Milliy tarbiya va ijtimoiylashuv Reja
Download 39.9 Kb.
|
Kamolova Ezoza 2
Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya va G’arbiy Germaniya aholisining psihologiyasi o’rganilib, millat, uning qadriyatlar tizimi, muloqot usullari va boshqa ko’rsatkichlari milliy madaniyat ta’sirida shakllanishi isbotlandi. Turli mintaqalarda o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarining umumlashtirilishi: muayyan halqqa hos dunyoqarash, turmush tarzining mavjudligi -halqparning turli «namunalari»ni qosil qilishini; turli «namunalar»ning mavjudligi esa bolalarni tarbiyalashda o’ziga hoslikning mavjudligiga, qadriyatlar tizimining kattalar hulq-atvorida aks etishiga bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Biroq, o’tkazilgan etnografik va etnopsihologik tadqiqotlar muayyan bir halqning milliy harakterini o’rganayotgan olimning o’zi boshqa madaniyatga mansubligi tufayli o’rganayotgan millat madaniyatining tub mohiyatini mukammal his qilolmasligi natijasida, tadqiqot ma’lumotlarini talqin qilishda hato va kamchiliklarga yo’l qo’yishi mumkinligini ham isbot-ladi. 50-yillarda Amerika etnopsihologiyasining milliy harakteriga hos kamchilikslari ham aynan shunda edi. Albatta, bu omil milliy harakter kontseptsiyasiga hos ob’ektiv mohiyatni o’zgartirmadi, aksincha, tadqiqot uslubiyatini takomillashtirishga turtki bo’ddi, holos.Milliy tarbiya vositasida avloddan-avlodga o’tuvchi milliy madaniyat va uning tsivilizatsiya bilan munosabatini misrlik mashhur pedagog Sote’ al-Husriy (1880-1968) o’z tadqiqotlarida yaqqol ochib berdi. «Menga madaniy birlikning kafolatini bering, men esa sizga birlikning boshqa barcha turlari kafolatini beraman» degan mashhur fikr ana shu olimning qalamiga mansub. Al-Husriy SHarqda milliy-zamonaviylik oqimining tashkil topishiga katta hissa qo’shdi. U zamonaviy arab milliy madaniyati tiklanishi arafasida pedagogikada «eskilik-yangilik», ya’ni milliy fundamentalizm va milliy zamonaviylik orasida tafovut mavjudligi muammosini kun tartibiga qo’ydi. Al-Husriy, bir tomondan, milliylikni faqat tarihiy an’ana deb tushunuvchi fundamentalizm, qadimiychilik tarafdorlarini, ikkinchi tomondan, milliylikdan yuz o’girib Ovrupo madaniyatiga taqpid qilishga undovchi «g’arbiy»larni tanqid qilib, bu tarbiyaviy muammoni faqatgina «sintez qilish orqali» echish mumkin, degan ilg’or fikrni o’rtaga tashladi.Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling