ishlar bilan berilayotgan hisobotlar orasini ochib berildi. Haqiqatan ham majlis Prezidentmiz ta’biri bilan aytganda – “orani ochib oladigan majlis bo‘ldi”. Prezidentimiz bir mas’ulga “Agar hohlasa, sohadagi muammolarni hal qilsa bo‘larmidi?”, deb so‘radilar. “Ha”, degan javob olindi. Ana shunda: “Unda nega hohlamayapsiz?”, degan kuyunchak savol hammani o‘yga toldirdi. Har birimiz bu savolni “Menga berildi”, deb vijdonan, o‘zimizni qiynab ishlashimiz kerak. Chunki bu Vatanga, burchga sadoqat yo xiyonat masalasidir. Majlis kun tartibidagi masalalaridan biri – adashib diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgan vatandoshlarimizni, yoshlarimizni begona, yovuz oqim kishanlaridan ozod qilish, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni bu xavfdan ogohlantirish, ularning ma’naviy daxlsizligini himoya qilishga bag‘ishlandi. Prezidentimiz bu borada davlat va jamoat tashkilotlariga aniq topshiriqlar berdilar. Jumladan, diniy ekstremizmdan jarohatlangan har bir oilaga ko‘maklashish maqsadida ularga mahalla, nuroniy, kollej, maktab, imom, bank xodimi, eng obro‘li odamlarni biriktirish; diniy ekstremistik oqimlarga adashib kirib qolgan vatandoshlarimiz bilan samimiy suhbatlashish, ularni hidoyat yo‘liga, baxtli, bunyodkor oilaviy hayotga qaytarish, oilalarini o‘rganib, ularning moddiy va ma’naviy muammolarini hal qilishga yordam berish; imom-xatiblarning diniy ma’rifat borasidagi mas’uliyatini oshirish; yoshlarimizni yot mafkuralardan ogohlantirishga qaratilgan profilaktik tarbiya ishlarini tashkil qilib, natijadorligiga erishish; oilalarni ma’naviy hayotini o‘rganish, baholash, boyitish; mahallalarning diniy maslahatchilari ishi samaradorligini oshirish; tumanlarda soha mas’ullari uchun seminar-treninglar o‘tkazish kabi vazifalar belgilab berildi. 1. Biz “ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish” masalasini qanday tushunishimiz kerak? - “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish”, “bu ishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish”, degan iboralarni ko‘p ishlatamiz. Biroq, ko‘pchiligimiz bu iboralarning ma’no-mazmuniga e’tibor bermaymiz. Bu noto‘g‘ri. Chunki bir ishni boshlashdan oldin uning ma’no-maqsadini bilmasak, ish chala, yuzaki bo‘ladi.
- Ijtimoiy degani bu – jamiyatga, ya’ni odamlar turmushiga bevosita odamlarga tegishli masala, degani. Ma’naviy bu – odamlarning bilimi, ongi. Nimalarni qanday tushunayotgani, to‘g‘ri-yo noto‘g‘ri tushunishi masalasi. Muhit bu - odamlar har kuni ko‘zi tushayotgan, eshitayotgan narsalar. Sog‘lomlashtirish esa – bemorlikdan sog‘lomlikka olib chiqish. Insonni unga zararli narsalardan xalos qilib, sog‘lom hayotga qaytarish.
- Demak, “ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish” bu – odamlar ongi, xulqini noto‘g‘ri tushunchalardan, illatlardan xalos qilish, uning ma’naviyatini sog‘lom tushunchalar bilan davolash, deb tushunish mumkin.
- Mafkuraviy immunitet qanday kuchaytiriladi?
- Birinchidan, odamlar orasida sog‘lom, bunyodkor g‘oyalardan bexabarligidan bo‘shliq paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, odamlar ongiga noto‘g‘ri nosog‘lom tushunchalar kirib, ularning niyatlari buzilishidan. Ana shunda mafkuraviy bo‘shliqni yot g‘oyalar egallab oladi. Mafkuraviy immunitet degan iborani ham ko‘p ishlatamiz.
- Biroq, ko‘pincha noto‘g‘ri tushunamiz. Chunki mafkuraviy immunitet bu – gapirish, tushunish emas, balki o‘zini o‘zi g‘oyaviy himoya qilishga qodirlik degani. Ya’ni qarshisida “Men sizga haqiqiy islomni o‘rgataman”, degan shubhali taklifdan o‘zini himoya qila olish. Bir misol. Ayrim onalar bolasiga issiq choynakni ushlama, qo‘ling kuyadi”, deb tayinlashadi. Oqila onalar esa, ham tayinlab, ham issiq choynakka bolasining qo‘lini yengilgina tegizib olishadi. Savol: Qaysi onaning usuli ishonchli? Albatta ikkinchi onaning. Chunki bola bir marta seskanib, qo‘lini olib qochadi. Lekin u endi bir umr qo‘lini kuydirmaydi. Birinchi bolaning qo‘lini kuydirib olmaslik ishonchsiz. Hamma sohada aytish, gapirishdan ko‘ra ko‘rsatish, o‘rgatish ishonchli. Mafkurada ham. Demak, biz din masalasida ham yoshlar, aholi ongini yaxshi g‘oyalar bilan to‘ldirib, yomon g‘oyalarga qarshi immunitetini
- o‘rgatib qo‘ysak, xotirjam bo‘lamiz. Buni har bir o‘g‘il-qizimizda, ro‘yxat asosida (xuddi go‘daklarni tibbiy emlatgandek) o‘rgatishimiz shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |