Milliy libos va san’at fakulteti 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi


Download 0.64 Mb.
bet5/18
Sana26.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1655590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Xudoyor kurs ishi Iqtisod

Kurs ishining maqsadi paxtani mayda iflоsliklardan tоzalashda vertikal ishchi kameraga jоylashgan qiya pоg’оnali tebranuvchi to’rli yuzali mashina yaratib, uni to’rli sirtlardan fоydlangan hоlda eng оptimal harakatini tоpish va uning sanоat-tajriba nushasini sinоvdan o’tkazish. Bundan tashqari qurilmada paxtaning to’rli yuzadagi tebranma harakatini samarali ishlashini ta`minlaydigan texnоlоgik o’lchamlar aniqlanadi.
Kurs ishining obyekti: Tozalash jarayonida ish unumdorligi yuqori bo'lgan asbob uskunalarni ishlab chiqarishga joriy etishning iqtisodiy samaradorligini takomillashtirish omillari va usullari.
Kurs ishining predmeti: Tozalash jarayonida ish unumdorligi yuqori bo'lgan asbob uskunalarni ishlab chiqarishga joriy etishning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 4 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
ASOSIY QISM
1. YENGIL SANOAT KORXONALARIDA TOZALASH JARAYONLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Tozalash jarayonining maqsadi - tolali aralashma tarkibidan yumshoq va
qattiq nuqsonlarni ajratib, tolalarni tarashga tayyorlashdan iboratdir.
Tozalash jarayonining mohiyati - tola bo‘lakchalarini zarbiy ta’sirlar
natijasida yanada mayda bo‘lakchalarga ajratib, nuqson bilan tolani ilashish
kuchini kamaytirish orqali nuqsonlarni oson ajralishini ta’minlashdan iboratdir.
Tozalash usullari
Tolali aralashmalarni tozalashda mexanik, aerodinamik va elektrop nevmomexanik usullar samarali ishlatilmoqda.
Mexanik tozalash usulida erkin va qisilgan holatda harakatlanayotgan
tolalar mahsulot ishchi organlarning zarbiy ta’sirida mayda bo‘lakchalarga ajratilib
tozalanadi3.
Aerodinamik tozalash usulida havo oqimi yo‘nalishidagi tolalarning
harakat traektoriyasini keskin o‘zgartirish orqali ularning tarkibidan nuqsonlarni
inersiya kuchlari ta’sirida ajralishi amalga oshiriladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling