Milliy qadriyatlar asosida talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish. Talaba: Ostonov M. Z ilmiy rahbar: Kiyamov N. S annotasiya
Formation of students' ideological immunity based on national values
Download 100.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqOstonov.M.Z
Formation of students' ideological immunity based on national values.
Student: Ostonov M.Z Scientific supervisor: Kiyamov N.S Annotation. This article is devoted to the formation of students' ideological immunity based on national values, in which national values embody the lofty dreams of mankind as a component of human spirituality. In particular, the fact that it has been deeply rooted in the hearts of our people for many centuries, understanding the essence of human life, conveying and preserving our national culture, people's lifestyle, religion, customs and traditions to our young people, especially the views of the thinkers of our scholars who have grown up from Central Asia are presented. . Keywords: National, values, ideology, immunity, custom, tradition, ceremony, national independence, idea, awareness, captive, scientist, thinker, encyclopedia, formation, universal, globalization, spirituality, education, training, social, spiritual, ideological, Uzbek, Turkish, reputation, nation, religion, etc. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so’ng, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarni tiklash, unutilgan ananalarini keng ommalashtirish va ularni chuqur o’rganish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Zero, O’zbekiston xalqining qadimgi urf-odat, anana va marosimlarga alohida e’tibor berishi ma’naviy tiklanish jarayoni jadal kechayotgan hozirgi kunning mahim dolzarb muammolardan biridir. Chunki, talabalarni yangicha ruhda tarbiyalash, ularning ongiga milliy mustaqillik g’oyalarni chuqurroq singdirish, ajdodlarimiz yaratgan qadriyatlar mohiyatini keng targ’ib qilishda, anana va marosimlar mohiyatini anglash, ularni, ayniqsa talabalarga chuqurroq tushuntirish, milliy istiqlol mafkurasini yoshlar orasiga yoyishning ta’sirchan vositalaridan biri xisoblanadi. Ma’lumki, milliy qadriyatlar azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallarini o’zida mujassam etgan. «Ayniqsa, ko’p asrlar mobaynida halqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, dinimizni, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas qadriyatlarimiz qudratli omil bo’lib kelganligini alohida ta’kidlash joiz»[36.b] Milliy va milliy qadriyatlarni tiklash asosida talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish, ularni o’rganish va targ’ib qilish, yoshlar ma’naviy madaniyati rivojiga qanday yo’llar bilan ta’sir etishni tadqiq etish bugungi kunning muhim vazifalardan biridir. Yoshlar ma’naviyati masalasi jamiyat taraqqiyotining ilk davrlaridan boshlab, insoniyat oldida turgan muhim yo’nalishlardan bo’lgan. Zero, qadimgi dunyo faylasuflaridan tortib, hozirgi davr tadqiqotchilarigacha umuman insoniyat tarbiyasi, xususan, yoshlarkamoloti haqida tadqiqotlar o’tkazib, bu masalaga salmoqli hissa qo’shib kelmoqdalar. Qadimgi xitoy mutafakkuri Konfusiy, yunon faylasuflari Demokrit, Platon, Gerodot, Aristotel va boshqalar shaxs kamoloti jamiyat taraqqiyoti uchun muhim masala deb qaraganlar. Jumladan, Aristotel nuqtai nazariga ko’ra jamiyat taraqqiyoti uchun ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar qanchalik ahamiyatli bo’lsa, fuqarolarning tarbiyasi ham undan kam emas1. Markaziy Osiyolik allomalarIbn Sino, A.R.Beruniy, A.N.Forobiy, Marg’inoniy, Imom Buxoriy, Abu Abdurahmon Nasoiy, Hakim Termiziy, Ahmad Yassaviy, Pahlavon Mahmud, A.Navoiy[129.b] XX asr boshlarida Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li, M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Avloniy, S.Ayniy va boshqa ma’naviyat va ma’rifat sohiblari yoshlar ongiga ma’rifat, madaniyat, milliy urf-odat, milliylik xususiyatlarini singdirishga harakat qilganlar. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng fuqarolarni yangi yo’ldan boshlab borish, ularning qarashlari va orzu-umidlarini, maqsadlarini bir yo’nalishga burib, kuchlarni uyg’unlashtirish uchun yagona g’oyaviy qurol zarur edi. Shu bilan birga istiqlolning dastlabki yillarida uzoq davr hukmronlik qilgan kommunistik mafkuradan voz kechish, undan xalos bo’lish lozim edi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq Yurtboshimiz xalqimiz ongiga mustaqillik g’oyalarini singdirish, fuqarolarda yangicha tafakkur va dunyoqarashni singdirishga alohida e’tibor bera boshladi. 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida I.Karimov shunday degan edi: “Bugungi kunda xalqni yakdil qiladigan ishlar va g’oyalar oz emas. Ularning ichida eng ulug’i, eng olijanobi-O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini ta’minlash. Ana shu maqsad, ana shu g’oya atrofida birlashsak, aslo xor bo’lmaymiz”[4.16.b.] Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligining yuzaga kelishi mustaqillikning eng katta yutuqlaridan bo’ldi. Hozirgi globallashuv jarayonida ma’naviy ta’sirning kuchi toboro sezilmoqda. Ma’naviy ta’sir bir tomondan millatlararo madaniyatlarning rivojlanishiga imkon bersa, boshqa tomondan, milliy madaniyatlarga salbiy oqimlar, turli “izm” larning kirib kelishiga imkon beradi. O’zbekiston hukumati bu masalada juda to’g’ri yo’lni tanlagan: turli salbiy “ma’naviy” oqimlarning kirib kelishining oldini olishda eng avvalo xalqimiz ma’naviy olamini shakllantirish, ma’naviy immunitetini yaratish, yoshlarda yurtimizga katta oqimda kirib kelayotgan salbiy qarashlar, nazariyalar, “izm” larni ijtimoiy ekspertizadan o’tkazish ko’nikmasini hosil qilishdir. Bularning bari, shubhasiz, mamlakatdan ma’naviy tiklanish va yuksalishga zamin yaratadi. Mustaqillik ma’naviy-ma’rifiy, ruhiy, g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan himoya qilingandagina ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish mumkin. Milliy qadriyatlarimiz Hammamizga malumki, bizga yaqin bo’lgan kishilar asta-sekin bizning qarindoshimizga aylanadi. Xuddi shu kabi xaqning ham o’z hayotining mano-mazmunini tashkil etadigan urf-odat, anana, bayramlar hamda til, din, adabiyot va madaniyat namunalarini, turli marosimlarini qadriyat deymiz. Aslida qadriyat qadr so’zidan olingan bo’lib, inson uchun qadrli bo’lib qolgan narsalarni bildiradi. Milliy qadriyatlar esa, millat uchun qadrli bo’lgan, uning taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan narsa va tushunchalarni bildiradi va xaqning milliy o’zligiga xos xususiyatlarni ifoda etadi. Navro’z bayrami xalqimizning o’troq hayoti boshlagan davrlardan buyon yashab kelmoqda. Avvalo bu bayram avvalo yerga, suvga, quyoshga, tabiatga butuni mavjudodga mehr uyg’otadi. Xalqning taqdiridi shunday qadriyatlar bo’ladiki, ular millatning o’zi bilan birga shakllanadi va uning asosiy belgilaridan biriga aylanadi. Arab va mo’g’ul istelosidan keyin o’zbek (turkiy) tilining mavqyei pasayib ketgan. Temuriylar davlatchiligi davrida xalqimiz tani, qadr-qimmati bilan birga tilimizning obro’-etibori qayta tiklandi. Alisher Navoiy bobomiz sayharakatlari bilan tilimiz yuksak darajaga ko’tarildi. Umumbashariy qadriyatlar Butun bashariyat hayoti uchun qadrli, ahamiyatli mano- mazmunga ega bo’lgan g’oya va tushunchalardir. Milliy qadriyatlarimiz qadim zamonlardan buyon boshqa xalqlar bilan bo’lgan doimiy maloqotlar natijasida boyib, takomillashgan. Milliy istiqlol g’oyasi “Milliy” so’zi bilan atalishi bejiz emas. Bu avvalo Vatanimizning muborak zaminida yashayorgan insonlarni, millati, tili, dinidan qat’iy nazar, yagona yurt farzandlari, yagona jamiyat fuqarolari sifatida birlashishi, ularning ezgu orzu intilishi va manfaatlarini ifoda etishi istiqlol mafkurasining asosiy mano va mohiyatini belgilab berishini ko’rsatadi. Chunki “milliy” sifatlashi faqat bir millatga emas, balki bir hudud bir mamlakatga mansublikni bildiradi. Shuning uchun shu yagona xalqning milliy qadriyatlari, umubashariy qadriyatlari bilan uyg’unlashgan xolda, bu g’oyani yanada boyitib boradi. Milliy istiqlol g’oyasi milliy qadriyatlarimizni o’zida aks etdiradi va o’z navbatida, rivojlanib, takomillashib boruvchi tizim sifatida rivojlanadi. Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan ma’lumotlarga xulosa qilib, shuni alohida ta’kidlamoqchimizki, biz yashayotgan hozirgi murakkab sharoitda Vatanimizning har bir fuqarosi fikru-zikrini bir joyga qo’yib, o’z yurtining bugungi kuni va kelajagi haqida, tinch-osoyishta hayoti va istiqbolli hayotda oila va Vatan oldidagi burchi haqida mulohaza yuritib yashamoqligi, Prezidentimiz Islom Karimovning bir emas, bir necha marotaba qilgan ogohlikka da’vatini bir lahza ham unutmasliklari zamon talabidir. FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YHATI Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.:“Ma’naviyat”, 2008. 36-bet. Aristotel. Metafizika. – M.: 1934 // http: //www.filosofreferat.com/modulis.php?name = News &c file = print & s sid = 129. Qarang: Ushbu mutafakkirlarining asarlari to’g’risidagi ma’lumot foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida qayd etilgan. Karimov I.O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.-Toshkent, 1996.-15-bet. 1Аристотель. Метафизика. – М.: 1934 // http: //www.filosofreferat.com/modulis.php?name = News &c file = print & s sid = 129. Download 100.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling