Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
Download 33.45 Kb.
|
Milliy hisobchilik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
YaIM = S + I + G + Xp
Sof eksport (Xp): mamlakatning import va eksport operatsiyalari boʻyicha xarajatlar oʻrtasidagi farq. YaIMni daromadlar boʻyicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qoʻshilgan qiymatlar hisobidan, toʻlangan dastlabki daromadlar qoʻshib chiqiladi. YaIMni daromadlari yigʻindisi koʻrinishida hisoblashda asosan quyidagi koʻrsatkichlardan foydalaniladi: - sof bilvostia soliqlar (Tn) – bilvosita soliqlar (qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari oʻrtasidagi farq; - yollanma ishchilarning ish haqlari (W) – xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi toʻlovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib toʻlanadigan ijtimoiy sugʻurta ajratmalari. - Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R). Nokorporativ korxonalar – kichik hajmdagi, uy xoʻjaliklariga tegishli korxonalar boʻlib, ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari oʻzaro qoʻshilib ketgan boʻladi. Bu holat aralash daromad atamasini qoʻllashga sabab boʻladi. R = Korporatsiyalarning sof foydasi (R1) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari (R2) + amortizatsiya (A); YaIMni daromadlar koʻrinishida yalpi qoʻshilgan qiymatni koʻrsatilgan uch guruhga boʻlib topish mumkin: YaIM = Tn + W+R Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya koʻrinishidagi daromadlar paydo boʻladi. Shuningdek, YaIMni daromadlar koʻrinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga boʻlish koʻzda tutiladi: - amortizatsiya (A); - bilvostia soliqlar (T); - yollanma ishchilarning ish haqlari (W); - ijara haqi toʻlovi va renta koʻrinishidagi daromadlar (R1); - kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2); -mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (R1); - korporatsiya foydasi (R2). Korporatsiyalar foydasi oʻz navbatida quyidagilarga boʻlinadi: a) korporatsiyasi foydasidan toʻlanadigan soliqlar (R1.1); b) hissadorlar oʻrtasida taqsimlanadigan dividendlar (R1.2); d) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi(R1.3). Keltirilgan yondashvuga koʻra: Download 33.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling