«Agar bu ulug‘ zotni avliyo dåsak, u avliyolarning av-
liyosi, mutafakkir dåsak, mutafakkirlarning mutafakkiri,
shoir dåsak, shoirlarning sultonidir»
1
.
Haqiqiy komil insongina shunday ulug‘ fazilatlarni o‘zida mu-
jassam etishi mumkin. O‘z elining faxr-u g‘ururiga aylangan
bunday insonlar dunyodagi boshqa xalqlar orasidan ham ko‘plab
yåtishib chiqqan. Bu butun insoniyatning ezgulik va barkamollik
yo‘lidagi intilishlari o‘zaro uyg‘un va mushtarak ekanini ko‘rsatadi.
Shu ma’noda, komillik g‘oyasi asrlar davomida nafaqat alohida
shaxslar, balki xalq va millatlarni oliyjanob maqsadlar sari da’vat
etgan, hayotning turli sohalarida ulkan yutuqlarga ilhomlantirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |