Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2015 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida hisoboti


Download 62.3 Kb.
Pdf просмотр
Sana08.06.2018
Hajmi62.3 Kb.

Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining  

2015 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida 

HISOBOTI 

 

2015 yil - “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan rejaga binoan O‘zbekiston 



Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasiga “2015 yil - “Keksalarni e'zozlash yili”da tasviriy 

vositalar  orqali  amalga  oshiriladigan  targ‘ibot-tashviqot  ishlarida  qo‘llaniladigan  “Tavsiyalar” 

qo‘llanmasi uchun 21 ta takliflar tayyorlanib, yuborildi. “O‘zbekkino” milliy agentligining 2015 yil 3 

noyabrdagi  №01-05/04-964-son  murojaati  (“Salom,  bobo!”  nomli  badiiy  film  ssenariysi)ga  javob 

tayyorlab, amaliy takliflar yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2015 yil  

9  dekabrdagi  1-3/31-1269/8-sonli  xatiga  javoban  “Sog‘lom  ona  va  bola  yili”  Davlat  dasturi 

loyihasiga kiritish uchun tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid takliflar yuborildi.  

“O‘tganlarni  xotirlash,  keksalarni  e'zozlash  bizning  farzandlik  burchimizdir”  nomli  risolasi 

5000  nusxada  nashr  etildi.  “Keksalar  turmush  tarzini  yuksaltirish  omillari”  hamda  “O‘zbekistonda 

keksalarga  oid  ijtimoiy-iqtisodiy  va  huquqiy  siyosatning  tadrijiy  rivojlanishi”  nomli  risola  nashrga 

tayyorlandi. 

O‘zbekiston  Xotin  qizlar  qo‘mitasiga  “Mahalla  fuqarolar  yig‘inlarining  diniy  ma'rifat  va 

ma'naviy-axloqiy  tarbiya  masalalari  bo‘yicha  maslahatchilari  uchun  targ‘ibot-tashviqot  ishlarida 

qo‘llaniladigan “Maktabgacha yoshdagi bolalarning kamolotida yangicha yondashuv va uni targ‘ib 

qilishda jamoatchilik ishtiroki” mavzusidagi targ‘ibot qo‘llanmasi tayyorlanib, yuborildi. 

UZINFOCOM  tashkiloti  jamoasiga  “Keksalar  -  yurt  boyligi”,  “Yoshlarni  yot  g‘oyalardan 

asrashda ota-onaning roli”, Toshkent islom universitetida “Ma'naviyat va jamiyatning yangilanishi. 

Keksalarni  e'zozlash  madaniyatini  shakllantirish  masalalari”,  O‘zbekiston  Kasaba  uyushmalari 

federatsiyasida “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturining maqsad-mazmuni”, O‘zbekiston milliy 

universitetida  “Har  bir  odamga  uning  30-40  yildan  keyingi  keksalik  davrini  modellashtirish”, 

Toshkent  islom  universitetida “Bunyodkor va vayronkor g‘oyalar, ularga qarshi kurashda oilaning 

o‘rni”,  “Yosh  avlodni  yot  g‘oyalardan  asrashda  ajdodlar  merosidan  foydalanishning  ilmiy-amaliy 

asoslari” mavzularida ma'ruzalar qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV TOHTBYU (Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti)da bo‘lib 

o‘tgan  “Yoshlarni  harbiy  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalashda  ma'naviy-axloqiy  merosning  o‘rni” 

mavzusidagi  ilmiy-amaliy  konferensiyada  “Vatanparvarlikni  shakllantirishda  ma'naviy-axloqiy 

merosning o‘rni”, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida “Yoshlarni axborot xurujlaridan 

himoya  qilish  masalalari”  mavzuidagi  ilmiy-amaliy  konferensiyada  “Axborot  asrida  yoshlarning 

dunyoqarashi”,  O‘zbekiston  Respublikasi  IIV  Ichki  ishlar  akademiyasi  kursantlariga  “Mafkuraviy 

masalalar” hamda “Milliy g‘oyaning dolzarb masalalari”, O‘zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat 

saroyida  ichki  ishlar  xodimlari  bilan  tashkil  etilgan  tadbirda  “Fuqarolarni  vatanparvarlik  ruhida 

tarbiyalashda ma'naviyatning o‘rni”, O‘zbekiston milliy kutubxonasida “Yoshlar ongiga salbiy ta'sir 

ko‘rsatuvchi  noxolis  saytlar”,  “Kitob  -  millatning  bebaho  ma'naviy  va  madaniy  merosi”  nomli 

anjumanda “Milliy g‘oya va milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirishda kitobxonlikning o‘rni” 

hamda “Milliy ma'naviyatimiz va milliy g‘oyamizning uyg‘unligi  - davr talabi”, Toshkent viloyati 

pedagog  kadrlarni  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  institutining  bir  guruh  tinglovchilariga 

“Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati”, Toshkent shahar xalq ta'limi 

boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Olmazor tumani 28-maktabda “Ekstremizm - 

asr balosi”, “Tashqi ta'sirlarga qarshi kurashning ma'naviy, ma'rifiy asoslari”, shuningdek, “Tashqi 

migratsiya:  sabab  va  oqibat”,  TDPU  bilan  hamkorlikda  Toshkent  iqtisodiyot  va  biznes  kollejida 

tashkil etilgan “Ta'lim va g‘oyaviy tarbiyaning uyg‘unligi” mavzusidagi tadbirda “Global xavfsizlikka 

tahdid solayotgan ekstremistik oqimlar”, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan 

tashkil  etilgan  “O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi  o‘qitilishining  dolzarb  masalalari”  mavzuidagi 

respublika amaliy seminarida “O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘qitishda millatlararo totuvlik va 



dinlararo  bag‘rikenglik”,  Ma'naviyat  targ‘ibot  markazi  majlislar  zalida  Toshkent  viloyati  ta'lim 

muassasalari  rahbarlarining  ma'naviyat-ma'rifat  ishlari  bo‘yicha  o‘rinbosarlariga  “Ma'naviy 

tahdidlar”,  “Bugunning  siyosiy  manzarasi”,  “Mahalla”  XJF  Toshkent  shahar  bo‘limlari  mas'ul 

xodimlariga  “Diniy  bag‘rikenglik  va  millatlararo  totuvlik,  uning  bugungi  kun  uchun  ahamiyati”, 

Respublika  Agrobankda  “Prezidentimizning  asarlarida  ijtimoiy,  ma'naviy,  ma'rifiy  masalalarning 

yoritilishi”,  Qashqadaryo  viloyati  hokimligi  va  Ma'naviyat  targ‘ibot  markazi  viloyat  bo‘limi  bilan 

hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi munosabati bilan 

hamda  viloyatda  noqonuniy  migratsiyaning  oldini  olishga  qaratilgan  “O‘zbekiston  Respublikasi 

fuqarolarining  huquq  va  majburiyatlari”  mavzusidagi  huquqiy-ma'naviy  tadbirda  “Noqonuniy 

migratsiya:  sabab  va  oqibat”  mavzuida  (Qarshi  shahri  va  Qarshi  tumanida)  ma'ruza  qilindi,  Xalq 

ta'limi vazirligi, Respublika ma'naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati xalq 

ta'limi  xodimlarini  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  institutida  “Toshkent  viloyati 

umumiy o‘rta ta'lim maktablarida “Milliy g‘oya va ma'naviyat asoslari” fanini o‘qitishning dolzarb 

masalalari:  yutuqlar,  tajriba,  muammolar”  mavzusida  bo‘lib  o‘tgan  amaliy  seminarda  “O‘quvchi 

yoshlarni  “ommaviy  madaniyat”  ta'sirlaridan  asrashning  g‘oyaviy  asoslari”,  Qashqadaryo  viloyat 

hokimligi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda 

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ va iroqchi tumanlarida “Migratsiya: sabab va oqibat”, “Obod yurtga 

to‘ylar yarashadi”, “Libos - o‘zlik ko‘zgusi” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 

qilinganining  23  yilligi”,  1-Toshkent  pedagogika  kollejida  tashkil  etilgan  “Diniy  ekstremizm  va 

fundamentalizm:  uning  kelib  chiqish  sabablari  va  oqibatlari”  mavzusidagi  seminar-treningda 

“Ekstremizm: usullar, o‘tmish va bugun” mavzularida ma'ruzalar qilindi. 

Davlat dasturining 57-bandi bo‘yicha Qo‘shma qaror uchun milliy qadriyatlarni va an'analarni 

targ‘ib  qilish  ishlari  samaradorligini,  keksalarning  jamiyatdagi  roli  va  ahamiyatini  oshirish  hamda 

yoshlarda  keksalarga  muhabbat,  hurmat  va  ehtirom  tuyg‘ularini  shakllantirish  masalalariga  oid 

takliflar tayyorlandi. 

“Ommaviy madaniyat” illati va uning oldini olish bo‘yicha matnli va slayd-taqdimotli targ‘ibot 

materiallari  tayyorlanib,  Respublika  Ma'naviyat  targ‘ibot  markaziga  taqdim  etildi.  Ma'naviyat 

targ‘ibotchilari uchun “Globallashuv va ma'naviy tahdidlar” nomli slayd-taqdimot tayyorlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining “2015 yilning  

I  choragida  respublikaning  vazirliklari,  idoralari,  davlat  qo‘mitalari,  xo‘jalik  birlashmalarida 

ijro intizomining holati monitoringi  yakunlari to‘g‘risida”gi  2015  yil 27  apreldagi  27-sonli  bayoni 

o‘rganib  chiqildi.  Mazkur  bayonda  Milliy  g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazida  ijro  intizomi 

bo‘yicha joriy yilning 7-8 may kuni takliflar ishlab chiqildi.  

Oliy harbiy bojxona instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 

va konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan “Davlat ramzlari suverenitet belgisi”, “Ozod va 

obod yurt farzandlarimiz!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi 

M.Qarshiboyev muallifligidagi “Keksalar - hayotimizning fayzu farishtasi” nomli 8 qismli 10 

000 nusxada 118 230 000 so‘mlik plakatlar majmuasi chop etildi va hududlarga tarqatildi. 

“Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan A.Yunusning “Imon qalbda bo‘ladi” nomli risolasi 

3000 nusxada, M.Qarshiboyevning “Elda e'zoz topgan keksalar” nomli risolasi 5000 nusxada chop 

etildi. 

Milliy  g‘oya  va  mafkura  masalasi  bilan  bog‘liq  dolzarb  masalalarni,  bugungi  murakkab 

mafkuraviy  jarayonlarni  ilmiy-amaliy  jihatdan  atroflicha  tahlil  qilish  va  baholash,  ustuvor 

yo‘nalishlarni aniqlash, ularning aholi turli qatlamlariga ta'sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga, 

hayot  tarzimizga  zid  bo‘lgan  zararli  g‘oyalar  va  mafkuraviy  xurujlarning  mohiyatini  ochib  berish 

maqsadida  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahrida  turli  kasb  egalari 

ishtirokida 50 dan ortiq davra suhbatlari o‘tkazildi. 

Xalq ta'limi vazirligi tizimida “Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi” respublika ko‘rik-

tanlovining o‘tkazilishida ishtirok etildi. 


Bosh vazir o‘rinbosari A.Ikramov tomonidan tasdiqlangan 2015 yil 7 yanvardagi  

2-sonli Bayon asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 14 

000 nafar targ‘ibotchi  suhbatdan o‘tkazildi.  Har bir hududdan 40 nafardan faol  targ‘ibotchi  tanlab 

olinib,  ular  bilan  Milliy  g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi  tomonidan  tayyorlangan  dastur 

asosida  o‘quv-treninglar  o‘tkazildi.  Toshkent,  Namangan,  Farg‘ona  va  Sirdaryo  viloyatlarida 

mustaqillikning 24 yilligi munosabati bilan har bir hududda 100 nafarga yaqin  faollar bilan suhbat 

o‘tkazib, ma'naviyat targ‘ibotchilari guruhlari tayyorlandi. 

O‘tkazilgan nazariy tadqiqotlar asosida “Biz uchun eng katta xavf”, “Odam savdosi - ma'naviyat 

kushandasi”, “Vayronkor va bunyodkor g‘oyalar tushunchalari”, “Ijtimoiy-ma'naviy muammolar va 

ularning  yechimlari”,  “Milliy  g‘oya  va  ma'naviyat”,  “Siz  ogohmisiz?”,  “Bunyodkor  va  vayronkor 

g‘oyalar tushunchalari”, “Betakrorimsan, yagonasan, ona vatanim - O‘zbekistonim!”, “O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  “Ona  yurtimiz  baxtu  iqboli va  buyuk  kelajagi  yo‘lida 

xizmat  qilish  -  eng  oliy  saodatdir”  kitobining  mazmun-mohiyati,  asosiy  g‘oyalarini  oliy  ta'lim 

muassasalarida  o‘rganish  bo‘yicha  metodik  qo‘llanma”  nomli  risolalar  tayyorlandi  va  Respublika 

Ma'naviyat targ‘ibot markaziga taqdim etildi. “Migratsiya: vatangado musofirlar”, “Vatanni sevish 

mas'uliyati”,  “Barkamol  avlod  tarbiyasida  moturidiya  ta'limotining  ahamiyati”  nomli  risolalar 

nashrdan chiqdi.  

Markaz xodimlari tomonidan turli tashkilot va idoralarda, seminar va davra suhbatlarida 40 dan 

ortiq mavzularda ma'ruzalar qilindi. 

“Ogohlikning 60 lavhasi: tarix va zamon saboqlari” nomli kitob nashr qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston xalqiga yangi yil tabrigi 

asosida  “Yangi  yil  barchamizga  muborak  bo‘lsin!”  mavzusida  1  ta,  mamlakatimizni  2014  yilda 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 

ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ma'ruzasi  asosida  2  ta, 

milliy  g‘oya va mafkura masalalarining ilmiy  asoslarini rivojlantirish maqsadida “Milliy  g‘oya va 

mafkura  masalalarining  ustuvorligi  va  ilmiy  asoslarini  rivojlantirish  yo‘nalishlari”  mavzusida  1  ta 

mediataqdimot tayyorlandi.  

Bundan tashqari “9 may - xotira va qadrlash kuni” mavzusida 1 ta, missionerlik to‘g‘risidagi 11 

ta suratosti matni tarjima qilindi. Mediataqdimot tayyorlash uchun topshirildi. O‘zbekiston bolalar 

nevrologlari jamoat birlashmasi hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining “Bolalik 

davri asab kasalliklari” kafedrasi xodimlari tomonidan maxsus tayyorlangan “Detskiy insult” nomli 

bukletga,  “Mahalla”  xayriya  jamoat  fondi  Respublika  boshqaruvi  tomonidan  tayyorlangan  2  ta 

qo‘llanmaga  xulosa  berildi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta'limi  vazirligining    2015  yil  18 

oktyabrdagi 02-25-50-sonli xatiga javoban Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan 

2016-2017 o‘quv yili uchun chop etilishi rejalashtirilgan darsliklarning nashr rejasiga asosan, 1,2,3-

sinf “Azbuka etiki” darsliklar maketi bo‘yicha tayyorlangan xulosa berildi. 

Korxona,  muassasa,  ta'lim  muassasalarida  aholi,  yoshlarda  mafkuraviy  immunitetni 

mustahkamlashga  qaratilgan,  mamlakatimizda  ishlab  chiqilgan  “Mustaqillik  arafasida  yoxud 

sho‘rolarning so‘nggi talvasasi”, “Gumrohlar” nomli kinoasarlar hamda “Xolis nazar” ko‘rsatuvining 

maxsus  soni  “Befarqlik  yoxud  o‘quvchilar  jinoyatchiligi”  mavzusi  asosida  “Kinolektoriy”lar 

ssenariylari ishlab chiqildi. 

Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar 

haqida 5 ta media taqdimot yaratildi. 

“Vatan himoyasi - muqaddas burch”, “ISHID fitnasi: mohiyat va oqibati”, “Gumrohlar” filmi 

kinolektoriy  talqinida”,  “Yot  g‘oyalar:  o‘tmish  va  bugun,  asliyat  va  haqiqat”,  “Ezgu  qadriyatlar 

mushtarakligi” va “O‘zbekistonning tinchlikparvar siyosati” nomli maqolalar tayyorlandi.  

O‘zbekiston  telekanalining  “Tahlilnoma”  ko‘rsatuviga  intervyu  berildi.  “Yoshlar”  kanali 

“Nuqtai  nazar” ko‘rsatuvida “Xotira va qadrlash kuni”mavzusi  bilan  ishtirok etildi. Radio  axborot 

markaziga  “Yoshlarda  internet  saytlaridan  foydalanish  madaniyatini  shakllantirishning  ma'naviy, 


mafkuraviy xususiyatlari”, “Ma'naviyat va ma'rifat” telekanaliga “O‘zbekistonning eng yangi tarixi 

o‘qitilishining dolzarb masalalari” mavzuidagi respublika amaliy seminarining maqsad va vazifalari, 

O‘zMTRK  “O‘zbekiston”  telekanali  “E'zoz”  ko‘rsatuvi  uchun  “Keksalarni  e'zozlash  yili  davlat 

dasturi  ijrosi  yuzasidan  amalga  oshirilgan  ishlar  va  ularning  mazmun-mohiyati”,  “Mahalla” 

telekanaliga “Kitob o‘qish madaniyati”, Qashqadaryo viloyati televideniyesi hamda viloyat radiosiga 

“Noqonuniy migratsiyaning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari”, 

“Mahalla”  telekanaliga  “Vandalizm,  uning  salbiy  oqibatlari,  unga  qarshi  kurashda  ota-ona  hamda 

katta  yoshli  insonlarning  roli”,    “Mahalla”  radiokanaliga  “Milliy  g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy 

markazi  tashkil  etilishi,  uning  vazifalari  hamda  faoliyati”,  O‘zMTRK  “Axborot”  ko‘rsatuviga 

“Ma'naviy-ma'rifiy  ishlar  samaradorligini  oshirishning  ayrim  masalalari”,  O‘zMTRK  “Uzreport” 

telekanaliga  “Ma'naviyat  targ‘ibotchisi  oldidagi  dolzarb  masalalar”,  “Yoshlar”  va  “Mahalla” 

radiosiga “Ma'naviyat targ‘ibotida yoshlarning o‘rni”, “Mahalla” telekanaliga “Yoshlarning ko‘cha 

qoidalariga rioya qilishlari”, “Yoshlar” telekanaliga “Xorijiy filmlarning yoshlar tarbiyasiga ta'siri” 

mavzusida intervyu berildi. 

 “Gumrohlar” filmi va “Keksalarni e'zozlash madaniyati” mavzulari bo‘yicha “Dunyo bo‘ylab” 

telekanali, “Munosabat” ko‘rsatuvi va “Tafsilot” ko‘rsatuvlarida, shuningdek, O‘zMTRK “Toshkent” 

kanalining “Ko‘zgudagi biz” ko‘rsatuvining “Tinchlik” mavzusiga bag‘ishlangan sonida, shuningdek, 

O‘zbekiston  elektron  ommaviy  axborot  vositalari  milliy  assotsiatsiyasi  tomonidan  O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat 

siyosatini  amalga  oshirishga  qaratilgan  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  qarori  doirasida 

amalga  oshirilgan  ishlar,  uning  joylardagi  ijrosi  va  bu  borada  yechimini  kutayotgan  masalalarga 

bag‘ishlangan  “Parlament  soati”  loyihasi  ijodkorlari  tomonidan  tayyorlangan  “Erkin  fikr”  tok-

shousida ishtirok etildi. 

2015  yilgi  Navro‘z  umumxalq  bayramiga  tayyorgarlik  ko‘rish  va  uni  o‘tkazish  bo‘yicha 

Tashkiliy  qo‘mita  majlisining  23-sonli  bayoni  1-ilovasidagi  5-bandi  ijrosi  yuzasidan  tayyorlangan 

Navro‘z  bayramining  kelib  chiqishi  va  uning  uzoq  yillik  tarixi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  tezislar  va 

mediataqdimotlar  tayyorlandi  va    “Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatining 

samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli bayonining III yo‘nalishi 36-

bandi ijrosi yuzasidan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi targ‘ibot tadbirlari uchun 17 

nomda  58  bet  ma'ruza  matnlari  hamda  6  nomda  66  MB  media  taqdimot  materiallari  tayyorlandi. 

Mazkur  materiallar  Respublika  Ma'naviyat  targ‘ibot  markaziga  targ‘ibotchilar  foydalanishi  uchun 

taqdim etildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Respublikada  ma'naviy-ma'rifiy  ishlarni 

yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  dasturining  “Milliy  g‘oya  va  ma'naviyat 

targ‘iboti sohasidagi chora-tadbirlar” bo‘limining 6-bandida “Noqonuniy migratsiya nima?”, “Tashqi 

migratsiya  -  milliy  o‘zlikka  tahdid”  mavzularida  mediataqdimotlar,  bukletlar  va  broshyuralar 

tayyorlash  hamda  joylarda  targ‘ibotini  tashkil  qilish”  vazifasi  yuklatilgan.  Mazkur  band  ijrosi 

yuzasidan  Milliy  g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazi,  Fuqarolik  jamiyati  shakllanishini 

monitoring qilish mustaqil instituti, Xalq ta'limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, 

“Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda 2015 yilning 1 aprelida 66-sonli qo‘shma qaror 

imzolandi hamda rejasi ham ishlab chiqildi. Mazkur reja asosida risola tayyorlandi. 

“O‘zbekiston  Respublikasida  2015  yilda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga  oshirishga 

qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning 2-bandi ijrosi yuzasidan Milliy g‘oya va mafkura 

ilmiy amaliy markazi tomonidan tayyorlangan joriy yilda respublikamizda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy 

va  iqtisodiy  sohalarda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  mazmun-mohiyati  aks  etgan  18,4  MB 

hajmdagi  medaitaqdimotlar  tayyorlandi  hamda  Respublika  Ma'naviyat  targ‘ibot  markaziga  berildi. 

VMning O‘zbekiston Respubilkasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati tashkil etiladigan 

tadbirlarga  bag‘ishlangan  №107-bayoni  tegishli  bandlari  ijrosi  bo‘yicha  Respublika  Ma'naviyat 

targ‘ibot markaziga 816 kb hajmdagi materiallar targ‘ibot ishlarida foydalanish uchun taqdim etildi. 


Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi muassisligidagi “Ma'naviy hayot” jurnalining 3- 

va 4-soni 10 000 (o‘n ming) nusxada chop etildi.  

“Respublikada  ma'naviy-ma'rifiy  ishlarni  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi  dasturda  ta'lim  muassasasi,  mahalla  va  oilaning  bolalar  tarbiyasidagi  mas'uliyatini 

kuchaytirishga  qaratilgan  “Bolam  baxtli  bo‘lsin,  desangiz...”,  “Mafkuraviy  hayotning  dolzarb 

mavzulari” nomli o‘quv-treninglar o‘tkazish topshirig‘i berilgan. Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash 

maqsadida  Namangan,  Andijon,  Jizzax,  Sirdaryo,  Toshkent  viloyatlari  va  Toshkent  shahridagi 

tumanlarning kollej, litsey, umumta'lim maktablari direktorlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha 

o‘rinboarlari,  mahalla  raislarining  diniy  ma'rifat  va  ma'naviy-axloqiy  tarbiya  masalalari  bo‘yicha 

maslahatchilari ishtirokida o‘quv-treninglar o‘tkazildi. 

Vazirlar Mahkamasining 175-sonli “Oila-mahalla-ta'lim muassasasi”  hamkorligi qarori asosida 

4-9  sentyabr  kunlari  Buxoro  viloyatidagi  Buxoro  tumani,  Buxoro  shahridagi  ta'lim  muassasalari, 

mahalla fuqarolar yig‘inlari va mahallalardagi oilalar o‘rganildi. 

O‘zbekiston  Milliy  teleradiokompaniyasi  bilan  hamkorlikda  milliy  g‘oyani  targ‘ib  qilish 

mavzularida (“Yoshlar” kanali “Nuqtai nazar” ko‘rsatuvi, “Munosabat” ko‘rsatuvining “Gumrohlar” 

filmiga bag‘ishlangan soni, “9 may - Xotira va qadrlash kuni”, “O‘zbekiston” telekanali “Tahlilnoma” 

ko‘rsatuvi,  “Yoshlarda  internet  saytlaridan  foydalanish  madaniyatini  shakllantirishning  ma'naviy, 

mafkuraviy  xususiyatlari”,  “Keksalarni  e'zozlash  yili”  davlat  dasturi  mazmun-mohiyati”,  “Davr” 

ko‘rsatuvi, “Yoshlar” radiosi) ko‘rsatuvlar tayyorlandi. 

Toshkent shahridagi Inxa universitetining “Ma'naviyat va ma'rifat” xonasi uchun, O‘zbekiston 

Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va 

attestatsiyadan  o‘tkazish  Respublika  Markazining  “Ma'naviyat  va  ma'rifat”  xonasi  uchun, 

O‘zbekiston  milliy  universitetiga,  Respublika  Ma'naviyat  targ‘ibot  markaziga  10  000ga  yaqin 

ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy adabiyotlar, risolalar markaz tomonidan berildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma'naviy hayot” jurnali faoliyatini tashkil 

etish  to‘g‘risida”gi  qarori  loyihasi  tegishli  vazirlik  va  idoralar  bilan  kelishilgan  holda  2015  yil  22 

yanvardagi 7-sonli yo‘llanma xati bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. 

Milliy  g‘oya  va  mafkura  ilmiy-amaliy  markazining  mustaqil  izlanuvchilari  f.f.n. 

Sh.To‘rayevning “O‘zbekistonda ma'naviyatga tahdidlar va ularning oldini olishning ilmiy-nazariy 

asoslari”, p.f.n. Sh.Akramovaning “Bo‘lajak bojxona xizmati xodimlarida mafkuraviy immunitetni 

shakllantirishning  pedagogik  nazariyasi  va  amaliyoti”,  M.Buronovning  “O‘zbekistonda  ma'naviy-

ma'rifiy  siyosatning  tadrijiy  rivoji”,  A.Ismanovaning  “Diniy  ekstremizm  va  terrorizmga  qarshi 

profilaktik  ishlarning  pedagogik  tizimi  (o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limi  tizimi  misolida)”, 

J.Asamatdinovaning  «Teoretiko-prakticheskiye  osnovы  nravstvenno-esteticheskogo  vospitaniya 

uchaщixsya  kak  faktor  formirovaniya  sennostnoy  oriyentatsii  lichnosti»,  N.Elmurzayevaning 

“Ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalarida ta'lim tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik 

asoslari” doktorlik dissertatsiya ishlari mavzulari OAK byulletenida e'lon qilinishi uchun topshirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Respublika ta'lim markazi  tomonidan taqdim 

etilgan  umumiy  o‘rta  ta'lim  tizimida  “Milliy  istiqlol  g‘oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar” 

turkumiga kiruvchi fanlar ta'limini rivojlantirish konsepsiya”si loyihasi o‘rganib chiqildi va xulosa 

tayyorlandi. 

 “Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha 

respublika kengashi to‘g‘risida nizom, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, 

shuningdek,  tumanlar  va  shaharlar  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatini 

muvofiqlashtirish  bo‘yicha  kengashlari  to‘g‘risida  namunaviy  nizomlarga  qo‘shimchalar  kiritish 

haqida”gi  Vazirlar  Mahkamasining  qarori  loyihasi  o‘rganib  chiqildi  va  “Mahalla”  xayriya  jamoat 

fondiga tegishli xulosa berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 141-

sonli  qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib  “Ma'naviy hayot” jurnali tahririyatining  yangi 

nizomi loyihasi tayyorlandi. 


 

 

 





Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling