Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Mexnat predmetlarini uzatish uchun transport vositalarini tanlash


Download 1.83 Mb.
bet30/71
Sana22.12.2022
Hajmi1.83 Mb.
#1041774
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

Mexnat predmetlarini uzatish uchun transport vositalarini tanlash.

Oqimning tashkiliy-texnologik tuzilmasi deb uning bo’linishiga, ishchi o’rinlarini muayyan joylashtirilishi oldindan belgilangan va yarimfabrikatning harakatlanishi uchun transport vositalari ko’rsatilgan, mustaqil texnologik ixtisoslashtirilgan (TIU) va detallar bo’yicha ixtisoslashtirilgan uchastkalarga ( DIU), shuningdek tashkiliy-texnologik modullarga (TTM) aytiladi.
Oqimning tashkiliy-texnologik tuzilmasini shakllantirish oqim turini, uning ishlash shartlari va ishchi o’rinlarini joylashtirish usullarini qat’iy aniqlab beradi.
O’rta va katta quvvatli oqimlarida detallarni tayyorlash, buyumni yig’ish va pardozlash uchastkalari (seksiyalari) ajratiladi. Ular texnologik ixtisoslashtirilgan uchastkalari deyiladi (TIU).
Oqimni TIUga ajratish zaruriyati ularga xizmat ko’rsatishning mavjud me’yorlari tufayli kelib chiqqan bo’lib, ular sanoatda brigadir boshchiligidagi 10-15 kishini tashkil etadi. TIUni ajratish masalasini xal qilish oqimning tayyorlov, yig’uv va pardozlash chegaralari haqidagi ma’lumot asosida amalga oshiriladi. Oqimni texnologik belgi bo’yicha bo’lish chegaralarini o’rnatib, ko’rsatilgan chegaralarida ishchilar soni hisoblanadi va uni boshqarishning yuqorida keltirilgan me’yorlari bilan taqqoslab, TIUning ajralish zaruriyati aniqlanadi.
Agar TIUda ishchilar soni boshqaruvning me’yor chegaralaridan oshib ketsa, TIU 2,3... va x.k. ixtisoslashtirilgan uchastkalarga bo’linadi. Shu tariqa oqim 2-3 tayyorlash seksiyalari, 2-3 yig’ish (montaj) seksiyalari va x.k.larga ega bo’lishi mumkin.
Agar TIUda ishchilar soni boshqaruv me’yorlarining eng pastki chegarasidan kam bo’lsa, bunday operatsiyalar guruxini yonma-yon turgan boshqa operatsiyalar guruxi bilan birlashtirish masalasi ko’riladi. Masalan, tayyorlov-montaj seksiyasi yoki montaj- pardozlash seksiyasining hosil bo’lishi.
Oqimning detalga ishlov berish ixtisoslashtirilgan uchastkalarini ( DIU) shakllantirish oqim operatsiyalariga parallel ishlov berish mavjudligida amalga oshiriladi. DIUri oqimda bir nechta bo’lib, ular faqat tayyorlash seksiyasida ajratiladi. DIU da eng kam 3 ta ishchi bo’lishi mumkin.
Agar bu talab bajarilmasa, bunday operatsiyalar guruxini boshqa DIU bilan birlashtirish masalasi ko’riladi.
Tashkiliy-texnologik modullar (TTM) oqimlarda ajratilgan TIU va DIU larda shakllantiriladi qachonki, tashkiliy texnologik operatsiyalarda ishchilarni karraligi va ularga mos ish o’rinlarini joylashtirilishi mexnat predmetlarini ish joyidan keyingi ish joyiga beto’xtov o’tishini ta’minlab berolmasa. Bu holatda o’zaro bog’langan tashkiliy operatsiyalarini zanjiri uziladi va TIU va DIU bir nechta TTMlarga ajraladi. TTM da mexnat predmetlari faqat qo’lda suriladigan tashish vositalari qo’llaniladi.
Shunday qilib, tashkiliy- texnologik tuzilmasida tashkiliy-texnologik modullar(TTM) tashkiliy operatsiyalar orasida qo’lda suriladigan transport vositalarini qo’llangan holda hosil bo’ladi. Agar mexnat predmetlari tashish uchun mexanizatsiyalashtirilgan transport vositalari qo’llansa, TTMlar hosil bo’lmaydi. Bunda oqim tuzilmasi faqat TIU va DIU dan iborat bo’ladi. Ish o’rinlari transport vositasi bo’ylab o’rnatiladi.
Shunday qilib, oqimning tashkiliy- texnologik tuzilmasini shakllantirish vaqtida transport vositasi avval DIU va TIU lar uchun, so’ng umumiy oqim uchun tanlanadi. Transport vositalarini tanlash oqim tuzilmasini ishlab chiqish va ishchi o’rinlarini joylashtirish tartibini aniqlab bo’lgandan so’ng amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tanlangan transport vositasi ishlab chiqarish oqimining tizimini aniqlaydi.
Tanlangan transport vositasi nafaqat mexnat predmetlarini ish joyidan ish joyiga uzatishga xizmat qiladi, balki ishlab chiqarishni asosiy omili hisoblanib, tikuv buyumni ishlab chiqarish siklini qisqarishini ta’minlaydi.
Shuning uchun, ish joylar orasida mexnat predmetlarini tashish jarayonini tashkil qilish ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq. Bir tomondan- ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish shakli mexnat predmetlarini ish joyidan keyingi ish joyiga uzatish jarayonini tashkil qilishiga ta’sir etadi, ikkinchi tomondan- mexnat predmetlarini jarayon aro uzatishni tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilishga ta’sir etadi.
Transport vositalarini to’g’ri tanlash mexnat predmetlarini tashkiliy operatsiyalarni bajaradigan ishchilar orasida beto’xtov va bir ma’romda uzatilishini ta’minlaydi.
Mexnat predmetlarini uzatish usuliga qarab ular: qo’lda, mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatizatsiyalashtirilgan va avtomatlashgan (robotlashtirilgan ) turlariga bo’linadi. Umuman transport vositalari ko’tarib tashiydigan va tashiydigan turlariga bo’linadi. Tikuv sexida tashiydigan transport vositalari ishlatiladi.
Mexnat predmetlarini tashish uchun qo’llaniladigan transport vositalarini quyidagicha klassifikatsiyalashtiriladi:



13.3- rasm. Tashish vositalari klassifikatsiyasi

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling