Milliy tarbiya asoslari. Mustaqil ta’lim 4-topshiriq. Mustaqil o`zlashtirish, esse yozish, manbaalar bilan ishlash. Mavzu
Download 38.32 Kb.
|
4 topshiriq milliy
Milliy tarbiya asoslari. Mustaqil ta’lim 4-topshiriq. Mustaqil o`zlashtirish, esse yozish, manbaalar bilan ishlash. Mavzu; Milliy tarbiyaning falsafiy, metodologik asoslari XI asr bo‘sagasida ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar rivojida inson akl-zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiklashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosidagi huquqiy, demokratik davlat erkin fukarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida qabul qilinmokda. Chunki jaxonda xali xorijiy davlatchilik bozor iqtisodiyotiga o‘tish tajribalarida ma’naviyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan uygun xolda rivojlantirilmayapti. Prezidentimiz ma’naviyatni akl, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanib rivojlanishi haqida gapirib:“Ma’naviyat - taqdirning exsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va ko‘l bilan mexnat qilishi kerak”, degan edilar. Ma’naviyat insonda shakllanishi lozim bo‘lgan aliy, axlokiqy, intellektual, amaliy, jismoniy sifatlar majmuasi bo‘lishi bilan bir qatorda olamning ruxiy energetik, botiniy quvvati bilan ham uygundir. Buni Prezidentimiz o‘zlarining “O‘zbekiston - XXI asrga intilmoqda” nomli ma’ruzalarida quyidagicha juda yaqqol asoslab berdilar:”Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo insonni ruxiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tikodini mustaxkamlaydigan, vijdonini uygotadigan kudratli botiniy kuchni tasavvur kilaman”. Xuddi ana shu yangi, keng kamrovli, chukur ilmiy goya, yangicha fikr, ta’lim-tarbiyani yangicha metodologik asosini boshlab beruvchi yo‘nalishdir. Har bir mustakil fan o‘zining predmeti (mavzusi) va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, Pedagogika ham fan sifatida shakllanib, o‘zining predmetiga ega bo‘ldi. Boshqa fanlar kabi Pedagogika ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo‘ldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy xayotning ajralmas kismi, deb qarash lozim, chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Mutafakkir A.Avloniy ta’kidlaganidek, “Tarbiya biz uchun yo xayot, yo mamot: yo najot, yo xalokat: yo saodat, yo falokat masalasidir”. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bo‘lgan. Insonni dunyoga kelishi, faqat tugilishidan iborat tabiiy-biologik xodisa emas, balki tugilgandan keyin o‘z zamonasining taraqqiyoti darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod o‘zining yashash, kurash va mexnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, ya’ni yangi tugilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga yetishi jarayoniga raxbarlik kilingan, bosharilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy xodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkamol shaxslarni yetishtirish ehtiyoji ham ortib borgan hamda o‘zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o‘kitish va tarbiyalash soxasidagi tajribalarni nazariy jixatdan anglash, umumlashtirish va xayotga tadbik kilish jarayonida Pedagogika fani paydo bo‘la boshladi. Pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning konuniyatlari haqida bilim, ma’lumot beradigan fanga aylandi. Pedagogika atamasi ham qadimiy bo‘lib, “bola yetaklovchi” degan ma’noni bildiruvchi grekcha “paydogogos” so‘zidan kelib chikkan. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, kadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot kilgan tarbiyachini, ya’ni qullarni “pedagog” (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb kilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan. Inson yaratilishi, paydo bo‘lishi zaxotiyok ilm va tarbiyaviy sifatlar uning yashashi, xayot kechirishi uchun eng zaruriy shart va vositalar ekanligini anglab boradi. Shuning uchun insoniyat jamiyatning ilk ko‘rinishlaridanok tarbiya bilan shugullanuvchi mutaxassislarga ehtiyoj tugildi, desak biz tarbiyani fakat bir tomonini, ya’ni boshqalarni yana ham xususiylashtirib, agar yoshlarni tarbiyalash, desak tarbiya tushunchasiga juda ham tor karalgan bo‘ladi. Chunki tarbiya eng avvalo har bir insonni o‘ziga qaratilgandir. Har bir kishi doimo ham aqliy, tarbiyaviy, jismonan takomillashib, shakllanib boradi. Ayrim kishilar bu fikrga qo‘shilmasliklari mumkin. Chunki bunda jamiyatdagi o‘rta, katta avlodning tarbiyasida kamchiliklar, yetishmovchiliklar bor ekan-da, degan xulosa chikarmasligi kerak. Chunki olamning moddiy-ma’naviy tuzilishi, kurilishi, uning rivoji, insonning moddiy - ma’naviy yashash sharoiti, imkoniyatlari, uning aqliy, axloqiy, jismoniy xolati bilan uzviy bogliq. Shuning uchun tabiatning inson yashashi, mavjudligi, baxtiyorligini ta’minlash imkoniyatlari, uning akliy-axlokiy, jismoniy rivoji, o‘sishiga to‘gridan-to‘gri boglikdir. Tabiatdagi, jamiyatdgi muammolar insoniyatni ma’naviy-akliy rivojlanishiga yo‘naltirib unga o‘zining yangi-yangi xazinalarini ochib beraveradi. Tarbiyani eng avvalo insonning o‘ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan, qadamva-qadam amalga oshirilayotgan “o‘zbek modeli”da juda to‘gri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqat-e’tibori uni o‘zligini anglashga qaratildi. O‘zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan uning o‘ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Yuqorida sanab o‘tilgan ikki sifat komil inson sifatning asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini tarbiya soxasidagi ilmlarni xulosalab, mujassamlashtirilsa, ular asosan uchta: 1. Ezgu niyat, fikr: 2. Ezgu so‘z, xushmuomala: 3. Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir. Shu yuqoridagi uch sifat o‘kitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axlokiy-amaliy o‘quv, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir soxaga mos ilm, bilim, ko‘nikmalar hosil kilishdan iborat bo‘lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko‘rsatadi. Pedagogika fanining predmeti, o‘qitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uygunligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. Ta’limning, o‘kitishning vazifasi fuqarolar, yoshlarning eng asosiy Konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jixatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xoxlagan kasbini tanlash, uni mukammal egallab, shu soxada baxtiyor faoliyat ko‘rsatish uchun moddiy-ma’naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo‘gini, turi va bosqichlarining o‘ziga xos vazifalari kelib chiqadi. Insonshunoslik fanlari tizimida pedagogikaning tutgan o‘rni shu bilan belgilanadiki, u shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarbiyalash, ma’lumotli qilish va o‘qitishi (ta’lim berishi) qonuniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib boradi. Shu sababli, rivojlantirish, shakllantirish, ta’lim va tarbiya, ma’lumot pedagogikaning asosiy kategoriyalari yoki tushunchalari deb ataladi. Shaxs turli omillar ta’sirida shakllanadi. Tarbiya esa shaxsni shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi omillardan biridir. Katta yoshlilar turli vositalar va usullar orqali ma’lum maqsadni ko‘zlagan xolda o‘z tarbiyalanuvchilarida ma’lum hislatlarni hosil qilish va rivojlantirishni xoxlaydilar. Shunday kilib, tarbiya shaxsni muayyan yo‘nalishda shakllantirish, kamol toptirish maqsadida turli odamlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatdir. Bu jarayonda shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar, omillar hamda tarbiyalanuvchilarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tarbiya jarayonida mikromuxitning ijobiy ta’siridan to‘la foydalaniladi va salbiy ta’sirini zaiflashtirishga harakat qilinadi. Tarbiya bir joyda tarbiyalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatadigan barcha zvenolar birlashib, axillik bilan ishlashga erishiladi va har bir shaxs o‘z-o‘zini tarbiyalash qobiliyatiga ertaroq ega bo‘ladi. Tarbiya aksariyat xolatlarda keng ma’noda ishlatilib ta’lim, ma’lumot rivojlanish jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Ularning natijalarini o‘zida aks ettiradi. Asosiy pedagogik tushunchalardan yana biri ta’lim, ya’ni o‘qitish, bilim berish tushunchasidir. Ta’lim deganda, biz va insoniyatni ilmiy bilimlar xayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish qobiliyatlarini o‘stirish, tafakkurlarini shakllantirish jarayonini tushunamiz. Ta’lim o‘z darajasi va vazifasiga karab maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi va oliy ta’limi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash, maktabdan tashkari ta’limdan iborat bo‘lib, ular uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qiladi. Kelajakdagi ixtisosligidan qat’iy nazar, har bir kishi uchun bilim ko‘nikma va malakalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarda beradi. Kasb egallash uchun zarur bilim ko‘nikma va malakalarni oliy va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limiga karashli o‘quv yurtlarida oladilar. Ta’lim maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar raxbarligida amalga oshiriladigan bilim berish jarayonidir. Ta’lim pedagoglarning (bilim berish) faoliyatidan va o‘kuvchi-talabalarning (bilim olish, o‘qish) faoliyatlaridan iborat qo‘shaloq jarayondir.Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilmiy bilimlar bilan qurollanadi. Buning natijasida ularni ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma’lumot ta’lim-tarbiya jarayonining natijasi orqali to‘plangan bilim, ko‘nikma va malakalar yigindisi va shakllangan ma’naviy fazilatlar majmuidir. Ma’lumot olishning to‘gri va ishonchli yo‘li davlat ta’lim standartlari bo‘yicha bilim beradigan, anik maqsadli rejalar, dasturlar asosida o‘quv yurtlarida tashkil qilinadigan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, shakllanish uygunlashgan yagona jarayondir. Unda o‘qituvchi-tarbiyachi raxbarlik kiladi. Pedagogika uzoq tarixiy jarayonda shakllanar ekan, xozirga kelib ilmiy bilimlarni mustaqil bir tarmogi sifatida, fan sifatida shakllandi. O‘zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada pedagogika fanlari tizimi, ya’ni uning tarmoqlari vujudga keldi. Yaqin vaqtgacha falsafaning bir tarmogi hisoblangan pedagogikaning mustakil yangi yo‘nalishlari yaratildi. Jumladan, Pedagogika tarixi mustaqil tarmoq sifatida, Pedagogika fanining tarixan rivojlanishi o‘zida aks ettiriladi. Bunda o‘tmishdagi ilgor pedagogik goyalarni paydo bo‘lishi, rivojlanishi, ularning bugungi kundagi ahamiyati, merosdan foydalanishning zaruriyati haqida fikr yuritiladi. Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshlariga karatilgan tarmoq pedagogikalar mavjud. Jumladan: maktabgacha ta’lim pedagogikasi, umumiy ta’lim pedagogikasi, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi, pedagogik menejment, davolash pedagogikasi, gerontopedagogika, harbiy pedagogika, yangi pedagogik texnologiyalar kabilardir. Bu tarmok pedagogikalar maktabgacha ta’lim muassasalarida umumiy va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi, oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining konuniyatlarini o‘rganadi. Bulardan tashqari difektologiya deb ataluvchi maxsus pedagogika ham shakllandi va maxsus o‘quv maskanlarida o‘qituvchi, tarbiyachilar tayyorlashda surdopedagogika (sokov bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda), tiflopedagogika(ko‘zi ojiz bolalarni o‘kitish), oligofrenapedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish) logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarni o‘qitish) masalalari bilan shugullanadi. Pedagogika fanlari tizimining muxim tarmogi sifatida aniq fanlarni o‘qitish va o‘rganishning qonuniyatlari o‘rganuvchi uslubiyot fanining ham xizmatlari beqiyos kattadir. Har bir fanni o‘qitishnig o‘ziga xos yo‘l-usullari mavjuddir. Ba’zan bu fanni xususiy metodika, ya’ni uslub deb atashlari ham bejiz emas. Xozirgi kunda o‘quv yurtlarida tarix o‘qitish, matematika o‘qitish, til o‘kitish uslubiyoti fani o‘qitilmoqda. Keyingi yillarda, oila pedagogikasi, kasb-xunar ta’lim pedagogikasi, harbiy pedagogika, sport pedagogikasi kabilar shakllanmoqda. Pedagogika mustakil fan sifatida shakllanadi va shakllanmoqda. Ammo shaxs kamoloti bilan bogliq muammolarni xal etishda boshqa fanlar bilan hamkorlik kiladi. Pedagogika umumiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi bilan uzviy boglangan. Psixologiya shaxsning turli yoshdagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini, ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixikasining o‘zgarish mexanizmini tushuntiradi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayonida pedagog tarbiyalanuvchilarning psixik rivojlanishini, shaxsiy sifatlarini o‘rganish lozim. Shundagina samarali ta’sir ko‘rsata oladi.Pedagogika inson dunyoqarashining shakllanishi, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabati hamda bilish faoliyati muammolarini o‘rganuvchi falsafa bilan hamkorlik kiladi. Ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan etikaning estetik tarbiya bilan estetikaning o‘zaro aloqalari hammamizga ma’lumdir.Keyingi yillarda pedagogika sotsiologiya, siyosatshunoslik fanlari bilan aloqalari rivojlanmoqda. Insonning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy muxitning shaxs rivojlanishi va tarbiyasiga ta’sirini o‘rgatishda pedagogika bu fanlar bilan hamkorlik kilmoqda. Pedagogika tarix, etnografiya, folklor (xalk ogzaki ijodi) kabi fanlarning yutuqlaridan samarali foydalanmoqda. Bugungi kundagi pedagogik jarayonning moxiyatini chuqurroq anglash uchun uning o‘tmishdagi shakllanish tarixini yaqqol tasavvur kilmoq darkor. Bunday sharoitda tarixiy merosga, folklor manbalarga murojaat qilinadi. Shaxsning jismonan yetukligi, barkamolligining ajralmas kismidir. Pedagogikada jismoniy tarbiya to‘grisida fikr yuritilar ekan, yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi to‘grisidagi bilimlardan foydalanish lozim bo‘ladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘z tarixini, jumladan pedagogika tarixini o‘rganish uchun keng yo‘l ochdi. O‘tmishdagi pedagogik tafakkur daxolarining shuxratini tiklash, ularning goyalarini xayotga tadbik etishdek ulug ishlar amalga oshirilmoqda. Darhaqikat, ota-bobolarimiz yosh avlodni komil inson kilib tarbiyalashga aloxida e’tibor berganlar. Islomiy tarbiyaning ma’naviy, ma’rifiy ahamiyatiga katta e’tibor berganlar. Tarbiya tarixini o‘rganar ekanmiz, u juda kadimiy jarayon ekanligini insoniyat butun xayoti davomida tarbiya bilan shugullanganligiga ishonch hosil kilamiz. Bu jarayonda ajdodlarimiz tarbiyaviy ta’sirining samarali yo‘l usullari va manbalarini kidirib xayotga tadbik kila boshlaganlar, buning natijasida tarbiya haqidagi goyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘la boshlagan. Bu pedagogika fanining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Jaxon mutafakkirlari o‘zlarining pedagogik goyalari bilan fanning rivojlanishiga hissa ko‘shdilar. Bu jarayonda o‘zbek mutafakkirlarining jaxon pedagogikasi tarixiga ko‘shgan hissalari cheksizdir. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, tarbiya haqidagi goyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik goyalarning shakllanishida zardushtiylik ta’limoti uning mukaddas kitobi “Avesto”da kimmatli fikrlar talkin etilgan. Kishilik tarixida islom ta’limotining tarbiya haqidagi goyalarining shakllanishida ahamiyati cheksizdir. Kur’oni Karim va xadisi Shariflarda, musulmon axlining dunyokarashi falsafasi, ma’naviyati, axloki, e’tikodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish yo‘llari bayon kilingan. Pedagogika tarixiga nazar tashlar ekanmiz, tarbiya haqidagi goyalarning shakllanishida, Imom Buxoriy, Iso at- Termiziy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Xojib, Yassaviy, Nakshbandiy, Navoiy, Bexbudiy, Avloniy va boshka kardosh xalklar farzandlarining xizmatlari kattadir. Mamlakatimizning yakin o‘tmishidagi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, rus va sovet imperiyasi ta’sirida o‘zbek xalki o‘z tarixi, milliy urf-odatlari, an’ana, umuminsoniy kadriyatlarni bilish va o‘rganish uchun kurashgan Fitrat, Munavvar Kori, Elbek, Kodiriy katl kilindi. Kolgan vatanparvar allomalarimiz kamaldi. Ammo katagonlik davrida ham pedagogik merosni o‘rganish to‘xtamadi. Navoiy, Beruniy, Avloniy kabilarning ijodi o‘rganildi, o‘zbek xalk pedagogikasi yaratildi. O‘zbek tiliga davlat tili makomi berilishi bilan ona tilini chukur o‘rganishga aloxida e’tibor berilmokda. Bundan tashkari mustakillik yillarida lotin grafikasidagi yozuvga boskichma-boskich o‘tilmokda. Ayniksa, ta’limni islox kilish jarayonida test, Reyting usullarini ko‘llanishi iktidorli talabalarni aniklash va o‘kitishda muxim rol o‘ynamokda. Bu o‘zgarishlar pedagogik ta’limning ham nazariy, ham amaliy muammolarini ilmiy asosda kayta ishlab chikishni, pedagogikaga doir zamonaviy ilmiy ishlar, darsliklar, ko‘llanmalar yaratishni takozo kiladi. Prezidentimiz aytganlaridek: “Fukarolar endi ijtimoiy-iktisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir”. Bunday yangicha yondoshishlar pedagogika fanining ob’ekti va predmetini kengaytirdi. Endi pedagogika fanining ob’ekti fakat ta’lim-tarbiya jarayonining nazariy, metodologik amaliy ta’minlovchi fan emas, balki komil inson shakllanishi, rivojlanishini ta’minlovchi keng soxalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi milliy ta’lim modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob’ekti va sub’ekti sifatida karaladi. Ma’lumki, pedagogika fani tarbiya va ta’limning inson rivoji, shaxs kamoli va mutaxassis shakllanishida ta’lim tizimini o‘z ichiga olmaydigan etnik, antropologik, genetik, tarixiylik, mustakillik, tabiiy-ekologik, instinktiv, ruxiy-hissiy bilish, rivojlanish, komillik omillariga ham suyanadi. Bundan tashkari pedagogika fani oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng kamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalari ko‘yildi. Xulosa Endi pedagogika ta’lim va tarbiyada xayot jarayonining hamma soxalarini, jabxalarini kamrab olmasa ham, u o‘zining komil inson tarbiyasida juda katta asosiy imkoniyatlariga ega bo‘lgan asosiy ijtimoiy fan mavkeini egallay olmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham yangi ta’lim konunida va mutaxassislar tayyorlash milliy dasturida ta’lim ijtimoiy-iktisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishi kilib belgilandi. Pedagogika fanining metodologiyasida, mazmunida, tarbiya nazariyasida, ta’limning tashkiliy shakllarida, komillik darajasi, sifatlarini aniklashda katta isloxiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar yangi pedagogik texnologiyalarda o‘z aksini topishi lozim. «Milliy mafkuramiz xalkni xalk, millatni millat kilishga xizmat kilsin» nomli «Tafakkur» jurnalining (№2, 1998) bosh muharriri bilan bo‘lgan mulokotlarida insonni ma’naviy-amaliy shakllanishida xayotiy jarayonning hamma jabxalari moxiyatli ekanligini asoslab berdilar. Prezidentimiz I.Karimov “Fidokor” gazetasi muxbirining savollarida “Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman” nomli javoblarida (2000, iyun) milliy mafkura kishilarda doimiy uzluksiz shakllanib boradigan jarayon ekanligi haqida “Xalk, millat o‘z milliy mafkurasini butun umri davomida takomillashtirib, boyitib boradi. Chunki mafkura kotib kolgan akidalar yigindisi emas. Bu uzluksiz jarayon bo‘lib, xayot davom etar ekan, uning shiddat sur’ati tufayli mafkuraning oldiga ko‘yiladigan yangi-yangi talablar ham paydo bo‘laveradi”, degan edilar. Pedagogika fanida bu ulugvor vazifa har bir o‘kuv fanini o‘kitishda “milliy ta’lim modeli”dan kelib chikib, har bir mavzu, tushunchalarning ta’limiy, tarbiyaviy rivojlantiruvchi funksiyalarini olishning metodologik, tarbiya nazariyasi va amaliyoti, ta’lim nazariyasi va amaliyoti, ta’lim tizimini boshkarish, pedagogika tarixiga doir bo‘limlarida asoslab beriladi. Download 38.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling