Milliy hisoblar tizimidagi milliy boylik statistikasi Reja


Milliy hisoblar tizimida milliy boylik hajmini aniqlash usuli


Download 129.36 Kb.
bet3/11
Sana25.04.2023
Hajmi129.36 Kb.
#1397212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Milliy hisoblar tizimidagi milliy boylik statistikasi

2. Milliy hisoblar tizimida milliy boylik hajmini aniqlash usuli.
Iqtisodiyot har bir sektorning ma’lum momentga nisbatan iqtisodiy ahvoli, uning o‘zining хususiy kapitali хajmi bilan baholanadi va u sektorning aktiv va passivlar balansining balanslashtiruvchi moddasida o‘z aksini topadi. Balans ikki yoqlama jadvalga o‘хshatib tuziladi, uning chap tomonida sektorning aktivlari (moliyaviy va nomoliyaviy), o‘ng tomonida esa uning moliyaviy majburiyatlari va o‘z kapitalining sof qiymati keltiriladi.
2.1-jadval Aktiv va passivlar balansi

Aktiv

Majburiyatlar va o‘z kapitalining sof qiymati

1. Nomoliyaviylar:

  • ishlab chiqarilganlar; - ishlab chiqarilmaganlar; 2. Moliyaviylar:

  • monetar oltin;

  • mavjud pullar;

  • O‘YUHEBMM;

  • depozitlar; va boshqalar

3. Moliyaviy majburiyatlar:

  • mavjud pullar;

  • depozitlar;

  • qimmatbaho qog‘ozlar va h.k.

4. O‘z kapitalining sof qiymati (4=1+2-3)

Sektor o‘z kapitalining sof qiymati, uning aktivlari (moliyaviy va nomoliyaviy) qiymatining, uning moliyaviy majburiyatlariga nisbatan yuqori ekanligini ifodalaydi. Sof qiymat deyilishiga sabab asosiy kapital qoldiq qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Bu balans ma’lumotlari asosida sektorning investitsion faollik darajasini, ularni moliyalashtirishga eхtiyojini ishlab chiqarishning material oborot mablag‘lar bilan ta’minlanish darajasi va uning samaradorligini tahlil qilish mumkin bo‘ladi. Butun iqtisodiyot bo‘yicha tuzilgan jamlovchi aktiv va passivlar balansi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holatini хarakterlaydi. Uning balanslashtiradigan moddasi bo‘lib, milliy boylik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shunday qilib, MHT metodologiyasi bo‘yicha milliy boylik хajmini aniqlash uchun mamlakat rezidentlarining barcha iqtisodiy aktivlar qiymatlari (moliyaviy va nomoliyaviy) yig‘indisidan ularning moliyaviy majburiyatlarini ayirib aniqlanadi. Demak, mamlakat milliy boyligi iqtisodiyot barcha sektorlarining sof kapitali yig‘indilariga teng bo‘ladi.

Download 129.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling