Milliy Iqtisodiyotni taxlil qilishda qo'llaniladigan asosiy ko'rsatkichlar Reja
Download 207.5 Kb.
|
Milliy Iqtisodiyotni taxlil qilishda qo\'llaniladigan asosiy ko\'rsatkichlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor ko’rsatkichlari
- Ishlab chiqarish usuli
- Daromadlar usuli
- Milliy daromad
ming sum 2.Fond kaytimining uzgarishi ta`siri: ming sum. Omillar ta`sirining yigindisi. ming sum Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor ko’rsatkichlari Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu - yalpi ichki mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot – bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir. YaIM - bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir. Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ; Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi. Yalpi ichki mahsulot = ∑ QQ Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Yalpi ichki mahsulot = S + I + G + Xn Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn – chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport; Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi. YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi. 2013 yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi 119,0 trln. so’mni tashkil etdi. 1- jadval 2013 yilda O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlarMilliy daromad – bu, milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining yig’indisidir. Yalpi milliy daromad quyidagicha hisoblanadi ; YaMD = YaIM + horijdan olingan omilli daromadlar – horijliklarning ushbu mamlakat hududidan olgan omilli daromadlari. Shaxsiy daromad va milliy daromadning bir-biridan shunisi bilan farq qiladiki, ishlab chiqarishda mehnat qilish evaziga olingan daromadlarning bir qismi ( ijtimoiy sug’urtalar to’lovlari, korporatsiya foydasiga soliq va korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi ) amalda bevosita uy xo’jaligiga tushmaydi. Uy xo’jaligi hisobiga to’g’ri keladigan daromadlarning bir qismi, masalan, (transfert to’lovlari) - mehnat natijalarini bildirmaydi. Transfert to’lovlariga - sug’urta tashkilotlari tomonidan to’lanadigan, ya’ni qarilikda va baxtsiz xodisalarga shuningdek ijtimoiy dasturlarga asoslangan holda ishsizlarga to’lanadigan nafaqalar, nogironlarga to’lanadigan har xil to’lovlar, ishsizlarga va pensionerlarga to’lanadigan nafaqalar, iste’molchilar va davlat tomonidan to’lanadigan foiz to’lovlari va boshqa to’lovlar kiradi. Shaxsiy ixtiyordagi daromad deb individual soliqlarni to’lagandan keyingi daromadlarga aytiladi. Individual soliqlar - daromad solig’i, xususiy molmulklarga va meros qolgan mulklarga solinidagan soliqlardan iborat. Foydalanilgan adabiyotlar: I.A.Karimov. "O`zbekiston isloxatlarni chukurlashtirish yulida". Toshkent 1995 y. I.A. Karimov "O`zbekiston XXI asr busagasida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va tarakkiyot kafolatlari" T.: 1997y. M.I. Bakanov, A.D. SHeremet, "Teoriya ekonomicheskogo analiza" M 1996. Shoalimov A. "Sanoat korxonalarida xo`jalik faoliyatini tahlil etish" Toshkent 1992 yil. Muravyev A.I. i dr. Analiz vneshneekonomicheskoy deyatelnosti predpriyatiy. M. 1991 g. O`zbekiston Respublikasi "Korxonalar to`g`risidagi Konuni" T 1991 y. O`zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to`g`risidagi Konuni" 1996 y. Korakoz I.I. Samborskiy V.I. "Teoriya ekonomicheskogo analiza" 1995 g. Grigoryev Y.A. Uchet, analiz i kontrol valyutnix operatsiy. M. 1993 g. www.ziyonet.uz Download 207.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling