Milliy libos va san’at fakulteti 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi
Download 0.64 Mb.
|
Xudoyor kurs ishi Iqtisod
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga loyiqdir. MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdoiqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu albatta, mamlakatimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlarning mahsulidir. O`zbekiston o`z taraqqiyot yo`lidan dadil borar ekan, xorijiy davlatlar bilan, xususan, MDH mamlakatlari bilan o`zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston Republikasi tashqi siyosatida MDH mamlakatlarining o`rni haqida quyidagi fikrlarni bildirishimiz mumkin: - Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi. - O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi. - O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda MDH mamlakatlari bilan keng ko`lamli hamkorlikni yo`lga qo`ydi. - O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarning muhim jihati – iqtisodiy yo`nalishdagi hamkorlik hisoblanadi; - O`zbekiston xalq xo`jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi: - Hamkorlikning ikkinchi davri (2000-2019-yillar)da iqtisodiy aloqalarning o`sishi kuzatildi. - O`zbekistondan MDH davlatlariga asosan xom ashyo resurslari va tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinmoqda; - O`zbekistonga MDH davlatlaridan asosan tayyor mahsulotlar import qilinmoqda; - O`zbekiston va MDH mamlakatlar bilan neft-gaz sohasidagi hamkorlik istiqbolli yo`nalishlardan hisoblanadi. Bu borada MDH mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq. - O`zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalari tahlili shuni ko`rsatdiki, O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatimiz sanoat korxonalarini texnik jihatda modernizarsiya qilish bo`yicha yangi loyihalarni amalga oshirish lozim; Xullas, boshqa sohalar bilan bir qatorda, O`zbekistonda yuqori xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish va uning turlarini kengaytirish, birinchi navbatda to`qimachilik sanoati, elektromaishiy texnika, mashinasozlik va aviasozlik sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda o`zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zarur. 2000-yildan 2019-yilga qadar o`zaro tovar ayirboshlash hajmi o`sishi kuzatildi. Demak, savdo aylanma hajmi yildan-yilga o`sib, yanada barqaror tus olmoqda. O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar ko`lami MDH mamlakatlari ichida eng yuqoriligi qayd etildi: savdo aylanmasi 2000-yilda 100 mln AQSH dollarini tashkil qilgan bo`lsa, 2019-yilga kelib 6,6 mlrd AQSH dollariga yetdi. Bu O`zbekiston va Rossiya o`rtasida savdo aylanmasi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganini bildiradi. Ko`rinib turibdiki, MDH mamlakatlari bilan hamkorlik mustahkamlanish bilan bir qatorda, iqtisodiy yo`nalishdagi sheriklik yildan-yilga o`sib bormoqda. Shuningdek, O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. O`zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida MDHning yetakchi davlatlari – Rossiya, Ukraina, Belarussiya bilan manfaatli hamkorlikaloqalarini o`rnatdi. Ushbu aloqalar bir necha bosqichlarni bosib o`tib, uning dastlabki bosqichlarida (1992-1999-yillar) mamlakatlar o`rtasida hamkorlikning huquqiy asoslari shakllandi va bu holat keyingi bosqichda iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishiga asos bo`lib xizmat qilmoqda. 2. O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarni tahlil qilishda iqtisodiy hamkorlik davlatlararo aloqalardagi ustuvor yo`nalish ekanligi va bu aloqalar ikkinchi bosqichda (2000-2019-yillar) jadal rivojlangani aniqlandi. 3. O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar bundan keyin ham rivojlanishda davom etadi. Chunki mazkur davlatlar iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishdan birday manfaador. Bugungi kunda O`zbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: O`zbekiston va MDH mamlakatlari uchun manfaatli bo`lgan yuqori samarali ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo`llabquvvatlash va ularni rag`batlantirish; MDH mamlakatlari investorlarini to`laqonli axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari, iqtisodiy tahlil, xom-ashyo va mehnat salohiyati to`g`risida ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun har bir hudud bo`yicha viloyatlarning investitsiya salohiyati bo`yicha veb-sayt tashkil etish, shuningdek, investitsiyaga oid konferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar ko`lamini yanada kengaytirish; Aloqalarning rivoji, iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati bo`yicha o`quvchi-yoshlarda kengroq tasavvur hosil qilish uchun viloyatlar hududidagi qo`shma korxonalarga (O`zbekiston-Rossiya, O`zbekiston-Qozog’iston, O`zbekiston- Belarussiya) sayohat va ekskursiyalar tashkil etish; Bu kabi tadbirlar O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar davomiyligini va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi, deb hisoblayman. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling