Milliy ma`naviyat nazariyasining shakllantirishdag davlat rahbarining o'rni va roli


Download 35.98 Kb.
bet1/2
Sana02.11.2023
Hajmi35.98 Kb.
#1740332
  1   2
Bog'liq
Milliy ma`naviyat nazariyasining shakllantirishdag davlat rahbar-www.hozir.org


Milliy ma`naviyat nazariyasining shakllantirishdag davlat rahbarining o'rni va roli

MILLIY MA`NAVIYAT NAZARIYASINING SHAKLLANTIRISHDAG DAVLAT RAHBARINING O'RNI VA ROLI


I BOB Milliy mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi

1.1 Milliy ma`naviyat nazariyasining davlat rahbarining o'rni


1.2 O’zbekistonning siyosiy va iqtisodiy rivojida xalq ma’naviyatini yuksaltirishning ahamiyati
II BOB Hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy
2.1 Mustaqillik ma`suliyati milliy mustaqillik sharoitida ma`naviyat
2.2 Shaxs va millat ma`naviy takomilligining uyg’unligi
Xulosa
Adabiyotlar
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga binoan huquq fanini o'qitishda o‘tkazilayotgan islohotlar. Umumiy o‘rta ta'lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlar uchun yaratilgan Davlat Ta’lim Standard, dasturlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida va ungacha umum o‘rta ta’lim. O‘rta Maxsus ta’lim tizimida huquq fanining mazmun va mohiyati.
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq o‘qitish metodikasining predmeti va uning vazifalari. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o'rtasidagi aloqalar. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bogliqligi.
Fanni o‘qitishdan maqsad: Milliy g‘oyani odamlar ongiga singdirish va uni e’tiqodga aylantirishning samarali usullarini ishlab chiqish fanning maqsadidir.
Ma’naviyat asoslarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari. metodlari. vositalari, dars va uning turlari va tuzilishini o‘rgatish;
Fanni o‘qitishdan maqsad o‘rta maxsus ta’lim tizimida o'qitiladigan Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari faning maqsadini, ta’lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, metod va usullarini o‘quvchilarga Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslaridan puxta bilim berish, ularni milliy g'oyasi ruhida tarbiyalash va kamol toptirishda hamda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari o'qitishning eng muhim vositalarini belgilashga mos bilim, ko‘nikma va shakllantirishdir.
Fanning vazifasi talabalar ta’lim va tarbiya jarayonihi tashkil etish, ta'lim jarayoning samaradorligini oshirish, zamon talablari, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanini o'qitishga bo'lgan munosabatlarni shakllafitirishdan iborat.
Talabalarga maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'qitiladigan Milliy g‘oya fanini o‘qitish metodlarini o‘rgatish;
o'quvchilar ongida milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasini shakllantirish;
¬talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash metodlarini o‘rgatish;
milliy g'oya bo‘yicha darsni tashkil etish, dars va uni turlarini ajratish, darsda turli xil manbalardan. vositalardan foydalanish usullarini o'rgatish asosiy vazifa hisoblanadi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan
«Ma’naviyat asoslari» ni o‘qitish metodlarini o'rgatish;
Talaba-o‘quvchilar ongida ma’naviy yuksalish tushunchasini shakllantirish va har tomonlama etuk fuqaroni tarbiyalash;
Fan bo'yicha talabalarning bilimi, ko'nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
“Milliy g’oya. ma’naviyat asoslari va huquq ta'limi faniarini o‘qitish metodikasi" fanini o'zlashtirish jarayonida anialga oshiradigan masalalar doirasida bakalavr:
-milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari;
-umumiy o‘rta ta’lim, o'rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimi DTS, dasturlar va darsliklar tahlili;
-milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitishning tashkiliy shakllari, dars, uning turlari va tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lislti kerak;
- zamonaviy milliy g'oya, ma’naviyat asoslari va huquq asoslari darslari va ta’lim texnologiyalari asosida darsni tashkil etish;
- milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini o‘qitish metodlari;
- ta’lim vositalari;
- o‘quv-metodik majmualar va elektron o'quv-majmualarini yaratish;
- milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq fanlaridan mustaqil ishlarni tashkil etish;
- zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yi!adin talablarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish;
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish;
milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlari o‘qitiladigan xonalarni jihozlash ko'nikmalariga ega bo'lshi lozim.
Fanning ta’limdagi o‘rni
«Milliy g'oya, manaviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o‘qitish metodikasi» fanlari xususan, milliy g‘oya, manaviyat asoslari va huquq ta’limi kabi alohida sohalarni o'rganadi. Bu sohalar milliy g‘oya, manaviyat asoslari, huquq ta’limi fanini yanada chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yo'nalishlariga qarab ulardan tarix fanini anglashga xizmat qiladi.
I BOB Milliy mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi
1.1 Milliy ma`naviyat nazariyasining davlat rahbarining o'rni
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt va makondagi darajasi ko’p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma’naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qonlirilishiga bog’liqdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi o’tgan tarixan qisqa muddat ichida ro’y bergan holatlar, jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o’zgarishlar bizga sho’rolar mustabid tuzumi hamda istiqlol yillarida O’zbekistonning real hayotida xolisona javob izlashga va unga erishishga imkon beradi.
Хususan, eng avvalo, mamlakat hukumati, Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillarga nisbatan munosabati shakllandi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustivor yo’nalishi, deb hisoblandi. Joylarda ma’naviyat bilan bog’liq shularning amalga oshirilishi uchun butun ma’suliyatning hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etdi.
Ikkinchidan, ma’naviyati yuksak millat va davlatnigina kelajagi buyuk yuulishi mumkin ekanligi to’g’risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Darhaqiqat iqtisodiy-siyosat omillarning har qanday davlat, millat hayotidagi o’rni va roli kattadir. Biroq, ma’naviy omillargina jamiyatda sodir bo’lgan barcha muammolarni hal etishga qodir omil ekanligi endi haqiqatdir.
Uchinchidan, ma’naviyat va ma’rifat jamiyatni poklantiruvchi kuch ekanligi e’tirof etilmoqda, zero sho’rolar mustabid tizimi davridan qolgan yaramas “ma’naviy” merosdan poklanmasdan turib istiqlolga ximazt qiladigan, fuqarolik qalbi va ongini yangilashga qodir ma’naviyatni shakllantirish mumkin emas.
Тo’rtinchidan, istiqlol davri O’zbekiston jamiyati ma’naviyatining eng muqaddas maqsadlaridan biri-o’tmish tarixiy-madaniy, ilmiy, axloqiy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlariga sho’ro davrida tarkib topgan munosabat “illat” sifatida emas, aksincha, jamiyatni poklantiruvchi va kelajakni ma’naviy jihatdan mustahkamlovchi omil asnosida qarashdan iborat jamoatchilik fikri shakllandi.
Beshinchidan, istiqlol davrida ma’naviyatning har qanday siyosiy hukmron mafkuralardan holiligi, muhimi, shakllanayotgan milliy mafkuraning ma’naviyat bilan uyg’unligi ta’minlandi. Birinchi Perizdentimiz Islom Karimov qayd etib o’tganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bo’lgan eng ustivor vazifa xalqimiz orasida katta ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borish, milliy mafkuramizga kuch-kuvvat beradigan, keng ommaga ta’sir o’tkazishga, xalqni o’ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijitmoiy, iqtisodiy, ma’naviy manbalarni to’g’ri belgilab olishdir.
Mustaqil O’zbekistonda istiqlol ma’naviyat sohasida mavjud bo’lgan vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarilib kelinmoqda. Chunonchi, agar istiqlolning dastlabki yillarida jamiyat ma’naviy hayotida turgan eng bosh vazifa fuqarolarda sho’rolar davriga xos tafakkurni eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish edi. Mazkur masalada qator yutuqlarga erishildi. Biroq, bu borada hali talay ishlarni bajarish lozim.

Download 35.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling