Milliy libos va san’at fakulteti 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi
Download 0.64 Mb.
|
Xudoyor kurs ishi Iqtisod
Zvaqt = Tst x Q soat,
bu yerda , Tst – razryadga mos keluvchi soatlik (kunlik) tarifstavkasi, so’m; Q soat, - haqiqatda ishlangan vaqt, soat (kun). Mukofotli-vaqtbay ish haqi to’lash tizimida ishga haq to’lash formulasi quyidagicha: Z vaqt. M. = Tst x Q soat x (1 + )100Р К П; bu yerda , R - belgilangan ko’rsatkichlarni bajarganlik uchun tarif stavkasiga nisbatan mukofot miqdori, %; K– belgilangan ko’rsatkichlarni mukofotlash shartlarini har bir ortiqcha bajarilgan foizi uchun mukofot miqdori, %; P-belgilangan ko’rsatkichlarni va mukofotlash sharoitlarini ortig’i bilan bajarganlik foizi. Shtat maosh (oklad) tizimi bo’yicha muxandis-texnik xodimlar va xizmatchilar mehnatiga haq to’langanda asosiy muvofiqlashtiruvchi hujjat bo’lib shtat jadvali hisoblanadi. Unda korxona, asosiy va yordamchi sexlar, ombor va transport xo’jaligi va boshqa bo’linmalarning barcha mansablari hamda ularga tegishli maoshlari ko’rsatiladi. Muxandis-texnik xodimlar va xizmatchilarning mansab maoshlari tarmoqda tasdiqlangan mansab maoshlarining yagona sxemasi bo’yicha belgilanadi. Paxta tozalash korxonasida mehnatga haq to’lash uchun mansab maoshlarning bir qator sxemalarida mavjud. Masalan, raxbarlar va muxandistexnik xodimlar; chiziqli boshqaruv xodimlari; xizmatchilar va kichik xizmat ko’rsatuvchi personal va boshqa xodimlar shular jumlasidandir. Ustalar mehnatiga haq to’lash bo’linmada tayyorlanadigan mahsulot murakkabligiga bog’liq holda tabaqalashtiriladi. Bo’linmalar uch guruhga ajratilgan va shunga mos holda maoshlarning uch xil darajasi belgilangan: I. O’ta murakkab mahsulot ishlab chiqaradigan bo’linmalar; II . Murakkab mahsulot ishlab chiqaradigan bo’linmalar; III. Boshqa buyumlar ishlab chiqaradigan bo’linmalar. Ma‘muriyat buyrug’i bo’yicha belgilangan ish kunida (smenasidan) ortiqcha ishlangan vaqt uchun ishchi qo’shimcha pul bilan taqdirlanadi. Bu rag’batlantirish miqdori dastlabki ikki soat uchun tarif stavkasiningt 50% iga, keyingi soatlar uchun 100% iga teng bo’ladi. Dam olish kunlarida bajariladigan ishlar pul bilan qoplanish mumkin emas. Buning uchun ishchi yaqin ikki xafta ichida dam olishi shart. Bayram kunlarida bajariladigan ishlar vaqtbay ishchilar va xizmatchilarga tarif stavkasi bo’yicha ikki baravar, ishbay ishchilarga esa ishbay rassenkasi bo’yicha ikki barobar miqdorida to’lanishi shart. Kasaba uyushmasi bekor turib qolishlarga haq to’lash uchun uning sabablarini aniqlaydi va va u uch xil bo’ladi: ishchi aybi bilan, ma‘muriyat aybi bilan va yangi ishlab chiqarishni o’zlashtirish vaqtida ishchining aybi bilan bekor turib qolinganda haq to’lanmaydi. Ma‘muriyat aybi bilan bekor turib qolinganda ishchiga uning vaqtbay tarif stavkasining 50% miqdorida haq to’lanadi. YAngi ishlab chiqarishni o’zlashtirish vaqtidagi ishchilarga bog’liq bo’lmagan bekor turib qolishlar vaqtbay tarif stavkasining 100% miqdorida haq to’lanadi. Malakali ishchilardan kam malakali ishlarda foydalanilganda ularga razryadlar orasidagi farq qo’shimcha to’lanadi. Zararli ish sharoitlarda ishlaydiganlar uchun hma qo’shimcha haq to’lanadi. Masalan, paxta tozalash korxonalarida paxtani pnevmoquvurga uzatish, siklon va urug’lik chigitini dorilash bo’linmalarida ishlovchi ishchilarga tarif stavkasiga qo’shimcha 24%:, paxtani quritish tozalash sexi va tozalash sexi ishchilariga 16%, qolgan kasblarda 8% gacha qo’shimcha haq to’lanadi11. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling