi, uning qadr- qiymatini tiklovchi, о‗zligini anglatuvchi, ijodkorlik va yaratuvchanligini rо‗yobga chiqaruvchi, jamiyat taraqqiyotini insonparvarlik yо‗nalishiga yetaklovchi kuch sifatida namoyon bо‗ladi. Milliy g‗oya vatanparvarlikka, xalqning tarixiy xotirasiga, о‗zligini anglashiga asoslanadi. Bizning milliy g‗oyamiz millatning, davlatning, yurtning qadr-qiymatini yuksaltiradi, iqtisodiy, sotsial, siyosiy va ma‘naviy salohiyatini yuzaga chiqaradi, oriyat va g‗ururini asraydi, istiqbolini belgilaydi, kelgusi taraqqiyot uchun yо‗l-yо‗riqlar kо‗rsatadi. Milliy g‗oya о‗zbek millatining о‗ziga xosligi nimada ekanligini asoslab beruvchi ilmiy-nazariy va falsafiy qarashlar sistemasidir. 4 Darhaqiqat, Prezidentimiz I.Karimov ta‘kidlab о‗tganidek, tarix - millatning tarbiyachisidir, о‗zlikni anglash - tarixni bilishdan boshlanadi, - isbot talab qilmaydigan bu haqiqat davlat siyosati darajasiga kо‗tarilishi lozim. Alohida inson xotirasida о‗zining hayotida nimalar qilganligi, uning aql-zakovati va irodasi nimalarga sarflanganligi qay darajada о‗rnashib qolsa, millat uchun ham u tomondan amalga oshirilgan narsalar shu darajada yaqin va qimmatlidir. Tarix - bu insoniyatning, millatning ijtimoiy xotirasi, uning о‗z-о‗zini bilishi va anglashidir: voqelikda yо‗qolgan narsalar ongda, xotirada yashaydi. О‗tmishni bilish hozirgini yaratish uchun beqiyos ahamiyatga molik. Ijtimoiy hayotni tushunishdagi birinchi qadam hozirning о‗tmish tomonidan yaratilganligini tasavvur qilish bilan bog‗liqdir. Milliy g‗oya xalqimiz tarixiga, uning tarixiy xotirasiga tayanadi. Tarixiy xotirasidan judo bо‗lgan xalq о‗zini millat sifatida anglay olmaydi, millatning manfaat va ehtiyojlarini qalban xis qila olmaydi. Binobarin milliy g‗oya ham ratsional, ham irratsional mohiyatga ega bо‗lib, u milliy ruhiyat, kayfiyat, ichki uyushtiruvchi, yо‗naltiruvchi, harakatga keltiruvchi, yetaklovchi milliy xis- tuyg‗u hisoblanadi. 1. Shulardan kelib chiqqan holda ―Milliy g‗oya tarixi va nazariyasi‖ fanining maqsadini quyidagicha ifodalash mumkin: Mazkur fanning maqsadi – milliy g‗oyaning shakllanishi, uning tarixiy ildizlari va negizlarining xalqimiz hayotida 4 Қаранг: Тўраев Б., Раматов Ж. Миллий истиқлол ғояси: асосий хусусиятлари, фалсафий ва тарихий илдизлари. -Т.: Ижод дунѐси, 2002. 1. Қаранг: Тўраев Б., Раматов Ж. Ўша китоб. tutgan о‗rni va rolini о‗rganish, О‗zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‗oya va mafkuraning ahamiyatini ochib berishdir. Fanning vazifalari – milliy g‗oyaning shakllanish va rivojlanish tarixi va nazariyasi bilan bog‗liq asosiy tushuncha va tamoyillar asosida yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning milliy g‗oyaga bо‗lgan ishonch va e‘tiqodini mustahkamlash, Vatanga sadoqat va xalqqa hurmat ruhini oshirish, yoshlarning ogohligini va sezgirligini kuchaytirish hamda ularni huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yо‗lida birlashtirish va safarbar etish. MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR: Mafkura, ideologiya, milliy ideologiya, ideologiya paradigmalari, mafkuraviy munosabat, mafkura nazariyasi, mafkura muqobilligi, mafkuraviy manfaat, ideologiya funksiyalari. NAZORAT SAVOLLARI 1. Ideologiyaning tadqiqot obyekti va predmeti nima? 2. Milliy ideologiyaning mazmuni nimadan iborat? 3. Milliy ideologiyaning maqsadi va vazifalarini kо‗rsating. 4. Milliy ideologiyaning paradigmalari о‗zgarishi qanday omillarga bog‗liq? 5. Ideologiyaning nazariy-metodologik asoslari nimadan iborat? 6. Mafkuralar muqobilligini qanday omillar belgilaydi? MAVZUGA OID ADABIYOTLAR: 1. О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. –T. : 2008. 2. О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Milliy g‗oya va ma‘naviy- ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish tо‗g‗risida‖gi Qarori.-«Xalq sо‗zi». 2006 yil, 26 avgust. 3. Karimov I. О‗zbekiston XX1 asr bо‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T. : «О‗zbekiston», 1997. 4. Karimov I. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin. –T. : О‗zbekiston, 1999. 5. Karimov I. Milliy mafkura – davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma‘naviy kuch-qudrat manbai. G‗ T. 8. -T. : О‗zbekiston, 2000. 462- 474 betlar. 6. Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot–pirovard maqsadimiz. T.: О‗zbekiston, 2000. 490,491,505, 565,566 betlar. 7. Karimov I. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. -T.: Ma‘naviyat, 2008. 8. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: О‗zbekiston, 2001. 9. Milliy istiqlol g‗oyasi. –T.:Akademiya, 2005. 10. Mustaqillik mafkurasi va О‗zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma‘naviy negizlari. -T. : Universitet, 2001. Milliy g„oyaning shakllanish tarixi, uning namoyon bо„lish xususiyatlari Reja: 1. Inson, millat va jamiyat hayotida g‗oya va mafkuraga bо‗lgan talab- ehtiyojlar 2. Milliy g‗oyaning tarixiy negizlaridagi asosiy manbalar va undagi ilg‗or g‗oyalar. 3. О‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida: g‗oyaviy-mafkuraviy jarayonlar. 1-masalaning bayoni: Har qaysi davrda inson, millat va jamiyat hayotida g‗oya va mafkuraga bо‗lgan talab-ehtiyojlar kuchli bо‗lgan. Zero, Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini kо‗zlagan va uning dunyodagi о‗rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun о‗rtasida о‗ziga xos kо‗prik bо‗lishga qodir g‗oya jamiyat mafkurasidir. (Islom Karimov. “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni -xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin” asaridan). G‗oya va mafkura tushunchalari, umuman ijtimoiy-siyosiy fanlar, xususan falsafada muhim о‗rin tutadi, ammo ularning mazmuni maxsus tadqiqot obyekti sifatida hali yetarli darajada ilmiy tadqiqot qilinmagan, aksariyat hollarda mazkur tushunchalarga sinfiylik, partiyaviylik nuqtai nazaridan yondoshib kelingan. Shuning uchun ham hozirgi falsafiy, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda g‗oya va mafkura tо‗g‗risida bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman ta‘riflarni, tavsiflarni, izoh va talqinlarni uchratish mumkin. G‗oya va mafkuralar obyektining dinamik о‗zgarishi, plyuralizm va tolerantlik tamoyillari tobora kо‗proq e‘tirof etib kelinayotgan hozirgi davrda bu jarayonga «tabiiy hol» sifatida qarash taqozo etiladi. Zero, shu jarayonda g‗oya va mafkura, milliy g‗oya va milliy mafkura tushunchalarining turli-tuman qirralari har xil nuqtai nazarlardan tahlil qilinmoqda. Ma‘lumki, an‘anaviy tarzda, aksariyat hollarda «g‗oya» va «ideya» atamalari sinonimik tushunchalar sifatida qо‗llanilib kelinadi. Xususan, Platon falsafasi haqida sо‗z yuritilganda odatda «ideyalar dunyosi» atamasi emas, balki «g‗oyalar dunyosi» atamasi qо‗llanilib kelinadi. Darhaqiqat, keng ma‘noda ideya yoki g‗oya deganda muayyan narsa-hodisalarning muhim belgilari majmuasi, asosiy mazmunini ifodalovchi asosiy fikr nazarda tutiladi. Umuman, xalqlar, millatlar va davlatlar mavjud ekan, ularning borligini anglatib turuvchi g‗oyalarning amal qilishi tabiiydir. Insoniyatning taraqqiyoti, uning kelajagi mavjud mintaqaviy, irqiy va diniy manfaatlarni о‗zida aks ettiruchi g‗oyalarning mutanosibligini ta‘minlashga bog‗liq. Bunday mutanosiblikning buzilishi esa dunyoda kо‗plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bо‗lmoqda. Gnoseologik jihatdan g‗oya va mafkura ruhiy olam, subyektiv reallik, ong hodisalari sifatida, birinchidan, mavjud obyektiv reallik in‘ikosi va ayni paytda kelajakning rejasidir; ikkinchidan, о‗z-о‗zining in‘ikosi va rejasidir. Ontologik jihatdan g‗oya va mafkura subyektiv reallik hodisalari sifatida muayyan narsa- hodisa, jarayon-voqelikning bizning ongimizdan tashqarida mavjud ekanligini ifodalovchi mazmunga ega. Ammo, ayni paytda, g‗oya va mafkura inson ichki dunyosining ham realligidirki, bu reallik inson uchun undan tashqaridagi moddiy narsalarga nisbatan muhimroq ahamiyatga ega bо‗lishi mumkin. Binobarin, g‗oya va mafkura tushunchalari obyektiv va subyektiv reallikning in‘ikosi va kelajak rejasini ifodalovchi belgilarni ham, obyektiv va subyektiv reallikning mavjudligi va rivojlanishini ifodalovchi belgilarni ham о‗z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, bir tomondan, muayyan g‗oya va mafkura tushunchalarining mazmuni muayyan voqelikning in‘ikosidir (gnoseologik jihat), ammo ular о‗z-о‗zini emas, balki mazkur voqelikni ifodalaydi (ontologik jihat), ikkinchi tomondan, bu muayyan mazmun, ayni vaqtda, subyektiv reallik sifatida mavjud (ontologik jihat) va mazkur subyektiv reallikning mazmuni sifatida in‘ikos etadi (gnoseologik jihat). Har qanday g‗oya eng avvalo individual ongda paydo bо‗ladi. Individual ong esa, ijtimoiy ongga nisbatan faoldir. Ba‘zan ijtimoiy ongning mavqei mutlaqlashtiriladi va natijada jamiyat ma‘naviy hayotida shaxsning roli kamsitiladi. Bunday hollarda g‗oyalarning, umuman madaniy qadriyatlarning birdan-bir yagona ijodkori, aql va tafakkurning, vijdon va ijodiy ruhning yagona sohibi, mas‘uliyat his qiluvchi jonli konkret inson g‗oyib bо‗ladi, uning qobiliyat va vakolati u yoki bu mavhum umumiy kuchlar foydasiga begonalashtiriladi. Vaholanki, ijtimoiy ongda sodir bо‗ladigan har qanday yangiliklarning birdan-bir yagona manbai individual ongdir. Ijtimoiy ong tarkibidan avval boshda individual g‗oya bо‗lmagan biron-bir g‗oyani topib bо‗lmaydi. Ijtimoiy mavqe kasb etgan barcha g‗oyalar individlar tomonidan yaratiladi, rivojlantiriladi va boyitiladi. Biz keng aholi ommasiga, butun insoniyatga aloqador muammolarni tahlil qilgan paytlarimizda aksariyat hollarda davr voqeliklarining mualliflari о‗zimiz ekanligimizni yetarli darajada anglay olmaymiz. G‗oya va mafkura tushunchalari ham obyektiv reallik in‘ikosini, ham muayyan maqsad-muddao va ideallarni о‗zida mujassam etadi. Bu ikki tomon bir- biri bilan uzviy bog‗liq bо‗lib, g‗oya va mafkura tushunchalarining о‗ziga xos xususiyatlarini va ularning inson ongi harakatidagi о‗rnini belgilaydi. G‗oya va mafkura tushunchalari voqelik rivojlanishida, insonning amaliy faoliyati jarayonida yangi, hali mavjud bо‗lmagan reallik shaklini yaratuvchi faol, vositachi zvenodir. Boshqacha aytganda, g‗oya va mafkura tushunchalari praksiologik xarakterga egadir. Bu hol - kelajak loyihasi, maqsadga erishishga intilish, hohish- iroda va ijobiy yaratuvchanlik omillarini ifodalaydiki, psixologiyada bu omillar yoki xislatlar «xohish», «intilish», «maqsad qо‗yish», «irodaviy kuch», «aqliy harakat» kabi atamalarda ifodalanadi. Insoniyat tarixi - g‗oyalar tarixidir, deyishadi. Darhaqiqat, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomidagi barcha yirik voqea-hodisalarning tag-zamirida u yoki bu g‗oya yotadi. Eng buyuk kashfiyotlar yoki tub sotsial о‗zgarishlar avvalo ular haqidagi orzu-niyatlardan, intilishlardan boshlangan. Muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, xalq, davlat yoki jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad-mudaolarni, orzu-intilishlarin о‗zida mujassam etuvchi g‗oyalar tizimi sifatida namoyon bо‗ladigan mafkura - istiqbolning yaratuvchisidir. Kecha orzu-niyat bо‗lgan milliy davlatimizning bugun biz uchun sha‘n va iftixorga aylanganligi buning yaqqol misolidir. Milliy g‗oyalar va mafkuraviy qarashlar har bir davlatning mavjudlik belgisi hisoblanadi. Ayni paytda, ushbu qadriyatlar о‗sha davlat va xalqning ijtimoiy mо‗ljali hamdir. Yana shu narsaga e‘tibor berish lozimki, davlatlarning ijtimoiy- siyosiy tuzumlari о‗zgargan paytlarda g‗oyaviy-mafkuraviy qarashlar ham о‗zgaradi. Umuman, g‗oyaviy-mafkuraviy qarashlar, ular tomonidan himoya qilinadigan qadriyatlar har bir davlat va xalqning ijtimoiy taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda, bir ijtimoiy-siyosiy tuzum davridagi g‗oyaviy-mafkuraviy qarashlar boshqa tuzum sharoitida tamomila yangicha mohiyat kasb etsada, ammo, ularning ayrim jihatlari vorislik ahamiyatiga ega bо‗ladi. Davlatlarning ijtimoiy- siyosiy tuzumidan qat‘iy nazar bu holning mohiyati о‗zgarmasdan qolishi mumkin. 2-masalaning bayoni: G‗oya va mafkuralar tarixini davlatlashtirishda umumiylik mavjud. Hozirgi kunda tarixni sinfiylik, partiyaviylik kabi tamoyillar asosida о‗rganish va davrlashtirish inkor etilgani kabi, ularni sivilizatsion yondashuv asosida о‗rganish ham aniq bо‗lib qoldi. Sivilizatsion hodisalarni kopleks- tizimli yondashuv asosida о‗rganish bizga g‗oya va mafkuralarning rivojlanish tarixini davrlashtirishda tо‗g‗ri yо‗l tanlashga imkon bermoqda. Agar masalaga shu asosda yondashadigan bо‗lsak, unda О‗zbekistonda g‗oya va mafkuralar rivojlanishini quyidagi sivilizatsion yondashuv asosida о‗rganish mumkin: 1. Ibtidoiy jamiyat ; 2. О‗rta asrlar davri; 3. Xonliklar davri; 4. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri; 5. Sovet mustabid tizimi davri; 6. Milliy mustaqillik davri. Ta‘kidlash lozimki, har bir davrning о‗ziga xos ijtimoiy taraqqiyotining о‗sha bosqichini о‗zida mujassam etgan g‗oyalari mavjud bо‗lgan. Masalan, ibtidoiy jamiyatda inson yovvoyilikdan madaniylashishga о‗ta boshladi, tabiat sirlarini о‗rganib о‗zining inson ekanligini his etish bilan bog‗liq g‗oyalar yuzaga kela boshladi. G‗oya yoki ideya fenomeni maxsus tadqiqot obyekti sifatida G‗arb falsafasi tarixida ilk bor Sokrat va Platon tomonidan qо‗yilgan va о‗ziga xos «yechimini topgan» edi. Xususan, Platon fikricha, ideya bu - haqiqiy borliq bо‗lib, moddiy narsalarning namunasi, andozasi tarzida real, obyektiv mavjud bо‗lgan g‗oyalar dunyosining umumiy tavsifidir; har bir g‗oya yagona va о‗z-о‗ziga ayniy bо‗lgani holda, ayni vaqtda hamma narsalarda mavjud bо‗la oladi. Platon mushohadasiga kо‗ra, ideal borliq moddiy borliqni, faqatgina belgilabgina qolmay, ayni paytda u о‗zida mutlaq umumiylik va qiymatlilik mohiyatlarini ham mujassam etadi. G‗arb falsafasi tarixida «ideal borliq» atamasi ilk bor Platonning ontologik ta‘limoti doirasida shakllangan va uning falsafasida «g‗oyalar dunyosi», «g‗oya» tushunchalari bilan chegaralangan. Platon mushohadasiga kо‗ra, g‗oyalar - konkret narsa-hodisalardan tashqaridagi haqiqiy obyektiv reallik hisoblangan jismsiz, ideal mohiyatlardir. Platon g‗oya tushunchasining ma‘no-mohiyatini tahlil qilishda ideal (ideal borliq) kategoriyasiga asoslangan. Shunga kо‗ra, muayyan ma‘noda, Platon falsafasini «g‗oyalar falsafasi», deyish mumkin. G‗arb falsafasining qadimgi davrida Demokrit ideya yoki g‗oya deganda bо‗linmas atomlarni nazarda tutadi. Milliy g‗oyaning tarixiy ildizlari xalqimizning uzoq о‗tmishiga borib taqaladi. Zero, milliy g‗oya tarixi о‗zbek xalqi tarixi bilan chambarchas bog‗liq.О‗zbekistonda hozir shakllanib, rivojlanayotgan milliy g‗oya asosida yurtimizda ming yillar davomida paydo bо‗lgan sivilizatsiya (lotincha - fuqaroviy, ijtimoiy) muhim ahamiyat kasb etadi. «Hozir О‗zbekiston deb ataluvchi hudud, ya‘ni bizning Vatanimiz, - deydi I.Karimov, - nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bо‗lganini butun jahon tan olmoqda» 1 . Shu bois yoshlarimizga о‗zbek xalqining rivojlanish tarixini о‗rganish jarayonida о‗zbek xalqining qadim-qadimdan Turon, Turkiston deb atab kelingan kо‗hna zaminning minglab yillar davomida yashab kelayotgan va о‗z tarixiy takomilida о‗nlab saltanatlar qurgan haqiqiy egalari ekanligini, bu Turon-Turkiston О‗zbekiston qadim madaniyat beshiklaridan biri ekanligini, hozirgi zamonaviy fan va texnikaning poydevori shu yerda yaratilganligini anglamog‗imiz va yoshlarga ham anglatmog‗imiz zarur. «Biz kim, mulki Turon, amiri Turkistonmiz, biz kim millatlarning eng qadimi va ulug‗i - turkning bosh bо‗g‗inimiz» - Sohibqiron Amir Temurning buyukligi zamirida ana shunday milliy о‗zlikni anglash, tarixiy xotira yotgan bо‗lsa ajab emas. Zero, milliy his-tuyg‗u va mustahkam e‘tiqod - insoniy va milliy kamolotning ikki qanotidir. Tо‗maris momomiz va Alp Ertо‗nga bobomizdan to Abdulla Qodiriy va Ozod Sharafiddinovgacha yengilmas kuch- qudrat ato etgan narsa milliy his-tuyg‗u va e‘tiqodiy ruhdir, desak xato qilmasmiz. Darhaqiqat, insoniyat ibtidosi, binobarin, g‗oya va mafkuralar ibtidosi ham, Qadimgi Sharqdan boshlanadi. «Sharq» va «G‗arb» atmalari odatda jug‗rofiy atamalar sifatida idrok etilsa-da, aslida ikki xil madaniy-ma‘naviy an‘analarni ham ifodalaydi. Qadimgi yunonlar Osiyo qit‘asining g‗arbiy yarim orolini о‗zlarining afsonaviy qahramoni nomi bilan Yevropa deb ataganlarida ana shu madaniy- ma‘naviy о‗ziga xoslik omiliga asoslangan edilar. Asl Qadimgi Sharq - bu Qadimgi Turon, Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoy mamalakatlaridir. Qadimgi Misr, Qadimgi Vavilon kabi mamlakatlar nafaqat jug‗rofiy jihatdan, balki madaniy-ma‘naviy jihatdan ham Sharqqa nisbatan G‗arbga yaqindir, yevropaliklar bu mintaqani «Yaqin Sharq» deb ataganlarida tamomila haqdirlar; zero, G‗arb madaniyatining poydevori sanalgan qadimgi yunon madaniyati asosan misrliklar va vavilonliklar madaniyati asosida shakllangandir. Qadimgi Sharq tarixida, binobarin, umuman insoniyat tarixida, Qadimgi Turon shunday bir muhim о‗rin tutadiki, iqtidorli tarixchi tadqiqotchilarning e‘tirof etishicha, uning moddiy va ma‘naviy madaniyatini о‗rganmasdan turib, uning jahon sivilizatsiyasiga qо‗shgan ulkan hissasini jiddiy tadqiq qilmasdan turib, insoniyatning madaniy-ma‘naviy tarixi haqida haqqoniy tasavvurlarga ega bо‗lish va uning taraqqiyot qonunlarini tо‗g‗ri aniqlash mumkin emas. Qadimgi Turon hali ilmu-fanda ochilmagan sirli va mо‗jizaviy bir xazinaki, uning о‗rganilishi - insoniyatning yangi bir madaniy-ma‘naviy dunyosini kashf etishdir. Turon- 1 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7. Т.: Ўзбекистон, 1999. –Б. 132. Turkiston-О‗zbekiston - bu ham diniy, ham dunyoviy ma‘noda haqiqatdan ham muqaddas zamindir. Bu zaminlardan topilgan tosh qurolning yoshi 1,8 - 3,2 million yilni, ibtidoiy manzilgohlar yoshi taxminan 1 million yilni, ilk ma‘naviy udum-e‘tiqodlar tarixi 100 ming yilni tashkil etadi. Oddiy ovqatga tuz solishdan to tо‗rt unsur haqidagi falsafiy ta‘limotlarga qadar kо‗plab g‗oya va kashfiyotlar, insoniyat tarixidagi ilk vahiy e‘tiqod sanalgan zardо‗shtiylik vatani ana shu muqaddas zamindir. Fransuz va ingliz zardо‗shtiyshunos olimlar fikricha zardо‗shtiylik miloddan oldingi 3-2 ming yilliklar chegarasida vujudga kelgan. London universitetining professori, zardо‗shtiyshunos olima Meri Boys fikricha, Zardо‗sht miloddan oldingi 1500-1700 yillar oralig‗ida yashab о‗tgan. Zardо‗shtiylik – yuksak fazilatli, ezgu niyatli e‘tiqoddir. Uning kо‗pgina g‗oyalari noyob, betakror va ulug‗vordir. О‗zining insoniyatga bevosita yoki bilvosita ta‘siri borasida dunyodagi biron-bir e‘tiqod zardо‗shtiylikka tenglasha olmaydi. Zardо‗shtiylik g‗oyalari iudaizm, buddizm, xristianlik, islom dinlari tomonidan, qator diniy yо‗nalishlar va falsafiy maktablar tomonidan о‗zlashtirilgan. Zardо‗sht tomonidan targ‗ib qilingan kо‗pgina g‗oya va ta‘limotlar hozirgi kunda ham jahon xalqlari tomonidan mamnuniyat va xayrihohlik bilan e‘tirof etib kelinadi. Zardо‗shtiylik tarixini о‗rganish - insoniyatning minglab yillar davomidagi ma‘naviy-axloqiy taraqqiyoti tarixini, g‗oya va mafkuralar tarixini о‗rganish demakdir. Ezgu g‗oyalar majmuasi sifatida zardо‗shtiylik mafkurasi umumiy tartib-intizomni mustahkamlashga, tashqi ta‘sirlarga nisbatan yaxlitlik va mustaqillikni saqlashga, umumiy his-tuyg‗u va birlikni tarbiyalashga xizmat qilgan. Zardо‗shtiylik qomusiy e‘tiqod bо‗lgan, Zardо‗sht о‗z hayot yо‗li bilan, maqsad va intilishlari bilan insoniyatni ezgulikka, adolatga, haqiqatga undaydi. Bu e‘tiqodning Hindiston va Afg‗onistondan Yunonistongacha, Armaniston va Ozarbayjondan Bobilgacha bо‗lgan ulkan hududlarda 2000 yil atrofida hukmron e‘tiqod sifatida e‘tirof etilishi bejiz emas edi, albatta. Zardо‗shtiylikning muqaddas uchlikka asoslangan dunyoning yaratilishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi, «Ezgu niyat, ezgu sо‗z va ezgu amal» haqidagi, insonning tabiatga va bir-birlariga munosabatlari haqidagi, ezgulik va yovuzlik haqidagi, inson hayotining ma‘no- mazmuni va maqsadi haqidagi g‗oyalar tizimi insonga yangi mavqe, vakolat, yuksaklik, ulug‗vorlik, qadr-qiymat va mamnunlik baxsh etadi. Milliy g‗oyaning asosiy tayanch nuqtasi hisoblangan milliy о‗zlikni anglashni, tarixiy xotiramizni islom dinisiz tasavvur qilish qiyin. Prezident I.Karimov ta‘kidlaganidek, islom dini - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma‘rifatdir. Markaziy Osiyoda islom dinining ruhan о‗ziga xosligi shundan iboratki, unda ajdodlarimizning qadimiy qadriyatlari mujassamlashgan, milliy va diniy qadriyatlar birlashgan. Islom - bu faqat dingina emas. Milliy falsafamiz, uning barcha yо‗nalishlari inson baxt- saodati ideali atrofida rivojlana borgan. Bu ideal dindan kengroq kо‗lamli bо‗lgan. Unda diniy va ijtimoiy mulkiy tengsizliklarni, qarama-qarshilik va ziddiyatlarni yо‗qotish, ular о‗rnini о‗zaro yordam va hamkorlik egallagan ijtimoiy turmush orzu qilingan. Xususan, daho mutafakkir bobomiz Abu Nasr Forobiyning falsafiy mushohadasiga kо‗ra, koinotdagi har bir vujud-mavjudot о‗ziga xos martaba – eng yuksak kamolatga erishish uchun dunyoga kelgan. Inson uchun xos bо‗lgan bu kamolotning nomini eng yetuk baxt-saodat deb ataydilar. Ulug‗ bobomiz Imom Buxoriyning «Jome‘ as-sahih» kitoblari islom dunyosi ulamolari tomonidan yakdillik bilan Qur‘oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas kitob deb e‘tirof etilishi va umuman, Qur‘oni Karimdan keyingi islom dinimizning asosini tashkil etgan oltita hadis tо‗plamidan tо‗rtasining ona-Vatanimiz Turkiston zaminida yaratilganligi ajdodlarimiz an‘analarining naqadar ulug‗ va samarali bо‗lganligi dalolatidir. Xalqimiz tarixidagi Vatan ozodligi yо‗lidagi kurashlarda erkinlik, ozodlik, hamjihatlik, vatanparvarlik bilan bog‗liq turli g‗oyalar namoyon bо‗lgan. Chunonchi, Eron axmoniylariga qarshi Shiroqning, Iskandar Zulqarnaynga qarshi Spetamenning, arab fotihlariga qarshi Abu Muslim va Muqannalarning, mо‗g‗ul istilosiga qarshi Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Mahmud Torobiy va boshqalarning, ayniqsa adolatparvar, ma‘rifatparvar xukmdor Amir Temurning sa‘i-harakatlari, shuningdek, Pо‗latxon, Dukchi Eshon qо‗zg‗olonlari - bularning bari hech qanday «sinfiy kurash»ga aloqasi yо‗q edi. Bunday harakatlarni yuzaga keltirgan, unga kuch bag‗ishlagan asosiy omil milliy g‗oya bо‗lib, uning mohiyatini yurt ozodligi, tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi tashkil etardi. Mustaqillikning dastlabki yillarida milliy mafkurani shakllantirish tо‗g‗risida kо‗plab fikrlar bildirildi. Biroq, bu - О‗zbekistonda milliy mafkura ilgari mavjud emasdi, degan ma‘noni anglatmaydi. Chunki о‗zbek xalqining uzoq tarixiy - madaniy rivojlanishi davrida milliy mafkuraning muayyan jihatlari shakllangan edi. Masalan, «Avesto», turkiy bitiklarda, 1X-X11 asrlardagi Sharq О‗yg‗onish davrida, shuningdek, Amir Temur va temuriylar hamda jadidlar davridagi ma‘naviy-mafkuraviy jarayonlarda milliy mafkuraning ustuvor kо‗rinishlari namoyon bо‗lgan edi. Ammo, sovet mustabid tuzumi davrida bu mafkura siyosiy aqidalar iskanjasiga olindi va rasmiy hokimiyat tomonidan rad etildi, uning gо‗yo reaksion ekanligini «isbotlash»ga harakat qilindi. Mustabid tuzum davrida milliy mafkura siyosiy tazyiqlar ostida bо‗lsada yashab qoldi, u yо‗qolmadi. Boshqacha aytganda, bu davrda ikki mafkuraviy muhit yuzaga keldi. Birinchisi, rasmiy mafkura bо‗lib, u kommunistik dunyoqarashni aks ettirar, ikkinchisi esa, rasmiy hokimiyatning cheklashlariga qaramasdan mavjud edi va norasmiy ravishda о‗zbek xalqining milliy qarashlarni tashkil etardi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling