Milliy g„oya tarixi va nazariyasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
MIG tarixi nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy g‟oyaning ilmiy o‟rganish, o‟qitish va targ‟ib-tashviq qilishning nazariy-metodologik asoslari Reja
- Xush, inson fe‟l –atvoriga, gurux, jamiyat ma‟naviyatiga ta‟sir kiluvchi mafkuraviy omillarga nimalar kiradi
Milliy g‟oyaning milliy negizlar va umumdemokratik printsiplarga asoslanishi Reja: 1. Milliy g‘oyaning milliy-ma‘naviy negizlari va umumdemokratik printsiplari. 2. ―Demokratik taraqqiyot‖ tushunchasi ma‘no-mazmuni, jamiyat g‘oyaviy mafkuraviy asoslarini demokratik taraqqiyot bilan bog‘liqligi. 3. Milliy g‘oya – O‘zbekiston demokratik taraqqiyotining g‘oyaviy– mafkuraviy asosi. Millat taqdiriga daxldor bo‘lgan g‘oyalar eng avvalo, milliy zamin bilan bog‘liq bo‘ladi. Unga tayanmagan, undan bahra olmaydigan yoki undan uzilib qoladigan g‘oyalar millat manfaatlariga ham xizmat qilaolmaydi. Bu jarayonda ikki muhim qonuniyat amal qiladi: Birinchi qonuniyat millatning mavjudligi uning o‘ziga xos xususiyatlar va mentalitetga ega ekanligi. Ular millat taraqkiyoti va istiqboli uchun asosiy manba hisoblanadi. O‘z negizlari asosida rivojlanish yo‘lidan bormaydigan millat istiqbolda, o‘zligini yo‘qotadi. Uni hisobga olish, amal qilishini millatning o‘z negizlariga tayanib rivojlanish qonuniyati – deb aytish mumkin bo‘ladi. Ikkinchi qonuniyat har qanday jarayonda bo‘lgani kabi milliy rivojlanishda ham vorislik qonuni amal qiladi. Uning mazmuni shundaki, barcha jarayonlar o‘z- o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki ular shu yo‘nalishda mavjud bo‘lgan oldingilari bilan bog‘liq bo‘ladi. Uning negizida yuzaga keladi, undan keyingi taraqqiyot uchun xizmat qilishi mumkin bulgan elementlarni qabul qilish asosida, yangisi shakllana boshlaydi. Bu jarayon vorislik qonuni hisoblanadi. U millatning o‘z negiziga asoslanib rivojlanishi shart bo‘lgani uchungina emas, balki barcha jarayonlar uchun ham amal qiladi. Bu vorisiylik qonuniyatning xarakterli xususiyati hisoblanadi. Uning milliy taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, u millatning o‘z negizlari asosida rivojlanishi uchun imkoniyatlar salmog‘ining mustaxkam bo‘lishiga xizmat qiladi. Milliy g‘oya shakllanishida ana shu ikki qonuniyatning uyg‘unligi asosiy hisoblanadi. Albatta, milliy g‘oya negizlari faqat millatning tor doiradagi zaminlari bilan cheklanmaydi. Shuning bilan bir qatorda umumbashariyat erishgan ilg‘or yutuqlarga ham tayanadi. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin uni yangilash va rivojlantirishning quyidagi to‘rtta asosiy negizini belgilab bergan edi. Bular: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma‘naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlik 1 kabilardir. Ko‘rinib turibdiki, ularda milliy g‘oya tamoyillari umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. Ana shu negizlar asosida milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillari shakllanadi. Xo‘sh tamoyil nima? Tamoyil biror bir ta‘limot, dunyoqarash yoki faoliyatning qat‘i amal qiladigan qoidasi va meyorini anglatuvchi tushuncha hisoblanadi. Shu ma‘noda ham milliy g‘oyaning o‘ziga xos tamoyillari mavjud bo‘lib, ular asosida milliy rivojlanishning dolzarb vazifalari amalga oshirilmoqda. Milliy g‘oyaning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi: -milliy ong, milliy tafakkurning va milliy o‘zlikni shakllantirishga yo‘naltirilganligi; -millatni birlashtirishga qaratilganligi; -millat manfaatini ifodalashi; -milliy urf-odatlar, an‘analar va qadriyatlarning mustaxkamlanishi va rivojlanishiga asos bo‘lishi; -milliy g‘urur, iftixor va ma‘suliyatning shakllanishi va mustaxkamlanishiga zamin bo‘lishi; -ko‘p millatli mamlakatimiz aholisida yagona Vatan ruhiyatining shakllanishiga asos bo‘lishi; -milliy meros, tarixiy xotirani asrash, o‘zlashtirish va keyingi avlodga yetkazishning ma‘naviy-ruhiy manbasi bo‘lishi; -yoshlarimizda Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik ma‘naviy, ruhiy salohiyatining shakllantirishga qaratilganligi; -millatimizning mustaqil sub‘ekt sifatida maqomini aks ettirish; -millatimizning ozodligi, mustaqilligi va taraqqiyotiga ma‘naviy-ruhiy salohiyat bo‘lish; -millatimizning o‘zi bilan yonma-yon yashayotgan millat va elatlar vakillarini o‘z atrofiga uyushtirish, ular bilan tinch-totuv yashash, ularga xurmat, ehtirom bilan qarash, yordam ko‘rsatish, xamkorlikni mustaxkamlash va ular asosida yagona o‘zbekiston xalqi tuyg‘ularining shakllanishiga manba bo‘lishi; -millatimizning zamonaviy tsivilizatsiyalariga munosib hissa qo‘shishiga ma‘naviy-ruhiy, kuch- qudrat va ilhom bag‘ishlashi; -O‘zbekiston xalqida milliy xavfsizlik va milliy taraqqiyot ruhiyatini shakllantirish va mustaxkamlashning nazariy asosi bo‘lish; -komil inson g‘oyasini o‘zida aks ettirish kabilarni tashkil qiladi. Milliy g‘oya milliy ong va tafakkur mahsuli hisoblanadi. Ularning rivojlanishi natijasida milliy o‘zlikni anglash yuzaga keladi. Milliy tafakkur millat hayot tarzi, xususiyatlari va faoliyati, uning maqsadlari va manfaatlari negizlarining milliy ongida namoyon bo‘lishidir. 1 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. Т.1. –Т.: «Ўзбекистон», 1996, 76-б. Milliy g‟oyaning ilmiy o‟rganish, o‟qitish va targ‟ib-tashviq qilishning nazariy-metodologik asoslari Reja: 1. G‘oyaviy-mafkuraviy ishlarda ilmiy usul-yondoshuvlarni tanlash masalalari, bu boradagi qarashlar va munosabatlar mohiyati. 2. Milliy g‘oyani ilmiy o‘rganish, o‘qitish va targ‘ib-tashviq qilishda falsafa faniga tayanish zaruriyati. 3. Falsafiy yondoshuv va tamoyillar tizimi. Istiqlol mafkurasining bosh tamoyillarini belgilab, uni tobora shakllantirib borayotgan xamda bu soxada olimlar, siyosatdonlar va ijod axli uchun yunalishlar berayotgan bosh islohatchi-Prezidentimiz Islom Karimovning o‘zidir. Oktabr to‘ntarishdan keyin jadidlar va taraqqiyparvar ziyolilar shakllanib borayotgan bugungi mafkuramizni orzu qilgan edilar, ularning orzular-orzuligicha kolib ketdi. Kizil imperiyaning shurolarga xos, ya‘ni xar kanday milliy tuyguni taxkirlovchi mafkurasi, zurovon tizimning goyasi oxir okibat o‘z-o‘zini yemirdi va inkor etildi. Inson uylamasdan, fikr kilmasdan yashay olmagani singari, jamiyat xam muayyan goyalarsiz, nazariya va mafkuralarsiz mavjud bula olmaydi. Xar kanday jamiyatda o‘ziga xos ravishda muayyan goyalar yuzaga keladi. Ayni shu goyalar jamiyatni olga ketishi yoki depsinishi, tarakkiy etishi, yoki ortga ketishiga sabab buladi. Sovet tuzumi va unga mos mafkurasini inkor kilgan O‘zbekiston xam musatkilligini e‘lon kilgach o‘z tarakkiyot yulini ifoda etuvchi milliy istiklol goyasi yuzaga keldi va shakllanmokda. Ushbu goyani ilmiy- nazariy va metodologik asoslarini Prezidentimiz I.Karimov o‘z asarlarida, suxbat va nutklarida ishlab chikdi va e‘lon kildi. Mustakillik yillarida jamiyatimiz a‘zolarining dunyokarashi, fikrlash tarzida teran o‘zgarishlar ruy berdi. Mustakillik mafkurasi xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maksadlari va manfaatlarini o‘zida ifoda etishi zarur edi. «Bu mafkura,-deydi Islom Karimov-xalqni xalq, millatni millat etadigan, uning sha‘ni-sharafi, or- nomusi, ishonch e‘tikodini ifodalaydigan jamiyatimizning o‘ziga xos tarakkiyot yuli, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan xolda muttasil rivojlanib, takomillashib boradigan goyalar tizimidir». Ta‘bir joiz bulsa milliy mafkura utmish va kelajakni boglab turuvchi kuprik, oliy maksad sari yulni yoritib turuvchi mayokdir. Oliy maksadimiz-milliy istiklol goyasida o‘z ifodasini topgan bulib bu-yurtimizda ozod va obod vatan, erkin va farovon xayot, xukukiy demokratik jamiyatni barpo etishdir,-deydi Islom Karimov. E‘tiborni mustakillik va mafkura tushunchalariga, ularni alokadorligiga karatsak. Mustakillik ma‘naviyat va mafkuraning birligi, ularninig bir-birini takazo kilish zaruriyatining sabablari nimada? Mustakillik nima? Mustakillik avvalo bokimandalik, tobelik va karamlikdan ozodlikdir. Ozodlikni xis kilish. Bir donishmand aytgan ekan: «o‘zini kul ekanligini anglagan kul yarim ozoddir». Kechagi tuzumni soginib eslaydigan yukmi? Shundaylar o‘zini kul ekanliklarini, kul bulganliklarini bilishadimi? Mana shu kullikni anglash ma‘naviyatdir. Mustakillik bu ozodlik, dedik. Ozodlik esa anglangan zaruriyatdir. Ana shu ozodlikni anglash,-ma‘naviyatdir. Anglangan zaruriyat bu iktisodiy-ijtimoiy, siyosiy, xukukiy va ma‘naviy jixatdan o‘z kadr-kimmatini belgilayotgan, o‘z «Men» ini anglayotgan xalqimizning xayotiy extiyojidir. Mustakillik anglangan zaruriyat ekan, demak u ma‘naviyatdan boshlanadi. Mustakillik va ma‘naviyatning birlik dialektikasining sababi shundaydir. Mustakillikning buyuk kadriyat ekanligini anglash, uni xayotiy extiyoj va zaruriyat ekanligini tushunish ostida milliy o‘zlikni anglash, milliy gurur tushunchalari yotadi. Mazkur tushunchalarni bilish uchun esa milliy mafkura tushunchasini anglamogimiz zarurdir. Mafkura nima? Mafkura – muayayn ijtimoiy gurux, katlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maksad-muddaolari ifodalangan goyaviy-nazariy karashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va katlamlarning utmishi, bugungi kuni va istikboli o‘z ifodasini topadi. Mafkura kulami, mikyosi va istikboli uning kimlaring manfaatlarini ifoda etishi, kanday maksadlarga xizmat kilishi xamda nimaga tayanganligi bilan belgilanadi. Ma‘lumki, O‘zbekston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida «O‘zbeksitonda ijtimoiy xayot, siyosiy institutlar mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Xech kaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida urnatilishi mumkin emas», deyiladi. Bu davlat mafkurasiz bulishi yoki mafkura kerakmi, yukmi degan savolni kuyilishini bildirmaydi. Shuningdek, yakka mafkura, sinf, partiya, mulk va shaxs xukmronligi, jamiyat rivoji kishilik tarixida kanday okibatlarga olib kelishini yakin tariximizdan yaxshi bilamiz. Prezident I.Karimov mustakillikning dastlabki yillaridanok: «Ma‘naviyatsiz xech kanday tarakkiyot yuk, milliy istiklol mafkurasini ishlab chikmogimiz zarur» - degan kursatmani bergan edilar. Chunki, mafkura bu istikbolning yaratuvchisidir. Prezidentimiz I.Karimov: «O‘zbekistoning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asaridayok Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning 4 asosiy ma‘naviy-axlokiy negizlarini ko‘rsatib utgandilar. Bu negizlar: 1. Umuminsoniy kadriyatlarga sodiklik; 2. Xalqimizning ma‘naviy merosini mustaxkamlash va rivojlantirish; 3. Insonning o‘z imkoniyatlarini erkin nomoyon qilish; 4. Vatanparvarlikdir. Bu negizlar, ayni paytda mustakillik mafkurasining asosiy tamoyillarini tashkil etadi. Demak, umuminsoniy kadriyatlarga sodikliklikni mustakilligimiz manbai deb, xalqimizning ma‘naviy merosini kamolotga erishishining dolzarb vazifasi deb, insonda jo bulgan ijodiy ruxga erkinlikni berishni markaziy masala deb, vatanparvarlikni ijtimoiy tarakkiyotimizning yo‘lchi yulduzi deb ta‘riflash doirdir. O‟zbekistonda g‟oyaviy ta‟lim-tarbiya va targ‟ibot-tashviqot institutsional tizimi Reja 1. G‘oyaviy ta‘lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tushunchalarining mazmun-mohiyati, ularning o‘zaro bog‘liqligi va boshqa ta‘lim- tarbiya shakllari bilan aloqadorliklari. 2. G‘oyaviy ta‘lim-tarbiyaning ob‘ekti, sub‘ekti, usul-vositalari hamda inson va jamiyat hayotiga ta‘sir yo‘nalishlari. 3. Davlat va jamiyat taraqqiyotida g‘oyaviy ta‘lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqotning o‘rni, roli va ahamiyati. Inson jamiyat a‘zosi ekan, doimo turli gurux va jamoalarning vakili sifatida ularning ta‘siri ostida buladi. Ya‘ni xar bir shaxsning fe‘l-atvorida, xatti –xarakatlarida u mansub bulgan millat, xalq, professional toifa, jamoa va oilaning ijobiy yoki salbiy ta‘siri buladi. Tarixiy shart-sharoit, davr, davlat tuzumi va usha jamiyatdagi siyosiy, iktisodiy va mafkuraviy ta‘sirlar uning dunyokarashi, fikrlash tarzi, tafakkurida o‘z aksini topadi. Inson dunyokarashiga ta‘sirlarning ikki xil ko‘rinishi Bir karashda inson fe‘l –atvorini, gurux jamiyat ma‘naviyatini ikkinchi boskich ta‘sirlar belgilaydiganday va birinchi boskich ta‘sirining axamiyati yukday kuriladi. Ammo inson fe‘l –atvorining shakllanishiga birinchi boskich ta‘sirini axamiyati kam emas. Shurolar tuzumida odamlarning imonsiz, kurkok, mute bulib shakllanishiga, aynan shu birinchi boskich ta‘sirlari orkali bulgan. Umuman, tarix tajribasidan kelib xulosa kiladigan bulsak, kaysi davlat, mamlakatni olmaylik, boskinchilik siyosati yurgizilgan jamiyat odamlarining psixologiyasi mustakil yurt fukarolari psixologiyasidan keskin fark kiladi. Va bu inson fe‘l-atvorini shakllanishiga makro boskichning ta‘siri nakadar axamiyatli ekanini kursatadi. Xush, inson fe‟l –atvoriga, gurux, jamiyat ma‟naviyatiga ta‟sir kiluvchi mafkuraviy omillarga nimalar kiradi? Ezgu fikr, soglom goya Inson fe‘l-atvoriga mafkuraviy ta‘sir kursatuvchi ushbu omillarni aloxida kurib utamiz. Inson fe‘l-atvoriga ta‘sir kursatuvchi xamda unda sog‘lom muloqot madaniyatini shakllantirishda xalq e‘tiqodi va ruxi juda qudratli ta‘sir kuchiga ega bo‘ladi. Xalq ruxi va undagi e‘tiqodni millatning eng ilg‘or vakillari, mutafakkirlar ifoda etishadi. Masalan, Amir Temur va Alisher Navoiylarning yaratuvchilik, bunyodkorlik faoliyatlari xalq e‘tikodining ulmas namunasidir. Shu sababli shu jamiyatda yashovchi xar bir fukaro mana shunday xalq e‘tikodi ta‘sirlariga berilgan va undan ta‘sirlangan xolda shakllanadi. Agar inson bolasining tugilish onlaridan boshlab uning ilk rivojlanish davrlari xususiyatlariga e‘tibor beradigan bulsak lastlab u tabiatan fakat o‘z ichki xissiyotlari, tuygulari doirasida rivojlanadi. Ya‘ni uning uchun o‘z istak- xoxishlari, extiyojlari va ularning kondirishdan ortik tashvish yukday. Lekin usha extiyojlar orasida ota-onasiga, eng yakinlariga nisbatan xissiy intilish, ular bilan emotsional mulokotga kirish istagi kuchli bulgani sabab u insonlar jamiyati va undagi munosabatlar meyorlarini sekin-asta o‘zlashtirib boradi. 3 yoshdan sung oiladagi muloqotga tengkurlar jamiyatidagi mulokot kushilishi munosabati bilan bola xudbinlik kayfiyatidan yanada tezrok voz kecha boshlaydi. Aks xolda jamiyat, kupchilik uning injikliklarini kutarmaydi. Shu tarika soglom mulokot muxiti bolani kupchilikni fikriga ergashish, kupchilik xak deb e‘tirof etgan axlok meyorlarini egallash, insonparvarchilik tamoyillariga amal kilishga urgatadi. Shunday kilib, bola uchun keng ijtimoiy muxitdagi soglom goyalardan, xalq ruxining kadriyatlaridan tula baxramand bulish imkoniyati tugiladi. Kishida soglom mulokot madaniyatini shakllanishida ezgu fikrning ta‘sirchanligi aloxida axamiyatga ega. Mulokot jarayonida fikrga, sog‘lom goyaga ega bulishi bu –masalani bir tomoni. Uning boshka muxim jixati ana shu fikrlarni bayon eta olish kobi liyatidir. Ya‘ni nima xakida gapirish emas, u to‘g‘rida kanday gapirish xam uta muximdir. Mafkuraviy tarbiya va ta‘sir jarayonida xam gapga chechanlik, so‘z boyligi va uni auditoriyaga yetkaza olish muxim axamiyatga ega. So‘z goyaviy ta‘sir vositasi ekanligi. Milliy goyalarni xalq ongiga yetkazishda so‘z asosiy ta‘sir vositasi xisoblanadi. Shu sababli kadimgi Gretsiyada ritorika sanatiga juda katta e‘tibor berilgan. XX asrning 60 –yillariga kelib tajriba shuni kursatdiki, mafkuraviy va siyosiy targibot xamda ta‘sir uchun so‘z va nutkni mutlak samarali deb bulmas ekan. Aytish kerakki, inson ongi xar doim xam mantikka buysunavermaydi. Bu yo‘l ko‘proq ilm-fanga taalluklidir. Odamning o‘zi ishonishni xoxlamagan narsaga ishontirish uta mushkul ish. Kishilarga mafkuraviy ta‘sir ko‘rsatishda murakkab mantikiy fikrlar orqali emas, soddarok jonli tilda tushuntirishning ta‘siri kattadir. Ya‘ni, ommaga chiroyli ilmiy iboralardan ko‘ra, tabiiy, odatiy, kundalik xayotda ishlatiladigan iboralar, so‘zlar tizimi tezrok va kuchliroq ta‘sir ko‘rsatadi. O‟zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotida milliy g‟oyaga ehtiyojning ortishi Reja 1. Demokratik taraqqiyot va milliy g‘oyaning o‘zaro aloqadorligi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish maqsadlari. 2. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati tushunchalarining milliy g‘oya maqsadlari bilan uzviy aloqadorligi. 3. ―Fuqarolik jamiyati‖ tushunchasi, bu boradagi g‘oyaviy- mafkuraviy qarashlar va munosabatlar mohiyati. Demokratik taraqqiyot va milliy g‘oyaning o‘zaro aloqadorligi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish maqsadlari. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati tushunchalarining milliy g‘oya maqsadlari bilan uzviy aloqadorligi. XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to‘la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo‘q, deb to‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a‘zo bo‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta‘siriga ko‘proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta‘sir esa ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Globallashuvning turli mamlakatlarga o‘tkazayotgan ta‘siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma‘naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta‘sirini kamaytirish va ijobiy ta‘sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o‘rganish lozim. Bu hodisani chuqur o‘rganmay turib unga moslashish, kerak bo‘lganda, uning yo‘nalishini tegishli tarzda o‘zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma‘naviyatini tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qoyish bilan baravar bo‘ladi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o‘tkazgan va o‘tkazayotgan tadqiqotlarga ko‘z yugurtirish bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi. Globallashuvning milliy ma‘naviyatga ham ta‘sir o‘tkazadi. Har qanday siyosat, jumladan iqtisodiy siyosat va ma‘naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo‘lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga yetarli ko‘mak berishlarini e‘tirof etishga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati ko‘proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning mohiyati, yo‘nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilarning to‘g‘ri yo‘l tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratish mumkin. Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma‘naviyati, odamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir va bog‘liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta‘riflar juda ko‘p. Lekin uning xususiyatlarini to‘laroq qamrab olgani bizningcha, frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta‘rif. Unda globallashuv jarayonining uch o‘lchovli ekaniga urg‘u beriladi: globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon; globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni; globallashuv-milliy chegaralarning «yuvilib ketish» jarayoni. B.Bandi ta‘rifida keltirilgan globallashuv o‘lchovlarining har uchalasiga nisbatan ham muayyan e‘tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko‘ramiz. Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma‘naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta‘siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so‘zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman». Shuning uchun ham milliy istiqlol g‘oyasini bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta‘minlab, ayni paytda «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash muhim. ―Fuqarolik jamiyati‖ tushunchasi, bu boradagi g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlar va munosabatlar mohiyati. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari. Milliy g‘oyada fuqarolik jamiyati qurish maqsadlarining aks etishi. Milliy ong va milliy o‘zlikni anglashning rivojlanishi – fuqarolik jamiyatini mustahkamlashning muhim omili. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishining o‘ziga xos tamoyillari. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasida belgilangan vazifalar, ularning g‘oyaviy-mafkuraviy mazmuni. Fuqarolik jamiyati qurilishining asosiy bosqichlari, yo‘nalishlari va rivojlanish istiqbollari. Milliy g‘oya maqsadlarining mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish maqsadlari bilan mushtarakligi, uni yanada rivojlantirish istiqbollari. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling