Milliy libos va san’at fakulteti 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi


PAXTA TOZALASH, TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT KORXONALARIDA MEHNATGA HAQ TO’LASHNI TASHKIL QILISH


Download 0.64 Mb.
bet9/18
Sana26.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1655590
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Xudoyor kurs ishi Iqtisod

3. PAXTA TOZALASH, TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT KORXONALARIDA MEHNATGA HAQ TO’LASHNI TASHKIL QILISH
Iqtisodiy jihatdan olganda mehnatga haq to’lash ishchi kuchining doimiy,
butun mehnat faoliyati davomida takror ishlab chiqarilitshi uchun zarur bo’lgan
sarf-xarajatlarni ifodalaydi.
Mehnatga haq to’lash ijtimoiy-iqtisodiy tushuncha sifatida uning xodim va
ish beruvchi uchun ahamiyatini hisobga olgan holda olib qaralishini talab qiladi.
Xodim uchun mehnat haqi uning shaxsiy daromadidagi bosh va asosiy manba,
uning va oilasining farovonligini ta‘minlash va yuksaltirish vositasi bo’lib
hisoblanadi.
Ish beruvchi nuqtai nazaridan xodimlarning ish haqi – bu ishchining jalb
qilingan yollanma ishchi kuchidan foydalanishga sarflaydigan mablag’i bo’lib, bu
159 ishlab chiqariladigan tovar va xizmat tannarxidagi xarajatning asosiy bandini
tashkil etadi
Mehnatga haq to’lashning iqtisodiy mazmuni
Mehnat haqini muqobil muvofiqlashtirish xodimdan chiquvchi mehnat
taklifi va ish beruvchining mehnatga bo’lgan talabi o’rtasida har ikki tomonga
maqbul asosdagi muvofiqlikka erishishga yordam beruvchi shart-sharoitini yaratish
maqsadiga egadir.
Bunday vazifani bajarish tajribasi mehnat bozorida narxning shakllanish
mexanizmini va shunga bog’liq ravishda bozor munosabatlarini o’rganishga
tayanilgandagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Bu esa bozordagi maxsus tovarishchi kuchi narxiga bog’liq ikki tushuncha ish kuchi narxi va mehnat narxini
farqlashni shart qilib qo’yadi6.
Ish kuchi narxi uning qiymatining mehnat bozorida talab va taklif o’rtasida
hosil bo’lgan munosabatni hisobga olgan holda ishchi kuchini qayta tiklashga
kerakli hujjatlarning puldagi ifodasidir.
Mehnat narxi iqtisodiy tushuncha sifatida mehnatning har xil miqdorini pulga
ifodalash, xodim tomonidan amalga oshirilayotgan kundalik mehnat miqdorini
uning to’lovini bilan solishtirish imkonini beradi.
Paxta tozalash korxonalarida ish xaqining umumiy darajasi quyidagi asosiy
omillarga bog’liqdir7;
 korxonada ishlab chiqariladigan paxtachilik mahsulotlari sifati va
xodim bajaradigan ish sifatiga;
 paxta tozalash korxonasining xo’jalik yuritish faoliyatining natijaviy
ko’rsatgichlariga;
 hududdagi ishsizlik darajasiga;
 korxonaning xodimlar bilan ishlash siyosatiga;
 kasaba uyushmalari, raqobatchilar va hukumat ta‘siriga;
 korxonaning jamiyat bilan munosabatlar sohasida olib borayotgan
siyosatiga va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan korxonalarning
aksariyatida mehnatga haq to’lash quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
 ish sifati va miqdoriga qarab haq to’lash;
ishchining malakasiga, ish sharoitiga, korxonaning qaysi tarmoqqa taalluqli
ekanligiga bog’liq holda ish haqini tabaqalashtirish;
 real ish haqining muntazam oshib borish, ya‘ni naminal ish haqi miqdori
o’sish sur‘atining inflyasiyadan oldinda borishi;
 mehnat unumdorligi o’sish su‘ratining o’rtacha ish haqining o’sish
su‘ratidan oldinda borishi.
Ish haqi ish natijasiga qarab beriladi va uch qismdan iborat bo’ladi; a) asosiy
ish haqi; b) mukofatlar; v) ish vaqtidan so’ng (ishdan keyin, dam olish va bayram
kunlari) bajariladigan ish uchun beriladigan ustama pul to’lovlari.
Mehnat yaratgan tovar yaxshi sotilsa, uning o’ziga bo’lgan talab ham oshadi.
Ammo, mehnatga talab bundan tashqari ish haqqiga ham bog’liq bo’ladi. Ish haqi
esa o’z navbatida mehnatning me‘yoriy unumdorligi bilan belgilanadi. Me‘yoriy unumdorlik qo’shimcha jalb etilgan mehnat keltirgan unumdorlikdir. Uni quyidagi
formula orqali hisoblash mumkin:
Um =Q N
bu yyerda , Um -me‘yoriy unumdorlik,
 Q- mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi;
 N - mehnat miqdorining o’sishi.
Masalan, paxta tozalash korxonasi qo’shimcha 20 kishini ishga oldi, ular
qo’shimcha 2 mln so’mlik mahsulot yaratgan deb, faraz qilaylik, bu holda
me‘yoriy unumdorlik quydagicha bo’ladi:

Um = 2000000 = 100000 so’m. 20

(7.7)

Demak, har bir qo’shimcha ishga olingan ishchi 100 ming so’mlik
qo’shimcha mahsulot bergan bo’ladi. Ammo, paxta tozalash korxonasini
qo’shimcha mehnatning o’zi emas, balki u keltirgan qo’shimcha daromad
qiziqtiradi. SHu boisdan, qo’shimcha mehnat yaxshi daromad keltirmasa,
ishlovchilar soni ko’paytirilmaydi.
Qo’shimcha (me‘yoriy) daromad quyidagicha hisoblanadi:

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling