4.MEHNAT UNUMDORLIGI VA UNI OSHIRISH OMILLARI.
Mehnat unumdorligi ma‘lum vaqt oralig’ida (soat, kun, oy, yil) kishi boshiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini bildiradi. Natija qanday ko’rsatkichlar bo’lishi mumkin? Paxtatozalash sanoatida u tovar mahsuloti hajmi bilan ifodalanadi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar uchun sotilgan mahsulot hajmi ham muhimdir. Shu jihatdan ko’p hollarda sotilgan mahsulot hajmi olinadi. Mehnat potensialining natijaviyligi (mehnat unumdorligi) quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Mu =Мп Q yoki Mu =Q Ч
Ko’rsatkichning birinchisi 1 so’m mehnat potensialiga qancha so’m
miqdorida natija (mahsulot) to’g’ri kelganligini ifodalasa, ikkinchisi har bir sanoat ishlab chiqarish personali tomonidan qancha mahsulot ishlab chiqarilganlikni
ifodalaydi
Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi
Ishlab chiqarish faoliyati va mahsulot hajmini ko’rsatuvchi barcha
ko’rsatkichlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: natural, shartli-natural, mehnat va
qiymat.
Ishlab chiqarish hajmini to’laqonlik aks ettiradigan ko’rsatkich bu natural
holatdagi ko’rsatkichdir. SHu bilan birga bu ko’rsatkich ham mehnat
unumdorligini hisoblashda real holatda kamchiliklarga yo’l qo’yadi. Bu
ko’rsatkich bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar uchun qo’llaniladi,
(masalan, ko’mir, g’isht ishlab chiqarishda).
Korxonalar faoliyatini umumlashtiruvchi birdan bir usul bu qiymat usulidir.
Bu usulning afzallik tomoni mahsulotni hisobga olishda oddiyligidir. SHu boisdan, mehnat unumdorligini tarmoq miqyosida hisoblashda qiymat usulidan
foydalaniladi12.
Mehnat shaklida - har bir mahsulot birligi uchun kishi-soat hisobida qancha
mehnat sarflanganligini ko’rsatadi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, bu usul
bilan mehnat unumdorligi ko’rsatkchini korxona bo’yicha umuman va ayrim
sexlar, bo’limlar, alohida jarayonlar, smenalar hamda brigadalar bo’yicha aniqlash
mumkin.
Mehnat unumdorlishigi rejalashtirish va hisobga olishda, odatda, ikki xil
ko’rsatkichdan foydalaniladi: ish vaqti birligida mahsulot ishlab chiqarish va
mahsulotning ko’p mehnat talabligi.
Mahsulotning ko’p mehnat talablik ko’rsatkichi quyidagi formula bilan
hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |