Milliy hisoblar tizimi
Download 13.35 Kb.
|
mxt
Milliy hisoblar tizimi - mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat. Uning muhim belgisi xalq xoʻjaligi faoliyati yakunlarida moddiy ishlab chiqarish dan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. Milliy hisoblar tizimit. negizini ishlab chiqarish, isteʼmol, jamgʻarish va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi real munosabatlar jarayonida qayta taqsimlash tamo-yili tashkil etadi. Bu tizim yer va ka-pitalni mehnat bilan teng darajada qiymatni yaratishda qatnashuvchi omillar tarzida qaraydigan konsepsiyaga asoslanadi. Milliy hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatni umumlashtiruvchi koʻrsatkichi yalpi ichki mahsulot (YAIM) dir. Uning asosida qoʻshilgan qiymat, yaʼni shu jarayonda isteʼmol etilgan mahsulotlar va xizmatlar qiymatiga ("oraliq isteʼmol" qiymatiga) qoʻshilgan qiymat turadi. Milliy iqtisodiyot darajasida ichki iktisodiyot faoliyati natijalarining jamlanma hisoblamalari tuziladi: YAIM ning shakllanishi va undan foydalanishning jami bosqichlarini nazarda tutishga imkoniyat yaratadigan (har bir hisoblamada, bir tomondan, koʻrilayotgan koʻrsatkichni tashkil etadigan resurslar, ikkinchi tomondan — ulardan foydalanish keltiriladi) to-varlar va xizmatlar hisobi; ishlab chiqarish hisobi; daromadlarning hosil boʻlish hisobi; daromadlarning taqsimlanishi hisobi; daromadlardan foydalanish hisobi; kapital harajatlar hisobi; moliyaviy hisob. Ular tashqi iqtisodiy aloqalar hisobi, boshqa hisoblar va balanslar bilan toʻldiriladi. Bu hisoblarda kengaygan takror ishlab chiqarish jarayonining hamma bosqichlari aks etishi tu-fayli, yalpi ichki mahsulot hajmini uch xil: ishlab chiqarish, taqsimot va pirovard foydalanish usullarini qoʻllab aniqlash imkoniyati yaratiladi. Milliy hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatning barcha turlari foydali natija bilan tugallanadi, deb qaraladi, demak xalq xoʻjaligidagi barcha mehnat harajatlari foydali mehnatdir. Milliy hisoblar tizimit. ishlab chiqarishdan boshlanib, daromadlarning shakllanishi, ularning taqsimlanishiga oʻtadi va mavjud pul qiymati (zargarlik mahsulotlarisiz), turli qimmatbaho qogʻozlar, oʻrta va qisqa muddatli zayo-mlar koʻrinishida iqtisodiyotni moliyaviy nuqtai nazardan ifodalash bilan yakunlanadi. Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi davrida, makroiqtisodiyotni oʻrganish va tahlil qilish uchun xalq xoʻjaligi balansinit koʻrsatkichlar tizimidan foydalanilgan. Ularning asosida A. Smit, K. Marksning siyosiy iqtisod taʼlimotlari: xalq xoʻjaligini moddiy neʼmat ishlab chikaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalarga ajratish, unumli va unumsiz mehnat, jaʼmi ijtimoiy mahsulot, milliy daromadni yaratish, uni taqsimlash va pirovard foydalanish nazariyalari yotar edi. Unda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar orasidan mavjud aloqalar, aholi farovonligi va turmush darajasiga baho berish, mehnatga haq toʻlash, davlat byudjeti, kredit, toʻlov balansi kabi tushunchalar va tasniflashlar yetarlicha yoritilmas edi. Milliy hisoblar tizimit. esa bu kamchiliklarni bartaraf etib, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni har taraflama boshqarish imkoniyatini yaratadi. Zamonaviy Milliy hisoblar tizimit.ni yaratish va uni takomillashtirishga iqtisodchi olimlardan J.Keyns, V. Leontyev, S. Kuznets, R. Stoun, K. Klark va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Butun dunyo kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini qamrab olgan 1929—33 yillardagi inqiroz davlat ijtimoiy bozor faoliyatini bir tomonlama, faqat kuzatib turish emas, balki uning ichki mohiyatni tahlil qilib muvofiklashtirib turishi lozimligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib "davlatlarning aktiv iqtisodiy roli"ni bajarish uchun mamlakatlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini hisoblaydigan tizimni — Milliy hisoblar tizimit.ni yaratish zaruriyati tugʻildi. Dastlabki vaqtda Milliy hisoblar tizimit. milliy daromad koʻrsatkichini hisoblashga qaratildi. 20-asrning 30-yillarida Angliya, Avstriya, Fransiya, Norvegiya, Germaniya va AQShda milliy daromad koʻrsatkichi hisoblandi. 40—50 yillarda kapitalistik mamlakatlarda Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash kengaya bordi va Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan soʻng davlatni boshqarish tizimida Milliy hisoblar tizimit.ni qoʻllash zaruriyati yanada kuchaydi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar — milliy mahsulot, milliy daromad, isteʼmol, jamgʻarma (kapital qoʻyilmalar) va h.k.lar hisoblana boshlandi. 1951 yilda Parijda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiniig Milliy hisoblar tizimit. standarti loyihasi qabul qilindi. 1953 yil BMT ning statistika boʻlimi tomonidan amaliyotga tadbiq etish uchun Milliy hisoblar tizimit.ning andozasi qabul qilindi. 1968 yil BMTning statistika komissi-yasi 15 yillik tajriba asosida Milliy hisoblar tizimit.ning yangi xalqaro andozasini ishlab chiqdi va u 1993 yilning fevralga qadar qoʻllanildi. 1993 yil fevralda BMT statistika komissiyasining navbatdagi sessiyasida Milliy hisoblar tizimit.ning yangi xalqaro andozasi qabul qilindi, undagi yangiliklardan biri sifatida makro-iqtisodiy statistikaning koʻrsatkichlari qatoriga toʻlov balanslari, davlat byudjeti koʻrsatkichlari kiritildi. Yevropa Ittifoqi 1995 yilda BMTning "Milliy hisoblar tizimit.—93" andozasi asosida "Yevropa Milliy hisoblar tizimit,—95" ni qabul qildi. Barcha rivojlangan mamlakatlar oʻz iqtisodiy qudrati va aholi turmush darajasi koʻrsatkichlarini Milliy hisoblar tizimit. yordamida hisoblaydilar. BMTning xalq-aro tashkilotlari bunday tizimga oʻtishni har tomonlama ragʻbatlantirmoqdalar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, hisob va statistikani xalqaro andozalarga oʻtkazishta kirishdi va shu maqsadda 1994 yilda "Oʻzbekistonda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga oʻtish davlat Das-turi" ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu ishga Oʻzbekiston Respublikasi Statistika davlat qoʻmitasi rahbarlik qiladi va 1991—2002 yillar boʻyicha i.ch, daromadlarning hosil boʻlishi, taqsimlanishi, ulardan foydalanish, shuningdek, kapital harajatlarning umumiy hisoblamalari tuzildi. Milliy hisoblar tizimit.ni "Yevropa M.H-T.— 95" metodologiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi ning bozor munosabatlarini oʻtish davri xususiyatlarini hisobga olgan hodda joriy etish bilan bogʻliq ishlar amalga oshirilmoqda. Download 13.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling