Milliy istiqlol
Jamoaviy hayot insonni yon-atrofdagi odamlarning
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
Jamoaviy hayot insonni yon-atrofdagi odamlarning
dard-u quvonchlariga e’tiborsiz bo‘lmaslikka, boshqalar uchun kuyinib, faqat o‘zini emas, o‘zgalarni ham o‘ylab yashashga o‘rgatadi. Bu esa haqiqiy insonparvarlikdir. Jamoaviylik va insonparvarlik o‘zaro yaqin va mushtarak tushunchalardir. Måhr-oqibat, or-nomus, boshqalarning oldida o‘zini tutish, shafqat, muruvvat, xayr-u saxovat, hamdardlik, hamkorlik kabi inson uchun eng zarur va noyob tuyg‘u-tushunchalar aynan jamoaviy hayot asosida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Bizda jamoaviylik an’analari kuchli bo‘lgani uchun biron-bir ishga qo‘l urishdan oldin ko‘pchilikdan maslahat so‘raladi. Ko‘p- chilik ma’qullagan ish albatta oxiriga yåtkaziladi. Jamoaning hur- matini qozongan inson obro‘-e’tiborli inson hisoblanadi. Albatta, bu darajaga yåtish oson emas. Buning uchun halol måhnat qilish, ko‘pchilikning manfaati bilan shaxsiy manfaatni uyg‘unlashtirib yashash, boshqalarning ko‘ngliga qarab ish qilish talab etiladi. Inson tabiatan doimo kim bilandir muloqot qurib, fikr alma- shib, hamkorlik qilib yashashga moyil. Ingliz yozuvchisi Daniyål Dåfoning «Robinzon Kruzo» romani qahramoni kimsasiz orolga tushib qolganida ko‘nglini yoradigan, o‘tirib dardlashadigan biror- ! 53 bir hamsuhbat yo‘qligidan qanchalik qiynalganini bir ko‘z oldin- gizga kåltiring. Boyoqish, nima qilishini bilmasdan, hayvonlar, o‘simliklar bilan «suhbat qurgani» odamzot hayotida jamoaning o‘rni naqadar båqiyos ekanidan dalolat båradi. O‘zaro hamfikr insonlarning ahil jamoa bo‘lib harakat qilishi kundalik hayotda ham, ishda, måhnatda ham katta yutuqlarga asos bo‘ladi. Agar e’tibor bårgan bo‘lsangiz, nufuzli sport muso- baqalarida qaysi jamoa jips va hamjihat bo‘lsa, yagona maqsad yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsa, o‘sha jamoa g‘o- lib bo‘ladi. Bunda, håch shubhasiz, har bir odamning o‘ziga xos qobiliyat va istå’dodi, jismoniy, ma’naviy imkoniyatlari borligini ham hisobga olish lozim. Har bir odam o‘zining shaxsiy, indivi- dual xususiyatlarini, qiyofasini saqlab qolgan holda, ayni paytda jamoada o‘z o‘rnini topishi va o‘ziga munosib vazifani bajarishi kårak. Shundagina bunday jamoa eng kuchli jamoa bo‘ladi. Individuallik faqat bir insonga xos xususiyat va bålgilar ifodasi bo‘lib, inson uchun bu ham eng zarur fazilatdir. Låkin individuallik o‘ziga bino qo‘yish, o‘zini boshqalardan ustun dåb bilish, faqat shaxsiy manfaatni o‘ylab yashashga aylanib kåtadigan bo‘lsa, insonning o‘zi uchun ham, jamiyat uchun ham zararlidir. Jamoaning noyob xususiyati shundaki, båtakror, bir-biriga o‘xshamaydigan odamlarni ularni qiziqtiradigan, shaxsiy man- faatlariga daxldor bo‘lgan maqsadlar asosida birlashtiradi, insonni kamtar, halol, boshqalarga hamdard bo‘lishga o‘rgatadi. Bunda, ayniqsa, yåtakchilarning o‘rni båqiyos bo‘ladi. Ular jamoaning birgalikda harakat qilishi, irodasini namoyon etishi, umumiy kayfiyati va intilishini bålgilab båradi. Yetakchi qanchalik kuchli, azm-u shijoatli, qat’iyatli va irodali bo‘lsa, jamoa ham shun- chalik kuchli bo‘ladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling