Milliy iqtisodiyot


Download 68.08 Kb.
bet1/10
Sana21.04.2023
Hajmi68.08 Kb.
#1370745
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-3 Y.N


1-variant
1.Milliy iqtisodiyotning mohiyati, uni amal qilishi va rivojlanishini belgilovchi omillar.
Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor ( Iqpgisodiy taraqqiyot modeli). Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan tartiblanadigan, boshqariladigan, umumdemokratik tamoyillar ham karor topa borayotgan kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir
Milliyiqtisodiyot” atamasi keyingi yillarda “mamlakat iqtisodiyoti”,“respublika iqtisodiyoti”, “milliy xo’jalik”, “xalq xo’jaligi”, “ijtimoiy ishlabchiqarish” tushunchalarining sinonimi sifatida ilmiy adabiyotga, boshqarish vaxo’jalik amaliyotiga kirib keldi. Milliy iqtisodiyotning quyidagi xarakterli belgilari va shart-sharoitlari mavjud: -milliy va davlat suvereniteti; -hududiy yaxlitlik; -iqtisodiy maydon va huquqiy muhit birligi; -yagona to’lov vositasi –milliy pul birligi, moliya tizimi yaxlitligi; -ichki bozorning rivojlanganligi, tashqi iqtisodiy va geopolitik munosabatlarning barqarorligi va boshqalar. Milliy iqtisodiyot murakkab tizim sifatida tashkiliy, tuzilmaviy, resurs, institutsional va boshqa kichik tizimlar, komponentlardantarkib topadi. Tashkiliy jihatdan –xo’jalik yuritish sub’ektlar yig’indisi –tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, ishlab chiqarish turlari, tarmoqlar, mintaqalar, ularning o’zaro aloqalari va munosabatlaridan iborat. Tarkibiy jihatdan –xo’jalik majmualari –sanoat, agrosanoat majmuasi, yoqilg’i-energetika majmuasi, qurilish majmuasi va boshqalar. Resurslar bo’yicha –imkoniyatlar yig’indisi –tabiiy xom-ashyo, demografik va mehnat, ilmiy va innovatsion, ishlab chiqarish, ekologik xususiyatlardan iborat. Institutsional jihatdan –bozor institutlari va milliy bozor segmentlari yig’indisi –ishlab chiqarish vositalari bozori, tovar va xizmatlar bozori, kapital 6 bozori, ipoteka bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, fond bozori, mehnat bozori, intellektual mulk ob’ektlari bozori, uy-joy bozori va boshqalardan iborat. Xarakat qilish va boshqarish darajasi bo’yicha milliy iqtisodiyot makrodarajada (butun iqtisodiyot) mezodarajada (tarmoqlar, mintaqalar) va mikrodarajada (korxona, birlashchi ishlab chiqarish) tahlil qilinadi. Milliy iqtisodiyot mamlakat iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatish shakli bo’lib, mamlakat hududida yashovchi asosiy millat (xalq)ning tarixan shakllangan va rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan belgilanadigan, mahalliy, o’zigaxos xususiyatlarga ega bo’lgan xo’jalik tarmoqlari, korxonalari, mehnat uyushmalari, xududlari va mintaqalari tizimidir.

Download 68.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling