Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o`rtasida mutanosiblik bo`lishini takozo qiladi


Download 1.05 Mb.
Sana24.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1291270
Bog'liq
mustaqil ish 3 iqt


Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o`rtasida mutanosiblik bo`lishini takozo qiladi. Iqtisodiy mutanosiblik-iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o`rtasida miqdor va sifat jihatdan ma'lum moslik bo`lishidir. Bunda tenglik bo`lishi shart emas.Ular 2:3, 5:3, 3:1 nisbatlarida bo`lishi mumkin. Makroiqtisodiy jarayon g`oyat murakkab va ko`p qirrali bo`linganligi sababli mutanosiblik turlari ham ko`p. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlarini keltirish mumkin.
1.Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste'mol fondi va jamg`arish fondi o`rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o`rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlari o`rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko`rsatish mumkin. 2.Tarmoqlararo mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutano-sibliklarga sanoat bilan qishloq xo`jaligi, sanoatning "a" guruhi bilan "b" guruhi o`rtasidagi va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlari o`rtasidagi mutanosibliklar misol bo`ladi. 3.Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta'minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o`rtasidagi bog`liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo`jaligining dehqonchilik va chorvachilik sohalari o`rtasidagi mutanosibliklar va h.k. Shu bilan birga ta'kidlab o`tilgan sohalar ichidagi tarkibiy bo`linmalar o`rtasida ham bog`liqlik bo`lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go`sht ishlab chiqarish sohalari o`rtasida va boshqalar. 
4.Xududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim xududlari o`rtasidagi bog`liliqni ham takozo qiladi. Yuzaki qaraganda xududlar o`rtasidagi
mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to`liq namoyon bo`lmaydi, lekin alohida hududiy bo`linmalar (viloyat, tuman, shaxar va boshqa hududiy birliklar) ning bir birigaiqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog`liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarih kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog`liqlikning ahamiyati yaqqol ko`rinadi. 
5.Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko`pchilik mamlakatlari. Xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir biri bilan bog`langan, ikkinchidan, shu bog`liqlik orqali milliy ishlab chiqaris ning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaru chilar o`z iste'molining bir qismini chetdan keltirilgan maxsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog`liqlik qanchalik katta bo`lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta'sir ko`rsatadi. 
Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling