Milliy g„oya tarixi va nazariyasi
Yot va zararli g‟oyalarning ko‟rinishlari, ularning oldini
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MIG tarixi nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‟zbekistondagi mafkuraviy jarayonlar va milliy g‟oyaga ehtiyoj Reja
- Dunyodagi mafkuraviy kurashlar sharoitida milliy g‟oyaning zarurligi Reja
- Yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda milliy g‟oyaning ahamiyati Reja
Yot va zararli g‟oyalarning ko‟rinishlari, ularning oldini olishda milliy g‟oyaning o‟rni va ahamiyati Reja: 1. Yot va zararli g‘oyalar, g‘oyaviy kurash tushunchalari, ularning mazmun va mohiyati. 2. O‘zbekiston hayoti va taraqqiyotiga g‘oyaviy tahdidlar, ularning ko‘rinishlari va namoyon bo‘lish xususiyatlari. 3. Tahdidlarning ichki va tashqi yo‘nalishlari, ijtimoiy ildizlari. Insonning qalbi va ongiga jo bo‘lgan milliy ma‘naviy-axloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bo‘lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qo‘shishga, o‘zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov doimo ta‘kidlab kelganidek: ―...Farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz asosida, o‘z fikru tafakkuri va zamonaviy bilimga ega bo‘lgan vatanparvar etib voyaga yetkazish – barchamizning otalik va onalik burchimizdir‖. Vatanimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarga hozirgi zamon talablari darajasida bilim va tarbiya berish, ularni yuksak ma‘naviyatli, ongi harqanday salbiy ta‘sirlarga nisbatan bardoshli qilib voyaga yetkazish – bugungi kun ta‘lim muassasalarining asosiy vazifasidir, chunki faqat ana shunday insonlargina kelajakda odil jamiyat poydevorini yarata oladilar. Prezidentimiz I.A.Karimovning ―...Aql-zakovatli, yuksak ma‘naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qoygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot kamol topadi‖ degan so‘zlari ayni shu ma‘noni anglatadi. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy kamoloti, g‘oyaviy chiniqishiga, har hil buzg‘unchi g‘oya va mafkuralarga qarshi murosasiz kurashchi ruhida tarbiyalashga mas‘uliyat bilan yondashishga undaydi. Aynan farzandlarning kamoloti – ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta‘minlaydi. Buning uchun ularni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik, demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir. Turli millatlar ma‘naviyatining o‘ziga xosligi kamalakdagi turli ranglar tovlanishiga monand bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi, boyitadi, ammo inkor etmaydi, bir so‘z bilan aytganda, ma‘naviyat ellarni zidlashtirmaydi, balki birlashtiradi. Aslida umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, bu qadriyatlarni har bir xalq, har bir elat o‘z tarixiy tajribasi bilan asta-sekin shakllantirib boradi va o‘zaro turlicha munosabatlar jarayonida elatlar, millatlar bir-birini tushunib, o‘zaro ma‘naviyatlaridagi umumiy jihatlarni tadrijiy anglab boradi. Ming yillar davomida yer yuzidagi turli mintaqalarda yashagan xalqlarning o‘zaro siyosiy, madaniy, ijtimoiy aloqalari hozirdagidek yaqin bo‘lgan emas. Asrlar mobaynida yer yuzida turli madaniy mintaqalar shakllangan. Yevropa xalqlarining umummintaqa madaniyati, janubi-sharqiy Osiyo xalqlari mintaqa madaniyati, Hindiston yarimoroli va unga qo‘shni hududlarda yaratilgan umumiy madaniyat va boshqa bir qator mintaqalar madaniyati - bularning har biri o‘zgasidan farq qiluvchi qator diniy e‘tiqod, falsafiy maktablar, san‘at va adabiyot, urf-odat va an‘analarning o‘ziga xos uyg‘un bir tizimlarini vujudga keltirgan-ki, ahli basharning bunday bebaho mulkini, ma‘naviy xazinalarini befarqlik bilan bir- biriga qorishtirib yuborish mutlaqo ijobiy natijalar bermaydi. Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog‘i lozim. Dushmanlik, g‘ayr ko‘zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug‘ haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo o‘zgani tushunish uchun, o‘zgaga mehr ko‘zi bilan boqish uchun, avvalo, inson o‘zligini anglab yetmog‘i kerak. O‘zligini anglamagan zot hech qachon o‘zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma‘naviyatimizga bugungi ayricha e‘tibor ham ushbu o‘zligimizni anglab yetishga bo‘lgan kuchli ehtiyoj natijasidir. Axborot globallashuvi muammolar muammosi darajasiga ko‘tarildi. Buning o‘ziga xos ob‘ektiv sabablari, omillari bor. Chunonchi: - dunyoda eng insoniy jamiyat barpo etishning birdan-bir oqilona yo‘li huquqiy-demokratik davlat qurish ekanligini tushunish har qachongidan kuchaydi; - huquqiy-demokratik jamiyatning bosh belgisi va shartlaridan biri ommaviy axborot vositalarining erkinligi ekanligini inkor etish mumkin bo‘lmay qoldi; - taraqqiyot etgan yetakchi mamlakatlar matbuotini erkinlashtirish sohasida erishilgan ilg‘or tajribalarni uzoq-yaqin davlatlarga tarqatish imkoniyatlari osonlashdi va ko‘paydi; - dunyo mamlakatlaridagi matbuot erkinligi ahvoli va darajasini xalqaro miqyoslarda kuzatish, bahosini beri shva shu asosda muayyan mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol haqida dunyo jamoatchiligi fikrini shakllantirish odat tusiga kirdi. “Ommaviy madaniyat” ning milliy g‟oyaga zidligi, uning oldini olish shart-sharoitlari, omillari Reja: 1. ―Ommaviy madaniyat‖ tushunchasining ma‘no-mazmuni. Uning milliy g‘oya maqsadlari va negizlariga zidligi. 2. ―Ommaviy madaniyat‖ g‘oyalarini tarqatishga urinishlar. Ularning texnik imkoniyatlari. 3. ―Ommaviy madaniyat‖ ning milliy ma‘naviyat negizlariga, milliy g‘oya, ma‘naviy meros va demokratik printsiplariga zid ekanligi. Aytilganlarga eng yorqin misol sifatida bugungi kunda butun dunyodagi fikrlovchi insonlarni borgan sari qattiqroq tashvishga solayotgan ―ommaviy madaniyat‖ hodisasining kelib chiqishiga e‘tibor qarataylik. Bu hodisa bugun butun dunyoga ko‘proq Yevropa va Shimoliy Amerikaning rivojlangan mamlakatlaridan tarqalayotganini hisobga olib, ushbu mintaqalardagi hozirgi ma‘naviy-axloqiy muhitning shakllanish tarixiga qisqa (eng umumiy bir tarzda) to‘xtab o‘tish kerak bo‘ladi. Ma‘lumki, shu kungacha jahon ilmida ―ma‘naviyat‖ hodisasi yaxlit tushuncha sifatida izchil ilmiy tahlilga tortilmadi. Bu sohaga oid mavjud izlanishlar boshqacha tushunchalar va tizimlar doirasida kechdi. Xususan, Yevropada inson ma‘naviyatiga oid bahslar falsafa va uning tarkibiy qismi hisoblangan axloqshunoslik ilmi doirasida rivojlandi. Inson axloqi aslida zohiriy, aniqrog‘i, ikkilamchi hodisa bo‘lib, shaxs ma‘naviyatining insonlar aro munosabatlarda namoyon bo‘lishidir. Uning botinida ma‘naviy omillar yotgani tufayli faylasuflar asosan axloqning botiniy omillariga e‘tibor qaratganlar. Agar bu sohadagi Yevropa an‘anasini umumiy bir tarzda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, axloqshunoslik ilmi ko‘proq insonning iroda erkinligi, aql va bilim, baxt va lazzatlanishga intilish, manfaatdorlik kabi masalalarga e‘tibor qaratganligini ko‘ramiz. Aksariyat holatlarda mas‘uliyat va burch masalalari ham inobatga olinadi. Axloqning imonga bog‘liq jihatlari xristian axloqida alohida ta‘kid etilsa-da, Yangi davrda bu masala ko‘pincha aktuallashmaydi. Umuman, insonning dunyoviy maqsadlariga alohida e‘tibor qaratilishi Yevropa axloq ilmining ustivor jihati deyish mumkin. Milliy ma‘naviyatimiz an‘analarida shaxs ma‘naviyatining asosiy jihatlari – iymon, ilm, mas‘uliyat, mehrning o‘zaro uyg‘unligi masalasi ustivor yo‘nalish ekanligi ma‘lum. Muayyan tarixiy sabablarga ko‘ra Yevropa axloq ilmida ayni shu o‘zaro mutanosiblikka yetarli e‘tibor qaratilmadi. Natijada, bugungi kunga kelib, ushbu mintaqada ma‘naviy-axloqiy sohada juda og‘ir muammolar kelib chiqmoqda. ―Ommaviy madaniyat‖ hodisasi asosida birnecha omillarning chatishuvi yotadi. Ulardan birinchisi - imonsizlik, o‘z insoniy burchi va mas‘uliyatini tan olishni istamaslik, befarqlik va loqaydlik. Ikkinchisi - sanab o‘tilgan qusurlarni oqlashga xizmat qiluvchi ―dunyoni manfaat boshqaradi‖ (demak, bu dunyoda har kim o‘z foydasi uchun qo‘lidan kelgan harakatini qilsa, bo‘laveradi, degan) dahriyona (aniqrog‘i, xudbinona) tezis (―qoida‖) asosida yashash. Bu ikki omil azaldan bo‘lgan. Uchinchisi – oldingilaridan kelib chiqadigan axloqiy relyativizm, ya‘ni dunyoda azaliy va abadiy qat‘iy axloqiy meyorlar mavjud emas, ko‘pchilik o‘zini qanday tutayotgan bo‘lsa, biz ham shunga qarab ketaveramiz, degan oysizlik, fikriy dangasalik tamoyili. Va nihoyat to‘rtinchisi - bugungi axborot vositalarining cheksiz imkoniyatlari sharoitida yuqoridagi Prezident ta‘rifiga muvofiq, befarqlik va oysizlik botqog‘iga botgan kimsalarning dunyoni boshqarishga intilayotgan kichik bir guruh qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanib, o‘zlarining eng tuban hayvoniy xohish va istaklarini ochiqdan-ochiq namoyon qilishni ―umuminsoniy axloqiy meyorlar‖ darajasiga ko‘tarishga urinishlaridir. Shuningdek, asarda kommunistik mafkura va uning axloqiy normalaridan voz kechilganidan keyin vujudga kelgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma‘naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan ―ommaviy madaniyat‖ yopirilib kirib kelishi necha ming yillik an‘ana va qadriyatlarimiz, turmush tarzimizning ma‘naviy negizlariga jiddiy tahdid qilishi, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solishi mumkinligi ta‘kidlanib, bunday xurujlarga qarshi kurashish g‘oyat muhim ekani uqtiriladi. O‟zbekistondagi mafkuraviy jarayonlar va milliy g‟oyaga ehtiyoj Reja: 1. Mafkuraviy jarayonlar tushunchasi, uning ma‘no va mazmuni. 2. O‘zbekistonda mafkuraviy jarayonlar va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 3. O‘zbekiston ijtimoiy hayotining mafkuralar xilma-xilligiga asoslanishi. ―Mafkuralar xilma-xilligi‖ tushunchasi. Vatanimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, ijtimoiy-siyosiy xayotimizda tub o‘zgarishlar yuz berdi, xalqimiz tabiati va dunyoqarshiga yot bulgan mustabidlik mafkurasi barxam topdi. Islom Karimov ta‘kidlaganidek, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski mafkura o‘rnida yangi ijtimoiy munosabatlarni, xalqining asl maqsad muddaolarini ifoda etuvchi ilg‘or va bunyodkor mafkura shakllanmas ekan, jamiyatda g‘oyaviy bo‘shliq-vakum yuzaga keladi. Bunday bo‘shliq ilgor, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur g‘oyalar bilan to‘ldirilmasa, uni xalq xayoti uchun yot va begona bo‘lgan mafkuraviy ta‘sirlar egallab olishi mumkin. Avvalo, mustabidlik mafkurasi nega tanazzulga uchradi? Birinchidan – u o‘zini mutlaq- xaqiqat deb xisoblab, boshqa mafkuralarni tan olmas, ularga dushmanlarga murosasiz munosabatda bo‘lar edi. Ikkinchidan – bu mafkura zuravonlikka asoslangan bo‘lib, majbur qilish qobilida ish tutar, erkin fikrga yo‘l qoyilmas, qarshi chiqqanlar, shafqatsiz jazolar edi. Uchinchidan – bu mafkura nomigagina ijtimoiy guruxlar mafkurasi edi. To‘rtinchidan – bu mafkura xech kimga vijdon erkinligi, o‘z fikrini ochik bayon etish, jumladan, xorij fukoralari bilan xolisona muloqatda bo‘lishga xam yo‘l qoymas. Kimki shunga jur‘at etsa «xalq dushmani», «burjuaziya malayi» ga aylanar edi. Beshinchidan – U milliylikdan butunlay xoli edi. Oltinchidan – Unda milliy tarix, o‘tmish merosi tan olinmas edi. Ettinchidan – xalqlarining diniga, diniy merosiga diniy kadriyatlariga nisbatan mutlako notugri munosabat urnatilgan edi. Bularning barisi tarakkiyot talablariga mutlako zid edi. Shu tufayli kommunistik mafkura o‘z tuzumi bilan birga zamon talablariga dosh berolmay tarixga aylandi. Endi goyaviy bushlik tushunchasiga tuxtalsak. Xush goyaviy bushlik nima? Foyaviy bushlik eski tuzumdan yangi tuzumga utish jarayonida oldin xukmronlik kilib kelgan mafkura utmishga aylangach, tarakkiyot talablariga mos ravishda uning urnini bosadigan ilgor goyaviy tizimning xali shakllanmagan xolatidir. Mamlakatimizda eski tuzum va mafkuradan voz kechish natijasida paydo bulgan bushlikni yangi – milliy istiklol goyasi tushuncha va tamoyillari bilan tuldirish va shu tarika zararli goyaviy tajovuzlarining oldini olishga kirishildi. Lekin, ijtimoiy ong va tafakkur tezda o‘zgarib, yangicha dunyokarash osonlikcha shakllanavermaydi. Ayniksa, bu xali yetarli xayotiy tajribaga ega bulmagan, soddadil, ishonuvchan, yoshlar tarbiyasida yakkol ko‘zga tashlanadi. 90-yillarda O‘zbekistonda xam mafkuraviy bushlik namoyon buldi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari kuyidagilardan iborat edi: Birinchidan – xukmron, yakka xokim bolshevistik – kommunistik mafkura batamom tanazzulga yuz tutdi va uning urni bushab koldi. Ikkinchidan – Mustakillik mafkurasi xali tula-tukis shakllanmagan va barcha fukarolar ongiga singib ulgurmagan edi. Uchinchidan – goyaviy bushlik paydo bulgan joyda mukarrar tarzda boshka yot va begona mafkuralar xuruji boshlanadi. Utish davrida tashki mafkuraviy ta‘sirlarning yaxshi yoki yomon, foydali yoki zararli ekanini xamma xam farklay olmaydi. Turtinchidan – Afgoniston va boshka yakin xududlardagi bekaror vaziyatdan foydalanib, ekstrimistik kuchlar Markaziy Osiyo mintakasini mafkuraviy kurashlar maydoniga aylantirishga urina boshlagan edi. Dunyodagi mafkuraviy kurashlar sharoitida milliy g‟oyaning zarurligi Reja 1. Dunyoda mafkuraviy kurashlar va uning sabablari. 2. Mafkuradan ko‘zlangan maqsadlarning xilma-xilligi. Ezgu, bunyodkor mafkuralar. Yovuz va buzg‘unchi mafkuralar. 3. Mafkuraviy kurashlarning tarixiy ko‘rinishi, shakllari. Istiklolning kulga kiritilishi, kompartiya barxam topib, chirkin ideologiyasining tarix axlatxonasiga uloktirilishi, kizil imperiyaning chok-chokidan sukilishi, mustakillik deb atalmish buyuk ne‘matning kulga kiritilishi xalqimizga o‘z takdirini o‘zi belgilash, o‘z yulini tanlash imkonini berdi. Nega mafkura masalasi kun tartibiga kuyildi? Mustakillikka erishish-buyuk ijtimoiy baxtimizning boshlanishidir xolos, ammo mustakillikka erishishdan uni asrab, saklab kolish kiyinrok kechishi, uni imkoniyatdan vokelikka aylantirish, yang davlat, yangi jamiyat asoslarini barpo etish, o‘z yulini tanlab olish, turli imtixon-u sinovlardan utish, mustakillik mafkurasini yaratish zarurligini kun tartibiga kuydi. Bu xakda Islom Karimov shunday yozadi: «Oldimizga kuygan olijanob maksad-muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bulish, goyaviy bushlik paydo bulishiga yul kuymaslik, begona va yot goyalarning xurujidan ximoyalanish, bunday tajovuzlarga karshi tura oladigan xar tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zaruriyati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlarga mos yangi mafkurani takazo etmokda» («Milliy istiklol goyasi» ukuv risolasi, T, 2000 yil so‘z boshi) Shunday kilib, milliy mustakillik O‘zbekistonning istiklol mafkurasini nazariy jixatdan ishlab chikish, uni xalq orasida keng targibu tashvik kilish, xar bir fukaro ongiga mustakillik mafkurasining mazmun va moxitini singdirish, istiklol yuliga mos va xos o‘zbek milliy mafkurasini ilmiy asosda yaratishni talab kilardi. Ammo, bu usha vaziyatda oson ish emasdi. Islom Karimov bu yerda xam O‘zbekistonning bosh mafkurachisi sifatida muammoni o‘z vaktida anglab yetdi va kun tartibiga kuydi. Mafkura masalasini kun tartibiga kuyilishida Islom Karimovni roli kanday buldi? Mamlakatimiz mustakillikka erishgach Sobik Sovet tuzumining kirdikorlari, yovuzliklari, moxiyati ravshanlashib, mustabid tuzumning mafkurasi va uning yolgon goyalarning avra-astari tulik nomoyon buldi. Xuddi ana shu jarayonda O‘zbekistonda kurilayotgan yangi jamiyatda biror bir partiya, tabaka, ijtimoy gurux yoki toifaga, ularning mafkurasiga imtiyoz berilmadi. Utish davridagi mafkura borasidagi olib borilgan bu tarzdagi davlat siyosatini kimlardir mafkuradan butunlay voz kechish tarzida tushungan, kimlardir «jamiyatga mafkura kerakmi?» deya savollar kuyayotgan, shuro mafkurasidan yurakzadalik kayfiyatidagi bir kism kishilar esa mafkurani tilga olmaslikka xarakat kilayotgan paytda jamiyatga mafkuraning zarurligi, mustakililk mafkurasini yaratishning axamiyati, mafkurani inkor etish mafkurasizlikka olib borishi va shu sababli kun tartibiga milliy istiklol goyasini ishlab chikish, shakllantirish masalasini Islom Karimov tomonidan kuyilishi katta bir jasorat, ayni paytda xodisa edi. Bunda u nafakat O‘zbekistonda, balki kupgina sobik sovet respublikalari xalqni birlashtiruvchi, uyushtiruvchi omil bulmish mafkurani but-butun inkor etish xakida gapirayotganda, siyosatini yuritayotganida yagona milliy goyaga ega bulmaslik, mafkuraviy, bushlikka yul kuyish mafkuraviy mustabidlikdan kura xam xavflirok ekanligini, yangi davlatning butun tizimi, uning boshkaruvi va siyosati birinchi navbatda umumiylik, manfaatlariga javob beruvchi anik ta‘riflangan mafkura asosida kurilishini kursatib bergan edi. Demak, atrofidagilar jamiyat uchun goya, mafkura kerakmi? Degan savolni kuyayotgan paytda, kupchilik ushbu masalani chetlab utayotgan paytda Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2-iyulda bulib utgan 10-sessiyasida xalqni yakdil kiladigan, uyushtirilgan mustakillik goyasi atrofiga birlashishga chakirar ekan, «ana shu maksad, ana shu goya atrofida birlashsak, aslo xor bulmaymiz…» deydi. Yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda milliy g‟oyaning ahamiyati Reja: 1. Yoshlar, mafkuraviy immunitet tushunchalarining ma‘no-mazmuni. Yoshlarga xos xususiyatlar. 2. Yoshlarga turli g‘oya va mafkuralarning ta‘siri. Ularning immunitetini mustahkamlash zarurligi. 3. Yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash shart- sharoitlari. Mafkuraviy immunitet (lat. Ozod bo‘lish) - mafkuraviy ta‘sir, yot goyalarga karshi tura olish degani Immunitet tugma buladi, mafkuraviy immunitet esa – shakllanadi. Mafkuraviy immunitet tizimi: 1-bilim (ammo shovinizm xam bilimga tayanadi) 2-Kadriyatlar tizimi 3-ijtimoiy –iktisodiy, siyosiy va madaniy ma‘rifiy soxalardagi anik muljal va maksadlar tizimi bilan boglik. Mafkuraviy profilaktika – yot goyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yukotishga karatilgan chora – tadbirlar majmui, tugri tashkil etilgan ta‘lim- tarbiya tizimidir. Mafkuraviy profilaktika ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi goyaviy –tarbiyaviy, ma‘naviy –mafkuraviy ishlar majmui bulib, u butun goyaviy tarbiya tizimini kamrab oladi. Mafkuraviy prafilaktika goyaviy bushlikni tugatish mafkuraviy parokandalikni oldini olish yoki biror-bir xudud, katlam, guruxni yot va zararli goyalar ta‘siridan xolos kilish maksadida amalga oshiriladi. Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasida xulosa yasaydigan bulsak, mafkuralarning glaballashuvi jarayoni bormokda. Bu jarayonning xususiyatlari kuyidagilardan namoyon bulmokda: «Immunitet» so‘zining ma‘nosi O‘zbekiston milliy entsiklopediyasida quyidagicha berilgan: (lot. - biron narsadan xalos, ozod bo‘lish, qutulish) - tirik mavjudotlarning o‘z butunligi va biologik noyobligini buzuvchi yot omillardan himoyalanishi, qarshilik ko‘rsatishi, rezistentligi. Yot omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar, gelmintlar, ko‘chirib o‘tkazilgan a‘zo va to‘qimalar, organizmning o‘zgargan o‘z hujayralari (mas., o‘smasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona bo‘lgan kimyoviy agentlar – antigenlarni tutib qoladi. Organizmni infektsion agentlar va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati boyicha uchga bo‘linadi: Birinchisi. Filogenetik immunitet - anatomik va fiziologik belgilar bilan ta‘minlanib, nasldan-naslga o‘tadigan nomaxsus himoya omillari yoki organizmning nomaxsus rezistentligi. Bu omillar patogen agentlar bilan birinchi bo‘lib aloqa qiladi, shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining ko‘pgina yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarga chidamliligi ta‘minlanadi. Ikkinchisi. Tug‘ma immunitet (turga xos, tabiiy) – bir biologik turning ma‘lum bir patogen agentga nisbatan chidamliligi bo‘lib, nasldan-naslga o‘tadi. Uchinchisi. Orttirilgan immunitet – hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar bilan ta‘sirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya bo‘lib, nasldan-naslga o‘tmaydi. Mafkuraviy immunitet ma‘naviy, ma‘rifiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarni oddiygina qabul qilib olishini emas, balki ularni ongli ravishda tushunib yetishni, bu bilimlardan zamonaviy ijtimoiy voqealarga mafkuraviy kurashlar voqeligidan kelib chiqib, munosabat bildirish ko‘nikmalarini shakllantirish, ayrim nosog‘lom g‘oyalarga javob berish, uni qabul qilmaslik qolatidir. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling