1-topshiriq.
Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?
Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi ni- mada? Ular iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.
Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada? U o‘z ichiga qan- day ko‘rsatkichlami oladi.
Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodi- yotda qanday rol o‘ynaydi?
YalM va SMM bir-biridan nima bilan farqlanadi? SMM va mil- liy daromad-chi?
Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.
YalM qanday usullarda hisoblanadi? Ulaming farqi nimadan iborat.
Nominal va real YalM tushunchalarini izohlang. Ulaming far- qini ko‘rsating.
Agar joriy yildagi nominal YalM hajmi 700 mlrd. so‘mga, narx indeksi 1,5 ga teng bo‘lsa, real YalM hajmi qancha bo‘ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng bo‘lsa-chi?
Sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichining mohiyati hamda hi- soblash tartibini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |