Milliy o'yinlar va axloqiy tarbiya reja
Download 36.71 Kb.
|
MILLIY O\'YINLAR VA AXLOQIY TARBIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
MILLIY O'YINLAR VA AXLOQIY TARBIYA Reja: Bola tarbiyasida milliy, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarning roli Milliy o‘yinlar va milliy tarbiya O‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashda milliy xalq o‘yinlardan foydalanish O'zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq umuminsoniy qadriyatlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi hisoblanib, uning asosiy maqsadi-o'zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tiklash, ko'p millatli xalqimizni birlashtirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan holda ma'naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo'lgan. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yuksaltirishga keng sharoitlar yaratilmoqda. Ularning rivojlanishiga e'tibor berilmoqda. Xalqimiz orasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo'lgan sadoqat, hurmat kundan-kunga rivojlanib, mustaqil O'zbekistonning ma'naviy-ahloqiy negizlarini mustahkamlashning kuch qudrati manbaiga aylanib bormoqda, bugungi kunda O'zbekistonning istiqloli va istiqbolini, buyuk kelajagini umumjahon sivilizatsiyasiga qo'shayotgan hissasini butun dunyo qadrlamoqda, tan olmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar faqatgina bizning Respublikamizdagina emas, balki butun jahonda bir butun, yaxlit holatda har bir inson qalbidan chuqur joy olmoqda. Davlat ta'lim standartlarida qadriyatlar haqidagi bilimlar bugun ta'lim muddati mobaynida va uning hamma shakllarida berilishiga alohida ahamiyat berilgan. Shunday ekan, har bir yoshni ma'naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishda badiiy adabiyotni o'qishga ishtiyoq uyg'otish, qo'shiq aytish, raqs tushish, rasm chizish malakalarini tarkib to'tirish, rang tasvirlar, musiqa asari, me'morchilik, teatr to'g'risida tushunchalar hosil qilish, tarixga qiziqtirish muhim ahamiyatga ega. Yoshlami ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashda adabiyot darsi davr bilan hamnafas bo'lishi zarur. Adabiyot darsi o'z fani asoslarini o'rgatish bilan birga yoshlar uchun hayot darsiga aylanashi, ularni hayotga tayyorlashi lozim. Hayotni o'rganishda adabiyot yoshga eng yaqin yordamchi bo'lishiga erishish lozim. Yosh adabiyot fanida adabiy asarlarni o'rganish orqali milliy qadriyatlarni o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Ushbu fikrni bir qator Sharq mutafakkirlari ham tahkidlab o'tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning o'zi tarbiyalangan bo'lishi kerak. Ota-ona va tarbiyachilar bolalarni to'g'ri o'sishlari, aqliy va axloqiy, ma'naviy, estetik jihatdan tarbiyalashga jiddiy e'tibor berishlari lozim. Buning uchun asosan o'yinlar va ertaklar asosida axloqiy tarbiya berish mumkin, chunki bu yoshdagi bolalar asosan o'yin faoliyatida bo'ladi, o'yinlarning rang-barang bo'lishi va jamiyatimiz maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etish juda muhim. Bola shaxsining kamol to'ishida doimiy ravishda muhitning tahsiri sezilib turadi. Muhit-bu insonga ta'sir etuvchi tashqi voqea-hodisalar yig'indisi hisoblanadi. Shunday ekan, yuqoridagi uzluksiz tarbiya jarayonida muntazam ravishda tarbiyalanuvchida tashqi voqea-hodisalar o'zining ijobiy yoki salbiy tahsirini o'tkazib turadi. Buning uchun esa tarbiyalanuvchidagi o'zgarishlarga ota- onalar va tarbiyachi, o'qituvchilar doimiy ravishda e'tiborli bo'lib, tashqi muhitning salbiy ta'sirini oldini olib, ijobiy ta'sirlarni rivojlantirishga harakat qilishi va erishishi lozim. Yoshlarni ijtimoiy va yakka tartibdagi foydali mehnatga jalb qilish, mehnat o'rinlari bilan tahminlash, bu jarayonda yoshning, umuman yoshlarning qiziqishi, iste'dodi, manfaatiga ham e'tiborni kuchaytirish lozim; 1. Yoshlarda, ijtimoiy faollik fazilatini oshirish, yoshlar harakatida ularni yetakchilik xususiyatlarini oshirish; 2. Milliy g'oya, milliy mafkurani yetarli darajada targ'ib va tashviq qilish. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unholda milliy g'oyaning, milliy mafkuraning asosiy tamoyillari hisoblanadi; 3. Yoshlar ongiga milliy qadriyatlarni singdirishda tabiiy-ilmiy bilimlarni keng targ'ib qilish; 4. Tanqid va o'z-o'zini tarbiyalash, mustaqil fikrlash yo'llarini kuchaytirish; 5. O'tmish merosimiz yutuqlari, mustaqillik adabiyoti, sanhati yutuqlarini keng targ'ib qilish; 6. Milliy an'analar, urf-odatlar ruhida tarbiyalashni kuchaytirish, ayni „aytda umuminsoniy va zamonaviy yutuqlarga tayangan holda g'oyaviy tarbiyani tashkil qilish zarur; 7. Yoshlar salohiyatini oshirish, ularning hayotda o'rnini tahminlash bilan bog'liq ishlarni kuchaytirish; 8. Yoshlarni yot, begona zararli g'oyalardan asrash tadbirlarini, mafkuraviy immunitetni shakllantirishga intilish. G'oyaviy dunyoqarash, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zudlik bilan hal qilinadigan ish emas, g'oyaviy dunyoqarashni shakllantirish, yoshlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish uchun tarbiyaviy ishning mavjud barcha usullari, shakllari, vositalaridan o'z o'rnida samarali foydalanish umumiy maqsadlarmizni amalga oshirishda muhim o'rin egallaydi. Yoshlami ma'naviy-axloqiy tarbiyasini milliy qadriyatlar asosida shakllantirishda ularning yuzaga kelishi va rivojlanishini bilish hamda ularni tarbiya jarayonida qo'llash o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularni shartli tarzda quyidagicha ifodalash mumkin bo'ladi: 1. Qadimgi qadriyatlar. 2. Islomgacha bo'lgan milliy-madaniy qadriyatlari. 3. Islomiy qadriyatlar. Bu qadriyatlar uzida Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, Tafsifchilik, Fiqhshunoslik, tasavvufchilik asoslarini hamda islomiy obidalarni o'z ichiga oladi. Bularni yoshlar tarbiyasida qo'llash turli xil izoxlar, ilovalar, da'vatlar (savobli da'vat), pand-nasixatlar, mazmunli hikoyalar, namunali voqealar, ogohlantiruvchi voqealar, obidalarga sayohatlar, allomalar xayotini yoritish, filmlar, islomiy yodgorliklarni asrab-avaylash kerak. Bunga umumxalk milliy bayramlari (Navro'z) tadbirlari (hashar, ko'maklar), to'ylar (sunnat to'yi, nikoh to'yi, uy to'yi, muchal to'yi), ma'rakalar (hatni qur'on, janoza) kabilar qiradi. Bular orqali yoshlar ma'naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish ularni shu marosimlardagi ota-onalar nazoratidagi ishtirokida va kuzatish orqali amalga oshiriladi. Yosh yoshlar ma'naviy-axloqiy tarbiyasini milliy qadriyatlar asosida shakllantirish, vatanparvarlik, jamoatchilik, erk, ozodlik, adolatparvarlik, mardlik, do'stlik, tarbiyalilik, axloqiylik, or-nomus, halollik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat kabi ko'nikmalarni ular tarbiyasida vujudga kelishi bilan bogliqdir. Navro‘z shodiyonalarini qishloqda, qir-adirlar bag‘rida kutib olishning zavqi boshqacha. Ayniqsa, ushbu ayyomda o‘ynaladigan milliy o‘yinlarimizda o‘zgacha fayz, mantiq bor. Chillak, qoqma (quvlashmachoq), arqon tortish, ko‘pkari kabi o‘yinlar bolalarda jamoa uchun qayg‘urish, iroda, mardlik, jasurlik tuyg‘ularini tarbiyalasa, to‘ptosh, halinchak uchish kabi o‘yinlar qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga yordam beradi. Ota-bobolarimiz bu o‘yinlarni bejiz o‘ylab topishmagan. Besh-o‘n nafardan bo‘lib, ikki jamoaga bo‘linib o‘ynaladigan qoqma bolalardan chaqqonlik, epchillikni talab qiladi. U o‘ziga xos yugurish (engil atletika) musobaqasidir. Bir jamoa a’zolari qochadi, ikkinchi jamoa vakillari ularni tutib olishga harakat qiladi. Raqib jamoa a’zosini tutib olish uchun, unga yetib borib, yelkasiga qo‘l bilan shappatilab-qoqib qo‘yilsa kifoya. Yelkasiga qoqilgan «raqib» bola tutilgan hisoblanadi va jamoadoshlari ham «ushlangunga» qadar o‘yindan chiqib turadi. Shu tariqa raqib jamoaning boshqa a’zolari ham tutilgach, endi birinchi g‘olib jamoa qochadi. Shu tariqa bolalar yugurib, chiniqadilar. Raqibni tutish uchun jon-jahdi bilan birgalashib harakatlanganda, ularda jamoaviylik ko‘nikmasi shakllanadi. Qarang, juda oddiy o‘yin, ammo uning foydasi beqiyos. Yana bir ijobiy jihati shuki, bu o‘yinda bolalar (odamlar) bir-birlarini qiynamaydi, ozor bermaydi. Unda hech kim jarohat ham olmaydi. Aksincha, mana shunday o‘yinlarda toblangan bola ertaga jismonan baquvvat, ruhan tetik bo‘lib ulg‘ayadi. Ko‘pkari, arqon tortish musobaqalari haqida ham shunday deyish mumkin. Ular yosh avlodda tantilik, mardlik fazilatlarini kamol toptiradi. «Chavandoz» filmidagi personajlardan birining gapi esingizdami: «Sizda tantilik oz, Beshimboy!» deydi u salbiy qahramonga qarata. Beshimning aksi bo‘lgan Toshmurod polvon haqiqiy tantilik, mardlik timsoli. U bolaligidan chavandoz. To‘g‘ri, Beshim ham yoshligidan ot chopadi. Biroq uning qalbi unchalik toza bo‘lmagani, ozroq hasadgo‘yligi bois, ko‘pincha Toshmuroddan ortda qolib yuradi. Aslida, uning ham qalbi tantilikdan butunlay begona emas. Buni film oxirida Toshmurod bilan qo‘l berishganida ko‘rish mumkin. Bu ham bo‘lsa, xalqimizning ko‘p ming yillik tarixga ega milliy sport turi — ko‘pkarining yigitlarda or-nomus, g‘ayrat-shijoat, javonmardlik fazilatlarini tarbiyalashga xizmat qiluvchi jihatlaridandir. Chindan ham, aslida eng kuchli, irodali insongina ko‘ngli keng, tanti bo‘la oladi, hayotda ham sportdagi kabi mardligini ko‘rsatadi. Shularni mulohaza qilarkanman, bugungi ayrim tengdoshlarim, uka-singillarimda ko‘zga tashlanayotgan qusurlardan afsuslanaman. Masalan, jamoat transportlarida o‘zini nojo‘ya tutadigan yigit-qizlarni oling. Kunda-kunora shundaylarga duch kelib turasiz. Ayrimlari o‘ta andishasiz, yuzing-ko‘zing demay, hatto otasi yoki bobosi tengi kishilarga gap qaytaradi, hatto yoqalashishga tayyor. «Ustidagi kiyimiga qaraganda o‘ziga to‘q oila farzandiga o‘xshaydi, afsus, shunday chiroyli kiyim-bosh olib bergan ota-ona tuzukroq tarbiya bermabdi-da! Jamoat joyda o‘zingni tutishni o‘rgan, odobli bo‘l, kattalarni hurmat qil, tarbiyasiz bolalarga o‘xshab meni sharmanda qilma, deya saboq bermabdi-da», deb o‘ylaysiz. Men bo‘lsam, hali o‘n to‘rt-o‘n besh yashar o‘smir, nari borsa, yigirma-yigirma ikki yoshlardagi shunday yigit-qizlarning nihoyatda tajang (mabodo tuflisiga kimdir oyog‘i bilan tegib ketsa, chumchuqday chirillaydi!), asabiy («Ichkariroqqa suril, bolam» deyishsa, o‘zini haqoratlangandek his qilib, bobillaydi) ekanini ko‘rib, bularning bo‘sh vaqti xiyobonlarda yoki internet-kafelarda, kinoteatrlarning qorong‘i, xilvat burchaklarida o‘tayapti-da, ichi torligi shundan bo‘lsa kerak, deb o‘zimcha mulohaza qilaman. Ular keng dalada ot chopganda, qoqma o‘ynaganda, kurash tushib katta bo‘lganda bunday qilmasdi, deb ishonaman. Ha, milliy o‘yinlarimizning tarbiyaviy ahamiyati bisyor. Ammo ularning boshqa xususiyati ham yo‘q emas. Milliy o‘yinlar millatni, xalqni dunyoga mashhur qilishi ham mumkin. Mana, o‘zbek kurashini oling. Uning insonni halollikka, mardlikka chorlovchi jihati necha-necha xalqlarni o‘ziga maftun etdi. Ba’zi sport turlariga o‘xshab, unda raqiblar bir-birining burnini qonatmaydi, tahqirlamaydi, jismonan ozor bermaydi. U haqiqiy insoniy his-tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Ko‘pkari ham shunday, bugun ot sportining qanday rivojlanayotganiga bir qarang. Millionlab insonlarning sevimli sport turi bo‘lmish futbol ham aslida bir xalqning milliy o‘yini, aslida. U ham xuddi bizning kurashimiz singari o‘zining go‘zalligi, maftunkorligi bilan dunyoni zabt etdi. Ha, milliy o‘yinlar haqida qancha gapirsak, ozdek tuyuladi. Bugun shaharlarimizda barpo etilgan bolalar maydonchalarini ko‘rib ko‘z quvonadi. Ularda shodon qiyqirib o‘ynayotgan bolakaylarga ota-onalari milliy o‘yinlarimizni ham o‘rgatishsa, nur ustiga nur bo‘lardi. Bolaligidan milliy o‘yinlar o‘ynab, qalbi pokiza hislarga oshno bo‘lib ulg‘aygach, o‘smirlik damlari ham mazmunli, qiziqarliroq o‘tarmidi. Har holda shafqatsizlik targ‘ib qilingan, ruhiyatni buzishgagina yaraydigan bir tiyinga qimmat ko‘pgina kompyuter o‘yinlaridan ko‘ra insonni harakatga undaydigan, jismoniy va ma’nan kamolotiga xizmat qiladigan milliy o‘yinlarimiz yuz ming chandon afzalroqdir. Milliy xalq harakatli o'yinlari o'quvchilarda xalqning qadim an'analari haqidagi tasavvurlarini ma'lum darajada kengaytiradi, ularni hozirgi hayotga singdirishga yordam beradi.Chunki milliy xalq o'yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta'sirchan usullaridan bo'lib, o'quvchilarda aqliy, axloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvafaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o'yinlarining ruhi, tabiati, xarakteri, ishtirokchilarning xatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e'tibor berish zarur. Boshlang'ich sinf o'quvchilari jismoniy tarbiyasini qiziqarli va foydali o'tkazish uchun biz tavsiya etayotgan ba'zi milliy o'yinlardan foydalanishda ham xuddi shu xususiyatlarga e'tibor berish kerak. Bolalar jismoniy tarbiyasida milliy xalq o'yinlardan foydalanish zaruriyatlari hamda buning maqsadi va vazifalari. Istiqlol davrida, ayniqsa, sport va jismoniy tarbiyaga e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Jismoniy tarbiya oldida sportni xalqimizning hayotiga ko'proq singdirish; yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning barcha turli-tuman shakllaridan, jumladan, xalq milliy o'yinlaridan keng foydalanish, yoshlarning sog'ligini yaxshilash, ularni ona-Vatan mudofaasiga tayyorlash singari katta vazifalar turibdi. Xalqimizning milliy o'yinlari esa ana shu maqsadda juda keng qo'llanilib kelinayotgan muhim jismoniy tarbiya va sport vositalaridan biridir. Shuning uchun xalq milliy o'yinlariga e'tiborni kuchaytirish zaruriyati yanada yaqqol ko'rinmoqda. Xalq milliy o'yinlari bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. O'yin bolaning qiziqishini oshiradi, unga zavq bag'ishlaydi, ish qobiliyatining tezroq tiklanishini ta'minlaydi. O'yin tufayli bolalar charchashni unutadilar, mashqlarni diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar. Xalq milliy o'yinlarining barchasi bolalarning organizmlariga yaxlit ta'sir ko'rsatish kuchiga ega. Shuning uchun ham o'yinlarga umumiy jismoniy ta'sir ko'rsatuvchi mashq sifatida qarash lozim. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga jismoniy tarbiya bilan bevosita bog'liq bo'lgan bilimlar (o'yinlarning foydali tomoni, jismoniy mashg'ulotlarning ahamiyati va texnikaviy ijrosi, ularni bajarish usullari, xalq milliy o'yinlarining kelib chiqishi va qoidalari va h.k.) haqida ma'lumot berish katta ahamiyatga ega. Milliy xalq o'yinlarini o'rgatish jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Milliy xalq o'yinlarini bajarish chog'ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik, intizomlilik, kamtarinlik, mehribonlik) va ma'naviy fazilatlar ( halollik, odillik, do'stlik tuyg'usi, hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo'lib ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni mas'uliyat bilan bajarish)ni tarbiyalash, shuningdek, irodaviy xususiyatlar (jasorat, qat'iylik, o'z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan yengish, chidamlilik va hokazolar)ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga keladi. Jismoniy tarbiya darslarida xalqning qadimiy o'yinlari orqali bolalarni xalqona ruhda tarbiyalashga, uning turli shakl va usullarini izlab topishga o'qituvchilar katta e'tibor qaratishlari lozim. Maktabda jismoniy tarbiya mashg'ulotlar, ba'zida sinfdan tashqari ishlarda xalq o'yinlarining to'g'ri tashkil etilishi o'quvchining jismoniy rivojlanishi, uning qaddi-qomati va ishchanlik qobiliyatini o'stiradi. Shu bilan birga sezgi organlari, murakkab xulq - atvor shakllari intizomlilik, qat'iylilik, mehnatsevarlik va boshqa insoniy fazilatlarning rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadi. Bunda qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, biror maqsadga qaratilganlik, xotiraning mantiqiyligini esda tutish ahamiyat kasb etgan milliy xalq o'yinlar asosida rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. O'yinlarning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini mazmuniy jihatdan o'rganish va tahlil qilish ularni o‘quvchi-yoshlar, talabalar va katta yoshdagi kishilar o‘rtasida tashkil qilishda ana shu maqsadlarni belgilab beradi. Shu sababdan talabalar kurs, diplom (bitiruv) ishlarini tayyorlashda milliy harakatli o'yinlarni chuqurroq o'rganish, ularning tarbiyaviy jihatlariga ko'proq e ’tibor qaratishlari maqsadga muvofiq bo'ladi. Harakatli o'yinlarning asosiy mazmunini harakatlarning va o'yinchilar faoliyatining xilma-xilligi tashkil etadi. O'yinlarga to'g'ri rahbarlik qilinganda ular organizmning yurak- qon tomir, muskul va nafas olish tizimlariga ijobiy ta ’sir etadi. Harakatli o'yinlar funksional imkoniyatlarni oshiradi, harakatlarni bajarishda tananing katta va kichik muskullarini ishga soladi, bo'g'inlar harakatchanligini oshiradi. Harakatli o'yinlarning sog'lomlashtiruvchi ahamiyati haqida gapirilganda o'yinlarning qish va yoz fasllarida toza havoda o'tkazilishi juda ahamiyatlidir. Toza havoda o'tkaziladigan harakatli o'yinlar modda almashinuvini, organizmni yetarli kislorod bilan ta ’minlanishini yaxshilaydi. Shuni ta ’kidlash lozimki, o'yin davomida holatlarning tez o'zgarishi, yuqori emotsionailik boshqaruvni qiyinlashtiradi. Shu sababii jismoniy harakatlarning optimalligini kuzatib borish lozim. Shug'ullanuvchilar organizmga moslashishi uchun muntazam mashg'ulotlardagi o'yinlarni sekin-asta oshirib borish kerak. Harakatli o'yinlar bolalar asab tizimiga ijobiy ta ’sir etishi lozim. Ma’lumki, aksariyat jismoniy tarbiya o'qituvchilari harakatli o'yinlarni ikkinchi darajali deb hisoblashadi. Shu tufayli sport o'yinlari, gimnastika, yengil atletika, kurash kabi darslarda harakatli o'yinlarni nomigagina (yuzaki) tashkil qilishadi. Harakatli o'yinlar uchun alohida ajratilgan (dasturda) soatlarni ham boshqa turlarga qo'shib yuboradi. Shuningdek, milliy harakatli o'yinlarning ijtimoiy pedagogik xususiyatlari haqida yetarlicha ma’lumot berishmaydi, ayrimlar hatto eslamaydilar ham. Kuzatishiar, suhbatlar, rasmiy murojaatlarning natijalariga asoslanilsa, umumta’lim o'rta maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy o'quv yurtlarida o'zbek xalq milliy o'yinlaridan yetarli darajada foydalanilmaydi. Chunki sof milliy o'yinlar to'plami hozirgacha ishlab chiqilmagan yoki ular nashrda tayyorlanmagan. Mavjud bo'lgan “Harakatli o'yinlar” to'plamlarida (adabiyot ro'yxatiga qarang) har xil millatlarga xos (tobe) bo'lgan o'yinlar ko'proq berilgan va shu bilan birgalikda ular aralash- quralash holda joylashtirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Усмонхужаев Т. С. , Муродхужаева Г. Ш. , Народные подвижные игры. Т. : Укитувчи. 1968 й 2. Усмонхужаев Ф.С. Хужаев Ф. Хдракатли уйинлар. Т.: Укитувчи.1992.й 3. Усмонхужаев Т.С. 1001 уйин. - Т.: Ибн Сино.1990й 4. Хдракатли уйинлар: Методик кулланма. Тузувчи: А. ^осимов. -Т: Укитувчи. Download 36.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling