Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Download 1.91 Mb.
bet49/71
Sana26.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1656450
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021 2

Gazlamalarni to’shash - bichish sexining asosiy operatsiyalaridan biri xisoblanadi. Gazlama xisob kartasiga asosan qo’lda yoki mashinada to’shaladi. To’shama qavatlari avval to’shamaga mo’ljallab qirqib olingan bo’lishi mumkin yoki gazlama to’pidan to’shaladi. To’shamaning balandligi, ya’ni qavatlar soni gazlama turiga bog’lik va quyidagicha tavsiya etiladi.
Kostyumbop gazlamalar - 28-30 qavat
Drap gazlamasi - 18-24 qavat
Ipak va astarlik gazlamalar - 50-60 qavat
Ip gazlamalar - 100-120 qavat
Gazlamalarni to’shash jarayonida quyidagi texnik shartlarga rioya qilish kerak:

  1. Gazlama qavatlari milklari to’shamaning bir tomoniga to’g’ri kelishi kerak.

  2. To’shama qavatlarni bir tekista, tortmay to’shalishi kerak.

  3. To’shama oxirida va gazlama uchlari tutashgan joylarda gazlama uning uzunasiga aniq perpendikulyar qirqilishi kerak.

  4. Tukli gazlamalarni to’shalganda barcha qavatdagi tuklar bir tomonga yo’nalgan bo’lishi kerak.

  5. Gazlama gullari ma’lum tomonga qaragan, katak va yo’l-yo’l gazlamalar to’shalayotganda barcha qavatlarda gazlama gulini bir tomonga yo’naltirib to’shash kerak.

  6. Artikullari bir xil gazlamalar birga to’shalganda oldin bitta artikuldagi gazlama, keyin boshka artikuldagi gazlama to’shaladi.

Gazlamalar asosan ikkita usulda to’shaladi:

  1. o’ngini-o’ngiga qaratib yalang qavat;

  2. o’ngini pastga qaratib yalang qavat (nuqsonli gazlamalarni bukib to’shash mumkin).

O’ngini o’ngiga qaratib yalang qavat to’shash usuli simmetrik juft detallardan iborat kiyimlarni bichishda ishlatiladi. Simmetrik detallari yo’q kiyimlarni bichishda gazlamani o’ngini pastga qatatib to’shash maqul. Bu usulda to’shamaning bir qavatidan kiyim barcha detallari bichib olinadi, bo’rlamada to’liq kamplekt andoza joylashtiriladi. O’ngini pastga qaratib to’shalganda juft detallarni joylashtirishda bittasi chap tomon uchun, ikkinchisi o’ng tomon uchun bichiladigan bo’lishi kerak. O’ngini o’ngiga qaratib to’shalganda to’shama ustki qavatiga yarim kamplekt andoza joylashtiriladi, chunki to’shamaning ikki ko’shni qavatidan bitta buyum chiqadi. Shuning uchun to’shama qavatlari juft bo’lishi zarur. Gazlama o’ngini pastga qaratib to’shalganda to’shama qavatlari juft eki tok bo’lishi mumkin. O’ngini o’ngiga qaratib to’shalganda andozalar zichroq joylashtiriladi, andozalar orasidagi chiqindi miqdori kamayadi, bo’rlama bajarilishi uchun vaqt ham tejaladi. O’ngini o’ngiga qatatib to’shalganda juft detallar aniqroq chiqadi,chunki ular birga bichiladi. O’ngini o’ngiga qaratib to’shash usuli afzalroq bo’lgani uchun korxonalarda gazlamalar to’shashni shu usuli keng qo’lanadi.
Tayyor kiyimda barcha detallarni gullari (katak, yo’l-yo’l gazlamalarda) bir-biriga to’g’ri kelishi kerak. Gazlamadagi yul-yul yoki katak guli to’shamaning barcha qavatlarida ustma-ust tushirilish kerak. Guli bir tomonga qaragan yoki tukli gazlamalarni to’shashda barcha detallardagi tuklar va guli bir tomonga qarab turishi lozim. Mayda gulli eki yo’nalishi aniq bo’lmagan gazlamalar sidirg’a gazlamalar to’shalgandek to’shaladi. Bitta to’shamada har xil artikulli gazlamalar to’shalsa, har qaysi artikuldagi gazlamaning eng ustki qavatida to’shama oxiriga eng yaqin joylashgan yirik detal ustiga gazlamaning artikuli bo’r yoki qalamda yozib qo’yiladi. Gazlama nuqsonli bo’lsa, nuqson bor joy chiqindi chiqadigan joyga tug’ri keltirilishi kerak. Agar nuqsoni bor qavatni to’shamada foydalanish iloji bo’lmasa, u aloxida yakka tarzda bichiladi.
Gazlamani ko’lda yoki mashina yordamida to’shash mumkin. Enli gazlamalar ko’lda to’shaladigan bo’lsa, ularni ikki kishi to’shaydi. Buning uchun avval gazlama to’pi maxsus moslamalarga o’rnatiladi. Gazlama uchining ikki burchagida ushlab, stol ustidan tortib, cheklovchi chiziqlargacha etkaziladi. Gazlama uchini cheklovchi chizg’ich bilan bostirib qo’yiladi. To’shama qavati tekislanadi, gazlama milki to’g’rilanadi, qavat oxiri maxsus keskich yordamida qirqiladi. Ensiz gazlamalarni bitta ishchi to’shash mumkin. Gazlamalarni to’shash ko’p kuch talab qiladi. Bundan tashqari ishchilar gazlamani qavatlarini har xil kuch bilan tortishadi, bu esa to’shama qavatlarini notekis cho’zilishiga sabab bo’ladi va bichiqlar sifatiga ta’sir etadi.
To’shamalarni to’shashda to’shovchilar ishini osonlashtirish uchun to’shash mashinalari ishlatiladi.
Mexanzatsiyalashtirilgan to’shash kompleksi MNK sektsiyali to’shamlarni ham bajaradi.
Sektsiyali to’shash usulini afzalligi shunda-ki, bitta to’pdagi gazlama to’liq to’shaladi, bunda to’pdagi gazlama bo’laklarga qirqilmaydi, bu esa gazlamani tejashga imkon beradi. Xozirgi vaqtda sektsiyali to’shash asosan ich kiyim va qo’shimcha gazlamalarni to’shashda qo’llaniladi.
Yarim avtomatik va avtomatik ishlaydigan mashnalardan foydalanib, mexanizatsiyalashtirilgan to’shash eng unumli va ishlov berish uchun qulay xisoblanadi. Avtomatlashtirilgan to’shash mashinalari Germaniya, SShA, Yaponiya, Frantsiya va boqa davlatlarda ishlab chiqilmoqda. Ularning to’shash tezligi gazlamaning cho’zilishi va to’shamaning uzunligiga qarab moslanadi. Ular quyidagilar bilan ta’minlangan:

  • gazlama to’plarini ko’tarish va yuklash qurilmala;

  • to’shash karetkasini avtomatik ko’tarish mexanizmi;

  • gazlama milkini tekislash va cho’zmasdan bir tekista to’shash qurilmasi;

  • to’shama oxirida gazlama qavatini avtomatik qirqish qurilmasi;

  • to’shash jarayonida gazlama enini va qavatlar sonini xisoblash qurilmasi;

  • to’shamaning kerak joyida maninani to’xtatish qurilmasi.

Ba’zi mashinalar to’qimachilik nuqsonlarini ko’rish va belgilash qurilmalari bilan ta’minlngan. Mashinalar gazlamalarni “ o’ngini-o’ngiga” va “ o’ngini pastga ” qaratib to’shashi mumkin. To’shash jarayoni EXM yordamida boshqariladi. Avtomatik to’shash mashinalari samarali, tejamli, ishonchli va oson boshqariladi.
Gazlamalarni mashinada to’shashni uzun stollarda bajarish maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki bunda stolning bir qismida to’shama bajarilsa boshqa qismida detallarni qirqib olish mumkin bo’ladi.
Tikuvchilik korxonalarida gazlamani ketma-ket, parallel va aralash usulida to’shash mumkin. Gazlamani ketma-ket to’shashda xisob kartasida ko’rsatilgan to’shamalar birin-ketin bajariladi, ya’ni avval bitta stolga mo’ljalangan to’shamani to’la bajarib, so’ng navbatdagi stollarga birin-ketin to’shaladi. Bu usulni afzalligi:
1.Bichiqchilik stolining satxidan ratsional foydalanish.
2.Xisob kartasida ko’rsatilgan boshqa to’shamalar tayer bo’lishi qutilmaydi, to’shab bo’lingan stoldagi to’shama qirqilaveriladi.
Ketma-ket usulni kamchiligi:

  1. Gazlama to’plarini bir necha marta olib o’ramidan ochish va yana o’rab qo’yishdan iborat. Bu esa katta kuch talab etadi.

  2. Parallel to’shash usuliga qaraganda, ketma-ket to’shash jarayoni cho’zilib ketadi.

Parallel to’shash usulida xisob kartasida ko’rsatilgan barcha to’shamalar baravar to’shaladi. To’shamalar barcha to’plar to’shab bo’lingandan keyin qirqiladi.
Parallel to’shashni afzalligi:

  1. Bir to’p gazlama to’liq tugaguncha to’shaladi.

  2. Gazlama sarfini optimal xisoblash va nuqsoni bor gazlamalarni ratsional ishlatish imkoniyati tug’uladi.

  3. Gazlamalarni rulonlarini to’shash uchun maksimal harakatlanadigan qurilmalardan foydalanilsa, to’shash sikli qisqaradi, mexnat unumdorligi ortadi.

Gazlamani parallel to’shashni kamchiligi:

  1. Bichiqchilik sexining satxi juda katta bo’lishi kerak.

Gazlamalarni aralash to’shash usuli shundan iboratki, unda xisob kartasida ko’rsatilgan 5-6 to’shamani ikki- uch stolda baravar to’shaladi. Ayrim korxonalarda to’shamani oldindan xisob kartasiga asosan qirqib olingan gazlamalardan to’shaladi. Gazlamanlar MRM mashinasida qirqiladi.
To’shama qavatlar uzunligida qirqilgan gazlamalar aravacha-konteynerlarda bichish sexiga olib kelinadi.
To’shama bajarilgandan so’ng uning sifati, ya’ni to’shamadagi qavatlar soni, to’shama qavatlarining milki bir tomondan tekislanganligi, tuki va guli bir tomonga qaraganligi, o’ngini o’ngiga qaratib to’shalgan katak va yo’l-yo’l gazlamalarning chiziqlari ustma ust tushganligi, to’shamaning eni va uzunligi tekshiriladi. So’ng to’shama ustki qavatida bo’rlama tayerlanadi. To’shama ustiga avvaldan gazlama yoki qog’ozda tayyorlanadigan bo’rlamani yoki traforetni joylashtirish mumkin. Traforetni teshiklari bo’ylab detal qirqimlarining izi bo’r bilan tushuriladi.
Xozirgi vaqtda loyixalashning avtomatlashtirilgan tizimi ( SAPR) keng qo’llanilmoqda. Uni qo’llash natijasida model konstruktsiyasini tuzish, modellashtirish, andozalar gradatsiyasi, andozalar joylashmasi va detallarni qirqib olish dasturlari tuziladi yoki joylashmalar qog’ozda tayyorlab beriladi.
Keyin to’shama tamg’alanadi. Bunda to’shamaning ustki qavatidagi har bir detalning ichiga to’shama tartib raqami, buyum o’lchami va bo’yi, buyum modeli yozilgan belgi qo’yiladi.
Tamg’ani qo’yidagicha bajarish mumkin:

  1. Bo’r bilan

  2. Oson yuviladigan bo’eq bilan tamg’a yordamida

  3. Kog’oz yoki gazlama laxtagini yopishtirish bilan yoki ip bilan biriktirish.

Qaysi bir usulni qo’lash turli sharoitga bog’liq. Bichiqlar uzoq vaqt saqlanmaydigan bo’lsa ular bo’r bilan tamg’alanadi. Qalin jun va ip gazlamalar oson yuviladigan bo’eq bilan tamg’alanadi. Bo’eq gazlama o’ngi tomoniga o’tmasligi kerak. Bichiqlar uzoq vaqtgacha saqlanadigan bo’lsa, ammo bo’eq bilan tamg’alash mumkin bo’lmasa, ular qog’oz yoki gazlama laxtagini yopishtirish yo’li bilan tamg’alanadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling