Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichini hisoblash shartlari va usullari reja


Download 30.43 Kb.
bet2/2
Sana15.03.2023
Hajmi30.43 Kb.
#1271623
1   2
Bog'liq
23.MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA YALPI ICHKI MAHSULOT KO’RSATKICHINI HISOBLASH SHARTLARI VA USULLARI

Milliy hisoblar tizimi - mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat. Uning muhim belgisi xalq xoʻjaligi faoliyati yakunlarida moddiy ishlab chiqarish dan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. Milliy hisoblar tizimit. negizini ishlab chiqarish, isteʼmol, jamgʻarish va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi real munosabatlar jarayonida qayta taqsimlash tamo-yili tashkil etadi. Bu tizim yer va ka-pitalni mehnat bilan teng darajada qiymatni yaratishda qatnashuvchi omillar tarzida qaraydigan konsepsiyaga asoslanadi. Milliy hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatni umumlashtiruvchi koʻrsatkichi yalpi ichki mahsulot (YAIM) dir. Uning asosida qoʻshilgan qiymat, yaʼni shu jarayonda isteʼmol etilgan mahsulotlar va xizmatlar qiymatiga ("oraliq isteʼmol" qiymatiga) qoʻshilgan qiymat turadi. Milliy iqtisodiyot darajasida ichki iktisodiyot faoliyati natijalarining jamlanma hisoblamalari tuziladi: YAIM ning shakllanishi va undan foydalanishning jami bosqichlarini nazarda tutishga imkoniyat yaratadigan (har bir hisoblamada, bir tomondan, koʻrilayotgan koʻrsatkichni tashkil etadigan resurslar, ikkinchi tomondan — ulardan foydalanish keltiriladi) to-varlar va xizmatlar hisobi; ishlab chiqarish hisobi; daromadlarning hosil boʻlish hisobi; daromadlarning taqsimlanishi hisobi; daromadlardan foydalanish hisobi; kapital harajatlar hisobi; moliyaviy hisob. Ular tashqi iqtisodiy aloqalar hisobi, boshqa hisoblar va balanslar bilan toʻldiriladi. Bu hisoblarda kengaygan takror ishlab chiqarish jarayonining hamma bosqichlari aks etishi tu-fayli, yalpi ichki mahsulot hajmini uch xil: ishlab chiqarish, taqsimot va pirovard foydalanish usullarini qoʻllab aniqlash imkoniyati yaratiladi. Milliy hisoblar tizimit.da iqtisodiy faoliyatning barcha turlari foydali natija bilan tugallanadi, deb qaraladi, demak xalq xoʻjaligidagi barcha mehnat harajatlari foydali mehnatdir. Milliy hisoblar tizimit. ishlab chiqarishdan boshlanib, daromadlarning shakllanishi, ularning taqsimlanishiga oʻtadi va mavjud pul qiymati (zargarlik mahsulotlarisiz), turli qimmatbaho qogʻozlar, oʻrta va qisqa muddatli zayo-mlar koʻrinishida iqtisodiyotni moliyaviy nuqtai nazardan ifodalash bilan yakunlanadi. Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi davrida, makroiqtisodiyotni oʻrganish va tahlil qilish uchun xalq xoʻjaligi balansinit koʻrsatkichlar tizimidan foydalanilgan. Ularning asosida A. Smit, K. Marksning siyosiy iqtisod taʼlimotlari: xalq xoʻjaligini moddiy neʼmat ishlab chikaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalarga ajratish, unumli va unumsiz mehnat, jaʼmi ijtimoiy mahsulot, milliy daromadni yaratish, uni taqsimlash va pirovard foydalanish nazariyalari yotar edi. Unda xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar orasidan mavjud aloqalar, aholi farovonligi va turmush darajasiga baho berish, mehnatga haq toʻlash, davlat byudjeti, kredit, toʻlov balansi kabi tushunchalar va tasniflashlar yetarlicha yoritilmas edi. Milliy hisoblar tizimit. esa bu kamchiliklarni bartaraf etib, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni har taraflama boshqarish imkoniyatini yaratadi.
2 Daromadni yaratish faqatgina nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga tegishli bo‘lmasdan, balki xizmat sohasiga ham tegishlidir. Shu konsepsiyaga asosan iqtisodiy ishlab chiqarish barcha iqtisodiy faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi, ya’ni tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish sohasi shu jumladan nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi MHTni 1993 yildagi nusxasida yashirin iqtisodiyotni ham o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy ishlab chiqarish natijasida yaratilgan daromad, bu barcha ishlab chiqarish omillariga tegishlidir: er, kapital, mehnat va tadbirkorlik. Shu sababli yaratilgan daromad ishlab chiqarish omillarini egalari o‘rtasida taqsimlanadi. MHT-1993 yildagi nusxasida “omillar daromadi” o‘rniga “birlamchi daromadlar”, deb ataladi.
3 Ishlab chiqaruvchi birlik o‘z kapitalini ma’lum davrda ish-latib va shu davrda kapitalni maksimal qiymatida saqlay ol-sa, shu davr davo-mida qilingan xara-jatlarga daromad de-yiladi, boshqacha qilib aytganda ishlab chiqaruvchi birlik shu davrda kam-bag‘al bo‘lib qol-masa, ya’ni yaratil-gan boyligi kamay-masa va o‘ziga hech qanday moliyaviy majburiyat olmasa shu konsepsiyaga asosan daromadning moliyaviy manbayi faqatgina yalpi qo‘shilgan qiymatdir. Inflyatsiya ta’sirida valuta kurslari va baholarni o‘zgarishi tufayli olingan foyda, asosiy aktivlarni sotishdan va inflyatsiya tufayli aktivlarni qiyma tini o‘zgarishidan olingan mablag‘ daromad, deb hisobga olinmaydi
Bu konsepsiyaga asosan milliy iqtisodiyot katta ko‘p o‘lchamli tizim, deb va uni obyektlari turli tuman iqtisodiy jarayonlardan iborat, deb tushuniladi. Shu tizimni asosi iqtisodiy aylanish bo‘lib, u o‘ziga barcha takror ishlab chiqarish jarayonlarini, ya’ni ishlab chiqarish, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni yakuniy iste’moli va jamg‘arishda foydalanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Har bir iqtisodiy jarayon maxsus schyotlarda shakllanadi. Hamma schyotlar bir-biri bilan uzviy bog‘lanib, ma’lum jarayonlarni o‘zida ifoda etadi.
4 Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.
5 Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorents egri chizig‘idan foydalaniladi (1-chizma). Chizmaning yotiq chizig‘ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig‘ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutlaq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo‘luvchi) 0E chiziqda ifodalangan bo‘lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko‘rsatadi. Ya’ni aholining 20% barcha daromadlarning 20%ni, aholining 40% daromadlarning 40%ni, aholining 60% daromadlarning 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig‘i daromadlarning taqsimlanishidagi mutlaq tenglikni ifodalaydi.
6Daromad Yalpi ichki mahsulotning bir qismi sifatida hisobga olinadi, chunki ishlab chiqarish sodir bo'lgan joyda emas, balki ishlab chiqarish omillariga kim egalik qiladi.
Masalan: AQShda ishlab chiqarilgan nemis avtomobil zavodi taqdirda, fabrikadan olingan daromad AQSh GNP emas, balki Germaniya GNP qismi deb hisoblanadi, chunki ishlab chiqarishda ishlatiladigan kapital (fabrika, mashina va boshqalar) nemis hisoblanadi. egalik qilgan. Amerikalik ishchilarning ish haqi AQSh yalpi ichki mahsulotining bir qismi, saytdagi har qanday nemis ishchilarining ish haqi Germaniya yalpi ichki mahsulotining bir qismi bo'ladi.
Haqiqiy va nominal qiymatlar
Nominal YaMM, o'sha yil davomida mavjud bo'lgan narxlardan foydalangan holda, ma'lum bir yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini o'lchaydi. Vaqt o'tishi bilan narxlarning umumiy darajasi inflyatsiya tufayli ko'tarildi, ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar hajmi o'zgarmasa ham nominal YaMM o'sishiga olib keladi.
Haqiqiy Yalpi milliy mahsulot ikki yoki undan ko'p turli xil yillarda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni bir xil narxlarda baholash orqali o'lchanadi. Masalan, YMM 2000, 2001 va 2002 yillarga barcha hisob-kitoblar uchun 2002 yildagi narxlardan foydalangan holda hisoblanishi mumkin. Bu milliy daromadning inflyatsiya bilan buzilmagan o'lchovini beradi.
7 yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) - bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o’zaro bog’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, tasniflar va guruxlar tizimi.
MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo’llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O’zbekistonda mazkur tizim keng qo’llaniladi.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig’ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo’lishi mumkin. Daromadlar xo’jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to’rtta guruxdan iborat bo’ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi - muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.
Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:
Birinchi usul - bu YAIMni hisoblashga qo’shilgan qiymatlar bo’yicha yondashuv Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo’yicha yaratilgan qo’shilgan qiymatlar qo’shib chiqiladi (YAIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo’yicha). Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o’rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchi usul - bu YAIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo’shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo’jalikning uchta sub’ekti - uy xo’jaliklari, davlat, tadbirkorlar, hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin.
Uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.
Investitsion sarflar - tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg’arishga qiladigan sarflaridir. Investitsion sarflar asosan uchta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; v) zahiralarning o’zgarishi.

Birinchi gurux elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi aniq; qurilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi. yangi fabrika, ombor yoki elevator qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi. YAIM tarkibiga tovar zaxiralarnish ko’
Download 30.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling