Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik
Download 1.83 Mb.
|
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
10- AMALIY MASHG’ULOTI
MAVZU: Qo’shimcha assortiment hisoblash ISH MAZMUNI 1.Qо’shimcha assortiment tanlash va asosiy parametrlarini hisoblash. USLUBIY KO’RSATMA Sexning ixtisoslashtilishiga qarab qo’shimcha ishlab chiqarish oqimlari uchun tikuv buyumlar turlari tanlanadi. Bu oqimlarda ishlab chiqariladigan qo’shimcha tikuv buyumning sermexnatligi, oqimdagi ishchilar soni (asosiy oqimdagi ishchilar soniga teng bo’ladi) asosida oqimning quvvati va ishlash ma’romi hisoblandi. Qo’shimcha oqimning quvvati quyidagicha aniqlanadi: Bu yerda: Tq - qo’shimcha assortimentni tikishga sarflanadigan vaqt; Na – loyihalaniyotgan sexdagi qo’shimcha oqimdagi ishchilar soni. HISOBOTGA QO’YILGAN TALABLAR Ushbu amaliy mashg’ulotni rasmiylashtirilganda quyidagilarni berilishi lozim: Qo’shimcha assortiment tanlangan va uning parametrlari hisoblangan jadval. Tikuv sexining planida qo’shimcha assortimentni joylashtirilishi. TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR Qo’shimcha assortiment qanday tanlanadi? Qo’shimcha oqimdagi ishchilar qanday aniqlanadi? Qo’shimcha assortimentning jadvalida qanday ko’rsatkichlar kiradi? Tikuv sexida qo’shimcha assortiment qanday ko’rsatiladi? Qo’shimcha assortimentning asosiy ko’rsatkichlari qanday aniqlanadi? III. MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI Bakalavr talabalarining fanlardan mustaqil ishlarni bajarish tartibi. Mustaqil ishlarni bajarish va topshirish bo’yicha ushbu uslubiy ko’rsatmada talabalar bilimlarni mustaqil tarzda o’rganish va puxta o’zlashtirish, kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash, axborot manbaalari va manzillaridan samarali foydalanish, o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko’nikmalarni hosil qilish, elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash, Internet tarmog’idan maqsadli foydalanishni o’rganish, berilgan topshiriqning rasional yechimini belgilash, ma’lumotlar bazasini tahlil etish, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish, ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g’oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilishga tayyorlanish bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ladi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling