54
IBM PC kompyuterlarida odatda Intel firmasi va unga muvofiq
boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o‘rnatiladi.
Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi.
Mikroprotsessorlarning Intel - 8088, 80386, 80286, 80386 Sx,
80486, Pentium kabi turlari mavjud.
Dastlabki kompyuterlar Intel - 8088 asosida qurilgan bo‘lib,
ularning ishlash tezligi juda syokin edi.
Intel - 80286, 80386, 80486
mikroprotsessorlari keyingi
turlarga nisbatan tezligi sustligi sababli
hozirgi kunda ishlab
chiqarilmayapti.
1993 yildan boshlab Intel - Pentium
asosidagi Pentium Pro
mikroprotsesso-ri o‘rnatilgan kompyuterlar ham sotila boshlandi.
Pentium Pro ning amallarni bajarish chastotasi 150 Mgs bo‘lib, uning
Pentium ga nisbatan ishlash tezligi 40 % ga ko‘prokdir.
1991 yildan
boshlab IBM,MOTOROLA,Fire Power
va boshqa
firmalar birgalikda Power PC mikroprotsessorini
ishlab chiqishga
kirishdi va bu bora-da muvaffaqiyatga erishdi.Shunday
bo‘lsada,Pentium narxining arzonligi va ko‘pgina imkoniyatlari bilan
foydalanuvchilarni o‘ziga ko‘prok jalb qilmoqda.
Pentium mikroprotsessorlaridan
murakkab hisoblar va
tasvirlar uchun foydalangan maqsadga muvofiq. Oddiy ishlar uchun
esa mikroprotsessorlarning dastlabki
turlaridan foydalanish
mumkin.
Mikroprotsessorlarni yaratilishi quyidagi
jadvalda birin-ketin
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: