Milliy libos va san’at fakulteti 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi


Download 0.64 Mb.
bet11/18
Sana26.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1655590
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Xudoyor kurs ishi Iqtisod

Tarif tizimi asosiy elementlari
Tarif stavkalariga qo’shimcha to’lovlar va qo’shimcha ishni olib
borganlik, xizmat hududining kengayishi, ishdan keyingi vaqtlarda ishlaganlik dam
olish va bayram kunlari, ikkinchi va uchinchi smenalarda tungi vaqtlarda
ishlaganlik uchun ustama to’lovlar va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi bo’yicha 2000 yil 1 avgustidan
kuchga kiritilgan 23 razryadli yagona tarif setkasiga yaxshilab nazar solinsa,
ishlovchilar bir nechta guruhlarga bo’linganini ko’rish mumkin.
Nolinchi razryad bo’yicha maxsus bilim va malaka talab qilinmaydigan
mehnat bajaruvchilariga haq to’lanadi (qorovullar, farroshlar, va h.z.).
Birinchi razryaddan sakkizinchi razryadgacha xalq xo’jaligining barcha
tarmoqlaridagi ishchi kasblari hamda o’rta maxsus ma‘lumotli mutaxassislar va
texnik ishlovchilarning ayrim toifalari kiradi.
Oliy ma‘lumotli turli malakali mutaxassislar 8-15 razryadlarga kiritilgan.
O’rta bo’g’in boshqaruv rahbarlari: bo’lim va sex boshliqlari, etakchi
mutaxassislar 10-16 razryadlarga kiritilgan.
Korxonalar, trestlar, birlashmalar, assotsiatsiyalar, konsepsiyalar, idoralar
va vazirliklar rahbarlari 14-19 razryadlar bo’yicha joylashadilar.
Mehnat haq to’lash tizimi va shakllari ish haqi miqdori bilan mehnat sifati
va miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni belgilaydi va korxonada ishlab chiqarishning
tashkil etilishi sharoitlari, mehnat natijalariga bog’liq holda haq to’lash tartibini
o’rnatadi9.
Hozirgi vaqtda sanoatda mehnatga haq to’lashning vaqtbay va ishlay
shakllaridan foydalaniladi. Bu shakllarning har bir sarflangan mehnatning miqdori
sifatiga qarab haq to’lash imkonini beradigan ko’rinishlarga ega.
Ko’pgina sanoat korxonalarida ishbay ish haqi keng qo’llaniladi. Mehnatga
haq to’lashning ishbay shaklida ishchining ish haqi ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdori va sifatiga bog’liq holda hamda bu mahsulotga haq to’lash me‘yori
(rassenka) asosida hisoblanadi.
Ish haqi to’lashning ushbu shaklini quyidagi hollarda qo’llash maqsadga
muvofiqdir:
 biror-bir ishchi yoki brigadaga bog’liq bo’lgan ishning miqdor
ko’rsatkichlari mavjud bo’lsa;
 ishchilarda bajariladigan ish hajmini yoki mahsulot ishlab chiqarish
hajmini ko’paytirish imkoniyati mavjud bo’lsa;
 muayyan bo’linmada mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish
zaruriyati tug’ilganda;
 bajariladigan ish hajmini (miqdorini) aniq hisoblash imkoniyati
mavjud bo’lganda;
 texnik asoslangan mehnat me‘yorlari qo’llanilganda.
Mehnatga haq to’lashning ishboy shakli xususiyatlariga ko’ra quyidagilarga
ajratiladi:
 ish bajarish rassenkalarining aniqlanishi (bevosita, bilvosita, progressiv,akkord va pudrat);]
 ishchilar bilan hisob-kitob qilinishi (yakka tartibda va jamoa bilan);
 moddiy rag’batlantirish (mukofat to’lovlari bilan yoki ularsiz).
Bevosita (to’g’ridan–to’g’ri) yakka tartibda ish haqi to’lash tizimida
ishchining ish haqi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Зишб.  Qi Pi ; (7.10)
bu yerda :
Qi - ishlab chiqarilgan i- turdagi mahsulot miqdori,natural birliklarda;
Pi -bir birlik I - turdagi mahsulot ishlab chiqarishga to’lanadigan ish haqi (rassenka), so’m/natural birlik.
Bajarilgan ish yoki mahsulot birligi uchun ish bahosi (rassenka) quyidagicha
hisoblanadi:
R =Ни ч Тст/; (7.11)
Bu yerda , Tst-tarif stavkasi, so’m/soat;
Ni/ch –mahsulot vaqt birligida ishlab chiqarish me‘yori, dona/soat.
Mehnatga haq to’lashning bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) jamoaga ishbay haq
to‘lash
tizimida ishchilarning ish haqlari jamoa amalda ishlab chiqargan mahsulot
yoki bajarilgan ish hajmiga uzviy bog’liq. Jamoa mehnatiga haq to’lashni tashkil
etish quyidagilar bilan yakka tartibli ish haqi to’lash tizimidan farq qiladi:
1. Ish butun brigada uchun vaqt me‘yori va ishlab chiqarish me‘yori
belgilangan naryad bo’yicha bajarilishi;
2. Brigada har bir a‘zosining ish haqi brigadadagi har bir ishchi ishining
natijasiga bog’liqligi;
3. Haq to’lash brigada rassenkasi bilan amalga oshirilishi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay-mukofoti tizimida ishchi mehnatga
belgilangan sifat ko’rsatkichlarini bajargani yoki oshirib bajargani uchun mukofot
oladi. Masalan, sanoatda ishlab chiqarishning mas‘uliyatli bo’g’inlarida ishlovchi
ishbay ishchilarga ishlab chiqarish rejasini bajargani va rejaning oshirib bajarilgan
har bir foizi uchun mukofot belgilanishi mumkin. Bu holda ishbay-mukofot ish
haqi quyidagi formula bilan hisoblanadi:

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling