Milliy libos va san’at fakulteti 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi
Sanoat korxonalari mehnat resurslari
Download 0.64 Mb.
|
Xudoyor kurs ishi Iqtisod
Sanoat korxonalari mehnat resurslari
Sanoat korxonalari to’g’ridan- to’g’ri moddiy ne‘matlar yaratish jarayonidan ishtirok etuvchi mehnat resurslari bilan birgalikda asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatuvchi va boshqa vazifalarni bajaruvchi mehnat resurslariga ham egadir5. Paxta tozalash sanoati xodimlari quyidagi ikki yirik guruhga ajratiladi: - sanoat ishlab chiqarish personali; - nosanoat ishlab chiqarish personali Sanoat ishlab chiqarish personala tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga ishtirok etadigan barcha shaxslar kiritiladi. Asosiy faoliyatdan tashqari faoliyat bilan shug’ullanuvchilar nosanoat ishlab chiqarish personali tarkibiga kiritiladi. Sanoat ishlab chiqarish personali o’z navbatida quyidagi toifalarga ajratiladi: ishchilar, o’quvchilar, muxandis- texnik xodimlar va xizmatchilar; kichik xizmat ko’rsatuvchi personal; qo’riqlash va yong’indan muhofaza qilish xodimlari. Ishchilarga bevosita moddiy qiymatlarni yaratuvchilar, asosiy vositalarni ta‘mirlovchilar, yuk tashuvchilar, moddiy xizmat ko’rsatuvchilar kiradi.O’z navbatida ishchilar ham asosiy va yordamchi ishchilarga bo’linadi. SHuningdek, bajaradigan ishining tavsifiga qarab ishchilar quyidagi to’rttga asosiy guruhga bo’linadi: mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonida mehnat qurollari yordamida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar; mehnat predmetlari va tayyor mahsulotlarni tashish, saqlash bilan shug’ullanuvchilar; asosiy fondlarni tiklash bilan shug’ullanuvchi; ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot sifatini nazorat qiluvchilar. Birinchi guruhga kiruvchilar asosiy ishchilar, qolganlari esa yordamga ishchilar sanaladi. O’quvchilarga korxonada shogirdga tushgan brigada usulida o’qidiganlar kiradi. Rahbarlar, muxandis – texnik xodimlar xizmatchilar guruhiga kiritiladi. Rahbarlar jumlasiga paxta tozalash korxonasidagi barcha mansab lovozimlarni egallab turgan xodimlar va ularning o’rinbosarlari kiritiladi, xususan: jamiyat raisi, bo’lim boshliqlari, bosh mutaxasislar (bosh hisobchi, bosh muxandis, bosh mexanik, bosh texnolog , bosh iqtisodchi va boshqalar). Mutaxassislar jumlasiga texnik-muxandislik, iqtisodiyot, buxgalteriya, huquqiy va boshqa yo’nalishlar bo’yicha faoliyat yurituvchi xodimlar kiritiladi. Jamoaning ishlab chiqarish va maishiy zaruriyatlarini qoniqtirishda faoliyat yurituvchilar kichik ishlab chiqarish personali hisoblanadi. Paxta tozalash korxonasi sanoat ishlab chiqarish personali tarkibiga asosiy ishlab chiqarish, xizmatchi ko’rsatuvchi va yordamchi bo’limlar (sexlar) ishchilari, tashqi paxta tayyorlash maskanlaridan paxtani qabul qilib olish va uni zavodga etkazib berish bilan shug’ullanuvchi ishchilar, shuningdek korxonalarni boshqarish va uning ishlab chiqarishiga xizmat ko’rsatish xodimlari kiradi. Paxta tozalash korxonasi nosanoat personali tarkibiga tayyorlov tizimi ishlovchilari (quritish-tozalash sexi bilan birgalikda), uy-joy kommunal xo’jaligi, bolalar bog’chasi va shu kabi boshqa xo’jaliklar xodimlari kiritiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling