Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati. Tarbiya usullari va shakllari. Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Reja: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Download 155.58 Kb.
bet16/39
Sana16.06.2023
Hajmi155.58 Kb.
#1505653
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 1-MA\'RUZA 2021-2022 (1) (6)

Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiya, shu jumladan muntazam ravishdagi jismoniy mashqlar kishi organizmining har qanday muhitga chidamliligini oshirishga, sog‘lig‘ini mustahkamlashga, ongli ravishda uzoq umr ko‘rish imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatdir. Bugungi kunda hukumatimiz bunday muhim omillarni e'tiborga olib qolmasdan, balki ularni muntazam ravishda amalga oshirib borishni davlat siyosati darajasigacha ko‘tarmoqda. Jumladan, «Umid nihollari» (o‘rta umumta'lim o‘quv muassasalari o‘quvchilari uchun), «Barkamol avlod» (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o‘quv muassa­salari o‘quvchilari uchun), «Universiada» (oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun) kabi Respublika miqyosidagi musobaqalar davlatimiz tomonidan talaba-yoshlarimizning ham jismonan, ham ma'nan yuksakligini o‘ylab qilinayotgan tadbirlardir. Bular orqali yoshlarni bar­kamol shaxs darajasida tarbiyalashga erishamiz va ular yuksak unumli ongli mehnat qilishga tayyor bo‘ladi hamda o‘z ona-Vatanini sodiqlik bilan qo‘riqlashdek xislatlarga ega bo‘ladi. Yuqorida qayd etilgan tadbirlardan asosiy maqsad - yosh avlodni bolalik chog‘ldan boshlab jismoniy jihatdan sog‘lom va baquvvat hamda irodali qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Jismoniy madaniyat tushunchasi - bu ancha keng tushuncha bo‘lib, u jismoniy tarbiya va jismoniy rivojlanish hamda ma'naviy takomillashuvlarning uyg‘unlashgan ko‘rinishidir.
Abu Ali ibn Sino sog‘liqni saqlashda yettita narsaga e'tibor berishni tavsiya etadi:

Umuman olganda jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, ushbu sohadagi jamoatchilik yutuqlarini va bu yutuqlarni qo‘lga kiritishning metod hamda vositalarining majmuasi asosida jismoniy rivojlanishga va yo‘nalishga tegishli bilimlarni egallashga ta'sir ko‘rsatuvchi jihatdir.
Sportda va boshqa jismoniy mashqlarni bajarishda yoshlardan tezkorlik bilan vaziyatni baholash va shu baho asosida harakat shaklini bajarishga o‘tishni taqozo etadi. Bu tezkorlikni, ya'ni eng qisqa vaqtda, eng unumli (maqsadli) harakatni amalga oshirish hamma yoshlar­dan talab qilinadi. Bu esa ularning musobaqaviy fikrlash doirasini ham kengaytirishga olib keladi. Ular ichidan yuqoridagi qayd etilganidek tez o‘ylab, tez harakat qilish natijasida birinchi, ikkinchi va hokazo o‘rinlarda ushbu jarayonlarni bajarganlar baholanadi. Ushbu jarayonda jismoniy sog‘lomlik bilan tez qaror qabul qilish tafakkuri asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Bunday jarayonlarda yoshlar o‘zlari bajarayotgan mashqlarning mazmunini ongli ravishda tushunsalar jarayon samarali va mazmunli kechadi, hamda bu orqali ular o‘z harakatlarini ongli boshqaradilar, ya'ni ularda to‘g‘ri harakat to‘g‘risida tasavvur hosil bo‘ladi. Bunda fikr yuritish faoliyati yoshlarga harakatlarni aytib bajarish, o‘z o‘rtoqlarining harakatlarini kuzatish, tahlil qilish muhim hisoblanib, ular jismoniy madaniyatning tarkibiy qismlarini tashkil etadi.

Download 155.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling