Milliy tadqiqot universitetining qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti


Download 0.52 Mb.
bet2/2
Sana27.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1299036
1   2
Bog'liq
10-amaliy mashg\'ulot

Shudgor — ko‘p yillik o‘tlar va madaniy o‘simliklar ekishni o‘z ichiga olgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun tizimli tarzda ishlov beriladigan va foydalaniladigan, eng hosildor tuproqqa ega yerlardir. Shudgorga ildizni yaxshilash maqsadida haydalgan qo‘shimcha ekinlarni ekish bilan band (2 yildan ko‘p bo‘lmagan) bo‘lgan yerlar, shuningdek ekin ekish uchun foydalaniladigan bog‘larning qator oralari kirmaydi. Yerdan foydalanish planida konturlarni tasvirlash uchun shudgor och jigarrangda bo‘yaladi. Bo‘yash toni o‘rtacha.
  • Bo‘z yerlar — avval shudgor qilinib, foydalanilgan, keyin esa bir yildan ortiq (kuzdan boshlab) qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilmagan va (par) uchun tayyorlanmagan yer uchastkasidir. Bo‘z yerlarga tabiiy o‘sishi uchun qoldirilgan pichanzor va yaylovlarning haydalgan uchastkalari kirmaydi. Yerdan foydalanish planida tasvirlash uchun bo‘z yerlarning fondagi shartli belgilari shudgor uchun ham xuddi shunday qo‘llaniladi.
  • Ko‘p yillik ekinlar — mevali, rezavor, texnik yoki dorivor mahsulotlardan hosil olish uchun mo‘ljallangan, sun’iy yaratilgan daraxt, buta (o‘rmon maydonisiz) yoki o‘t­o‘lan ko‘p yillik ekinlari bilan band yer uchastkalaridir. Ko‘p yillik ekinlarning turlari, bog‘lar, rezavor mevazorlar, uzumzorlar, mevali ko‘chatzorlar, plantatsiyalar (tutzor, choy plantatsiyalari, efir moylari yetishtiruvchi, gulzor va boshqalar) hisoblanadi. Yerdan foydalanish planida ko‘p yillik ekinlarning konturlario‘rtacha tondagi sariq rang bilan bo‘yaladi.
  • Pichanzorlar — muntazam pichan o‘rib olish uchun foydalaniladigan o‘tzorlarga ega yer uchastkasi bo‘lib, u asosiy hisoblanadi. Pichanzorlarning asosiy turlari sug‘oriladigan, quruq, botqoqlashgan, ildizi yaxshilangan, kesakli bo‘lib ketgan, butalashib ketgan va turli darajada sho‘rlangan pichanzorlardir. Yerdan foydalanish planida pichanzorlarning konturlarini bo‘yash o‘rtacha tondagi sariq­yashil ranglar bilan bajariladi.
  • Yaylovlar — muntazam hayvonlarni boqish uchun foydalaniladigan o‘tzor uchastkadir, shuningdek pichanzor uchun foydalanilmaydigan va bo‘z yer hisoblanmaydigan hayvonlarni boqish uchun yaroqli bo‘lgan uchastkalar yaylovlardir. Quruq, botqoqlashgan, ildizi yaxshilangan, hayvonlarni haydab boqish uchun madaniy, suvli, kesaklashgan, butalashib ketgan va turli darajada sho‘rlangan yaylovlar farqlanadi. Planda konturlar sust tondagi kulrang bilan bo‘yaladi.
  • Yerga egalik qilish, yerdan foydalanish planlari aerosuratlar yoki yer ustidagi topografik syomka materiallari bo‘yicha tuziladi. O‘zining tarkibiy qismi va jihozlanishi bo‘yicha teodolit syomkasi plani va yerdan foydalanish planining juda ko‘p o‘xshashliklari bor, lekin yerlarning tarkibini tasvirlashda ularning batafsil sifat tafsilotlari beriladi, ya’ni yerga egalik qilish, yerdan foydalanish planlari yer tuzishda qo‘llaniladigan shartli belgilar bilan jihozlanadi.
  • Yerdan foydalanish planini jihozlash uchun joydagi geodezik o‘lchamlar natijasida olingan topografik asoslarning elementlarini, shuningdek muvofiq keluvchi ramka va yozuvlarni yer tuzishda qo‘llaniladigan shartli belgilarda chizish zarur. Yerdan foydalanish planini jihozlash agar zamonaviyligi va ishonchliligi yerdan foydalanish planining aniqligi va ishonchliligiga qo‘yilgan talablarni qondirsa oldingi yillardagi mavjud planli kartografik materiallarning negativlaridan chizma qog‘oziga olingan ko‘k nusxada bajarilishi mumkin. Ishni bajarishdagi ko‘k nusxa qattiq asosga yelimlangan bo‘lishi kerak (alumin listi yoki boshqa shaklini o‘zgartirmaydigan material). Ko‘k nusxa quyidagi talablarni qondirishi shart:
  • berilgan o‘lchamlarga mos kelishi;
  • abris tasviri aniq och­ko‘k rangda bo‘lishi;
  • bo‘sh qoldirilgan joy toza, dog‘lar va izlarsiz bo‘lishi;
  • kulrang yoki ko‘k fonga ega bo‘lmasligi kerak.
  • Yerdan foydalanish planini jihozlash uchun mavjud o‘quvmetodik plan namunasidan yoki boshqa boshlang‘ich materialdan chizma jihozlash ishlari uchun yaroqli bo‘lgan nusxa ko‘chirish imkoniyatini beruvchi jihozlar, texnik vositalar va asboblar yordamida nusxa ko‘chirish ham mumkin. Boshlang‘ich materiallardan nusxa ko‘chirish aniqligi uchun chizish va jihozlashdan keyin olingan yerdan foydalanish planining asl nusxasi aniqligini pasaytirmaydigan tarzda yuqori bo‘lishi shart.
  • Nazorat savollari 1. Yerdan foydalanish planini jihozlash teodolit syomkasi planini jihozlashdan nima bilan farqlanadi? 2. Yerdan foydalanish planini va yer tuzishning boshqa grafik hujjatlarini chizish va bo‘yoqli jihozlash uchun mo‘ljallangan ko‘k nusxa qanday talablarni qondirishi kerak? 3. Yerdan foydalanish planini bo‘yoqli jihozlashni bajarishda qanday ketma­ketlikni bajarish zarur. 4. Tush bilan chizishning nuqsonlari to‘g‘rilangandan keyin, ya’ni bo‘yashdan oldin, qaysi usullar bilan tozalangan joyni mahkamlash mumkin?
  • E’tiboringiz uchun rahmat.! ! !

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling