Milliy libos va san’at fakulteti 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi
Download 0.64 Mb.
|
Xudoyor kurs ishi Iqtisod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish haqi fondi
Dm =F N
bunda, Dm- qo’shimcha daromat; F-qo’shimcha foyda, N-qo’shimcha mehnat. Oldingi misolga qaytsak, qo’shimcha ishga olingan 20 kishi yaratgan mahsulot 2 mln so’m bo’lsa, unga ketgan xarajat 1 mln. 400ming so’m, shundan 1 mln. so’m qo’shimcha ish haqi sarfi deb olamiz. Bunda foyda 600 ming so’m. Demak, korxona ish haqiga 1ming so’m sarflab 600 ming so’m foyda ko’rgan.Bunda: Dm =F N = 0,61000600 ming so’m emak, qo’shimcha ish kuchini yollab ishlatish bir so’m ish haqi sarfiga 0,6 so’m foyda keltirdi, vaholanki oldin yollangan ishchilar mehnat 1 so’m sarfiga 0,5 so’m foyda bergani uchun qo’shimcha mehnatni jalb etish uchun qulay bo’lgan, chunki 0,6 > 0,5. Agar qo’shimcha mehnat 0,4 so’m bersa, qo’shimcha ishchi kuchini jalb etish qulay emas, chunki 0,4 > 0,5 bo’ladi. Foydani maksimallashtirish qoidasi ishlovchilar sonini keragidan ortib ortib ketishiga yo’l qo’ymaslikni talab qiladi. Bevosita paxta tozalash korxonasining o’zida mehnatga haq to’lashning tashkil etilishi quyidagi asosiy elementlardan iborat: ish haqi fondining shakllanishi; mehnatni me‘yorlashtirish; tarif tizimini belgilash; ish haqi tizimi va shaklini belgilash. Ish haqi fondi moliyaviy mablag’ bo’lib, ish haqi berish, ijtimoiy tavsifdagi to’lovlarni to’lashga sarflanadi8. Mehnatni me‘yorlashtirish ish sifatini va ishchining korxona faoliyatining umumiy natijalariga qo’shayotgan hissasi hisobga olinishiga imkon yaratadi. Tarif tizimi mehnat haqi tabaqalantirilishining bosh quroli hisoblanadi. Ushbu tizim orqali mehnatning murakkabligini va bajarilish sharoitlarini hisobga olgan holda turli mehnat ko’rinishlari o’lchanadi. Tarif tizimi quyidagi asosiy elementlardan iborat. Tarif setkalari - korxona taalluqli bo’lgan tarmoq va ish razryadlarini hisobga olgan holda mehnatga haq to’lashni tabaqalashtirishni belgilaydi. Tarif stavkalari – vaqt birligi (kun, soat) ichida bajarilgan oddiy ishga (nolinchi razryadli) to’lanadigan ish haqining absolyut o’lchamini belgilaydi; Ish haqining hududiy koeffitsientlari tabiiy iqlim sharoitlarida (hududlarda) hayot kechirish farqlarini kompensatsiyalaydi; Tarif-malaka yo’riqnomasi –bu sanoatda bajariladigan ishlar tavsifi ro’yxatini hamda ishchining ma‘lum bir ishni bajarishda unga qo’yiladigan talabi majmuasidir. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling