2. Ma’naviyatni yuksaltirish mexanizmlari (4 soat)
Ma’naviyatni yuksaltirishning konseptual, huquqiy, tashkiliy hamda institutsional
asoslari. Ma’naviyat rivojlanish dasturlarining ishlab chiqilishi. Ma’naviy sohada huquqiy-
me’yoriy bazaning yaratilishi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik Kengashi,
Respublika ma’naviyat targ‘iboti markazining faoliyati. Ma’naviyatni rivojlantirish
mexanizmlarini takomillashtirish masalalari
3. Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar va ma’naviyat. (4 soat)
Inson va axloqiy qadriyatlar. Axloqiy qadriyatlarning shakllanishi, rivojlanishining birligi
va bog‘liqligi. Muhabbat inson qalbidagi ilohiy tuyg‘u sifatida. Baxt – umuminsoniy qadriyat
ekanligi. Insonparvarlik - o‘zbek xalqining milliy ruhiyatining ajralmas fazilati sifatida.
Bag‘rikenglik g‘oyalarining axloqiy tarbiyadagi roli. Millatparvarlik va vatanparvarlik etuk
ma’naviyatlilik belgisi ekanligi.
4. Milliy intilektual salohiyat milliy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti (4 soat)
Milliy intellektual salohiyat tushunchasi. Intellektual salohiyatini rivojlantirishda axborot
madaniyati va media savodxonlikning o‘rni. Milliy xavfsizlikni ta’minlashda milliy g‘oyaning
o‘rni va ahamiyati. Milliy xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari.
5. Zamonaviy komil inson konsepsiyasining axloqiy – ma’naviy negizlari. (4 soat)
O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishgandan keyin jamiyat ma’naviy hayotini
sog‘lomlashtirish va rivojlantirish, inson omiliga katta e’tibor berish mamlakatning oldida
turgan eng asosiy vazifalardan biri sifatida. Milliy o‘zlikni anglash jamiyat xayotida ro‘y bergan
ma’naviy o‘zgarishlarning asosi sifatida. Ma’naviy kamolot bilan ijtimoiy va milliy ong
yuksalishining mushtarakligi. Aqliy zakovat, axloqiy kamolot, xuquqiy komillik, siyosiy
teranlik, mehnatga halol munosabat, yuksak madaniy, ma’naviy saviya, professional iftixor,
milliy va umuminsoniy g‘urur – komil inson shakllanganligini xarakterlovchi eng muhim
fazilatlardan ekanligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |