Milliy istiqlol


«Masalan, ezgu odatimizga aylanib kåtgan måhr-oqibat


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

«Masalan, ezgu odatimizga aylanib kåtgan måhr-oqibat
tushunchasini oladigan bo‘lsak, uning juda tåran tarixiy,
milliy, diniy ildizlari borligini ko‘rish mumkin. Bu avvalo
insonning inson bilan, qo‘shnining qo‘shni bilan, qarindosh-
ning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi, shaxsning
jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, yåtim-yåsir, båva-
båchora va nogironlarga, musofirlarga saxovat ko‘rsatish,
sidqidildan, båg‘araz yordam bårishni anglatadi va bunday
xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib kåtganini
håch kim inkor eta olmaydi»
1
.
Biz yashab turgan hozirgi O‘zbåkiston, O‘rta Osiyo hududida
aholi azaldan vodiylarda, katta suv manbalari – daryo va an-
horlar bo‘yida yashab kålgan. Atrofi cho‘l va sahrolar bilan
o‘ralgan, tabiati, iqlimi juda murakkab, tåz o‘zgarib turadigan
bu hududdagi sharoitning o‘zi bu yårdagi millat va elatlarning
ming yillar davomida bir-biriga yaqin yålkadosh bo‘lib, bir-
birining og‘irini yångil qilib yashashini taqozo etgan, ya’ni bu
zaminda istiqomat qiladigan odamlarning tarqoq bo‘lib yashash-
ga imkoni bo‘lmagan. Tabiatning o‘zi, hayotning o‘zi ularni
jamoa bo‘lib istiqomat qilishini zaruratga aylantirgan. Bunday
yashash tarzi tabiiy ravishda odamlarni bir-birining holidan
xabardor bo‘lib, dard-u quvonchlarini o‘zaro baham ko‘rib, to‘y-
da ham, azada ham bu hayot yukini barobar tortishga o‘rgatgan,
insonlar qalbida jamoa fikriga hurmat ruhini kuchaytirgan.
Jamoaviylik belgilari bugungi kunga qadar hayotimizda katta
o‘rin egallab kålmoqda. Ayniqsa, mustaqillik yillarida mahalla
tashkilotining qayta tiklanib, unga fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish idorasi maqomi bårilgani jamoaviylik bilan bog‘liq

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»
nashriyoti, 2013-yil, 8–9-betlar.


52
an’ana va qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning turmush tarzi-
mizdan yanada kång o‘rin olishida alohida ahamiyat kasb etmoq-
da. Masalan, hashar, to‘y-u tomoshalarni mahalla ahli bilan
bamaslahat o‘tkazish, Navro‘z bayrami kunlarida halim, sumalak
kabi bahor taomlarini tayyorlash, turli o‘yin va tomoshalar
uyushtirish, ko‘makka muhtoj, qarovchisiz kishilarning holidan
xabar olish, ularga båg‘araz yordam ko‘rsatish, kam ta’minlangan
oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning axloqiy-ma’naviy
tarbiyasiga, mahalladagi tozalik, obodonchilikka e’tibor bårish
bilan bog‘liq qadriyatlarimiz shular jumlasidandir. Masalan,
hashar haqiqiy jamoaviy måhnatning, jamoa irodasining yorqin
ko‘rinishidir. Bu tadbir orqali ko‘pchilikka birdåk daxldor bo‘lgan
ishlar amalga oshiriladi. Dåylik, mahalla, qishloq yoki shahar
ko‘chalari tozalanadi, obod qilinadi, jamoat maskanlari – mahalla
guzari, choyxona, do‘kon yoki oshxonalar tartibga keltiriladi.
Hashar yo‘li bilan yordamga muhtoj insonlarning kam-u ko‘sti
to‘g‘rilanadi, ularga moddiy va amaliy ko‘mak båriladi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling