Milliy hisoblar tizimi


Download 20.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.01.2023
Hajmi20.66 Kb.
#1088693
  1   2
Bog'liq
Milliy hisoblar tizimi - Vikipediya



Milliy hisoblar
tizimi
Milliy hisoblar tizimi — mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul
qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning
makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar
tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks
ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat. Uning muhim belgisi xalq xoʻjaligi
faoliyati yakunlarida moddiy ishlab chiqarishdan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks
ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumlashtiruvchi
tavsiflariga erishiladi. Milliy hisoblar tizimit. negizini ishlab chiqarish, isteʼmol, jamgʻarish va
xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi real munosabatlar jarayonida qayta taqsimlash tamo-
yili tashkil etadi. Bu tizim yer va ka-pitalni mehnat bilan teng darajada qiymatni yaratishda
qatnashuvchi omillar tarzida qaraydigan konsepsiyaga asoslanadi. Milliy hisoblar tizimida
iqtisodiy faoliyatni umumlashtiruvchi koʻrsatkichi yalpi ichki mahsulot (YAIM) dir. Uning asosida
qoʻshilgan qiymat, yaʼni shu jarayonda isteʼmol etilgan mahsulotlar va xizmatlar qiymatiga
("oraliq isteʼmol" qiymatiga) qoʻshilgan qiymat turadi. Milliy iqtisodiyot darajasida ichki
iktisodiyot faoliyati natijalarining jamlanma hisoblamalari tuziladi: YAIM ning shakllanishi va
undan foydalanishning jami bosqichlarini nazarda tutishga imkoniyat yaratadigan (har bir
hisoblamada, bir tomondan, koʻrilayotgan koʻrsatkichni tashkil etadigan resurslar, ikkinchi
tomondan — ulardan foydalanish keltiriladi) tovarlar va xizmatlar hisobi; ishlab chiqarish hisobi;
daromadlarning hosil boʻlish hisobi; daromadlarning taqsimlanishi hisobi; daromadlardan
foydalanish hisobi; kapital harajatlar hisobi; moliyaviy hisob. Ular tashqi iqtisodiy aloqalar hisobi,
boshqa hisoblar va balanslar bilan toʻldiriladi. Bu hisoblarda kengaygan takror ishlab chiqarish
jarayonining hamma bosqichlari aks etishi tufayli, yalpi ichki mahsulot hajmini uch xil: ishlab


chiqarish, taqsimot va pirovard foydalanish usullarini qoʻllab aniqlash imkoniyati yaratiladi. Milliy
hisoblar tizimida iqtisodiy faoliyatning barcha turlari foydali natija bilan tugallanadi, deb qaraladi,
demak xalq xoʻjaligidagi barcha mehnat harajatlari foydali mehnatdir. Milliy hisoblar tizimi ishlab
chiqarishdan boshlanib, daromadlarning shakllanishi, ularning taqsimlanishiga oʻtadi va mavjud
pul qiymati (zargarlik mahsulotlarisiz), turli qimmatbaho qogʻozlar, oʻrta va qisqa muddatli
zayomlar koʻrinishida iqtisodiyotni moliyaviy nuqtai nazardan ifodalash bilan yakunlanadi.
Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi davrida, makroiqtisodiyotni oʻrganish va tahlil qilish uchun xalq
xoʻjaligi balansinit koʻrsatkichlar tizimidan foydalanilgan. Ularning asosida A. Smit, K. Marksning
siyosiy iqtisod taʼlimotlari: xalq xoʻjaligini moddiy neʼmat ishlab chikaradigan va ishlab
chiqarmaydigan sohalarga ajratish, unumli va unumsiz mehnat, jaʼmi ijtimoiy mahsulot, milliy
daromadni yaratish, uni taqsimlash va pirovard foydalanish nazariyalari yotar edi. Unda xoʻjalik
yurituvchi subʼyektlar orasidan mavjud aloqalar, aholi farovonligi va turmush darajasiga baho
berish, mehnatga haq toʻlash, davlat byudjeti, kredit, toʻlov balansi kabi tushunchalar va
tasniflashlar yetarlicha yoritilmas edi. Milliy hisoblar tizimit. esa bu kamchiliklarni bartaraf etib,
bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni har taraflama boshqarish imkoniyatini yaratadi.
Zamonaviy Milliy hisoblar tizimini yaratish va uni takomillashtirishga iqtisodchi olimlardan
J.Keyns, V. Leontyev, S. Kuznets, R. Stoun, K. Klark va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Butun
dunyo kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini qamrab olgan 1929—1933-yillardagi inqiroz davlat
ijtimoiy bozor faoliyatini bir tomonlama, faqat kuzatib turish emas, balki uning ichki mohiyatni
tahlil qilib muvofiklashtirib turishi lozimligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib "davlatlarning aktiv
iqtisodiy roli"ni bajarish uchun mamlakatlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini hisoblaydigan
tizimni — Milliy hisoblar tizimit.ni yaratish zaruriyati tugʻildi. Dastlabki vaqtda Milliy hisoblar
tizimit. milliy daromad koʻrsatkichini hisoblashga qaratildi. 20-asrning 30-yillarida Angliya,
Avstriya, Fransiya, Norvegiya, Germaniya va AQShda milliy daromad koʻrsatkichi hisoblandi. 40—
50-yillarda kapitalistik mamlakatlarda Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash kengaya bordi va Ikkinchi
jahon urushi yakunlangandan soʻng davlatni boshqarish tizimida Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash
zaruriyati yanada kuchaydi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar — milliy mahsulot, milliy daromad,
isteʼmol, jamgʻarma (kapital qoʻyilmalar) va h.k.lar hisoblana boshlandi. 1951-yilda Parijda
Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiniig Milliy hisoblar tizimit. standarti loyihasi qabul qilindi. 1953-yil
BMT ning statistika boʻlimi tomonidan amaliyotga tadbiq etish uchun Milliy hisoblar tizimit.ning
andozasi qabul qilindi. 1968-yil BMTning statistika komissi-yasi 15 yillik tajriba asosida Milliy
hisoblar tizimit.ning yangi xalqaro andozasini ishlab chiqdi va u 1993-yilning fevralga qadar
qoʻllanildi. 1993-yil fevralda BMT statistika komissiyasining navbatdagi sessiyasida Milliy
hisoblar tizimit.ning yangi xalqaro andozasi qabul qilindi, undagi yangiliklardan biri sifatida
makroiqtisodiy statistikaning koʻrsatkichlari qatoriga toʻlov balanslari, davlat byudjeti
koʻrsatkichlari kiritildi. Yevropa Ittifoqi 1995-yilda BMTning "Milliy hisoblar tizimi" andozasi
asosida "Yevropa milliy hisoblar tizimi"ni qabul qildi.



Download 20.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling