Milliy iqtisodiyotning nisbatlari, muvozanati va siklli rivojlanish tavsifi


Download 126.23 Kb.
bet6/24
Sana05.01.2022
Hajmi126.23 Kb.
#213359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Milliy IQTISODIYOTNING nisbatlari

5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog‘langan, ikkinchidan, shu bog‘liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o‘z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog‘liqlik qanchalik katta bo‘lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivojini ta’minlab borishdan quyidagilar ko‘zda tutiladi:



    • mamlakatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish;

    • to‘la bandlilikka erishish, ya’ni mehnat qilishga layoqatli bo‘lgan va ishlashni xohlaganlarni to‘liq va samarali ish bilan ta’minlash;

    • narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta’siridan xoli qilish;

    • iqtisodiyotning bir maromda o‘sib borishini yetarli darajada investitsiya bilan ta’minlash va muomaladagi pul massasiga bog‘lab borish;

    • eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish.

Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo‘lib, bunga erishish muqarrar ekanligini bildirmaydi. Chunki mutloq muvozanatga erishish mumkin emas, u buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy o‘sish notekis boradi.


Download 126.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling